Buxoro davlat universiteti pedagogika kafedrasi «umumiy pedagogika»



Download 2,47 Mb.
Pdf ko'rish
bet97/250
Sana30.12.2021
Hajmi2,47 Mb.
#86767
1   ...   93   94   95   96   97   98   99   100   ...   250
Bog'liq
umumiy pedagogika

O’g’il  meniki,  sizga  nima?  O’qiganni  biri  siz,  emoqqa  noningiz  yo’q,  bu  holingiz  ila 
menga  nasihat  qilursiz.  Xayrullah  mehmonxonani  qulfla,  uyqum  keldi...”.  Bu  satrlarda 
Boyning  maktab-ma’rifat,  ta’lim-tarbiya  ishlariga  tamoman  yot  bir  unsur  ekanligi 
ifodalangan. O’zida tarbiya bo’lmagan kimsa, birovga tarbiya berolmaydi, shuning uchun 
bolalar  bilan  birga,  ularning  ota-onalarini  ham  tarbiyalash  zamonaning  eng  katta 
muammosi  sifatida  kun  tartibiga  qo’yiladi.  Bu  jihatdan  asardagi  Domla  obrazi  ham 
muhim  tarbiyaviy  ahamiyatga  ega.  Domla  Boydan  nihoyatda  ranjib,  oxiri  uning 
huzuridan ketayotganida yoshlar tarbiyasiga oid fikrlarini shunday izhor etadi: “O’qimoq 
va  mullo  bo’lmoq  uchun  pul  kerak,  badavlatlarimiz  xoli  bul,  bas,  bu  ketish  ila 
navzambilloh dunyo va oxiratda rasvo bo’lurmiz, o’qimoq barcha musulmonga, erkak va 
xotin  bo’lsin  farz  edi.  U  qayda  qoldi?  Oh,  voy,  bizni  holimizga....  Boy,  men  sizga  amri 
ma’ruf  etdim  va  menga  shariat  bo’yicha  lozim  bo’lgan  ishni  bo’ynimdan  soqit  qildim. 
Insholloh, mo’ylab chiqarib alifni tayoq demay turgan o’g’lingiz xoyo holatini ko’rarmiz 
va ham o’qitmaganingiz uchun gunohkor bo’lursiz”.
61
 Domlaning qanchalik haq ekanligi 
asar xotimasida Toshmurod va Boy  hayotining fojiali yakunida ko’rsatilgan. 
Behbudiy  Turkiston  aholisi  orasidagi  kaltabin,    o’jar,  o’zbilarmonlarni  g’aflat  
uyqusidan  uyg’otishga,  ularni  yangi  zamon  taqozosi  bilan  etuk  shaxslar  darajasiga 
ko’tarishga  butun  qobiliyatini  sarflaydi.  Zotan  u  millatni  halokatdan  saqlab  qolish, 
qaramlikdan qutqarishning yagona yo’li  shu deb biladi. Boy singari kattalarda ko’ringan 
nuqsonlar  ularning  bolalariga  ham  yuqub  borayotgani  Behbudiyni  va  butun  jadidlarni 
tashvishga soladi. Bu jihatdan “Padarkush” dramasidagi Ziyoli obrazi va uning faoliyati, 
ayniqsa, katta ahamiyat kasb etadi. Ziyoli Domlaga nisbatan ilg’or mulohazalarni bayon 
qiladi.  Ziyoli  evropacha  ta’lim  olgan,  uning  tashqi  qiyofasi,  kiyim-kechaklari,  gap-
so’zlari  ham  yangicha,  zamonaviy  ruhni  ko’rsatib  turadi.  U  Domlaning  fikr-
mulohazalarini  yanada  kengroq    ko’lamda  davom  ettiradi.  Shariatda  ta’kidlangan  ilm-
ma’rifatga oid aqidalarni ham hozirgi dunyo miqyosida rivojlanib borayotgan aniq fanlar, 
madaniy taraqqiyot haqidagi ma’lumotlarni ham ancha chuqur bayon qilishga intiladi. U 
bildirgan  mulohazalar  ham  Boyga  ta’sir  ko’rsatmaydi.  Ziyoli  o’z  mulohazalarida 
Turkistonda  milliy  maktablarni  rivojlantirish,  shunga  yarasha  o’qimishli  fuqarolarni 
ko’paytirish  uchun,  avvalo,  bolalarni  ilm-ma’rifatli  qilib  tarbiyalash  lozimligini 
tushuntiradi. 
Ziyoli mulohazalarida Behbudiy va butun jadidchilik oqimining yoshlar tarbiyasiga 
oid, ilm-ma’rifat, ta’lim maktab-maorif haqidagi qarashlari to’liq ifodalangan. Binobarin, 
unda  fuqaroni  g’aflat  uyqusidan  uyg’onishga  da’vat  o’z  ifodasini  topgan.  Uning 
so’zlaridagi  yoshlarni  dastlab  milliy  maktabda  xat-savodini  chiqarish,  ularga  diniy 
ilmlarni  o’rgatish,  o’z  milliy  urf-odatlarimizni  singdirish,  undan  keyin  Frantsiya, 
Amerika,  Istambul  singari  rivojlangan  mamlakatlarining  oliy  o’quv  yurtlariga  yuborib 
o’qitish, fan-texnika, iqtisod, huquqshunoslik  singari  muhim siyosiy ilmlarni egallashga 
erishish masalalariga oid fikrlar hamon e’tiborni jalb etadi. 
“Padarkush”  asarida  mustamlakachilik  siyosati  tufayli  mahalliy  aholi  va    ayniqsa, 
yoshlar  o’rtasida  ichkilikbozlik,  maishiy  buzg’unchalik  tarqala  boshlagani  ham 
                                                
61
 Маҳмудхўжа Беҳбудий. Падаркуш “Шарқ юлдузи” журнали, 1989 йил 7-сон. 113-115-бет. 


113 
 
ko’rsatiladi.  Liza  singari  rus  ayollari  mahalliy  millatga  mansub  yoshlarni  ko’plab 
ergashtira  boshlagan,  bunday  buzilishlar  yoshlar  tarbiyasini  izdan  chiqarib,  ularni 
halokatga  surgab  borayotgani  Behbudiy  singari    tarbiyachilarni  tashvishga  soladi.  Bir 
to’da yoshlar – Tangriqul, Davlat, Nor va shular bilan birga Boyning o’g’li Toshmurod 
pivoxonada  ichkilikbozlik  qilib  o’tirishadi.  Qadah  ko’tarib,  og’izlaridan  “bodi  kirib  – 

Download 2,47 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   93   94   95   96   97   98   99   100   ...   250




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish