3.Xulosa
Har qanday fanni ilmiy bilimlarning maxsus sohasi sifatida qarash ana shu fanga xos Mavzular, funksiyalar, tushunchalar, qonunlar, kategoriyalar boriligini ham e irof etishni zaruriyatga aylantiradi. Akseologiyani ijtimoiy – falsafiy bilimlarning maxsus sohasi sifatida qarash ham bundan istisno emas. Unda ham bu sohadagi fanlarga xos bo‘lgan hamma xususiyatlarni kuzatish mumkin. Qadriyatshunoslik akseologik ong, qadrlash tuyg‘usi, akseologik bilish, qadriyatli yondashuv va boshqalar asosida to‘plangan qadriyatlar to‘g‘risidagi bilimlar sistemasidir. To‘g‘ri bu bilimlar endigina muayan fan darajasiga yotgan ilmiy sistema sifatida, yaxlit holatda, maxsus qo‘llanma yoki darsliklar tarzida chop etish uchun yetarli bo‘lib qolgan. Madaniyatshunoslik, siyosatshunoslik kabi fanlar o‘z tadqiqot obyekti, predmet iva vazifalariga ega bo‘lganicha ham ko‘p bo‘lgani yo‘q. Ular maxsus tadqiqot obyektiga, ilmiy sohaga aylanashiga to‘rtki bo‘lgan bu mustaqqillik hisoblanadi. Qadriyatlar falsafasi fanning rivojlanishi, maxsus maqomga (statusga) ega bo‘lishi ham o‘z istiqlolimiz sababi bo‘ldi. Cho‘nki bu o‘tish davrida qadriyatlar ham yo‘nalishini, tarkibini o‘zgartirishi tabiiy holdir. Shunday ekan, qadriyatlar haqida falsafiy bilimlarning oshirishimiz, rivojlantirishimiz davr talabidir. Tadqiqotlar orasida qadriyatlar to‘g‘risidagi bilimlarga nisbatan turli munosabatni kuzatish mumkin. Bu munosabatni shu sohada qo‘llaniladigan atamalarda ham namoyon bo‘lmoqda. «Akseologiya», «qadriyatshunoslik», «qadriyatlar falsafasi», «qadriyatlar nazariyasi» kabi atamalarda xilma-xil ma’no va mazmun ifodalanadi. Masalan, «akseologiya» va «qadriyatshunoslik» atamalari muayan fan sohasi yoki bilimlar sistemasini ifodalaydi, «qadriyatlar falsafasi» esa, qadr va qadriyatlar bilan bog‘liq falsafiy yo‘nalishni anglatadi, ammo buneda alohida fan sohasi to‘g‘risida gap bormaydi. Qadriyatlar nazariyasi ko‘proq sobiq sovet ittifoqi davrida ishlatilgan atama bo‘lib, u qadriyatlar sohasidagi bilimlarni falsafaning nihoyatda mo‘jaz qismi sifatida e irof etishni anglatar edi. Bunda akseologiya ko‘proq burunda fani sifatida tanqid etilar edi. Chunki qadriyat haqida so‘z borganda avvalo shaxs, millat, xalqning eng yuksak, oliy qadriyatlari bo‘lmish erkinlik, ozodlik, adolat, millatchilik tushunchalari haqida gapirilar edi.
Qadr-qimmat shaxsning hurmatlashish, uning huquqlarini e irof etishni ham qamrab oladi. Qadr-qimmat shaxsning ijtimoiy va manaviy erkinligini muhim tomoni sifatida yuzaga keladi.
Qadriyatlar ijtimoiy xususiyatga ega bo‘lib, kishilarning amaliy faoliyati jarayonida paydo bo‘ladi va rivojlanadi. Milliy madaniyat va qadriyatlarning tiklanishi, jamiyatimiz taraqqiyoti va inson shaxsining, madaniy, manaviy, axloqiy rivojlanishi, kelajakda buyuk davlat egasi bo‘ladigan komil insonni tarbiyalash, voyaga yetkazishda keng istiqlol yo‘lini ochib beradi.
Qadriyatlar xalqimizning tengsiz boyligidir. Uni avaylab-asarash, rivojlantirish, boyitish muqaddas burchimizdir. Shuning uchun ham bugungi kunda hur va ozod xalqimiz barcha xalqlar va davlatlar tomonidan yaratilgan ma ifatda fan va texnikada, madaniyat va sanatda nimaiki, yangi va ilg‘or jihatlar bo‘lsa, shunga dadillik bilan intilmoqda. O‘zbek diyorida, tarixda ko‘p marta bo‘ladigan yana yangidan o‘zimizni betakror va ilg‘or, iqtidorli va eng muhimi insonlarga kerakli qadriyatlarimiz tizimi barpo etilmoqda.
Bugungi fan va falsafaning tadqiqot predmetida qadriyatlar iborasi tez-tez uchrab turadi. Ammo, alohida takidlash kerakki, keyingi yillarda qadriyat iborasini juda keng manoda ishlatish, ayniqsa, madaniy-manaviy hodisalar, urfodatlar, ananalar va boshqalarga nisbatan bu tushunchani umumiy atama sifatida qo‘llash hollari ko‘p uchramoqda. Kundalik muloqotda qadri bor narsa, voqea, hodisa, xususiyat va boshqalarga nisbatan qadriyat iborasini qo‘llashga ko‘pchilik ko‘nikib qoldi. Ammo aynan shu kundalik hayotdagi manosi ilmiy adabiyotlarga ko‘chib qolayotganligi kishini achintiradi. Hamma tushungani o‘z joyiga, o‘z ko‘lamiga ishlatish ilmiylik talablaridan biridir. Qadriyatlar haqidagi ilmiy bahslar, falsafiy mulohazalar doim davom etaveradi. Chunki jamiyatining manaviy-intelektual taraqqiyoti, insoniyatni ehtiyojlari doimiy harakatdadir.
Do'stlaringiz bilan baham: |