Buxoro davlat universiteti pedagogika kafedrasi «umumiy pedagogika»



Download 2,47 Mb.
Pdf ko'rish
bet103/250
Sana30.12.2021
Hajmi2,47 Mb.
#86767
1   ...   99   100   101   102   103   104   105   106   ...   250
Bog'liq
umumiy pedagogika

«Toshkentdagi  musulmon  jamiyati»  maqolasida  quyidagicha  yozadi:  «Yoshlarning 
sovuqqonlik  va  sabrliklari  bu  sana  yaxshi  natijalar  berdi.  Boylarning  o’zlari  ittifoq 
bo’lib,  o’z  oralaridan  faqat  bir  kishini  rais  va  bir  mashvarat  a’zosi  verib,  boshqa 
a’zolarning barchasin yoshlardan saylatdilar... 
Bu ittifoqning natijasi o’lsa kerak. Toshkent jamiyati bu yil butunlay boshqa tusga 
kirdi. Uyqudan u uyg’onib, ko’zlarini uqalab, atrofga nazar sola boshladi. Qonunda zikr 
etilgan  moddalardan  birin-ketin  foydalanmoqqa  shuru’  qildi,  boshlab  bir  necha  yildan 
beri qaror berilubda ochiltoy yotgan «Dorul ojizin»ni rasman ochib, bir necha miskin va 
ojizlarni tarbiyaga oldi. Bir necha maktab va madrasalarga yuz so’m va ikki yuz so’mlar 
ionalar berdi. Bir iecha beva va bechoralarga oylik ionalar bermoqda va oltmish qadar 
faqir va qashshoq bolalarni turli maktablarda o’qitib, tarbiya qilib turmoqdalar. 
                                                
70 Сирожиддин Аҳмад Мунаввар қори «Шарқ юлдузи», 1992 йил, 5- сони. 


118 
 
Jamiyatning  yangi  a’zolari...  pul  topmoqqa  ham  yangi  yo’llar  izladi,  boshlab 
«Gramofon obshestvo» sila so’ylashib, har bir plastinkadan o’n tiyin olmoq shartila bir 
necha hofizlarni o’z tarbiyasidagi maktab shogirdlarining tovushini sotdi, bundan faqat 
shu yil ichidagina loaqal ikki ming so’m kirsa kerakdir»
71

Xullas,  Munavvar  qori  va  safdoshlari  bu  jamiyat  orqali  qashshoq  va  kasalmand 
kishilar,  o’quvchilarga  yordam  ko’rsatish  bilan  cheklanmaydi,  Rusiya  va  Turkiyadagi 
oliy  o’quv  yurtlariga  talabalar  yuborish  bilan  ham  shug’ullanganlar.  U  millat  bolalarini 
savodxon  qilishdek  bunday  savob  ishga  faqat  «Turon»  jamiyati  a’zolarini  jalb  etibgina 
qolmasdan,  balki  mahalliy  boylarning  ham  boshini  qovushtirib,  ularning  e’tiborini  bu 
xayrli  ishga  tortadi.  Bu  haqda  jamiyatning  faol  a’zosi,  keksa  san’atkor  Abdurahmon 
Akbarov  shunday  deb  yozadi:  «Jamiyatimizdagi  jadidlarning  bosh  rahbari  bo’lgan 
Munavvar  qori  bir  kuni  jamiyatimizning  majlisiga  kelib:  «Ziyoli  yoshlardan  bir 
nechtasini Germaniyaga yuborib o’qitish kerak», deb uzoq nutq so’zladi. Shundan keyin 
jamiyatning  rahbarlaridan  7-8  kishi  Orifxo’jaboyning  yangi  shahardagi  hovlisida  shu 
haqda  birinchi  marta  majlis  o’tkazadilar.  Ammo  «Toshkent  bayonlarining  ko’pchiligi 
bo’lishi  maslahatliroq  bo’ldi»  deb  ikkinchi  kattaroq  yig’in  majlisini  shayx  Xovand 
Tahurlik Kattaxo’ja Xo’jaevning uyida o’tkazishga qaror qildilar. 
...1916  yil  oxirlari  edi.  Oradan  chamasi  15  kunlar  keyin  Kattaxo’ja  Xo’jaevning 
uyida  ikkinchi  marta  katta  yig’in  bo’ldi.  Bu  majlisga  Toshkentning  eng  mashxur 
boyonlari  yig’ildilar.  Jumladan,  Orifxo’jaboy,  Saidkarimboy,  Komiljonboy  choyfurush, 
Asil oqsoqol, Boqijonboy va boshqalar. 
Bu  erga  to’planganlarning      soni  50-60  ga  etardi.Buni  tashkil  qilishda  ko’proq 
tashabbus  ko’rsatgan  Munavvar  qori  bilan  Ilhom  samovarchi  va  Murodxo’ja  Solixo’ja 
o’g’illari edi. Hamma yig’ilib bo’lgandan keyin majlis ochilib, birinchi bo’lib Munavvar 
qori so’zga chiqdi. 
Munavvar  qori:  «O’zbek  ziyoli  bolalarini  Germaniyaga  yuborib  o’qitishga  juda 
muhtojmiz, bolalar o’quv, ilm-tahsil olib kelsalar, millatiga katta xizmat qila oladilar»
degan  so’zlar  bilan  uzoq  nutq  so’zladi.  Uning  ketidan  Munavvar  qorining  so’zini 
quvvatlab  Samig’  qori  chiqib  so’zladi,  oxirida  savollar  tushdi:  kim,  necha  kishini 
yuboramiz, deb Samig’ qori «boradigan kishilarning ro’yxati bor, deb domla Murodxo’ja 
Solixo’ja  o’g’lidan  ro’yxatni  o’qib  berishni  so’radi:  Germaniyaga  o’qib  kelish  uchun 
boruvchilar  shular  ekan:  1.  Shayx  Xovand,  Tahur  dahasidan  Abdulvahob  Murodiy  yana 
bir  kishi,  Beshyog’och  dahasidan  ham  ikki  kishi;  birinchisi  —  Chaqar  mahallalik 
Muhammadjon, ikkinchisi Yalanqori mahallalik A’zam soatsoz o’g’li, jami 4 kishi ekan. 
Munavvar  qori  yana  o’rnidan  turib:  jamoat,  mana  bu-yosh  o’smir  bolalarimizning 
Olmoniyaga  borib  o’qib  kelishlari  faqat  siz  boyonlarimizning  yordami  ostida  vujudga 
chiqadi»,—  deyish  bilan  o’tirgan  boylardan  biri  Munavvar  qorining  qo’liga  anchagina 
pul  berdi...  Pul  to’planib,  sanalib  bo’lgandan  keyin  Munavvar  qori  o’rnidan  turib: 

Download 2,47 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   99   100   101   102   103   104   105   106   ...   250




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish