Buxoro davlat universiteti pedagogika fakulteti maktabgacha ta


Oilada iqtisodiy tarbiya muhitini yaratish



Download 82,58 Kb.
bet3/4
Sana30.03.2022
Hajmi82,58 Kb.
#517347
1   2   3   4
Bog'liq
AKMALOVA.M.PED

2. Oilada iqtisodiy tarbiya muhitini yaratish

Jamiyat taraqqiyotining muayan bosqichlarida ijtimoiy hodasilarga munosabat xilma-xil tarzda namoyon bo‘ladi. Xususan, mustaqqilligimizning birinchi kunidan boshlab, hayotimizning barcha jabhalarida «qadriyatlar», «milliy tiklanish», «milliy ong», «milliy g‘urur», «milliy iftixor» kabi atamalar tez-tez ishlatiladigan bo‘lib qoldi. Bu bejiz emas. Zotan, mustaqqillik Ayni paytda milliy tiklanish hamdir. Uni esa mazkur tushunchalarsiz tasavvur etib bo‘lmaydi. Ammo shuni takidlash joizki, qatag‘on siyosati va tuzumi davrida bu atamalarni ishlatish u yoqda tursin, ularni hatto o‘zbekcha lug‘at boyligidan surib chiqarishga harakat qilgan edi. Bunga dalil sifatda 1988 yili O‘zSE Bosh tahririyati chop etgan 50 ming so‘zlik «O‘zbekcha-ruscha lug‘at»ga ham «qadriyat», «milliy tiklanish», «milliy ong», «milliy iftixor» kabi tushunchalarning kiritmaganligini ko‘rsatish mumkin. Shuningdek, 1981 yili Moskvada «Rus tili» nashriyoti tomonidan chop etilgan, 60 ming so‘zni qamrab olgan ikki jildlik «O‘zbek tilining izohli lug‘ati»da ham bu so‘zlar uchramaydi. Shunisi borki, hatto bazi ruscha – o‘zbekcha lug‘atlarda ham «qadriyat» so‘zi qo‘llanilmagan. Jumladan, 1976 yili «Fan» nashriyotida chop etilgan «ijtimoiy – siyosiy terminlar lug‘atida» «sennost» so‘zining to‘rtta ma osi alohida lug‘at maqolasi tarzida belgilangani holda ularning birortasi
«qadriyat» ma osi o‘z ifodasini topmagan. Lekin lug‘atlarda «millatchi», «millatchilik»so‘zlari bor.Xo‘sh, sababi nimada? Bizni fikrimizcha, bunday vaziyat o‘z-o‘zidan yoki tasodifiy tug‘ilgani yo‘q. Bu mustabit tuzumning mintaqamiz xalqlarini o‘zlarining ko‘p asrlik tarixi, boy va noyob milliy merosi, qadriyatlari, ma aviyatidan judo etib, manqurtlarga aylantirishga qaratilgan siyosati natijasidir. Hukmron siyosat tarafdorlari «milliy istiqlol», «milliy iftixor», «milliy g‘urur» kabi atamalarni kishida millatchilik kayfiyatini uyg‘otadagin tushunchalar deb baholadilar va ularni ifoda etuvchi mahalliy millat vakillari millatchilikda aylanib, tazyiq ostiga olingan. Shuning uchun milliy ma aviyat va hurfikrliligini madh qiladigan tushunchalar ko‘p yillar davomida ijtimoiy – siyosiy, ma
aviy-mafkuraviy hayotimizda ishlatilmay kelindi. Hatto ularni milliy so‘z
boyligimizdan chiqarib tashlash xavfi tug‘ildi.
Istiqlol xalqimizga so‘z va fikr erkinligi bilan bir qatorda, ilgari taqiqlanib kelingan ko‘pgina milliy tushunchalar ham hayotimizga qaytardi. Endilikda «qadriyatlar», «mustaqqillik», «istiqlol», «milliy iftixor» kabi tushunchalar o‘zining asl mazmuniga ega bo‘lmoqda. Shuni mamnuniyat bilan aytish kerakki, mazkur atamalarning hayotimizga kirib kelishi va qisqa vaqt ichida teran ildiz otib ketishida muhtaram Prezidentimiz I.A.Karimovning xizmatlari katta. Uning asarlari va nutqlarida mustaqqillik tufayli hayotimizning barcha sohalarida ro‘y berayotgan tub o‘zgarishlar, jumladan milliy qadriyatlarimiz, madaniyatimiz, urf-odat, ananalarimizni tiklanishi, milliy g‘ururimiz, milliy o‘zligimizni anglashimizning tiklanishi vat obora yuksalayotganligi faxr-iftixor bilan qayd qilinadi. Xo‘sh, qadriyatlar tushunchasining o‘zi nima? Uning mohiyati, asosiy jihatlari nimadan iborat? Eng avvalo shuni qayd etish kerakki, qadriyatlar juda sermazmun tushunchadir. Shuning uchun ham adabiyotlarda mazkur tushunchaga turlicha yondashuvlarni uchratishimiz mumkin. Masalan, «Faylasuf ensiklopediyasi»ning beshinchi jildida qadriyatlar quyidagicha tavsiflanadi:«Qadriyatlar falsafiy va sotsiologik tushuncha. U birinchidan, biror obyektning ijobiy va salbiy qimmatini, ikkinchidan, ijtimoiy ongining normativ belgilovchi – baholovchi jihati (subyektiv qadriyatlar yoki ong qadriyatlari)ni ifoda etadi». Shunga yaqin nuqtai nazar O‘zbek Sovet ensiklopediyasida ham bayon etilgan: «Qadriyatlar (falsafa sotsiologiyada) – voqelikdagi muayan xodisalarning inson, ijtimoiy va madaniy ahamiyatini ko‘rsatish uchun qo‘llaniladigan tushuncha».
Taniqli faylasuf olim V.P. Tugarinovning fikricha, «qadriyatlar muayan jamiyat va sinfga mansub kishilar turmushi va madaniyatining haqiqiy yoki ideal nematlari bo‘lgan tabiat va jamiyat xodisalarining mohiyati yoki hodisaning bir jihatidir. Bu nematlarning qadriyatlar deyilishiga sabab – kishilar ularni qadrlaydilar, chunki bu qadriyatlar ularning shaxsiy va ijtimoiy turmushini boyitadi. Shuning uchun ham kishilar o‘z tasarruflaridagi qadriyatlarni himoya qiladilar va o‘zlari uchun maqsad yoki ideal qadriyatlarni amalga oshirishga intiladilar.
Qadriyatlar ichida eng birinchi va eng umumiysi hayotning o‘zidir, chunki hayotda muhim bo‘lish boshqa barcha qadriyatlardan foydalanishni yo‘qqqa chiqaradi,… qolgan qadriyatlar, aslini olganda, hayot nematlarining mohiyatidir, madaniy qadriyatlardir».
Olim «qadriyat» va «baho» tushunchalarini bir-biridan farqlash zarurligini o‘qtiradi. Qadriyat real yoki orzusidagi hodisa (bor narsa yoki ideal)dir, yuaho esa shu hodisaga munosabatni bildiradi. U yoki bu hodisani qadriyatlarga mansub holda hisoblash, ya
i uni qadriyatlarga qo‘shish yoki qo‘shmaslik ana shu munosabatga – ijobiy va salbiy bahoga bog‘liq.
Darhaqiqat, qadriyatlarning hayotdagi o‘rni va ahamiyati baholash tufiayli belgilanadi. Baholash esa insonlarning ehtiyojlari, manfaatlari, maqsadlari, qiziqishlaridan kelib chiqadi. Malumki, jamiyat azolarining ehtiyojlari, manfaatlari, maqsadlari xilma-xil bo‘lib, ko‘pincha ular bir-biriga zid kelishi mumkin. Shuning uchun ham muayan ijtimoiy guruhlar, millatlar, sinflar uchun oliy qadriyat bo‘lib, hisoblanib kelingan tabiat va jamiyat hodislaari boshqalar uchun qadriyat bo‘lmasligi ham mumkin va aksincha.
Millat va xalqlarning diniy e iqodi, marosim va ananalari milliy qadriyatlar sifatida o‘zining asl hayotiy sifatini tiklab olmoqda.
Bundan shunday xulosa chiqarish mumkin: tabiat va jamiyat xodisalarini qadriyat turkumiga kiritish va kiritmaslik kishilarning ehtiyojlari, manfaatlari, orzu-umidlari, maqsadlari bilan belgilanadi.
Demak, qadriyat deyilganda inson va insoniyat uchun ahamiyatli bo‘lgan millat, elat va ijtimoiy guruhlarning manfaatlari va maqsadlariga xizmat qiladigan va shu tufayli ular tomonidan baholanib qadrlanadigan tabiat va jamiyat nematlari xodisalari tushunilmog‘i lozim.
Mazkur ta ifdan quyidagicha xulosa qilish mumkin: birinchidan, qadriyatlar, voqelikda mavjud bo‘lgan tabiat va jamiyat nematlari, hodisalarni ifodalaydi; ikkinchidan, ularni qadriyat turkumiga kiritish va kiritmaslik ehtiyojlarini, manfaatlari, maqsadlari, orzu-umidlardan kelib chiqadi; uchinchidan, tabiat va jamiyat nematlari, hodisalarning qadriyatlar turkumiga kiritilishini asosiy sababi – ularni qadrlaydigan avaylab –asraydigan makon va zamon mavjud bo‘lishidir So‘ngra astasekin subyekt faolligining orta borishi oqibatida nisbiy mustaqqil soha tarzida amal qila boshlaydi. Tabiat va jamiyat hodisalari inson faoliyati natijasida qadriyat sirasiga kiritiladi. Insonning manfaatlari, ehtiyojlarini qondira olmagan, orzu-istaklari, ideallariga mos kelmaydigan tabiat va jamiyat hodisalarini qadriyat deb baholash noo‘rindir. Masalan, tabiatdagi qazilma boyliklar inson ehtiyojlarini qondirish uchun ishlatila boshlangandan keyingina qadriyatga aylangan. Shungacha ularni boyliklar deb hisoblashimiz lozim
Insoniyatni urab turgan borliq, tabiiy va ijtimoiy atrof – muhim, tirik va notirik tabiatning eng muhim tomonlarini ifodalaydigan qadriyatlar umumbashariyat xususiyatga egadir. Bunday qadriyatlar jamiyat uchun hech qachon o‘z ahamiyatini yuqotmaydigon, abadiy mulaq va muqaddas qadriyatdir. Qadriyat tushunchasining ijtimoiy falsafa nuqtai nazaridan ta iflari kupgina ilmiy adabiyotlarda turli xil yondashuvlarning mavjudligini, bazan esa ularning butunlay bir-birini inkor etish xrllari xam uchraydi. Q.Nazarov o‘zining bir qator ishlarida, ushbu muammoning o‘ta dolzarbligini takidlash bilan birga, uning mazmuni, tuzilishi, asosiy shakllari, namoyon bulish xususiyatlari va umuminsoniy k;adriyatlar tizimidagi o‘rni va ahamiyatini ilmiy tahlil kilish bilan bir katorda mazkur masalalarga e ibor kam ekanligini kursatib o‘tgan, qadriyat tushunchasini - vokelikdagi muayan hodisalarning umumbashariy, umuminsoniy, ijtimoiy-axloqiy, madaniy-ma’naviy ahamiyatini ko‘rsatish uchun qo‘llanadigan falsafiy-sotsiologik va aksiologik tushuncha, deb tushuntiradi
T.Abdullayev "Turmush sohasida milliy va umuminsoniy k;adriyatlarning dialektikasi" nomli doktorlik dissertatsiyasida turmushdagi milliy va baynalminallik munosabatlarini, ular bilanbog‘liq k;adriyatlarni taxlil qilga[I.Saifnazarov, F.Saifnazarovalar fikricha,
“milliy-ma aviy qadriyatlar - murakkab ijtimoiy-ruhiy hodisa bulib millatning tili,
madaniyati, tarixi, udumlari, jamiki ma aviy boyliklarini qamrab oladi” Bizning fikrimizcha kadriyat deyilganda, inson, millat jamiyat uchun ahamiyatli bulgan, ayrim shaxs, millat, elat yoki ijtimoiy guruhlarning ma aviy-madaniy ehtiyojlari evolyutsiyasi davomida vujudga kelgan, o‘z
manfaatlari va maqsadlari uchun xizmat qiladigan barcha moddiy va ma’naviyboyliklar majmuini tushunamiz.
Qadriyatlar sermazmun va kup qirrali tushuncha bulib, uz ichiga tabiiy, ijtimoiy-siyosiy, xuquqiy, moddiy, ma’naviy, diniy, axloqiy, badiiy-estetik va x.klarni oladi. Har kanday qadriyat inson faoliyatining mahsuli, uning atrofmuhitga nisbatan bulgan munosabatining ifodasidir. Qadriyat jamiyat ijtimoiy va ma’naviy taraqqiyotining zaruriy maxsulidir. Har bir qadriyat muayan bir davrning ma’naviy mag‘zi bo‘lib, jamiyatning ijtimoiy-siyosiy manzarasini aks ettiradi.
Qadriyatlar ijtimoiy xususiyatga ega bulib, kishilarning amaliy faoliyati jarayonida paydo buladilar va rivojlanadilar. Inson yuq joyda biron narsaning qadr-kimmati bulmaydi. Qadriyatlar insonning turli sohadagi, avvalo, ishlab chiqarish, mehnat sohasidagi faoliyati uchun zarur bulgan va foyda keltiradigan narsalar, hodisalar va ma`naviy jarayonlar majmui bilan bog‘liq ravishda yuzaga keladi.
Qadriyat insonning borlig‘i ham jamiyatning axloqiy estetik, huquqiy saholarini ham, ijtimoiy ong sohasining ham qamrab olgan murakkab jarayondir.
Insonning o‘zligi, menligi borlig‘ining asosiy fundamenti qadriyat bilan boyitiladi, to‘ldiriladi. Kishilar o‘zlarining amaliy faoliyatida hayot uchun zarur bo‘lgan tabiiy talab, ehtiyojlarini predmetlar va hodisalarning hossa – xususiyatilaridan foydalanib qondiradilar. Masalan, odamning chanqovini suv, ochlik xissini non, kislorod nafas oliy orqali tananing unga bo‘lgan ehtiyojini qondiradi. Shuning uchun ham ham biz bu «nematlarni qadrlaymiz. Lekin shunday narsalar ham borki, ular bizga yoqmaydi, ular hayotimiz uchun zarurdir.
Qo‘pollik, behayolik, o‘g‘rilik, yolg‘onchilik, ifloslik va hokazolar ana shunday yoqimsiz narsalar bo‘lib, biz ulardan qo‘tilishga intilamiz.
Qadriyatlar falsafasining tarixi o‘zoq bo‘lsada, bu to‘g‘risidagi fan akseologiya o‘tgan asarning o‘rtalarida shakllandi. Bu atama ilmiy bilimlar sohasiga o‘tgan asarning ikkinchi yarmida nemis akseologiya E. Gartman va fransuz olimi P.Papi tomonidan kiritilgan. Akseologiyani qadriyatlar to‘g‘risilagi fan yoki to‘g‘ridanto‘g‘ri qadriyatshunoslik, deb atash mumkin. Har bir fanga o‘z nomini bergan asosiy tushunchasi ham qadriyatshunos atamasi uchun shunday asos rolini bajaradi. G‘arbda bu atama grekcha «axio» (qadriyat), «logos» (fan, talimot) tushunchalariga asoslanadi.



Download 82,58 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish