Buxoro davlat universiteti pedagogika kafedrasi «umumiy pedagogika»



Download 2,47 Mb.
Pdf ko'rish
bet99/250
Sana30.12.2021
Hajmi2,47 Mb.
#86767
1   ...   95   96   97   98   99   100   101   102   ...   250
Bog'liq
umumiy pedagogika

o’qimoq  va  o’qitmoqdan  boshqa  iloj  yo’qdur.  Alloh  tao-lo  boshqalarga  hajmi  ibrat  va 
sizlarga sabr bergay” (“Padarkush”, 155-bet). 
Oxirgi  jumlalardagi  “o’qimoq”  va  “o’qitmoq”  so’zlariga  e’tibor  berilsa,  ta’lim-
tarbiya ishlari faqat yoshlar o’rtasida emas, shu bilan birga, kattalar (ota-onalar) o’rtasida 
ham olib borilishi lozimligi ta’kidlanadi. 
Behbudiy  yoshlar  ta’lim-tarbiyasi  haqida  nima  ish  qilgan,  qanday  faoliyat 
ko’rsatgan  bo’lsa,  hammasini,  asosan,  turkiy  xalqlarning  kelajagini  porloq,  o’zlarini 
mustaqil,  vatanni  obod,  el-yurtni  qaramlikdan  ozod  etish  uchun  qilgan.  Turkistondagi 
barcha  ota-onalarni  ham,  ularning  farzandlarini  ham  shu  ruhda  tarbiyalashni  ko’zda 
tutgan. 
Behbudiy  chor  Rossiyasiga  qaramlikdan  qutulmoq,  mustaqillikka  erishmoq  uchun 
savodxon  bo’lmoq  darkorligini  alohida  ta’kidlar,  buning  uchun  ma’rifat  o’choqlari 
bo’lmish yangi usul maktablarini ko’paytirish, maktab va madrasalarda esa diniy bilimlar 
bilan  birga  tabiiy  fanlarni  ham  xuddi  Ovro’pa  mamlakatlaridagi  saviyada  o’qitish 
g’oyasini targ’ib qiladi: «...Yahudiy, armani va boshqa ajnabiylarga poymol bo’lishimiz 
yillarning o’tishi bilan lozim keluvchi bir amri tabiiydir. Zamonamizning ilm va fanidan, 
ilmi  di-nimiz  ila  birga  o’qib  o’zimizni  din  va  millatimizni  hifz  etmak  kerak  va  illo 
Ovro’pa  ashyoniy  nafisasi  kasabalarimizni  va  Ovro’pa  siyosiylari  vujudimizni  bo’lib 
yuboradilar... 
...Ilmi  diniy  ila  barcha  ilmi  zamoniy  —  ilmiy  dunyoviy  tahsil  qilmaslik  munkariz 
bo’larmiz...»
62

Behbudiy  o’zining  mana  shu  fikrlarini  amalga  oshirish  borasidagi  ko’p  qirrali  va 
sermahsul  faoliyati  davomida  ma’rifatparvarlik  va  taraqqiyparvarlik:  g’oyalarini  keng 
tashviq  etibgina  qolmasdan,  balki  Jomboy  qishlog’ida  o’qituvchilik  qilib  yurgan 
Abduqodir  Shakuriyni  yollab,  maktab  uchun  o’z  hovlisining  tashqarisini  beradi,  bolalar 
esa tekinga o’qitiladi.U katta o’g’li Ma’sud bilan qizi Parvinni ham Shakuriy maktabiga 
o’qishga  beradi.  Behbudiy  o’z  uyida  ochilgan  “usuli  jadid”maktabining  butun  moddiy 
xarajatlarini  o’z  gardaniga  oladi  «Padarkush»ning  sahnaga  qo’ilishidan  kelgan  asosiy 
daromadni  Samarqand,  Qo’qon,  Namangan,  Toshkent,  Kattaqo’rg’on  va  boshqa 
shaharlardagi  “usuli  jadid”  maktablariga  hadya  qildi,  bu  maktablar  uchun  o’zi 
«Muntaxabi jo’g’rofiya umumiy» («Qisqacha umumiy jo’g’rofiya»), «Madxali jo’xrofiya 
umro-qiy»  («Ahli  jo’g’rofiyasiga  kirish»),  «Muxtasari  jo’g’rofiyai  Rusiy»  («Rusiyaning 
qisqacha  jo’g’rofiyasi»),  «Kitobul  aftol»  («Bolalar  maktubi»),  «Muxtasari  tarixi  islom» 
(«Islomning  qisqacha  tarixi»),  «Amaliyati  islom»  va  «Yangi  hisob»  darsliklarini  yaratdi 
va o’z mablag’iga matbaa ochib, maktab uchun darslik va qo’llanmalarini tekinga bosib 
tarqatadi.  Samarqanddagi  birinchi  musulmon  kutubxonasi  va  qiroatxonaning  asosiy 
mablag’i ham uning hisobidan chiqqan edi. 
Qizig’i  shundaki,  Mahmudxo’ja  Behbudiyning  hayot  yo’li,  uning  din  va  jamoat 
arbobi  sifatidagi  faoliyatida  ma’rifatparvarlik  va  shariat  uzviy  birlikni  tashkil  etadi. 
Chunki, Behbudiy faqat diniy bilimlarnigina emas, shu bilan birga, zamonaviy ilmlarning 
zo’r  bilimdoni,  xalqni  ma’rifatli  qilish  uchun  kurash  yo’lida  o’z  moddiy  boyliklarini, 
hatto  jonini  ayamagan  shaxsdir.  Professor  Abdurahmon  Sa’diy  1923  yilda  z’lon  qilgan 
«Behbudiy  va  uning  tegrasiga  yig’ilgan  yozuvchilar»  nomli  maqolasida  «O’z  zamonida 
Turkiston jadidlarining eng faol va eng ma’lumotli rahbarlaridan edi»
63
  deb  ta’riflagan 
bo’lsa,  Fayzulla  Xo’jaev  o’zining  «Buxoro  tarixi»  asarida  bu  fikrni  rivojlantirib: 
                                                
62
 “Тараққий” газетаси, 1906, 7-сон. 
63
Ш.Турдиев  Маҳмудхўжа Беҳбудий. «Фан ва турмуш» журнали, 1989, 1- сони.
 


115 
 

Download 2,47 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   95   96   97   98   99   100   101   102   ...   250




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish