116
nimarsadan aziz imonig’a chang urulg’on uchun yozib fursatingizni favt qilarmiz. Va
a’lon turib, munkir bo’lg’uvchi kishi so’zining bir pullik e’tibori yo’qdur»
65
,— deyiladi.
Qisqasi, Mahmudxo’ja Behbudiy jadidlardan xalqning ixlosini qaytarishga intilgan
jaholatparast ruhoniylarning bunday xurujlariga zo’r bilimdonlik bilan shariat nuqtai
nazaridan g’oyat asosli ravishda qaqshatqich zarba bera olgan edi.
Xullas, Mahmudxo’ja Behbudiy butun ongli faoliyati davomida faqat xalq
manfaatlarini himoya qildi, xalqni baxtiyor etish, farzandlarini esa savodxon qilish uchun
kurashdi. 1914 yilda yozilgan «Yoshlarga murojaat» maqolasida: “
...islomiyat shunday
bir dini metin va qobili taraqqiydurki, naqadar ilmi zamoniy ko’p o’qulsa, insonning dini
islomg’a shuncha aqidasi mahkam bo’lur... hatto lozim bo’lganda mulkingizni
sotsangizda, o’g’lingizning zamoncha o’qumog’a sa’y qilingiz
66
deb ta’kidlaydi.
Adabiyotshunos Sherali Turdievning yozishicha, Behbudiy Buxoro amirining dahshatli
zindonida o’z qotilini kutib yotgan og’ir damlarda hom Turkiston va Buxoroda maorif
nurlarini yoyish, xalqni jaholatdan qutqazish, ularga haqiqat, adolat, ozodlik yo’lini
ko’rsatishga, bu yo’lda qurbon bo’lganlarni unutmaslikka undovchi vasiyat xatini
zindondan ozodlikdagi do’stlariga chiqarishga muvaffaq bo’ladi
67
. Bu xatda
«Ey,
Turkiston maorif ishlarida bo’lg’on o’rtoq va o’g’lonlarim! Men, o’zim garchand bandi
bo’lsam-da, sizlarni esimdan chiqarmayman va sizlarga birov vasiyat qilib o’taman:
Mani sevar o’rtoqlarim! Manim so’zlarimni quloqlaringizga olinglar! Biz ikki
oydan beri Buxoro shaharlarida bandi bo’lib yurib, oxir o’n kundan beri bu erda bu
zolimlarning qo’liga tushib bandi bo’ldik, jadid-kofirlik otini ko’tardik. Bu erdan
qutilmog’imiz gumon bo’ldi.
O’rtoqlarim Siddiqiy, Ayniy, Fitrat, qori va Akobir Maxdum va o’g’lonlarim Vadud
Maxdum, Abduqodir Shakuriy!
Sizlarga vasiyat qilaman: Maorif yo’lida ishlayturg’on muallimlarning boshini
silangizlar! Maorifga yordam etingiz! O’rtadan nifoqni ko’taringiz! Turkiston bolalarini
ilmsiz qo’ymangizlar! Har ish qilsangiz jamiyat ila qilingizlar! Hammaga ozodlik yo’lini
ko’rsatingizlar! Bizdek maorif qurbonlarini yo’qlangizlar! Buxoro tuprog’iga tezlik ila
yo’l boshlangizlar! Ozodlikni tezlik ila yuzaga chiqaringizlar! Bizning qonimizni zolim
beklardan talab qilingizlar! Maorifni Buxoro tuprog’ida joriy qilingizlar”
68
– deyiladi.
Shunday qilib, Mahmudxo’ja Behbudiy o’zbek xalqining milliy mustaqilligi yo’lida
ulkan iste’dodini, bilimini, butun kuch-g’ayratini, aziz umrini fido qildi. Uning
hamfikrlaridan toshkentlik jadidlardan
MUNAVVAR QORI ABDURAShIDXON
O’G’LI (1878—1931) ham
«usuli savtiya» maktabiga ixlos bilan qarab, chor hukumati
Turkiston o’lkasidagi aholini qanday ma’naviy-madaniy uzlatda saqlayotganini va undan
qutulish choralari faqat maktab ta’lim-tarbiyasidagi keskin islohotga bog’liqligini to’g’ri
tushungan holda chor hukumatining mustamlakachilik boshqaruv usuliga qarshi kurashda
faollik ko’rsatdi: mana shu maqsad yo’lida Toshkentda ilg’or fikrli ziyolilar va turli
guruhlardan iborat
«Turon» jadidlar jamiyatini tashkil etdi. Uzi ta’kidlaganidek: «Chor
Do'stlaringiz bilan baham: