«Biz musulmonlarg’a, alalxusus, bu zamonda ikki sinf ulamo kerakdir: biri ilmi
diniy, digari olimi zamoniy, olimi diniy; imon, xatib, mudarris, muallim, qozi, mufti
bo’lib, (ular) xaloyiqni diniy va axloqiy va ruhoniy ishlarini boshqarar.
Olimi zamoniy bo’lmoq uchun bolalarni avvaldan musulmoncha xat va savodini
chiqarib, zarurati diniya va millatimiz tilini bildirgan so’ngra, hukumatimizni nizomli
maktablariga bermoq kerakdir, ya’ni gimnaziya va shahar maktablarini o’qib tamom
qilganlaridan so’ng Peterburg, Moskva dorilfununlariga yuborib, doktorlik, zakonchilik,
injenerlik, sudyalik, ilmi sanoat, ilmi iqtisod, ilmi hikmat, muallimlik va boshqa ilmlarni
o’qitmoq lozimdir.
Rusiya vataniga va davlatini bilfe’l (amalda) sherik bo’lmoq kerakdir va davlat
mansablariga kirmoq lozim. Toki maishat va ehtiyoj zamoniyasi to’g’risida vatan va
millati islomga xizmat qilinsa va ham davlati Rusiyaga sherik bo’linsa, hattoki shu tariqa
59
Қосимов Б. Маҳмудхўжа Беҳбудий. Танланган асарлар. –Т.: “Маънавият”, 1997, 5-6-бетлар.
111
Farangiston (Frantsiya), Amerika va Istanbul dorilfununlariga tajriba uchun yubormoq
kerakdir. Hazrat payg’ambarimiz: ilm Xitoyga ham bo’lsa talab qilingiz, demadularmu?
(Boy uyquda) Bu ishlar bo’lmas, magar pul ila va sizdek katta boylarni himoyatisiz.
Chunonchi Kavkaz, Orenburg va Qozon musulmonlarini boy va ahli g’ayrati ilm yo’liga
ko’p pul sarf etarlar va kambag’al bolalarini o’qitdirarlar. (Boyga qarab:) Albatta,
so’zlarimga tushungansiz, janobi boy! Boy bobo!».
60
Umuman, Behbudiyning “Padarkush” dramatik asarining asosini ma’rifatparfarlik
g’oyasi tashkil etadi. Chunki Behbudiy xalq ta’limi, yoshlar va kattalar o’rtasidagi
munosabatlarni o’ziga xos yo’l bilan badiiy ifoda etgan. Mazkur asarda ota-onalar bilan
bolalar o’rtasidagi g’oyat jiddiy, nozik, qaltis munosabatlar ta’lim-tarbiyadagi bosh
masala tarzida talqin etiladi.
Behbudiyning “Padarkush” asari Turkiston xalqlarining qalbini muttasil
hayajonlantirib kelayotgan muammolarga bag’ishlanganligi va milliy o’ziga xos eng
muhim xususiyatlarini o’z ichiga olganligi bilan jamoatchilik e’tiborini tortadi. Bunda
oila tarbiyasida ota-onalarning o’rni haqida gap boradi. Behbudiyning pedagogik
qarashlarida, maktab tarbiyasi bilan oila tarbiyasi uzviy birgalikda olib borilishi lozim,
aks holda fojialar ruy beradi, degan g’oyani oldinga suradi. Maktab har qancha to’g’ri
yo’l qo’rsatsa-yu, ota-onalar bolasini boshqa tomonga tortadigan bo’lsa, bola tarbiyasi
tamoman izdan chiqadi, degan fikr-mulohazalar asardagi obrazlar faoliyatida ifoda
etiladi.
“Padarkush” asaridagi voqea Boy bilan uning o’g’li Toshmurod (ota-bola)
o’rtasidagi oddiy bir muloqotdan boshlanadi. Toshmurod:“Tomoshaga boraman, pul
bering!” – deb otasi huzuriga kiradi. Boy o’g’liga pul beraturib, barvaqtroq kelishini
aytib, kimlar bilan borayotganini so’raydi va “yomon joylarga” bormasligini ham
ta’kidlab qo’yadi. Toshmurod otasidan va oldida o’tirgan “yangi fikrli domladan ham
uyalmay – netmay: - “Xayr, xov ko’p gapurasiz-da” – deb otasini siltab chiqib ketadi.
Toshmurodning otaga qilgan bunday odobsizligi Domla ta’bini xira qilib yuboradi.
Domla Toshmurodning bu noo’rin xatti-harakatini ilmsizlik, ma’rifatsizlik oqibati deb
biladi.
Behbudiy o’z davridagi bolalarning ta’lim-tarbiyasi masalasi o’ylantiradi. U yomon
tarbiyali bola butun oilani halokatga olib kelishini, bunga, avvalo, ota-onalarning o’zlari
sabab bo’layotganini aytadi. Toshmurodning odobsiz bo’lib o’sishiga Boyning o’zi
sababchi: uning odobsizligi, maqtanchoqligi, o’jarligi, mol-dunyoga o’chligi o’g’lini
ham shu ko’yga soladi. Toshmurod o’n olti yoshga kirgan bo’lsa ham eski maktabga
ham, yangi maktabga ham bormaydi, takasaltanglik, buzuqilik va maishat bilan kun
kechiradi. Asarning ichiga chuqurroq kira borgan sari, bolaning otaga, otaning bolaga
o’zaro juda mos, bir-biriga juda mutanosib, bir olamning ikki pallasiday o’xshash ekanini
idrok etamiz.
“Padarkush” asarida biz ta’lim-tarbiyaning bosh maskani oila, ota-ona ekani haqida
g’oyat muhim fikr borlig’ini sezamiz. Behbudiy bu asarda o’z g’oyalarini, ya’nita’lim-
tarbiyaning buzilib ketishiga oilaning o’zi sabab bo’layotganini tomoshabin qalbiga
chuqur singdirishga intiladi. Behbudiy aslida Turkiston halqining hammasini boy va
badavlat qilish yo’llarini o’ylaydi. Ammo ommaviy farovonlikka erishmoq uchun ilm-
ma’rifat va ta’lim-tarbiyani to’g’ri yo’lga qo’yish zarurligini tushunadi, fuqarolarning
ma’naviy dunyosini boyitmay turib, moddiy boyligini oshirib bo’lmasligini tushunadi.
60
Маҳмудхўжа Беҳбудий. Падаркуш «Шарқ юлдузи» журнали, 1989, 7-сони, 112-бет.
112
Buni biz Domla obrazida ko’ramiz Domla kuyib-pishib o’g’lini o’qishga berishga
da’vat etsa-da, Boyga uning so’zlari ta’sir etmaydi, aksincha, Domlaning so’zini kesib,
haqorat qilib, uyidan chiqarib yuboradi. Boy o’z davlatiga mahliyo bo’lib, odob-ahloq,
ta’lim-tarbiya, jamiyat, fuqaro taqdiri, vatan, millat kelajagi to’g’risidagi tushunchalardan
yiroq yuradi. “Ey Domla – deydi nihoyat g’azablanib Boy – Siz menga tahqiqchimi?
Do'stlaringiz bilan baham: |