olishdi. Birinchi xil bodiringning har 3 kilogrammi uchun 400 so‘mdan, ikkinchi
xil bodiringning har 2 kilogrammi uchun 245 so‘mdan pul to‘landi. Birinchi xil
29
bodiringdan 18 kg, ikkinchi xilidan 20 kg olingan bo‘lsa, jami xarid uchun qancha
pul to‘langan?
Echilishi:
1-savol. birinchi xil bodiring uchun jami necha so‘m to‘landi?
18 : 3 x 400 = 2400 (so‘m)
2-savol. ikkinchi xil bodiring uchun jami necha so‘m to‘landi?
20 : 2 x 245 = 2450 (so‘m)
3-savol. Hammasi bo‘lib xarid uchun necha so‘m to‘landi?
2400 + 2450 = 4850 (so‘m)
3-masala. Parrandachilik fermasida 645 ta tovuq, 780 ta o‘rdak va 550 ta
g‘oz boqilmoqda. Agar bir oyda har tovuqqa 9 kg, o‘rdakka 15 kg va har bir
g‘ozga 13 kg ozuqa sarflansa, fermadagi hamma parrandalar uchun bir oyda
qancha ozuqa g‘amlash kerak?
Yechilishi:
1) 645 x 9 = 5805 (kg) - bir oyda tovuqlarga beriladigan ozuqa
2) 780 x 15 = 11700 (kg) - bir oyda o‘rdaklarga beriladigan ozuqa
3) 550 x 13 = 7150 (kg) - bir oyda g‘ozlarga beriladigan ozuqa
4) 5805 + 11700 + 7150 = 24665 (kg) - fermadagi barcha parrandalar uchun
beriladigan ozuqa. Javob: 24655 kilogramm.
4-masala. Maktab kutubxonasidagi 64800 ta kitobni ta`mirlash kerak. Bu
ishni 6-sinf o‘quvchilari 12 kunda, 5-sinf o‘quvchilari 15 kunda, 4-sinf
o‘quvchilari esa 20 kunda bajara oladi. Uchala sinf o‘quvchilari birgalikda bu
vazifani necha kunda bajara oladi.
Yechilishi.
1-savol. 6-sinf o‘quvchilari 1 kunda nechta kitobni ta`mirlay oladi?
64800 : 12 = 5400 (ta kitob)
2-savol. 5-sinf o‘quvchilari 1 kunda nechta kitobni ta`mirlay oladi?
64800 : 15 =4320 (ta kitob)
3-savol. 4-sinf o‘quvchilari 1 kunda nechta kitobni ta`mirlay oladi?
64800 : 20 = 3240 (ta kitob)
30
4-savol. Uchala sinf o‘quvchilari 1 kunda nechta kitobni ta`mirlaydilar?
5400 + 4320 + 3240 + = 12960 (ta kitob)
5 savol. Uchala sinf o‘quvchilari birgalikda bu vazifani necha kunda bajara
oladi?
64800 : 12960 = 5 (kunda) Javob 5 kunda
5-masala. 1) 1 gektar yerda 1 kg.dan paxta hosili chanoqlarda qolib ketsa,
1000000 ga yerdan qancha hosil yo‘qotamiz?
2) 1 gektar yerda 1 kg.dan g‘alla hosili qolib ketsa, 1000000 ga yerdan
qancha g‘alla hosil yo‘qotamiz?
3) 1 ga yerda 100 kg kartoshka qolib ketsa, 100 ga yerdan qancha kartoshka
yo‘qotamiz?
Yechilishi.
1) 1 x 100000 = 1000 (tonna) paxta chanoqlarda qoladi.
2) 1 x 100000 = 100 (tonna) bug‘doy yerda qolib ketadi.
3) 100 x 100 = 10000 = 10 (tonna) kartoshka hosilni yo‘qotamiz.
Bunday iqtisodiy masalalarni yechish orqali o‘quvchilarda iqtisodiy bilim
tushunchalari shakllanadi. Ular hayotda, turmushda, amaliyotda uchraydigan
iqtisodiy masalalarni mustaqil yechishni o‘rganadi asosiysi, ularda tejamkorlik
xislatlari shakllanadi. Tabiatdagi noz-ne`matlardan oqilona foydalanish,
isrofgarchilikka yo‘l qo‘ymaslikka qat’iy rioya qiladigan shaxs bo‘lib yetishiga
yordam beradi.
Do'stlaringiz bilan baham: