Buxoro davlat universiteti pedagogika kafedrasi «umumiy pedagogika»


HAMZA  HAKIMZODA  NIYoZIY  (1889-1929)



Download 2,47 Mb.
Pdf ko'rish
bet111/250
Sana30.12.2021
Hajmi2,47 Mb.
#86767
1   ...   107   108   109   110   111   112   113   114   ...   250
Bog'liq
umumiy pedagogika

HAMZA  HAKIMZODA  NIYoZIY  (1889-1929)  madrasada  o’qib  yurgan 
chog’larida  Qo’qon  shahrida  ilg’or  fikrli  talabalar  1908  yilda  «Shamsinur»  nomli 
ma’rifatparvarlik  jadidlar  guruhini  tashkil  qiladilar.  Bu  guruh  a’zolari  ayrim  maktabdor 
va  mudarrislarning  mutaassibligi  va  jaholatparastligiga  qarshi,  Turkiston  maktab  va 
madrasalarida o’qish-o’qituv ishlarini isloh qilish va aniq bilimlardan dars berilishi uchun 
kurashga chaqirilgan qo’lyozma varaqalar tarqatar edilar. Bu esa o’zbek yoshlari ongida 
jiddiy  burilish  bo’lganligidan,  asriy  o’qitish  uslublarining  emirila  boshlaganligidan, 
jaholatga qarshi ilg’or kuchlarni kuchayib borayotganligidan dalolat berar edi. Hamza o’z 
xotiralarida  bu  to’g’rida  shunday  deb  yozgan  edi:  «Ko’p  uzoq  emas,  1908  yillarda, 
madrasada  o’qib  yurgan  vaqtimizda  gazeta,  jurnallarni  birovlar  nomiga  yozdirib  olib, 
qo’ltig’imizga  yashirib,  madrasaning  qozon  qo’yadigan  qorong’u  hujralarida  eshikni 
ichidan beklab, o’shanda ham qo’rqib-qo’rqib o’qib edik». 
Hamza  1911  yilda  Qo’qonda  hamfikr  do’sti  Miraziz  yordamida  Hojibek  guzarida 
yangi  usul  maktabini  ochib,  unda  o’zi  dars  beradi.  Maktabda  o’qish-o’qitish  ishlariga 
ba’zi  bir  o’zgarishlar  kiritib,  quruq  yod  olish  uslubini  yo’qotishga  harakat  qiladi. 
Uquvchilarni  urish  va  so’kishni  taqiqladi,  sinfdan  tashqari  tarbiyaviy  mashg’ulotlarga 
ko’p e’tibor berdi, ona tili darsiga alohida ahamiyat bilan qarab, mashg’ulotlarga ko’proq 
vaqt ajratdi. 
Hamza  bolalarni  o’quv  qo’llanmalari,  ovqat  va  kiyim-kechak  bilan  ta’minlash 
maqsadida  «Jamiyati  xayriya»  tashkil  qiladi.  Hamza  ochgan  maktabning  dovrug’i 
Qo’qon shahridan tashqariga ham tarqala boshladi. Mahalliy ma’murlar bundan hayiqib, 
1913 yilda maktab va jamiyatni berkitadilar. 
Hamza  1914  yil  sentyabrida  Shayxulislom  guzarida  «Dorulaytom»  (Etimlar  uyi)ni 
ochadi. U bu haqda shunday deb yozgan edi: «Biz yo’qsillarning bolalarini  va etimlarni 
o’qitishni  xohlaymiz,  ularning  miyalarini  foydali  ish  bilan  mashg’ul  qilmoqchimiz, 
                                                
92
Қаранг: А. А л и е в. Абдулла Қодирий. «Гулистон» жжурнали, 1992. 3—4-сонлар.
 


130 
 
shuning uchun ham o’zimizning «Dorulaytom»imizni ochdik. Bu maktabda o’qitish tekin 
bo’lishi bilan birga bolalarga daftarlar, yozuv ashyolari va kitoblar ham tekin beriladi»
93

U o’z maktabi uchun «Engil adabiyot», «Qiroat kitobi», «Uqish kitobi» kabi darsliklarni 
yaratdi. 
Hamzaning  1914  yilda  yozilgan  «Engil  adabiyot»  dars-ligi  boshlang’ich  sinf 
o’quvchilariga  mo’ljallangan  edi.  Bu  darslik  45  darsga  taqsimlangan  bo’lib,  undan 
axloqiy-didaktik  hikoya  va  she’riy  asarlar  o’rin  olgan.  U  «Engil  adabiyot»  darsligi  so’z 
boshisida  o’z  maqsadini  bunday  deb  bayon  etadi:  «Demak,  hozirgi  o’qilib  turgan 
adabiyotlarimiz  o’quvchilarga  og’ir  bo’lmasa  hamki,  yosh  talabalarimizga  ba’zi 
lug’atlarning mafhumini og’irlik qilib turganligi shoyad boshqa bir muallimlarga tajriba 
bo’lgandir. 
Demak,  u  adabiyotlarga  oldindan  hozirlamoq  uchun  ochiq  ma’noli  qilib  hamda 
birinchi  sinfga  tayyorladik,  toki  haftada  bir  darsdagina  ta’min  o’lunub,  shoyad  ikkinchi 
sinfga ko’chgandagi o’qilajak adabiyotlarga yordamchi bo’la olur edi»
94

Hamzaning  «O’qish  kitobi»  1914  yilda  yozilgan  bo’lib,  u  2-  sinf  o’quvchilariga 
mo’ljallangan.  Bu  darslik  9  darsga  taqsim-langan  bo’lib,  muallifning  15  ta  ma’rifiy-
tarbiyashunoslikka doir asarlari berilgan. 
1915  yilda  Hamza  2-sinf  o’quvchilari  uchun  hikoyalardan  iborat  «Qiroat  kitobi»ni 
yozib  tugatdi.  Bu  darslikda  har  bir  dars  so’zlarning  kelib  chiqishini  izohlashdan 
boshlanadi, so’ngra bu tushunchaning falsafiy mazmuni beriladi. Undan  keyin aytilgan-
lar  odob-axloqqa  oid  hikoyalar  bilan  mustahkamlanib,  dars  ta’lim-tarbiyaviy  xotima-
yakun yasovchi ikki qatorli she’r bilan tugaydi. 
Xullas,  Hamza  yaratgan  darsliklarda  bolalarning  yosh  xususiyatlari  hisobga 
olinganligini,  bolalarda  o’qishga  qiziqish  uyg’otishi  va  kitobga  muhabbat  tug’dirishini 
alohida qayd etmoq lozim. Darsliklar xalq ijodidan keltirilgan parchalar bilan to’ldirilgan 
bo’lib, yorqin va shirali xalq tilida yozilgan. 
Hamza  ta’limning  tushunarli  va  ko’rgazmaliligi  singari  aniq  ta’lim-tarbiya 
qoidalarni  qattiq  turib  himoya  qildi.  Bunga  quyidagi  misolni  keltirish  mumkin. 
Maktabdagi  geometriya  darslaridan  birida  ko’r-gazmali  qurol  yo’q  edi.  Natijada,  dars 
unchalik  ishonchli  chiqmagan.  Hamza  zarur  ko’rgazmali  qurollarning  eskizlarini  yasab, 
Shohimardondagi duradgor ustaga uni tayyorlab berishni topshirdi. So’ngra asboblardan 
darslarda  foydalana  boshladi.  Shunday  qilishni  boshqa  o’qituvchi  muallimlarga  ham 
maslahat berdi. 
Hamzaning  bolalarga  ta’lim  berish  va  ularni  axloqiy  tarbiyalash  nazariyasi 
masalalaridagi  ko’pgina  qoidalari  hozirgi  vaqtda  ham  maktablarimizda  keng 
foydalanilmoqda
95
. U tarbiyani inson shaxsini shakllantirish, hal qiluvchi kuch deb bilib, 
bolani  mehnatsevarlik,  halollik,  sofdillik,  samimiylik,  orastalik,  sahiylik  fazilatini 
tarbiyalashga alohida e’tibor beradi. 

Download 2,47 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   107   108   109   110   111   112   113   114   ...   250




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish