Buxoro davlat universiteti «O’zbekiston tabiiy geografiyasi» fani bo’yicha ma’ruza matni



Download 1,52 Mb.
bet101/123
Sana26.02.2022
Hajmi1,52 Mb.
#466671
1   ...   97   98   99   100   101   102   103   104   ...   123
Bog'liq
Buxoro davlat universiteti «O’zbekiston tabiiy geografiyasi» fan

Qo’shimcha:

Qizilqum cho`li O`rta Osiyoning eng katta cho`llaridan biri bo`lib, Turon pasttekistligida ya'ni Amudaryo, Sirdaryo, Zarafshon daryolarining o`rta va quyi oqimlarida joylashgan. Qizilqum okrugi, Qizilqum cho`lini bir qismini egallagan.


Okrug hududida Qizilqumning g`arbiy katta qismi kiradi. Qizilqum cho`lini shimol va shimoli - sharqidan Qozog’iston chegarasi bilan ajraladi. Bu chegara sharqda Mirzacho`l, janubi- sharqda Zarafshon okrugi bilan, janubi- g`arbiy chegarasi Turkmaniston bilan, g`arbiy chegarasi Amudaryo orqali o`tadi. Janubda quyi Zarafshon tabiiy okrugi bilan chegaralanadi.
Ma'muriy jihatdan Qizilo`rda, Chimkent, Buxoro, Navoiy, Samarqand, Jizzax, Xorazm, Qoraqalpolg`iston yerlarining ma'lum qismlari shu okrug tarkibiga kiradi.
Okrugning eng qadimgi qismi markaziy rayoni bo`lib, bu yerlarda qadimgi paleozoy past tog`lari - Tomditog` (922m), Bo`kantog` (764 m), Quljuqtog` (785 m), Yetimtog` (568 m), Ovminzatog` (635 m) va Sulton Uvays tog`i (473m) joylashgan. Bu tog`lar asosan kenglik bo`ylab yo`nalgan bo`lib, paleozoyning kristalli slanes va ohaktoshlaridan tashkil topgan. Ba'zan granit va boshqa otqindi jinslar ham uchraydi. Bu jinslar yemirilib, tog` oldi yotqiziqlari hosil bo`lgan.
Qizilqum territoriyasini bir necha marotaba dengiz bosgan. Ulardan eng katta trangresiya poleogenda bo`lib o`tgan, unda qariyb butun O`rta Osiyoni suv bosgan. Keyinchalik neogen va antropogen davrlarida suvlar butunlay chekingan.
Qizilqum yosh platformadan iborat Turon plitasida joylashgan. Turon plitasining zamini paleozoy erasining qattiq yotqiziqlaridan, ustki qismi esa mezazoy va kaynazoy eralarining yumshoq cho`kindi jinslaridan tarkib topgan. Bu jinslarning qalinligi 1-2 km gacha.
Bu okrugda tagi qum, taqir yoki sho`rxok bilan qoplangan bir necha berk botiqlar bor. Eni 500-600 m dan 3-5 km keladigan kichik botiqlar bilan birga eng yiriklari Qoraxotin, Mingbuloq, Mullali va Oyoqog`itma botiqlari bo`lib, har birining bo`yi 40-50 km keladi. Ular qoldiq tog`lar atroflaridadir.
Uzunligi 150 km dan ortadigan Mingbuloq botig`i shimoldan Bo`kantog`, sharqdan Tomditog`, janubidan Ominzatog` oralig`ida bo`lib, g`arbi ochiqdir. Ominzatog`da sharqda Qoraxotin botig`i joylashgan.
Qizilqumning asosiy maydonini qoplagan qumlar paleogen, neogen va to`rtlamchi davr jinslarining nurashi , hamda shamol uchurib yurishi natijasida hosil bo`lgan . Qumlarni paydo bo`lishida, qadimgi daryolar keltirgan allyuvial jinslarning roli kattadir. Shamol qumlarni to`zitib yer yuzasining qumli shakllari barxan do`ng qumlar, qum jo`yaklari va kichik- kichik chuqurchalarni hosil qilgan.
Qizilqum yer bag`rida neft, gaz qurilish materiallari mis, asbest qorunt, grafit, feruza, granit, ohaktosh, ohak, gil konlar bor. Gaz -Gazlida, Toshquduqda- Xo`jaqozgan, Yangiqozgan, Doyaxotin konlari bor. Muruntovda oltin koni bor.
Iqlimi - okrug shimoliy va janubiy qismlari iqlimi jihatidan bir- birovidan farqlanadi. Shimoliy qismini qishi sovuq (boreal tipidagi cho`l – lotincha so`z shimoliy degan ma'noda), janubiy qismini qishi esa iliq bo`ladi. -3 gr. li yanvar izotermasi janubiy qism bilan shimoliy qism orasidagi chegaradir. Bu izoterma 41 gr. li shimoliy kenglik bo`ylab o`tgan.
Qish shimolda 3-5 oy janubida esa 3 oy davom etadi. Yoz shimolida 4 oy, janubi - g`arbida 4,5-5 oy davom etadi. Hududning katta qismida 110 mm yog`in tushsa shimoliy qismida esa 75 mm yog`in tushadi. Nurota tog` oldi rayonlarida 200 mm. Yog`inlar asosan kuz va qishda, bahorda esa kamroq tushadi. Qishda 20-30 kungacha qor shimolda saqlanadi. Qizilqumda yil buyi shimoliy va shimoliy- sharqiy shamollar esadi. Shamol tezligi 4-8 m/sek, bo`ladi.
Okrugda doimoy oqar suvlar yo`q. Ko`llar asosan Zarafshon va Amudaryo etaklaridadir. Lekin ularning hammasi sho`r ko`llar, shimoldagisi Ko`kchadengiz, janubda Dengizko`ldir.
Yer osti suvlari yer yuzasidan 20-40 m chuqurlikdan ko`p joydan sho`r suvlar chiqar edi. Keyingi yillarda juda ko`p artezian quduqlari topilgan. Qadimgi daryo o`zanlari ostida yer yuzasiga yaqin bo`lgan joylarda chuchuk suvlar chiqmoqda. Tog`lar atrofidagi buloqlardan foydalaniladi.
Tuproqlari katta maydonga tarqalgan, qumli yerlarda cho`lqumoq tuproqlari tarqalgan. Past tog`lar va platolarda sur qo`ng`ir tuproqlar , pastqam yerlarda sho`rxok tuproq uchraydi.
Uchquduq, Zarafshon, Muruntov, Tomdibuloq, Mingbuloq, Gazli, Jing`ildi kabi shahar va qishloqlarda, obikor dehqonchilikdan foydalaniladi. Bunday madaniy tuproqlar voha tuproqlari deyiladi.
O`simligi qumda efemer va efemeroid o`simliklar keng tarqalgan.
I. I. Granitov ma'lumotlariga qaraganda , Qizilqumda (Oyoqog`itmadan janubi) 45 oila, 277 turqum ga qiruvchi 533 o`simlik turi bor. O`simliklardan rang qo`ng`irbosh, yaltirbosh, qummassivlaridagi juzg`un, oq saksovul, obikor, quyonsuyak, selen, astragal o`sadi.
Markaziy Qizilqumdagi qadimgi tog`lar va tog` etaklarida bo`z shuvoq, burgan, tereskent, saksovul va tosh burgan o`sadi. Zoogeografik jihatdan Turon provinsiyasining Qizilqum zoogeografik rayoniga kiradi. Endemik turi taroq barmoqli qo`shoyoq, qushlardan xo`jasavdogar va boshqalar. Okrugda 67 tur qush, 35 tur sut emizuvchi, 32 tur sudralib yuruvchi o`rganilgan. Qizilqum qo`riqxonasi shu okrug teretoriyasida.
Qizilqum okrugi o`z navbatida L. N. Babushkin, N. A. Kogay (1964) ning rayonlashtirish tizimi bo`yicha Sultonuvays, Shimoliy Qizilqum, Bo`kantog`-Yetimtog`, Janubiy Qizilqum, Tomdi-Quljuqtog` kabi tabiiy geografik rayonlarga bo`linadi. Yuqoridagi tabiiy geografik rayonlar har birtasi 4 tadan landshaftlarga ajratilgan.

MA’RUZA № 6 (15-ma’ruza)



Download 1,52 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   97   98   99   100   101   102   103   104   ...   123




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish