Buxoro davlat universiteti «O’zbekiston tabiiy geografiyasi» fani bo’yicha ma’ruza matni



Download 1,51 Mb.
bet131/144
Sana12.01.2022
Hajmi1,51 Mb.
#336771
1   ...   127   128   129   130   131   132   133   134   ...   144
Bog'liq
Buxoro davlat universiteti «O’zbekiston tabiiy geografiyasi» fan (1)

Qo’shimcha:
Okrug O`zbekistonning eng janubiy qismidagi Sherobod- Surxon vodiysining tekislik qismlarini egallaydi. Surxondaryo okrugi g`arbda Kelif-Sherobod- Sariqamish past tog`lari va Surxon tog`lari bilan, shimoli-sharqda Hisor tizmasining janubiy yon bag`ri, sharqda esa Bobotog`ning g`arbiy yon bag`rining quyi qismi bilan o`ralgan. Uning janubiy chegarasi esa Amudaryo orqali o`tadi.

Okrug geologik tuzilishi jihatdan Hisor-Zarafshon okrugidan farq qiladi, u sinklinal botiqda joylashgan hamda neogen va antropogen davrining qalin allyuvial va prollyuvial yotqiziqlari bilan to`lgan.

Surxondaryo okrugi shimoli - sharqdan janubi- g`arbga tomon taxminan 170 km cho`zilgan. Okrugning shakli uchburchakka o`xshaydi, janubi-g`arbiy qismida esa kengayadi va 110-116 km ga yetadi, shimoli - sharqiy qismida esa kengligi atigi 16-20 km dir.

Surxondaryo okrugini g`arbdan, shimoldan va sharqdan o`rab turgan tog`lar yozda ham, qishda ham havo massalarining okrugga o`tishiga ancha to`sqinlik qiladi. Shuning uchun ham okrug respublikamizdagi eng issiq o`lkadir. Yillik o`rtacha harorati +17C Yoz quruq va jazirama issiq, qish yumshoq va iliq keladi: Shuning uchun ham subtropik o`simliklar o`sa oladi. Yanvarning o`rtacha harorati +1,+4C bo`ladi. Lekin ba'zan qish oylari ancha sovuq kelib, eng past harorat -20,-27C ga tushadi. Iyulning o`rtacha harorati 28+32gr. eng yuqori harorat esa 42 +48gr. darajada bo`ladi. Termiz shahrida yoz kunlarida harorat xatto +50gr. gacha ko`tariladi.

Vegetatsiya davrida haroratning yig`indisi 5500-5960gr bo`ladi.

Okrug tog`lar orasidagi berk botiqda joylashganligidan yog`in kam (133-360mm), yog`in miqdori hudud relyefining tuzulishiga bog`liq bo`lib, janubi - g`arbdan, shimoli-sharqqa tomon ko`payib boradi. Okrugning janubi g`arbiy tekislik qismida (Termizda) bir yilda 133 mm ga yetadi.

Surxondaryo okrugining yer usti resurslari uncha ko`p emas. Okrugning asosiy daryosi Surxondaryo bo`lib, To`polondaryo va Qoratog` daryolarning qo`shilishidan vujudga keladi. O`sha ikki daryoning qo`shilishidan Amudaryo`gacha Surxondaryoning uzunligi 169 km bo`lib, sekundiga o`rtacha 120 m3 yoki yiliga 3,78 mlard m3 suv oqizadi.

To`polondaryo - Qoratog` daryog`a nisbatan sersuv, uning o`rtacha yillik suv sarfi sekundigi 32 m3 bo`lsa Qoratog` daryoda 23 m3dir.

Okrugning ikkinchi muhim daryosi Sheroboddaryodir. U ilgari va Qizilsoy daryolarining qo`shilishidan hosil bo`ladi. Daryoning umumiy uzunligi 186 km, o`rtacha ko`p yillik suv sarfi tog`dan oqib chiqqach 7,3 m3 sek. ga. teng.

Okrug daryolari asosan okrug atrofini o`rab turgan tog`lardagi qorlarning erishidan va yomg`ir suvlaridan to`yinadi.

Okrugning qumliklarida o`simliklardan qandim, oq saksovul, cherkez, tariqbosh o`sadi, daryo vodiylarining quyi qayirlarida va ayniqsa Amudaryoning o`ng qirg`oqlarida yulg`un, jiyda, turong`il, terak, qamish, savagich o`sadigan to`qaylar bor.

Okrugda bug`u, to`qay mushugi, qirg`ovul, Buxoro bug`usi, yovvoyi cho`chqa, chiyabo`ri, tulki, g`oz, o`rdak uchraydi.

Okrugda o`qilon, gekkon kaltakesagi, Turkiston kobrasi, Jayra, tasqara, so`fito`rg`.ay, chil kaklik ham bor.

Surxondaryo okrugi tabiatining ajoyib qismini, xususan Amudaryo to`qayzorlarini va u yerdagi o`simlik va hayvonlarning ba'zi turlarini himoya qilish maqsadida Surxondaryo Qo`riqxonasi tashkil etilgan. Qo`riqxona maydoni 28014 gektar bo`lib, ikki qismdan iborat. Birinchi qismi 1960 y tashkil etilgan bo`lib sobiq Payg`ambarorol qo`riqxonasini o`z ichiga oladi.

Surxondaryo okrugi o`z navbatida Termiz-Denov, Sherobod, tabiiy-geografik rayonlarga bo`linadi.

I. Termiz - Denov tabiiy geografik rayoni o`z ichiga Surxondaryo vodiysini, xususan uning hozirgi zamon va ko`hna qayirlarining oladi.

Rayon atrofi tog`lar bilan o`ralib, quruq subtropik iqlim bilan tasvirlanadi. Uning qishi iliq yanvarning o`rtacha harorati +2,8 gr., yozi esa quruq va issiq- iyulning o`rtacha harorati +29 +31gr. +10gr. dan yuqori bo`lgan kunlar haroratining yig`indisi 5100-5700 C ga yetadi, o`simliklar yil bo`yi vegetatsiyani davom ettiradi.

Rayonda quydagi landshaftlar uchraydi.

1. Qamish va to`qay o`simliklari o`suvchi o`tloq -botqoq allyuvial tuproqli qayirlar landshafti.

2. Sug`oriladigan bo`z, allyuvial o`tloq va taqir tuproqlari tarqalgan madaniy landshaft.

3. Efemer o`simliklar bilan qoplangan, och bo`z tuproqli lyossli sertepa tekisliklar landshafti.

4. Iloq, butasimon psammofit tur o`simliklar o`suvchi allyuvial tekisliklarning eol qum landshafti.

5. Mezakaynazoy negiziga ega bo`lgan, shuvoq o`suvchi sur- qo`ng`ir tuproqli past tog`lar va balandliklar landshafti.

Sherobod tabiiy - geografik rayoni asosan Sherobod cho`lini o`z ichiga olib, sharqdan Havotog`, Uchqizil balandliklari orqali Termiz-Denov rayonidan ajralib tursa, junubda Amudaryo bilan shimoli - g`arbda Kelif - Sherobod marzasi bilan, shimolida esa Sherobod - Sariqamish marzasi bilan chegaralanadi.

Rayon O`zbekistondagi eng iliq qish (yanvarning o`rtacha harorati +4gr. ) va eng issiq (iyulning o`rtacha harorati +33,1C) yoz bo`ladigan hududdir.

Rayon o`z navbatida quydagi landshaftga bo`linadi.

1. Qamish hamda to`qayzorlardan iborat, o`tloq va botqoq qayir allyuvial tuproqlari tarqalgan hozirgi zamon delta landshafti.

2. Shuvoq o`suvchi, sur-qo`ng`ir tuproqli tog` oldi prollyuvial tekisliklar landshafti.

3. Taqir va o`tloq tuproqli allyuvial tekisliklar madaniy landshafti.

4. Sherobod cho`lining asosiy qismini egallagan madaniy landshaft.



Download 1,51 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   127   128   129   130   131   132   133   134   ...   144




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish