Buxoro davlat universiteti «O’zbekiston tabiiy geografiyasi» fani bo’yicha ma’ruza matni



Download 1,51 Mb.
bet125/144
Sana12.01.2022
Hajmi1,51 Mb.
#336771
1   ...   121   122   123   124   125   126   127   128   ...   144
Bog'liq
Buxoro davlat universiteti «O’zbekiston tabiiy geografiyasi» fan (1)

Qo’shimcha:
Bu okrug Turkistonning markaziy yer po`stining tektonik jarayonlar natijasida cho`kkan qismida joylashgan. Zarafshon vodiysining o`rta qismini o`z ichiga oladi.

Zarafshon vodiysi deyarli kenglik bo`yicha sharqdan g`arbga 766 km cho`zilgan bo`lib, g`arb tomoni ochiq va nishobdir. Bu qismida okrug aniq tabiiy chegaralar bilan o`ralgan bo`lib, g`arbda Quyi Zarafshon okrugidan Xazora yo`lagi orqali ajralib turadi. O`rta Zarafshon okrugi shimol tomondan Chumkartog`, Gubdintog`, Qaroqchitog`, Oqtog`, Qoratog`, janubdan-Qoratepa, Ziyovuddin, Zirabuloq tog`lari bilan o`ralgan, sharqiy chegarasi esa,Tojikiston bilan bo`lgan chegara orqali o`tdik.

Okrugning yer yuzasi asosan paleogen, neogen va antropogen davr cho`kindi jinslaridan tarkib topgan. Bu jinslarning ustki qismini esa Zarafshon daryosi va uning irmoqlari olib kelgan allyuvial yotqiziqlar qoplab olgan. Bu yer neogen davrigacha dengiz bo`lgan.

Neogen davridagi alp orogenetik jarayon ta'sirida vodiy quruqlikka aylangan. Zarafshon daryosi o`z o`zanini chuqurlashtirib, okrugning sharqiy qismida 6 ta qayirni hosil qilgan. Zarafshon daryosi neolit davrining oxirigacha hozirgi Moxandaryo va Xo`jayli o`zanlari orqali Amudaryog`a qo`shilib turgan.

Hozirgi Zarafshon suvi Samarqand vohasida, shuningdek Tuya tortar arigi orqali Sangzor vodiysida, Eski Anxor arigi orqali Qarshi cho`lida sug`orishga sarflangani tufayli Buxoro vohasiga yetmasdan tugab qolmoqda.

O`rta Zarafshon okrugining relyefi asosan yassi tekislik bo`lib sharqdan g`arbga tomon nishabdir. Samarqand shahri yaqinida mutloq balandlik 727 m, Kattaqo`rg`onda 430 m, Navoiy 347 m ikkinchi tomondan okrug markaziy qismidan shimolga va janubga - vodiyni o`rab turgan tog`larga tomon balandlasha boradi.

Zarafshon vodiysining ana shunday kengaygan joyida Samarqand botig`i ancha keng, relyefiga ko`ra o`rta qirlardan iborat bo`lib, g`arbdan Xazora yo`lagigacha 220 km ga cho`zilgan. Botiqning janubida uncha keng bo`lmagan Qoratepa, Ziyovuddin, Zirabuloq tog`lari, shimolda esa Qaroqchitog`, Oqtog`, Qoratog`lar joylashgan.

O`rta Zarafshon okrugining hozirgi relyefini vujudga kelishida Zarafshon daryosi va uning shimoliy hamda janubiy qismidagi tog`lar katta rol o`ynaydi. Zarafshon daryosi okrugining o`rta qismida qator qayirlar hosil qilgan tog`lardan boshlanadigan vaqtli daryochalar va soylar Zarafshon qayirini perpendikulyar kesib, ko`p jarliklar hosil qilgan hamda parchalab yuborgan.

Okrugning iqlimi Turkistonning tekislik qismiga o`xshash yozi jazirama issiq va quruq, qish sovuq, yog`in kam bo`ladi.

Yanvar oyining o`rtacha harorati - 0 gr. -1,3gr. bo`ladi. Ba'zan Arktika havo massasi kirib kelganda eng past harorat -24gr. -35 C gacha pasayadi. Yozda esa, aksincha, havo ochiq bo`lib, juda isib ketadi. Natijada iyulning o`rtacha harorati 26 -28C atrofida bo`lib, eng yuqori harorat esa 40 gr - 44C ga yetadi.

Okrugda bir yilda 213-215 kun sovuq bo`lmaydi. Harorat +10C dan yuqori bo`lgan kunlar soni 212-215: vegetatsiya davridagi ijobiy haroratning yig`indisi esa 4300- 5050 gr. ni tashkil etadi.

O`rta Zarafshon okrugida yog`in kam - g`arbdan, sharqka tomon ortib boradi. Navoiyda yillik yog`in miqdori 177 mm, Kattaqo`rg`onda 282 ml, Samarqandda 328 mm. Yillik yog`inning eng ko`p qismi 144-484 mm bahor va qishga to`g`ri keladi. Yozda bor-yo`gi 2,0-4,0 % yog`in tushadi.

Zarafshon daryosi okrug hududida sekin oqib, kengligi 3-4 km keladigan qayirlar hosil qilgan. U Samarqand shahridan 8 km o`tgach , Oqdaryo (uzunligi 130 km) va Qoradaryo (uzunligi 127 km) nomi bilan ikki tarmoqqa bo`linadi. Xatirchi qishlog`ida esa bu ikki tarmoq yana birlashib, orasida hosildor Miyonqala orolini hosil qiladi. Orolning uzunligi 100 km. kengligi 15 km, maydoni esa 1200 km2 dir. Okrugda suvlardan oqilona foydalanish natijasida Kattaqo`rgon suv ombori qurildi. Kattaqo`rgon shahri yaqinidagi tektonik botiqda barpo etilgan. U Zarafshon daryosining tarmog`i Oqdaryodan suv oladi. Bu kanaldan sekundiga 100 m3 suv oqishi mumkin. Suv omborining suv sig`imi 1 mlrd. m3 ni tashkil etadi. Vegetatsiya davrida ekin dalalarini sug`orish uchun kanaldan sekundiga 140 m3 suv chiqadi. Natijada 65 ming gektar yangi yerni sug`orib, 384 ming gektar yerning suv ta'minoti yaxshilanadi. Shuningdek suv omboridan yiliga 240-250 sentnergacha baliq ovlanadi.

O`rta Zarafshon okrugining tog` oldi tekisliklarida asosan och bo`z tuproq tarqalgan, ba'zi yerlarda esa oddiy bo`z tuproqlar ham uchraydi.

O`rta Zarafshon okrugining tabiiy o`simliklari kishilarning faoliyati tufayli ancha o`zgartirilgan.

Zarafshon daryosining quyi qayirlarida va eski qayirlarida qamish, ruvak, jing`il, tol, yovvoyi jiyda, yantoq, yulg`un o`sadi.

O`rta Zarafshon okrugidagi to`qay landshaftini va u yerdagi o`simliklarni, xususan jirganoqni va hayvonlarini tabiiy holida saqlab qolish maqsadida 1975 yili Bulung`ur va Jonboy tumanlari hududida maydoni 2,5ming gektar keladigan Zarafshon Qo`riqxonasi tashkil etildi. Bu qo`riqxonada muhofazaga olingan jirganoq (chakanda) o`simligining maydoni qisqarib ketgan edi.

Bu o`simlikning mayda mevasidan tibbiyotda ishlatiladigan oblepixa moyi olinadi.

O`rta Zarafshon okrugi o`z navbatida Kattaqo`rg`on va Samarqand tabiiy geografik rayoniga bo`linadi.

I. Kattaqo`rg`on tabiiy-geografik rayoni okrugning markaziy va g`arbiy qismini ishg`ol qiladi. Rayon janubda Ziyovuddin, Zirabuloq tog`larining quyi etaklari bilan, g`arbda Buxoro Qorako`l rayoni, shimolda Oqtog` va Qoratog`larning quyi qismi, sharqda esa Samarqand tabiiy geografik rayoni bilan chegaralanadi. Rayon o`z ichiga Zarafshon daryosining yangi va eski qayirlarini va yuqorida qayd qilingan tizmalarning tog` oldi tekisliklarini o`z ichiga oladi.

Rayon, okrugdagi qishi eng sovuq (yanvarning o`rtacha harorati -0,5-2C) , yozi esa issiq (iyulning o`rtacha harorati 27-28gr. ) yog`in eng kam (yilliga 180-280 mm) tushadigan qismi. +10 gr. li harorat yig`indisi 4500-4600 gr. vegetatsiyali qish 40-50%.

Rayonda quyidagi landshaft turlari uchraydi.

1. Zarafshon qayirlarida joylashgan ochbo`z, o`tloq, botqoq- o`tloq tuproqli madaniy landshaftlar.

2. Qamish va to`qay o`simliklari o`suvchi, o`tloq-botqoq tuproqli qayirlar landshafti.

3. Efemer va shuvoq-efemer, o`suvchi bo`z tuproqli tog` oldi lyossli tekisliklar landshafti.

Bu landshaft Zirabuloq, Ziyovuddin hamda Oqtog` va Qoratog`larning tog` oldi lyossli tekisliklarini o`z ichiga oladi.

II. Samarqand tabiiy geografik rayoni okrugning sharqiy qismida joylashib, shimolda Gubdintog`, Qaroqchitog` va Oqtog`larni janubiy yon bag`irlarining quyi qismi, sharqda Tojikiston davlat chegarasi, g`arbda Kattaqo`rgon rayoni, janubda esa Chaqilkalon va Qoratepa tog`larining etaklari bilan chegaralanadi.

Rayon o`z ichiga Zarafshon daryosining yangi va eski qayirlarini, tog` oldi lyossli tekisliklarini olib qishning nisbatan iliqligi (yanvarning o`rtacha harorati -0,2 -0,5 gr. ), yozning esa nisbatan salqinligi (iyulning o`rtacha harorati +24,5 +25,9 gr. ) yog`inlarning ko`pligi (yillik yog`in miqdori 450-500 mm) bilan Kattaqo`rgon rayonidan farq qiladi.

Rayon o`z navbatida quyidagi landshaftlarga bo`linadi:

1) Chaqilkalon, Qoratepa tog`larining prollyuvial tekisliklarida joylashgan efemer o`simliklar o`suvchi, tipik bo`z tuproqli tekisliklar landshafti.

2) Gubdintog`, Qaroqchitog` va Oqtog`larning efemer o`simliklari o`suvchi, bo`z tuproqli tog` oldi lyossli tekisliklar landshafti.

3) To`qay o`simliklari mavjud bo`lgan, o`tloq, botqoq-o`tloq tuproqli qayirlar landshafti.

4) Sug`oriladigan o`tloq-allyuvial, o`tloq-botqoq tuproqli yangi qayirlardagi madaniy landshaftlar.

5) Sug`oriladigan bo`z tuproqlar tarqalgan tekisliklardagi va Zarafshonning ko`hna qayirlaridagi madaniy landshaftlar.




Download 1,51 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   121   122   123   124   125   126   127   128   ...   144




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish