Buxoro davlat universiteti pedagogika kafedrasi «umumiy pedagogika»


(Adabsiz na o’zi uchun yomonlik qiladi



Download 2,47 Mb.
Pdf ko'rish
bet92/250
Sana30.12.2021
Hajmi2,47 Mb.
#86767
1   ...   88   89   90   91   92   93   94   95   ...   250
Bog'liq
umumiy pedagogika

(Adabsiz na o’zi uchun yomonlik qiladi, 
Balki butun dunyoga o’t qo’yadi)
Shunday  ekan,  har  bir  inson  zohiriy  hamda  botiniyni  bilib,  unga  amal  qilishi 
zarurligi  va  bu  odob  qoidalarini  muo’’tabar  kitoblardan  jam  ekanligini  aytadi.  So’ng 
yuqorida  ta’kidlaganimizdek,  insonning    barkamol  buo’lib  etishishida    kundalik 
turmushida  zarur  botiniy  va  zohiriy  odob  qoidalari:  salomlashish  va  ruxsat  so’rash, 
muloqot  odobi,  uxlash  va  yo’l  yurish,  suhbat  ahlining  o’zini    tutishi,  er-xotin  odorbi, 
                                                
54
Ҳошимов К ва бошқалар. Педагогика тарихи. Т.: “Ўқитувчи”, 1996, 234-бет. 


106 
 
tozalik  va  ozodalik  qoidalari,  mehmon  kutish,  ziyofat  va  ovqatlanish  odobi,  safar 
qoidalari bayon etiladi. 
Turkiston  mintaqasida  naqshbandiya  tariqati  keng  tarqalgani  bois  asarda  tasavvuf 
ahliga tegishli  ko’rsatmalar ham yoritib o’tilganligini alohida ta’kidlab o’tish joiz. Ayni 
paytda,  bu  ko’rsatmalar  xalqimiz  kundalik  turmush  tarziga  singib  ketganini  kuzatish 
mumkin.  Bu  kitob  Turkiston  xalqi  orasida  katta  shuhrat  qozongan  va  ilm  ahli  orasida 
qadrlanib,  keng  istifoda  etilgan.  Bu  davrda  barcha  madrasalarda  majburiy  fan  sifatida 
"Qur’on", "Tafsir", "Odob as-solihin", "Sabot ul-ojizin", "Hadis" o’qitilardi. 
Asarda  keltirib  o’tilgan  odob-axloq  me’yorlarining  batafsilligi  va  "ashobi  shari’at 
va arbobi tariqat  kutubi mo’’tabarlaridin jam’ qilingan"ligi uning ishonchli  va qimmatli 
manba ekanligini namoyon etadi. 
Masalan,  milliy-diniy  qadriyatlarimizning  ajralmas  qismi  "aql  (eyish),  sharob 
(ichish) va ziyofat (mehmon kutish)" odobida o’ttizta, "salomlashish" odobida o’n ikkita 
koidani  tartib  bilan  sharxlab,  keltirib,  o’tgan.  Ulardan  makruh,  mustahab  va  farz 
hisoblangan amallar Xadislarga asoslangan holda yoritilgan. 
Jumladan, asarning birinchi bobining uchinchi faslida berilgan muloqot (uchrashuv) 
odobiga  oid  tavsiyalari  (ko’rsatma)  ham  diqqatga  sazovor.  Bunda  uchrashganda  qo’l 
berib ko’rishish, ammo ko’rishganda qo’l uchi bilan emas balki, astoydil ikki qo’lni berib 
ochiq yuz bilan ko’rishish odobi bayon etilgan. 
Bu  o’rinda  qo’l  berib  ko’rishishlik  haqida  Payg’ambar  (s.a.v.)dan  quyidagi  hadis 
vorid bo’lgan: "Qo’l berib ko’rishish bilan salomlashish mukammal bo’ladi". 
Kitobning  uchinchi  bobida  suhbatlashish  odobi  bayon  etiladi-ki,  bu  odob 
qoidalariga  inson  har  bir  daqiqada  rioya  etishi  zarur.  Bulardan,  ahli  suhbatga  noloyiq 
xatti  harakatlardan  qochish  maqsadida  axli  jamoaning  xotirjamligini  buzganlarni 
chetlashish buni imo-ishora bilan tushuntirish, suhbatda pinakka  ketmaslik (uxlamaslik), 
o’zgalardan o’zini yuqori tutish, suhbatdoshining so’zini bo’lmaslik, sukut saqlashni ham 
me’yoriga  etkazish,  deb  ortiqcha  takallufga  zo’r  bermaslik,  hamsuhbati  bilan  bahs 
qilmaslik,  ammo  tortishish  mumkinligi,  g’azab  ketganda  uni  to’xtata  olish,  ortiqcha 
qiziqchilik  hazil-mutoyiba,  xushomadgo’ylik  qilmaslik,  bunda  me’yordan  oshirmaslik, 
kamsituvchi laqablar qo’ymaslik, axli suhbat orasida bir-biri bilan pinhona va boshqalar 
tushunmaydigan  tilda  pichirlamaslik,  pinhona  so’zlashganda  boshqa  hamrohining  quloq 
solmasligi,  bu  qoidalar  har  bir  kishining  kundalik  turmushida  zarur  bo’ladi  talablari 
hisoblanadi  Masalan,  bu  bobda  o’ttiz  uchta  qoida  keltirilgan  bo’lib,  ulardan  ba’zilarini 
keltirib o’tamiz: 
-  majlisda  odob  va  hurmat  birla  o’lturg’ay  va  ikki  kishini  o’rtasiga  berizo  borib 
o’ltirmagay; 
- ahli suhbat kirgan va chiqqan vaqtda o’rnidan turg’ay; 
-  o’zini  beadabona  so’zdan  va  fe’lidin  yomon  xarakatdin  va  nohamvor  (noo’rin  
sukunatdin saqlag’ay; 
- ahli suhbatdin hech xizmatni ko’z tutmagay va hech kimga ximmat buyurmagay; 
- agar birodari fisqega mubtalo bo’lsa xilvatda nasihat qilgay; 
- suhbatda pinakka bormagay; 
- majlisda o’zini o’zgalardin mumtoz qilmag’ay; 
- bir kishi so’zlab turgan vaqtda so’zlamagay, to so’zinim tamom qilmag’uncha; 
- ko’p ham so’zlamag’ay; 
- hamsuhbatlarig’a  ko’b  mazah  va  mutoyiba  qilmag’ay.  Va  haddi  e’tidol  (o’rtacha 
hol)da ish tutg’ay; 


107 
 
Yuqoridagilardan  ko’rinib  turibdiki,  Muhammad  Sodiq  Qoshg’ariyning  “Odob  as-
solihin”  asari  yoshlarning  barkamol  ma’naviy  yuksak,  ektuk  axloqli  bo’lishlarida  katta 
ahamiyatga  ega.  Shuning  uchun  ham  bu  asarni  to’lig’icha  o’rganib,  undagi  so’zlarni, 
o’ziga  me’zon  qilib  olsa  va  amal  qilsa  ma’naviy  etuk  inson  bo’lib  tarbiyalanishiga 
poydevor bo’lib hizmat qiladi. 
 

Download 2,47 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   88   89   90   91   92   93   94   95   ...   250




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish