Buxoro davlat universiteti repablic of uzbekistan


Reja: Shoirning hayot va ijod yoli



Download 0,98 Mb.
bet49/81
Sana31.12.2021
Hajmi0,98 Mb.
#260711
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   81
Bog'liq
2 5287471291064913011

Reja:

  1. Shoirning hayot va ijod yoli.

  2. Lirik asarlari tahlili.

  3. Dostonlari.

XX asr o‘zbek adabiyoti qahramonlarining olami Abdulla Oripov she’riyatidaga lirik qahramonlar qnsobiga yanada boyidi va rivoj topda. Bu qahramonlarda ularni yaratgan muallifning ruhiy-ma’naviy qiyofasi, tafakkuri va idroki, dunyoqarashi va tarbiya topgan muhiti, orttirgan bilimlari salmog‘i hamda o‘ziga xos alohida shaxs sifatidaga o‘zligi belgalarining jamul-jami namoyon bo‘ladi.

Biroq, bu A.Oripov she’rlaridati lirik qahramon muallifning o‘zidir, degan ma’noni anglatmaydi. Bu qahramonlar shoir hayotda ko‘rgan, bilgan, eshitgan, idealda ko‘rishni istagan kishilarning o‘z tafakkuri va qalbi orqali o‘tgan in’ikosidir. SHu bois shoir asardari qah-ramonlarida hayotiy reallik bilan bir qatorda muallifning o‘ei va idealidan o‘tgan sifatlar oz emas. Ayni vaqtda lirik qahramon mohiyat e’tibori bilan, asosan shoirning o‘zidan iborat bo‘lgan she’rlar ham talaygina. Bunday hollarda hayotda ko‘pchilikka xos bo‘lgan his, tuyg‘u, fikr, qarash, xususiyat va boshqalar shoir siymosida uyg‘unlashadi.

Abdulla Oripovning lirik qahramoni haqiqat qidiruvchi va bu yo‘lda tinim bilmay izlanuvchi kishidir. Haqiqat va adolat, bir qaraganda, barchaga ayon, hammaga kunday ravshan tushunchadek. Biroq, uning Inson qalbi orqali ro‘yobga chiqishi shu qadar sir-sinoatli, jumboq, murakkab va ziddiyatlik, shoir lirik qahramoni ana shularning tagiga, zamiriga etishga harakat qiluvchi faylasufona mushohadakor kishidir.

Shu nuqtai nazardan A.Oripovning «Olomonga» she’ri ajralib turadi. Mashrabdek shoirning ulug‘ligini, buyukligini xalq bilar edi, nima uchun u osilganda indamay turdi. Qayoqda edi u buyuk kuch deyiluvchi xalq? Qodiriydek buyuk zotga yo‘q ayblar qo‘yilib, boshiga balolar yog‘ilganda nega yana shu buyuk kuch uni himoya qilib qololmadi? Har bir insondagi kabi uning ham yakkayu yagona shirin joniga qalqon bo‘la olmadi? Buning ustiga ana shu hukmlar yana uning nomidan o‘qiladi-ku!

Bu asardagi lirik qahramon bir jihatdan shoirning o‘zi va ayni vaqtda, shunday savollarga javob topish iskanjasida mushohadaga beriluvchi minglab kishilarni o‘zida mujassamlantirgan zamondoshimizdir. SHe’r nihoyasidagi xalqqa murojaat tarzida namoyon bo‘luvchi ushbu nido achchiq haqiqatni qidirish yoxud anglashga intilishgina emas, uning yuzaga chiqishiga ko‘z tikkan jur’atli va jasur lirik qahramonning achchiq haqiqatni aytish darajasiga ham ko‘tariladi:

Nimasan? Qandayin sehrli kuchsan?

Nechun tamoshaga bunchalar o‘chsan?

Qarshiigda hasratli o‘yga tolaman,

Qachon xalq bo‘lasan ey, sen-olomon?

Abdulla Oripov lirik qahramonlari xuddi hayotning o‘zidagi kishilar kabi turli-tuman, rang-barang. Ular shoir va yozuvchi, keksa va yosh muxandis va oddiy farrosh, ona va ayol, sadoqatli yor va bevafo «sanam», olim va ishchi, rahbar va ijrochi, paxtakor va mirishkor dexqon, do‘st yoki munofiq, nomard va hasadguy va h. k.

Bunday turli qahramonlar qiyofasini yaratishda shoir rang-barang shakl va mazmunga murojaat etadi. Shu kunning real voqealaridan tortib afsona, ertak, xayoliy ho-disalar; barmoq vaznidan tortib an’anaviy aruzdagi g‘azal, masnaviy, ruboiy janrlari; ba’zan, hatto qofiyasiz er-kin va sochma she’r shakllaridan unumli foydalanadi. Abdulla Oripov so‘nggi bosqich o‘zbek she’riyatini lirik qahramoni ma’naviy jihatdan mumtoz darajada go‘zal o‘nlab ajoyib g‘azallari va ruboiylari bilan ham boyitdi. Abdulla Oripovning aksar lirik qahramoklari davrning ilg‘or tafakkurli kishilaridir. Ayrim asarlarda bu qahramonga esh turuvchi, uni o‘z g‘oyalariga hamnafas qilib, ortidai ergashtiruvchi shoirning o‘zidan iborat bo‘lgan lirik qahramon bizning zamondan, davrdan dono fikrlari bilan, hatto, birmuncha ilgarilab ham ketadi.

Bu qahramon umrini kurashga bag‘ishlagan, tinim bilmagan «oromga tashna» kishidir. «Genetika» she’rining lirik kahramoni bunday deydi:

Tashna yashadik biz mehrga mutloq,

Ishqqa, muhabbatga tashna o‘tdik biz,

Goh esa quyoshdek porloq va yiroq

Haqqa, haqiqatga tashna o‘tdik biz.

She’rning lirik qahramoni tashna bo‘lgan bu haqiqat nimadan iborat? Bu, shubhasiz, eng avvalo, istiqlolga erishish, o‘z vatanining egasi bo‘lish orzusi va bu orzuni hayiqmay, qo‘rqmay, ochiq ayta olish istagi edi.

Biroq, bu istakni she’r yozilgan 70- yillarda ochiq ayta olish oson emas edi. SHoir esa, bu she’rida hamon bizni nurga, ziyoga «kommunist» inson olib chikishi mumkin, deb ishonadi. Umuman, Abdulla Oripov she’rlarida deyarli 90- yillargacha alohida bir e’tiqod bilan ishlangan lirik qahramonlardan biri «kommunist obrazi» bo‘ldi. Bu o‘z davrining deyarli barcha shoir-yozuvchilari kabi A. Oripovga ham hukmron mafkuraniig ta’siri edi.

Lekin shuni ham ta’kidlash joizki, shoir o‘z asarlarida kommunist obrazini doim birdek va ko‘r-ko‘rona ulug‘lagani yo‘q. Masalan, mustaqillik qo‘lga kiritilishidan ancha ilgari 80- yillarda yozilgan «Saflar pokligi deb...» nomlangan she’rda quyidagilarni o‘qiymmz:

Kommunist, oh mening jafokash iiim,

Jaqoniy g‘am bilan mashg‘ul bir Inson.

Afsus, safingda bor qancha beqo‘nim,

Afsus, safingda bor qanchalar nodon.

Men bu satrlarni shafqatsiz hayot buyurgani tufayli yozdim, deganda shoir haq edi. Zotan har bir insonni, insoniyatni, shu jumladan, uning shoirini ham to‘g‘ri yo‘lga yo‘llaguvchi «shafqatsiz hayotdir».

Aslida ham shoir asarlarining ko‘pi hayotning buyurishi va yurak amri bilan yozilgandir.

Sho‘ro jamiyatida xo‘jako‘rsin uchun qilinuvchi shov-shuvlar va ko‘zbo‘yamachilik tanqid qilingan «Ilg‘or ishchi va chaqqon muxbir qissasi» nomli (1968) she’r ana shunday asarlardan biridir. Belgilangan ish rejasini ikki-uch hissa oshirib bajarish u yoki bu muhim sanalar tufayli hamda kommunistik zarbdorlik bois emas, balki ishchiniig yashashdagi etishmovchiliklari va kamini but qilish yo‘lidagi majburligi tufaylidir, degan muhim g‘oya yotadi asar zamirida. She’r o‘z vaqtida e’lon qilinishiga firqa siyosati yo‘l qo‘nmadi. Asar salkam yigirma yil o‘tgandan so‘ng bosilib chiqdi.

80- yillarning ikkinchi yarmida o‘zbek xalqiga markazdan turib sobiq SSSR miqyosida «paxta masalasi», «o‘zbeklar ishi» qabilidagi jiddiy ig‘volar, tuhmatlar uyushtirildi. Hatto, bir mayizni kirqqa bo‘lib eyishdek bag‘ri kenglikni, o‘zi emay do‘stnga tutishdek mehmonparvarlikni uyalmay-netmay poralurlik deb atagan kimsalar bo‘ldi.

Abdulla Oripov o‘zining «Javob» nomlm she’rida:

Muruvvat neligin bilmas mehmonim,

Ko‘zi och, eb to‘ymas, beqo‘nim gadoy,

Pora bo‘libdimi bir burda nonim,

Pora bo‘libdimi bir piyola choy?

deb yuqoridagi kabi qalbi qattol kimsalarni qattiq fosh etdi.

Mustaqillikka erishilgandan so‘ng shoir yozgan o‘ziga xos she’rlardan biri «Fojia» deb ataladi.

Ma’lumki, SSSR emirildi, sosialistik tuzum barbod bo‘ldi, kommunistik ideallar sarobga aylandi, salkam sig‘inish darajasidagi ulkan zotlar nomi yuzlab million kishilarni adashtirganlar sifatida badnom etildi. Xo‘sh, butun umrini shu yo‘lga tikkanlar endi nima qilsin? Axir, birvarakayiga bularning barchasidan voz kechib, bir yumalab, boshqa kishi bo‘lib qolish mumkinmi?

She’rning lirik qahramoni mana shu o‘ylar iskanjasida, ularga javob topishni istaydi. Nahotki, deyarli etmish besh yil sig‘inilgan joy manfur va jirkanch manzil bo‘lib chiqsa? Doxiy, deganlari kallakesar bo‘lsa?

Bu savollarga javob berish oson emas. Lirik qahramon ham javob topolmay, alamli axvolga tushishi shundan:

Olamda fojia ko‘p erur biroq,

Bunisin alami haddan ziyoda.

Oh, nechog‘ dahshatdir tirik turgan choq

Umring oyoq osti bo‘lsa dunyoda.

SHe’rda qo‘yilgan savollarning javobsiz qolishi hamda oxirgi to‘rtlikdagi falsafiy ma’no xulosaga kelishni o‘quvchilarning o‘ziga qoldirilganini anglatadi. SHe’rxon esa, qanday tuzum, qanday ideal, qanday dohiy rahbar inqirozga uchramasin, ulardan butkul voz kechish to‘g‘ri bo‘lmay, ulardan olinishi mumkin bo‘lgan ijobiy fazilat-lar davom ettirilishi lozim; kechagi kamchiliklar haqida gapirilganda undagi yutuqlarni inkor etmaslik darkor, «Yangi uyni qurmay turib eskisini buzma» degan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti I.Karimovning fikri nihoyatda to‘g‘ridir, degan qarorga keladi.

Mustaqillik sharofati tufayli so‘nggi yillarda milliy qadriyatlarimizga munosabat tubdan o‘zgardi. Islom dinining insonparvarlik xususiyatlarini ulug‘lash va o‘rganishga e’tibor kuchaydi. Hayotdagi bu o‘zgarish A. Oripov ijodida ham o‘z aksini topdi. Abdurahmon Jomiy, Alisher Navoiy an’analarini davom ettirib hikmatomuz hadislar talqinida yozilgan qator she’rlarning lirik qahramonlari misolida XX asr oxiridagi o‘zbek she’riyatida aks ettirilgan qahramonlar olami yanada boyidi.



Abdulla Oripovning «Armaniston», «Qozog'iston», «Qirg'iz diyori», «0‘zbekiston», «Sovg‘a» kabi asarlari ham xalqlar do‘stligi, birodarligi g'oyalari bilan qondirib sug'orilgan. Demak, Abdulla Oripov she’riyatida milliylik bilan baynalmilallik uzviy birlikda namoyon bo'ladi. Shoirni faqat o‘z millati va mamlakatining tashvishu dardlarigina emas, balki butun jahon xalqlarining taqdiri, g‘amu alamlari ham bezovta qiladi. Buni shoirning chet el mavzulariga bag‘ishlangan, xususan, G‘arbiy Yevropa va Amerika safari taassurotlari asosida yozilgan «Ikki Amerika», «Meksika», «Los-Anjelos ko‘chalarida», «Tunislik bola» singari she'rlarida yaqqol ko'rish mumkin.

«Tunislik bola» she’rida Rimda tunislik begunoh bir bolaning bezorilar tomonidan ermak-mazax qilinib, yondirib yuborilganligi g‘azab bilan tasvirlanadi. Shoir bu mudhish voqeani jamiyatdagi tengsizlik, axloqsizlik, insofsizlik, mehr- oqibatsizlik va mas’uliyatsizlikning natijasi deb hisoblaydi:




Download 0,98 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   81




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish