«Iqtisod» tushunchasiga, mashhur o’zbek muayamini Abdulla Avloniy quyidagicha ta’rif beradi: «Iqtisod deb pul va mol kabi ne’matlarning qadrini bilmakka aytilur.
O'quvchilar iqtisodiy ongining qaror topishi ularda iqtisodiy tushunchalar tizimini shakllantirishni, ularning jamiyatni iqtisodiy rivojlantirish qonuniyatlarini, iqtisod, ishlab chiqarishni tashkil etishga doir umumiy ma'lumotlarni o'zlashtirib olishini, ularda fikrlash operatsiyalari (tahlil, sintez qilish, umumlashtirish va boshqalar)ni rivojlantiradi va keyinchalik eng oddiy iqtisodiy tahlil qilish ko'nikma va malakalarini tarkib toptirishni nazarda tutadi.
Shu sababli boshlang'ich sinflardanoq matematika darslarida iqtisodiy tarbiya elementlarini oshirib borish lozim. Iqtisodiy tarbiya — o'quvchilarning iqtisodiy ongini shakllantirishga qaratilgan, uyushgan (tashkil etilgan) pedagogik faoliyat, maxsus o'ylangan ish sistemasidir.
Uni amalga oshirish jarayonida o'quvchilar tartibli va samarali iqtisodiyot haqida, ishlab chiqarish kuchlarini rivojlantirish to'g'risida, ishlab chiqarish munosabatlari haqida, amaldagi xo'jalik mexanizmi to'g'risida tushuncha va tasawurlar majmuyini o'zlashtirib oladilar. Iqtisodiy tarbiya iqtisodiy tafakkurning rivojlanishini iqtisodiy faoliyat natijasida hosil bo'ladigan axloqiy va ishchanlik fazilatlarining, ijtimoiy faollikning, tadbirkorlikning, tashabbuskorlikning, ijtimoiy mulkka tejamkorlik bilan, halol munosabatning shakllanishini ta'minlaydi.
O‘quvchilarda iqtisod borasida ijodiy fikr yuritishni shakllantirishda darslarda va darsdan tashqari mashg’ulotlardan unumli foydalanish lozim. Iqtisodiy tarbiyaning asosiy maqsadiga bir qator vazifalarni hal etish natijasida erishish mumkin. Bu vazifalarning asosiylari quyidagilardan iborat:
-o’quvchilarda iqtisodiy ongni izchillik bilan rivojlantirib borish;
oqilona ehtiyojlarni, ularni moddiy imkoniyatlar bilan taqqoslash qobiliyatini shakllantirish,
bolalarda o’z ehtiyojlarini to'laroq qondirishga bo’lgan izlanishlarda mehnatga yo’nalganlikni tarbiyalash;
kasb tanlashga ongli munosabatda bo’lish, tejamkorlik, rejalilik, omilkorlik, ishchanlik, xo’jalikni tejab-tergab olib borish kabi sifatlarni tarbiyalash;
-o’quvchilarni iqtisodiy tahlil qilish malaka va ko’nikmalari bilan qurollantirish, tejamkorlik va iqtisod qilish odatlarini tarbiyalash, aqliy va jismoniy mehnat madaniyatini shakllantirish, mehnatni ilmiy tashkil etish asoslarini egallab olish;
-mas’uliyatsizlikka, mehnatdagi tartibsizlikka, bekorchilikka, boqimandalik kayfiyatlariga, xo’jasizlikka, isrofgarchilikka, beparvolikka murosasiz munosabatda bo’lish hissini tarbiyalash va hokazo. Manashunday tushunchalarni boshlang’ich sinf o’quvchilariga sinfda va sinfdan tashqari ishlarda bosqichma bosqich singdirib borishimiz zarur. Bozor” so’zi sotuvchi va xaridorlarning o’zaro uchrashadigan , tovarlar oldi – sotdi qilinadigan joyni bildiradi.
Bozor kishilar, korxonalar , davlatlar o’rtasidagi iqtisodiy munosabatlar tizimini namoyon qiladi. Narxlar vositasida iqtisodiyotda rivojlanish bo’ladi, tovar ishlab chiqarganlar rag’batlantiriladi. Pul - bozor iqtisodida katta hizmat qiladi . Pul juda qimmatli qog’oz. Qiziq, tillani ham yoki oddiy tuzni ham pulga sotib olishar ekan. Barter usuli – o’rtaga pulni aralshtirmay, narsani narsaga tengma – teng almashtirish barter usuli deyiladi. Ota-onalarning o’quvchi barcha ehtiyojlarini so’zsiz qondirishga intilishlari tarbiyadagi katta xatodir. Ota-onalar o’z farzandlarini mehnatsevar va tejamkor qilib tarbiyalash uchun quyidagilarga amal qilishlari kerak.
Bola o’z ota-onasining qaerda ishlashini va nima ishlab chiqarishini, bu ishlab chiqarishning butun jamiyat uchun qanday ahamiyati borligini bilishi kerak. Umuman, Bola ota-onasi ishlab, topib keltiradigan daromadning katta va foydali ijtimoiy mehnat evaziga olinadigan ish haqi ekanini mumkin qadar ertaroq yaxshi tushunishi lozim.
Bolani oila byudjeti bilan mumkin qadar ertaroq tanishtirish lozim.
Agar oilaning moddiy sharoiti juda yaxshi bo’lsa, Bolaning o’z tengdoshlari oldida bunday yaxshi sharoit bilan g’ururlanish va maqtanishga odatlantirmaslmik kerak.
Ota-ona O’quvchi halol, rostgo’y va sofdillikka odatlanib borishlarini diqqat bilan kuzatib borishlari kerak. Ular hech narsani Boladan atayin yashirmasliklari va shu bilan birga uning ko’z o’ngida yotgan bo’lsa ham, so’roqsiz olmaslikka o’rgatishlari kerak.
Oilada tejamkorlik va ehtiyotkorlik tarbiyasini to’g’ri tashkil etib, eskirib qolgan narsalarni yaxshilab, ta’mir qilib, yangisini sotib olish vaqtini cho’zish va shu yo’l bilan ota-onalar yoki oilaning boshqa a’zolari topgan pulning ma’lum qismini tejab qolish mumkin bo’ladi.
Bola faqat o’z buyumlarini emas, boshqalarning buyumlarini ham ehtiyot qilishga o’rganishi lozim. Tejab-tergab ish ko’rish odatlarini bolalarda mumkin qadar ertaroq tarbiyalamoq kerak. Pulni tejab-tergab sarflashga o’rgatish muhim.
Oilada ota-onalar o’z farzandlarining mehnatsevar, tejamkor va ehtiyotkor kishilar bo’lib yetishishlarida o’zlari namuna bo’lishlari kerak. Oilada mehnat tarbiyasini amalga oshirish uchun quyidagi pedagogik talablarga amal qilish lozim.
Xalqimizning asrlardan asrlarga o'tib kelayotgan milliy qadriyatlari ham uzoq tarixiy jarayonda shakllangan. Jumladan, o'zi tug'ilib o'sgan ona yurtiga yehtirom, o'z taqdirini mana shu yurtsiz tasavvur qila olmaslik, o'tgan ajdodlar xotirasiga sadoqat, kattalarga doimiy hurmat ko'rsatish, har qanday sharoitda ham hayo va andishani saqlash, turmushda poklikka alohida ye'tibor berish singari ko'plab fazilatlar bizning milliy qadriyatlarimiz asosini tashkil yetadi. Bugungi kundagi turli zararli ta’sirlardan saqlanish, har qanday sharoitda ham xalqimizga azaldan xos bo’lgan milliy qiyofa, betakror fazilatlar egasi bo’lib qolishimizda qadimiy an’ana va qadriyatlarimizni asrab-avaylab, ularga amal qilib yashash o’ta muhim ahamiyat kasb etadi.
Yer yuzidagi har bir millat faqat uning o’ziga xos bo’lgan an’ana va qadriyatlari bilan alohida ajralib turadi, tabiiyki, har qaysi xalqning bebaho boyligi bo’lgan bunday qadriyat va an’analar bir-ikki kunda paydo bo’lib qolmagan. Insoniyatnrng necha ming yillik tarixiy tajribasi shuni ko’rsatadiki, biror-bir narsaning an’anaga, ayniqsa, qadriyatga aylanishi uzoq davrni talab qiladi. Yillar, asrlar davomida muayyan qarash, odat, tushuncha, tajribalar zamonlar, avlodlar sinovidan o’tadi, sayqal topib boradi. Agar ular keyingi avlodlar tomonidan ham qabul qilinsa, davom ettirilib, urf-odatga aylansa, demakki, endi ularni milliy an’ana va qadriyat deb atash mumkin bo’ladi.
Millat uchun muhim ahamiyatga ega bo’lgan etnik jihat va xususiyatlar bilan bog’liq qadriyatlar milliy qadriyatlar deyiladi. Milliy qadriyatlar millatning tarixi, yashash tarzi, ma’naviyati hamda madaniyati bilan chambarchas bog’liq holda namoyon bo’ladi.
O’zbek xalqining asrlardan asrlarga o’tib kelayotgan milliy qadriyatlari ham uzoq tarixiy jarayonda shakllangan. Jumladan, o’zi tug’ilib o’sgan ona yurtiga ehtirom, o’z taqdirini mana shu yurtsiz tasavvur qila olmaslik, o’tgan ajdodlar xotirasiga sadoqat, kattalarga doimiy hurmat ko’rsatish, har qanday sharoitda ham hayo va andishani saqlash, turmushda poklikka alohida e’tibor berish singari ko’plab fazilatlar bizning milliy qadriyatlarimiz asosini tashkil etadi.
Xalqimiz juda qadim paytlardan boshlaboq ko’chmanchilikdan o’troq hayot kechirishga o’tgan, shunday hayot tarziga o’rgangan. Odamlar o’zi o’rnashib qolgan yerni, uning atrofidagi suv manbalarini qadrlashni, asrashni odat qilganlar. Chunki mana shu yer va suv yordamida olinadigan hosil insonlarning rizqi, tirikchiligina muhim manbayi hisoblangan. Bunday o’troq hayot tarzi odamlarni jamoa bo’lib, bir-biriga yelkadosh bo’lib yashashiga, mehnat qilishi mehnat mahsullarini o’zaro ayirboshlash orqali savdo munosabatlari kirishishiga olib kelgan. Shu tariqa qishloq xo’jaligi hamda shahar madaniyati yuksala borgan. Yurtimizda bunyod etilgan Samarqand, Qarshi, Buxoro, Xiva, Shahrisabz, Andijon, Marg’ilon, Termiz va Qo’qon singari o’nlab shaharlarning yoshi ming yillar bilan o’lchanishi ham bejiz emas.
Demoqchimizki, xalqimiz o’zi tug’ilib o’sgan yer-zaminga qattiq bog’langan, uni e’zozlashni bolaligidan o’rganib, his qilib o’sadigan millat sanaladi. Demak, xalqimizning o’z yurtiga cheksiz sadoqati, ehtiromi bilan bog’liq milliy an’ana va qadriyatlari uning boy tarixi bilan izohlanadi. Xuddi shuningdek, xalqimizning kattalarga hurmat, kichiklarga izzat ko’rsatish, mehmondo’stlik, yordamga muhtojlarga shafqatli bo’lish, hayo, ibo va mehr-oqibat, ahli ayolini — oilasini asrash, maishiy turmushda poklikni yuksak qadrlash singari an’ana va qadriyatlari ham hayotning uzoq sinovlaridan o’tgan o’lmas ma’naviy merosimiz sanaladi.
Mustaqillikning dastlabki kunlaridan e’tiboran xalqimizning xotirasini tiklash, qadimgi urf-odat va qadriyatlarini e’zozlash, muqaddas qadamjolarni asl holiga qaytarish yuzasidan chinakam tarixiy ahamiyatga molik ishlar amalga oshirila boshlandi. Ushbu keng ko’lamli jarayon birgina o’zbek millatining tili, dini va qadriyatlarini tiklash, rivojlantirish bilan cheklanib qolmay, balki mamlakatimizda istiqomat qiluvchi barcha millat va elatlarning qadriyatlariga yuksak hurmat ko’rsatish bilan uzviy tarzda olib borilmoqda. Bu esa O’zbekistonni o’zining muqaddas Vatani deb barcha fuqarolarimiz orasidagi o’zaro hurmat, birodarlik, bag’ri kenglik fazilatlarining namoyon bo’lishida, Yurtboshimizning «Shu aziz Vatan barchamizniki» degan ezgu g’oyasi hayotga izchil tatbiq qilinishi muhim ro’l o’ynamoqda.
Yurtimizda bunyod yetilgan Samarqand, Qarshi, Buxoro, Xiva, Shahrisabz, Andijon, Marg'ilon, Termiz va Qo'qon singari o'nlab shaharlarning yoshi ming yillar bilan o'lchanishi ham bejiz yemas. Demoqchimizki, xalqimiz o'zi tug'ilib o'sgan yer-zaminga qattiq bog'langan, uni ye'zozlashni bolaligidan o'rganib, his qilib o'sadigan millat sanaladi. Demak, xalqimizning o'z yurtiga cheksiz sadoqati, yehtiromi bilan bog'liq milliy an'ana va qadriyatlari uning boy tarixi bilan izohlanadi. Xuddi shuningdek, xalqimizning kattalarga hurmat, kichiklarga izzat ko'rsatish, mehmondo'stlik, yordamga muhtojlarga shafqatli bo'lish, hayo, ibo va mehr-oqibat, ahli ayolini - oilasini asrash, maishiy turmushda poklikni yuksak qadrlash singari an'ana va qadriyatlari ham hayotning uzoq sinovlaridan o'tgan o'lmas ma'naviy merosimiz sanaladi.
Mustaqillikning dastlabki kunlaridan ye'tiboran xalqimizning xotirasini tiklash, qadimgi urf-odat va qadriyatlarini ye'zozlash, muqaddas qadamjolarni asl holiga qaytarish yuzasidan chinakam tarixiy ahamiyatga molik ishlar amalga oshirila boshlandi. Ushbu keng ko'lamli jarayon birgina o'zbek millatining tili, dini va qadriyatlarini tiklash, rivojlantirish bilan cheklanib qolmay, balki mamlakatimizda istiqomat qiluvchi barcha millat va yelatlarning qadriyatlariga yuksak hurmat ko'rsatish bilan uzviy tarzda olib borilmoqda. Bu yesa O'zbekistonni o'zining muqaddas Vatani deb barcha fuqarolarimiz orasidagi o'zaro hurmat, birodarlik, bag'ri kenglik fazilatlarining namoyon bo'lishida, Yurtboshimizning «Shu aziz Vatan barchamizniki» degan yezgu g'oyasi hayotga izchil tatbiq qilinishi muhim ro'l o'ynamoqda.
Boshlang'ich va maktabgacha ta'lim uslubiyoti kafedrasi o'qituvchisi Mohichehra Yoqubovna Ro'zieva rahbarligida 4-kurs BTU talabalar hamkorligida “Keksalarni e'zozlash yili” davlat dasturi talablarini ijro etish, Konstitutsiyamizning 23 yilligi, universitetimizning 85 yillik yubleyi munosabati bilan “Milliy qadriyatlar - qadrda” mavzusidagi ma'naviy-ma'rifiy tadbirnining badiiy kompazitsion qismiga navbatni berib,
ishtirokchilar muvaffaqiyatlar tilaymiz. Muxlis va tinglovchilarga esa, a'lo kayfiyat, ma'naviy estetik zavq yor bo'lsin deymiz”
Boshlang’ich ta’lim asoslari kafedrasida ko’plab yillar davomida o’z faoliyatini ko’rsatib kelayotgan, yangi avlod darsliklarining muallifi bo’lgan bu inson o’zining quvonch va hayajonga boy mulohazali fikrlari bilan barcha talaba va ustozlar yuragida milliy qadriyatlarimizga hurmat, tanlagan kasbidan minnatdorlik hissi va haqiqiy fahr tuyg’usini uyg’ota oldi. Avvalo barcha ustozlar va talabalar bu mashaqqatli va sharafli yo’lda hech qachon izlanishdan charchamasliklarini aytdi. Bu borada uzoq yillar tinimsiz mehnat qilib izlanishlar olib brogan respublikamizda alohida e’tiborga ega ustoz O.Safarovning faoliyatlari haqida gapirar ekanlar, bu inson chin ma’noda barchamiz uchun haqiqiy ibrat maktabi ekanligini aytdilar. Bolalarni qadrlagan, bolalar olami bilan yashay olgan, ularning har bir harakatidan mazmun topa olgan bu inson ruhlari bugun har qachongidada shod bo’lganligini va o’z shogirdlaridan mamnun bo’lganligini e’tirof etdilar.
Do'stlaringiz bilan baham: |