Buxoro davlat universiteti raxmatullayeva f. M. Korporativ strtegiya va tashkiliy dizayn



Download 0,86 Mb.
bet23/51
Sana17.07.2022
Hajmi0,86 Mb.
#812279
TuriУчебное пособие
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   51
Bog'liq
2 5289943070513567050

Insonlar
Tashkilot oldida turgan maqsadlarga erishish uchun nechta xodim kerak? Kompaniyaga qanday mutaxassislarni ishga olish kerak? Ular qanday bilim, tajriba, ko’nikma va malakaviy xususiyatlarga ega bo'lishi kerak? Xodimlarning shaxsiy xususiyatlarini, shuningdek, ularning tashkilotdagi o'rni va rolini aniqlashda ularning lavozimga intilishlarini hisobga olish kerakmi?
Ushbu va boshqa ko'plab masalalar tashkilotdagi "inson omili" bilan bog'liq bo’lib, yangi kompaniyalarni tashkil etish va har qanday yirik tashkiliy o'zgarishlarni amalga oshirishda hal etiladi.
Tashkiliy dizaynni tanlash bo'yicha qarorlar yuqorida sanab o'tilgan boshqaruv bloklarining bir-biriga muvofiqligini ta'minlashga qaratilgan bo'lishi kerak.


3. Tashkiliy dizayndagi tendentsiyalar
So'nggi o'n yilliklar mobaynida butun dunyoda ulkan ijtimoiy, iqtisodiy, siyosiy va texnologik o'zgarishlar yuz bermoqda. Barcha sohalarda juda ko'p o'zgarishlar ro'y berdiki, bu kecha yaxshi samara bergan narsa bugun yoki ertaga yaxshi ishlashi mumkin deya olmaymiz. Ushbu o'zgarishlarning natijasi amalda tashkilotlarni boshqarishning yangi tizimlarini qo'llash bilan bog'liq bo’lgan tashkiliy dizayndagi yangi tendentsiyalarni rivojlantirish bo’ldi.
Hozirgi kunda tashkiliy dizaynni o'zgartirishning asosiy tendentsiyasi bu - ierarxik boshqaruv darajalarining sonini kamaytirish, an'anaviy vertikal boshqaruv ierarxiyasidan asosi o’zaro funktsional muvofiqlashtirish hisoblangan gorizontal tashkilotga o’tishdir.
Barcha tarmoqlar va faoliyat sohalarida hozirgi vaqtda ierarxik tashkilotlarning paydo bo'lishiga olib keladigan o'zgarishlar kuzatilmoqda:

  1. Kompaniyalarda aniq ierarxik mehnat taqsimotini bartaraf etish tendentsiyasi mavjud. Status, unvon, ish haqi miqdori o'rtasidagi farqlar bartaraf etiladi. Aniq vazifalar va vakolatlarni belgilashga emas, balki muayyan natijalarga erishish yoki muammolarni hal qilishga qaratilgan «ramkadagi" “рамочные” lavozim yo’riqnomalri tobora keng tarqalgan.

  2. 2. Tashkilotlarning o'rtacha hajmi (xodimlar soni bo'yicha o'lchanadigan) kamaymoqda. Bu, qisman, kichik va o'rta korxonalar sonining o'sishi va qisman kompaniyalar tarkibidan mustaqil biznes birliklari sifatida faoliyat yurita oladigan bo’linmalarning chiqarilishi natijasida yuzaga keladi.

  3. Juda katta kompaniyalar, ishlab chiqarish hajmini oshirib, ish bilan band bo'lganlar sonini kamaytiradi. Ish bilan band bo'lganlar sonining kamayishi birinchi darajali xodimlarning ishlarini avtomatlashtirish, axborot texnologiyalarini joriy etish, shuningdek, kompaniya uchun asosiy bo'lmagan ishlarni amalga oshirish uchun shartnoma asosida tashqi resurslarni jalb qilish natijasida yuzaga keladi. Ishchilar sonining kamayishi boshqaruv darajasining kamayishiga olib keladi.

  4. Shuningdek, ierarxiya, boshqaruv qarorlarini qabul qilish texnologiyalari samaradorligining oshishi bilan kamayadi. An'anaviy ierarxik boshqaruv mexanizmidan foydalanmasdan insonlarning yirik guruhlariga bir-biri bilan muloqot qilish va muammolarni birgalikda hal qilish imkonini beradigan kompyuter dasturlari ishlab chiqilmoqda va joriy qilinmoqda

Yillar davomida asosiy tashkilot tuzilmasi bo’lib, klassik piramida hisoblangan. Vertikal boshqaruv iyerarxiyasi, biznes yuritishning yetarlicha barqaror sharoitida o’zining hayotiyligi va samaradorligini isbotladi. Biroq, zamonaviy ishbilarmonlik dunyosida tashkilotlar byurokratik boshqaruv tuzilmasi doirasida qiyinchilik bilan hal etiladigan muammolar bilan shug’ullanishga to’g’ri kelmoqda. Ular orasida, birinchi navbatda, quyidagi masalalar mavjud:

  • Kompaniyaning turli mahsulotlar va turli bozorlarda ishlaydigan bo'linmalari faoliyatini muvofiqlashtirish;

  • Atrof-muhit o'zgarishiga tezkor javob;

  • Kompaniyaning turli bo'linmalarida sodir bo'layotgan harakatlar va jarayonlarni muvofiqlashtirishni talab qiluvchi faoliyatning yuqori sifatini ta'minlash;

  • Operatsion jarayonlarni tezlashtirish va jarayonlarni amalga oshirish xarajatlarini kamaytirish zaruriyati.

Tashkilotlarning zamonaviy dunyosida tobora kuchayib borayotgan boshqa tendentsiyalar quyidagilar:

  • Yuqori boshqaruvning kompaniyaning strategik maqsadlariga erishish uchun tashkiliy dizaynning istisnosiz barcha elementlarini aniq kelishish alohida e’tibor berishi. Bu tendentsiya sifat menejmenti kontseptsiyasini amalga oshirishda yuqori darajada namoyon bo’ldi;

  • Faoliyatni funktsional tashkil etishdan biznes jarayonlariga asoslangan tashkil etishga o’tish.

  • Kompaniyaning asosiy vakolatiga bevosita aloqador bo'lmagan funktsiyalarni olib tashlash, shartnoma asosida tashqi resurslarni jalb qilish, turli hamkorlik va alyanslar tuzish;

  • O'z-o'zini sozlash va o'z-o'zini o’rganishga, natijada atrof-muhit talablari bilan yaqin aloqada ishlash jarayonida o’zgarishga qodir bo'lgan tashkiliy dizayn shakllarini ishlab chiqish;

  • Tashkiliy dizayni zamonaviy axborot texnologiyalari va aloqa vositalaridan foydalanish imkoniyatlari bilan aniqlanadigan, virtual tashkilotlar deb ataladigan kompaniyalarni yaratish.


Download 0,86 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   51




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish