Buxoro davlat universiteti repablic of uzbekistan


O'zbek Navoiyni o'qimay qo ysa



Download 0,98 Mb.
bet47/81
Sana31.12.2021
Hajmi0,98 Mb.
#260711
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   81
Bog'liq
2 5287471291064913011

O'zbek Navoiyni o'qimay qo ysa,

Dod demakku palla bo 'Igani shudir.

Met'rifatdan ciyru o'ynasa, ki Isa,

Aza chog'i u alia bo‘Igani sin dir.

O'zbek Navoivni o'qimay qo'ysa.

A Idangani, alia bo ‘Igcmi shudir.

Yulg ‘ich aziz bo ‘lib. bilgich xor bo 'Isa,

Paytavaning sal/a bo'lgani shudir.

Erkin Vohidov o‘z asarlarida mavhum, jimjimador va topishmoqnoma misralar ishlatmaydi. Chuqur mazmunli fikrlarni sodda, siqiq va obrazli qilib ifodalaydi. Shoir hamma vaqt so‘z va iboralarni o‘z o‘rnida, ortiqcha isrof qilmasdan, nihoyatda tejab-tergab ishlatadi. Ana shuning uchun ham Erkin Vohidov she’riyati adabiy asarning birinchi elementi hisoblangan tilning juda aniq va ravonligi, ixcham va go‘zalligi, siqiq va obrazliligi bilan boshqa ko'p shoirlar ijodidan farq qiladi, ajralib turadi. Erkin Vohidovning ikki jildlik «Saylanma» asarlari («Muhabbatnoma» va «Sadoqatnoma»)ni o‘qiganda bunga to‘liq qanoat hosil qilinadi.

Erkin Vohidov ajoyib lirik she’rlar yozish bilan birga, «Buvuk hayot tongi» (1960), «Orzu chashmasi», «Nido» (1964), «Palatkada yozilgan doston» (1966), «Quyosh maskani» (1970), «Charog'bon» (1971), «Baxmal» (1974), «Ruhlar isyoni» (1979) kabi xilma-xil dostonlar ham yaratgan. Bu dostonlarning aksariyati — mazmun jihatidan ham, badiiy mahorat jihatidan ham baquvvat, go‘zal. Ularda turli mavzular teran va o‘qishli qilib aks ettirilgan.

«Nido» dostoni urush mavzusiga bag‘ishlangan bo‘lib, bosh qahramoni yigirma yashar yigit ana shu hayot-mamot urushidan so‘ng voyaga yetgan yangi avlodning umumlashma obrazidir. Asar ana shu lirik qahramonning o‘tli hayqirig‘i bilan boshlanadi.

«Nido» dostoni shirali til bilan yengil uslubda yozilgan. Unda ta’sirli va jozibador lirik parchalar ko‘p.

Erkin Vohidovning «Ruhlar isyoni» dostoni — g‘oyaviy- badiiy yetuk asar. Shoir unda o‘zining yurt mustaqilligi va inson hurligining mohiyati haqidagi poetik fikrlarini ustalik bilan ifodalagan. Doston voqeasi Hindistonda bo‘lib o‘tadi. Inqilobchi hind shoiri Nazrul Islomning hayoti va fojiali taqdiri doston sujeti uchun asos qilib olingan.



«Ruhlar isyoni» dostoniga isyonkor shoiri bengal shoiri Nazrul Islom hayoti, fojiali qismati asos qilib olingai. «Otashin beygal shoiri Nazrul Islomning qaxramonona va fojiali taqdiri ko‘pdan meni hayajonga solib kelar, u haqda biron narsa yozish xayolida yurardim»,— deydi muallif. SHu maqsadda u shoir hayoti va ijodini astoydil o‘rgandi, shoir hayotshga oid faktlar bilan yaqindan tanishish niyatida Hindistonga bordi, shoir yashagan joylarda bo‘ldi, shoirni shaxsan tanigan, bilgan kishilar bilan suhbat qurdi.

Ma’lumki, Nazrul Islom asrimiz boshlarida chaqindek yaraqlab, she’riyatda o‘chmas iz qoldirgan, isyonkor she’rlari bilan butun Hindiston yarim orolini larzaga solgan, hayotini Hindistonni chet el mustamlakachilari zulmidan ozod etish ishiga, xalqlar birdamligi, erki, baxti yo‘lida fido etgan dovyurak shoirdir. Tazyiq, hibs, qiynoqlar ostida shoirni hali o‘ttiz beshga etmagan navqiron yoshida, ayni ijodi qaynagan paytda es-hushidan ayiradilar. Oradan yillar o‘tdi, shoir vatani Hindistonda katta o‘zgarishlar yuz berdi. Nazrul Islom orzu qilgan kunlar keldi, mustamlakachilar yurtdan quvildi. Hindiston mustaqillik, tinchliksevarlik, ijtimoiy taraqqiyot yo‘liga tushib oldi. Bir vaqtlar tahqirlangan, jabrlangan shoir hayotda o‘rnini, qadrini topdi, el ardog‘iga sazovor bo‘ldi. Afsus, endi uning aql-hushi joyida emas. SHu ahvolda u qirq yil ardokda yashadi, yurtidagi o‘zgarishlarni, o‘ziga ko‘rsa-tilgai ehtiromlarni sezmadi, bilmadi, uni tark etgan es-hush bir lahza bo‘lsin qaytmadi.

E. Vohidov dastlab shoir boshidan kechgan shu hayajonli voqealarni hikoya qiluvchi bir she’riy qissa yozdi. Biroq bu asardan ko‘ngli to‘lmadi. «O‘ylab qarasam,— deydi u,— unda men Nazrul Islom hayotiga oid ko‘pchilikka tanish faktlarni shunchaki belletristik yo‘lda sharhlash, hikoya qilib berish bilan cheklanib qolgan ekanman. YOzuvchi-shoirning vazifasi biror shaxs hayoti, sarguzashtini shunchaki hikoya qilib berishdan iborat bo‘lsa, dunyoda yozuvchilikdan oson hunar bo‘lmasdi. Ijodkor o‘z qahramoni hayoti, takdirini badiiy tahlil etishi, shu bahonada o‘zining hayot haqidagi kuzatishlari, o‘y-mushohadalarini o‘rtaga tashlashi kerak-ku, axir! Mening qahramonim — Nazrul Islom taqdiri bu jihatdan g‘oyat boy material berardi. Mushkul ijodiy izlanishlar pallasi boshlandi, dostonning tayyor ilk variantidan voz kechishga to‘g‘ri keldi, ko‘p urinishlardan keyin dostonning o‘quvchilarga taqdim Etilgan hozirgi varianti paydo bo‘ldi».

SHoir dostonni yozishdan kuzatgan maqsadi haqida shunday deydi: «Ruhlar isyoni» garchi Nazrul Islomga bag‘ishlangan bo‘lsa-da, asar faqat otashin shoir hayoti ifodasidan iborat emas. Unda men shoir qayoti bahonasida o‘zimning umuman shoir-lik, insonlik, fidoyilik, erk tashnaligi haqidagi, erkka tashna ijod ahlining zamonasi, xalqi bilan murakkab munosabati qaqidagi, qolaversa, inson hayotining ma’nosi, hayotning ham shafqatsiz, ham adolatli haqiqati haqidagi o‘y-mushohadalarimni kitobxon bilan baham ko‘rishga intildim».

Darhaqiqat, dostonda muallif, bir tomoidan, Nazrul Islom jasoratini, fojeiy qismatini hikoya qiladi: shoir kurashi, jasorati qanchalar qimmatga tushganini, shoir-ning orzu-armonlari, qalbidaga alam-iztiroblari, tugyon-larini butun keskinligi bilan ko‘rsatadi. Ikkinchi tomon-dan, shoir hayoti, qismati vositasida o‘zining uzoq yillik hayotiy tajribasi, kuzatishi, o‘y-mushoqadalarink, ko‘ngil dardlarini, xulosalarini izhor etadi.

Dostonda bosh qahramon Nazrul Islom hayoti bir boshdan tartib bilan izchil bayon etilmaydi; balki shoir umri-dagi eng muhim, keskin daqiqalar tanlab olinib, ular badiiy taxdil etiladi. Badiiy tahlil paytida muallif xayollariga, o‘y-mushohadalariga ko‘p erk bersa-da, baribir izchil tarixiylik prinsipiga amal qiladi. Nazrul Islomdek isyonkor shoirni etishtirib chiqargan tarixiy sharoitni, uning fojiasining tub ijtimoiy sabablarini tarixan haqqoniy ochib beradi.

Doston haqsizlik va adolat, istibdod va erk orasidagi mangu kurashda iste’dod egasining o‘rni haqidagi falsafiy mushohadalar bilan boshlanadi. CHin istetdod egasining tabiati yaralishdan nohaqlikka, adolatsizlikka, istibdodga qarshi isyondir, deb sanaydi muallif:

SHoir yurak —

Pok tilagi,

Imonidir basharning.

Armon to‘la yurakdagi

Isyonidir basharning.

Nazrul Islom dunyoga shoir bo‘lib, ya’ni davrining pok tilagi, imoni, armon to‘la yurakdagi isyoni bo‘lib tug‘ildi. Milliy ozodlik bo‘sag‘asida turgan el-yurt shunday isyon-kor shoirga muhtoj edi, «Zamon uning yonib turgan yuragini so‘rardi».

Dostondagi «Jaholat to‘g‘risida rivoyat»ni olib ko‘raylik. Bu rivoyat shoirning el orasidagi diniy nizo, adovatga qarshi borib tuhmatga uchrashi, ta’qnb ostiga oliiishi voqeasidan keyin beriladi. Bu tasodifiy emas. Rivoyat-dagi hodisalar — donishmand ulug‘ hakimning jaholat hukm surgan zamonda nashtar bilan ko‘rning ko‘zini ochishga jur’at qilishi, johil olomon tomonidan bunday jur’at makruh deb atalishi, hakimning sazoyi etilishi, gulxanda kuydirilishi, eng yomoii — xuddi o‘sha o‘z qo‘lida shnfo topib, ko‘zi ochilgan chol tomonidan ta’na-dashiom, haqo-rat ostida qolishi, o‘sha johil chol yoqqan olovda kulga aylanishi — bu fojeiy voqealar va ular tufayli shoir qalbida kechgan alamli o‘y-mushohadalar o‘quvchi qalbini titroqqa Soladi. SHu hayajonli rivoyat vositasida qahra-mon jasorati fojiasi mohiyatini yana bir karra butun vujudimiz bilan idrok etamiz.

Rivoyat shu bilan tugamaydi. Jaholat, zulm, adolat-sizlik mangu emas. Har qancha qarsh.ilikka, zarbalarga duch kelmasin, ezgu ish» adolat ertami-kechmi, baribir, yuzaga chiqadi.


Download 0,98 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   81




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish