Buxoro davlat universiteti repablic of uzbekistan


-mavzu:Milliy istiqlol va adabiyot



Download 0,98 Mb.
bet11/81
Sana31.12.2021
Hajmi0,98 Mb.
#260711
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   81
Bog'liq
2 5287471291064913011

4-mavzu:Milliy istiqlol va adabiyot

Reja:

  1. Buyuk davrning boshlanishi.

  2. She`riyat.

  3. Nasr.

  4. Dramaturgiya.

Tayanch tushunchalar: qayta qurish va oshkoralik davri, Mustaqillik davri she’riyati, ballada, doston, she’riy roman, Mustaqillik davrida hikoya, qissa, roman janri, dramaturgiya
XX asrning 80-yillarida mamlakat hayotida turg‘unlik vujudga keldi. Jamiyatda turli jiddiy xato va kamchiliklarga yo‘l qo‘yildi. Dabdababozlik, maqtanchoqlik, ko‘zbo‘yamachilik, aldamchilik singari illatlar tomir otdi. Oqibatda, mamlakat va xalq ahvoli yomonlasha bordi. Ahvolni tuzatish va yaxshilash uchun hayotda sifat o'zgarishlari qilish zarur bo‘lib qoldi. Shunga ko‘ra 1985-yilda yangi siyosiy tafakkur shiori o‘rtaga tashlandi. Mamlakatda keskin burilish, qayta qurish va oshkoralik davri boshlandi. Yangi siyosiy tafakkur tufayli hayotda yangi tadbirlar amalga oshirildi. Demokratiya va oshkoralik kuchaydi.

Oxir-oqibatda xalqimizning azaliy buyuk orzusi ro‘yobga chiqdi. 1991-yil 31-avgustda yurtimiz mustamlakachilik zulmidan qutildi. 0‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashi mamlakatimizni mustaqil davlat deb e’lon qildi. Natijada, 0‘zbekiston tarixida, uning ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy va ma’naviy hayotida butunlay yangi davr boshlandi. Zamon ham, hayot ham o‘zgardi. Xalqimiz o‘z taqdirini, o‘z hayoti va kelajagini o‘z qo‘liga oldi. Xalqning siyosiy ongi va dunyoqarashida buyuk sifat o‘zgarishlari yuz berdi. 0‘zbekistonda yangi davlat tuzumi poydevori qad ko‘tardi. Demokratik asosda huquqiy davlat tashkil topa bordi.



Mamlakatimiz mustaqillikka erishgach, 0‘zbekiston o‘z gerbi, bayrog‘i, madhiyasiga ega bo‘ldi. 0‘zbekiston chet mamlakatlar bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri, bevosita iqtisodiy-siyosiy va diplomatik aloqalar o‘rnatish huquqiga ega bo‘ldi. O'zbekiston mustaqil respublika sifatida Birlashgan Millatlar Tashkilodga teng huquqli a’zo qilib olindi. Xalqning dinu iymoni qayta tiklandi. Qur’oni Karim va payg‘ambarimiz hadislari o‘zbek tilida nashr etildi. Xalq va mamlakat tarixini haqqoniy va xolis yoritishga imkoniyat hozirlandi.

Mustaqillikka erishilgach, o‘zbek adabiyoti o‘z tarixiy taraqqiyotining yangi davriga ko‘tarildi. Ijtimoiy hayotda bo‘lgani singari adabiyotda ham demokratiya, oshkoralik va tanqidiy ruh kuchaydi. Yozuvchilar so‘z, matbuot va ijod erkinligiga to‘la erishdilar. O'zbekiston mustaqil bo‘lgach, yozuvchilar ona Vatan va millat tarixini, milliy qadriyatlarni, urf-odatlarni va buyuk ajdodlar hayotini tasvirlashda sho‘rolar davridagi biryoqlamalikdan butunlay qutuldilar.

Bu chin erkinlikni hammadan ko'ra ko'proq yozuvchilar teran angladilar. 0‘zbekiston xalq shoiri Abdulla Oripov: «Mamlakatimizning ne-ne darg‘alari bu kunlarni orzu qilib, yetolmay o'tdilar. Shukronalar bo‘lsinkim, mustaqillikni ko‘rish va uni kuylash bizlarga nasib etdi. Ijodkorlarimiz oldida keng ufqlar ochildi»18,— deb yozdi.

Mustaqillik tufayli adabiyotda hayotga tobora chuqurroq kirib borish, hayot haqiqatini butun borlig‘i va murakkabligi bilan aks ettirish, haqiqatni ro‘y-rost yozish, yuksak sifatli badiiy asarlar yaratishga imkoniyat paydo bo'ldi. Yozuvchilar so‘z san’atida mavjud bo‘lgan ilg‘or tajribalardan ijodiy foydalanib, adabiyotni yangi mazmun, yangi obrazlar bilan boyitmoqdalar. Shu tariqa, o‘zbek adabiyoti 0‘zbekiston mustaqilligini mystahkamlash, yosh avlodni ezgulik ruhida tarbiyalashdek o 4a muhim va buyuk tarixiy ishga munosib hissa qo‘shmoqda. Buni o‘zbek adabiyotining hamma tur va janrlarida ochiq ko‘rish mumkin. Bu davrda, ayniqsa, she’riyatda hozirjavoblik va haqqoniylik kuchaydi. Sho'ro davrida inson hayoti, ko‘pincha, birtomonlama, hech qanday kam-ko‘stsiz, bo‘yab-bezab, yuzaki, bayramona aks ettirilardi. Mustaqillik davriga kelib, hayot haqiqati butun borlig'i bilan aniq qilib tasvirlana boshlandi. 0‘zbekiston mustaqilligi mavzulari, xalq va mamlakat hayotini yaxshilashga qaratilgan muammolar, oddiy inson qadr- qiymatini tiklash va ko‘tarish masalalari tasviri birinchi o‘ringa chiqdi. Bu hoi A. Oripov, E. Vohidov, H. Xudoyberdiyeva, R. Parfi, O. Matjon, Sh. Rahmon, U. Azim, A. Suyun, M. Yusuf, X. Davron, J. Kamol, E. Samandar, N. Narzullayev, B. Boyqobilov, O. Hojiyeva, M. Mirzayev, M. A’zam, O'. Rahmat, Z. Mo‘minova, G. Jo'rayeva, X. Bobomurodova va boshqa shoirlarning asarlarida ochiq ko‘rinadi.

Shoirlar mustaqillikni qo'llab-quvvatlab, uni mustahkamlash g'oyasini olg‘a surar ekanlar, istiqlolning asl mohiyatini obrazli tarzda ko‘rsatib, uni buyuk ijtimoiy ne’mat sifatida ta’rifladilar. Ijodkorlar mustaqillikni chin dildan ulug‘lash bilan birga, mustaqillik yo‘lining o‘ziga xos qiyinchiliklarini ham ochiq aks ettirdilar. Mustaqillik ishiga, ozod mamlakatimiz taraqqiyotiga to‘sqinlik qilayotgan nopoklik, noshukrlik, mansabparastlik, tarafkashlik, poraxo'rlik, mahalliychilik singari illatlarni fosh etdilar. Iste’dodli shoir Muhammad Yusuf mumtoz she’riyatimizning taniqli vakili Turdi Farog‘iy an’analarini yangi davrda rivojlantirib:


Download 0,98 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   81




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish