Qo’shimcha:
Quyi Amudaryo tabiiy geografik okrugi (Amudaryo deltasining bir qismini) g`arbdan Ustyurt, shimolda Orol, janubdan Ungus orti platosi va sharqdan Qizilqum bilan chegaradosh. Delta qadimgi "quruq" va "hozirgi" dan iborat. Okrug yer yuzasini qoplagan eng qadimgi jins bo`r davri jinslaridan iborat. Ustki qismida paleogen davri yotqiziqlari Tuyamo’yin, Belitov qirlari va Kashkantov hamda shimoliy Qizilqumda delta yaqinida qirlar bor. Paleogen jinslarining qalinligi 5-6 m yashil gil, ayrim hollarda 1,5m qalinlikdagi sariq gilli qumdan iborat.
Neogen davr yotqiziqlari eng kam tarqalgan. Ular asosan 2 ta gorizontdan: Sarmat va "Xiva " qatlamlaridan iborat.
To`rtlamchi davr yotqiziqlari, Amudaryo va boshqa daryolarning allyuvial yotqiziqlari, Sariqamishning qadimgi yotqiziqlari elyuvial, delyuvial, prolyuvial va eol yotqiziqlaridan iborat. Bu yotqiziqlar orasida allyuvial va eol yotqiziqlari keng tarqalgan. Ularning yoshi 0-16-25 ming yil bo`lib, alyuvial jinslarning qalinligi 12-60 m ba'zan 80 m ga yetadi.
Eol yotqiziqlari allyuvial hamda tub jinslardan hosil bo`lgan. Bu yerda qum teppalari va qator - qator qumlar uchraydi.
Iqlimi: shimoldan Arktika va Sibir havolari bemalol kirib kela oladi. Shu sababli havosining o`rtacha harorati 10-12 gr., Chorjo`yda esa 15,6 gr gacha okrugda iyul harorati 26-27 gr., eng issiq harorat +44-46gr., radiatsiya 136-140 kkal. /sm2 Okrugda yanvar harorati -4- 6 gr. eng past harorat -30-33gr.
Yozda quyoshning ufqdan balandligi 70 - 72 C. Sovuqsiz davr Orol bo`yida 172 kun, janubda 198 kungacha cho`ziladi.
Okrug O`zbekistonning eng qurg`oqchil rayonlaridan biri, yillik yog`in miqdori 74-96 mm uni 51-62 mm yilning issiq davrida apreldan oktabrgacha, 38-40 mm ga yaqini sovuq davrida noyabrdan martgacha bo`ladi.
Suvlari: Amudaryo suvlari bahor yozda ko`payadi va qishda muzlarini tiqilib qolishidan qishda suv sathi 4-5 m ko`tarilar edi. Sayoz sohillarini suv bosar edi.
Hozirda esa Amudaryoning barcha tarmoqlari suvsizdir.
Amudaryoning yerlarini sug`orishda ahamiyati juda katta. Xorazm vohasini sug`orish uchun 100dan ortiq kanal va ariqlar qazilgan. Bular Polvon, Gazovod, Shovot, Qilichniyozbosh va Toshsoqqa kabi ariqlar. Qoraqalpog`istonning Amudaryoning o`ng qirg`og`idan boshlanuvchi Qilichniyozbosh, Sovetyop, Kizkentgan, Kegayli va Kuvanishjarma kabi kanallar suv oladi.
Tashlama suvlar va yer osti suvlari yuzasiga yaqin joylashgan joylarda mayda ko`llar hosil bo`lgan. Xorazm viloyatini janubi g`arbida shunday ko`llardan Quyi va Ulug`sho`r Pitnak tirsagida Tuyamo’yin suv omborining suv sig`imi 7 mlrd. m3. Bu Quyi Amudaryo va Turkmanistonga 5 mlrd. m3 suv berishi mumkin.
Keyingi yillarda Amudaryo suvi Orolga juda oz miqdorda tushishi bu yerda ekologik vaziyatni yomonlashtirmoqda.
Orol dengizi ostidan yiliga 70 mln t. tuz, chang - to`zon bo`lib ko`tariladi va u 500 km atrofgacha tarqalmoqda. Hozir "Orol va Orol bo`yini asrash" maxsus qo`mitasi tuzilgan. Orolni asrash O`rta Osiyo va Qozog`iston xalqlarining muqaddas burchidir.
Do'stlaringiz bilan baham: |