Buxoro davlat universiteti "iqtisodiyot va turizm" fakulteti


Xalqaro kapital migratsiyasining rivojlanish tendensiyalari



Download 145,08 Kb.
bet6/8
Sana08.06.2022
Hajmi145,08 Kb.
#645655
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
O\'rolov Asadbek

2.2 . Xalqaro kapital migratsiyasining rivojlanish tendensiyalari

Xalqaro kompaniyalarning paydo bo‘lishiga qadar barcha xorijiy investitsiyalar portfel investitsiyalar shaklida bo'lgan. TTXI XX asrning 20-yillaridan boshlab rivojlana boshladi, ammo bu davrda portfel investitsiyalar hajmi to‘g‘ridan to‘g‘ri investitsiyalar hajmiga nisbatan ikki barobar ko‘p edi. Tahliliy ma’lumotlarga qaraganda TTXI oqimi XXI asr bo‘sag‘asida jadal sur'atlar bilan o ‘sib bormoqda. TTXI 1970-yillarda paydo bo‘lib, 13 mlrd dollarni tashkil etgani holda ularning 60 foizi AQSh, 91 foizi esa G -7 guruhi hissasiga to‘g ‘ri kelgan . TTXIning o ‘rtacha yillik hajmi 1980-2012-yillarda 44,5 mlrd dollardan 1,3 trln dollargacha yetdi47. YuNKTAD pronozlariga ko‘ra 2013-yilda 1,4 trln dollar va 2014-yilda 1,6 trln dollar bo‘lishi kutilmoqda. TTXIning global oqimi hajmi 2011 -yilda 2008-2009-yillardagi jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozi48 va hozirgi suveren qarzlar krizislarining davom etayotgan salbiy oqibatlariga qaramasdan 2005-2007-yillar darajasidan oshib, 2010-yilga nisbatan 16 % ga o ‘sdi. 2012-yilda esa TTXIning global oqimi 18 %ga qisqarib 1,3 trln dollarni tashkil etdi.


Ushbu o'sish transmilliy korporatsiyalar foydasining oshishi va rivojlanayotgan mamlakatlarda yuqori iqtisodiy o ‘sish sur'atlari ta’sirida yuz berdi.

TTXI oqimining yo‘nalishlari mamlakatlarning iqtisodiy rivojlanish darajasiga bogiiq holda belgilanadi. TTXIni asosan jalb etuvchi va chiqaruvchi mamlakatlar sanoat jihatdan taraqqiy etgan mamlakatlar hisoblanishadi va ulaming hissasiga TTXI yillik oqimining 80 foizi to ‘g‘ri keladi. Bundan tashqari, jamg‘arilgan TTXIning aholi jon boshiga to‘g‘ri keluvchi miqdori bo‘yicha ham rivojlangan mamlakatlar yetakchi mavqega ega. Misol uchun, 2011 -yilda Xitoyda ushbu ko‘rsatkich 532 dollar, Rossiyada 3,2 ming dollar, Qozogistonda 5,7 ming dollaiga teng boigani holda, AQSh va Buyuk Britaniyada mos ravishda 11,5 va 19,3 ming dollarga teng bo'ldi . Tahlillar, 2011-yilda rivojlangan mamlakatlarda TTXI oqimi 2010-yilga nisbatan 21%ga o ‘sgani va 748 mlrd dollarga yetganini ko‘rsatmoqda. Shunga qaramasdan ushbu oqim 2005-2007-yillarntng o ‘rtacha darajasiga nisbatan 25 %ga kamdir. Rivojlangan mamlakatlar tomonidan chetga chiqari-layotgan TTXI hajmi esa 2011-yilda 2010-yilga nisbatan 25 % ga oshib 1,2 trln dollarni tashkil etdi. Suveren qarzlar inqirozi bilan bogiiq muammolarning chuqurlashuvi. rivojlangan mamlakatlarda chetga chiqarilayotgan TTXI xarakterida ham o ‘z aksini topmoqda. Jumladan, AQShda TTXI chetga chiqarish hajmining yuqori sur'atlarda o ‘sishi asosan mamlakat TMKJari daromadlarini reinvestitsiyalash (chetga chiqarilgan TTXIlar umumiy hajmiga nisbatan 82 %) hisobiga yuz bergan. Yevгора Ittifoqida esa TTXI hajmi transchegaraviy qo‘shib olishlar va birlashishlar sababli oshgan. Yapon iyenasi kursining oshishi ta’sirida yapon TMKlari xarid qobiliyati oshib, ulaming Shimoliy Amerika va Yevropadagi transchegaraviy qo‘shib olishlar va birlashishlar yo‘nalishi bo‘yicha sof xaridlari hajmi о 132 %ga, chetga chiqarayotgan TTXIlari hajmi esa ikki baravarga oshganligini kuzatish mumkin. Tabiiy resurslarga boy rivojlangan mamlakatlar, jumladan, Avstraliya Kanada va AQShda TTXI oqimi neft va gaz tarmog‘i, xususan, qazib chiqariladigan noan’anaviy yoqilg‘i turlarini ishlab chiqarish hamda ko‘mir, mis va temir rudasi kabi qazilma boyliklami qazib chiqarish sohasiga yo‘naltirildi. Moliyaviy muassasalar xorijdagi aktivlar ulushini moliya inqirozi davrida davlat yordami doirasida olingan pullarni davlatga qaytarish va Bazel III shartlarida ko‘zda tutilgan shartlarga muvofiq o ‘z kapital bazalarini mustahkamlash maqsadida qisqartirishga harakat qilishmoqda. Tahlillar ko‘rsatishicha, TTXI tarmoq tarkibida qishloq xo‘jaligi va sanoat tarmoqlarining ulushi 2011-yilda 2005—2007-yillardagi o'rtacha ko‘rsatkichga nisbatan mos ravishda 8 %dan 14 foizga, 41 %dan 46 %ga qadar ortgani holda xizmatlar ulushi 50 %dan 40 %ga qadar qisqargan.


TTXI tarmoq tarkibida qazib chiqarish sanoati (tog‘-kon va neft), kimyo sanoati, infratuzilma tarmoqlari (elektr, gaz, suv ta’minoti), transport va aloqa hamda boshqa tarmoqlar (neft va gaz qazib chiqarish tarmoqlarida xizmat ko‘rsatuvchi tarmoqlar) ustuvorlik qilgan. TMKning xalqaro ishlab chiqarish hajmining o‘sib borishiga qaramasdan ularga tegishli pul aktivlarining yuqori darajasi hozircha investitsiyalar hajmining barqaror o'sishiga aylanmadi. YuNKTAD ma’lumotlariga ko‘ra pul aktivlari hajmi xorijiy filiallaming taqsimlanmagan foydasini qo‘shib hisoblaganda 5 trln dollarga yetgan. T'ahlillar global moliya inqirozi sharoitida yirik 100 nafar TMK ishlab chiqarish aktivlariga kapital xarajatlar va xorijda aktivlar sotib olish xarajatlarini qisqartirganlar. Buning o ‘miga ular o ‘z pul mablag‘larini ko‘paytirishga harakat qilishgan. Misol uchun, 2010-yilda ushbu kompaniyalarga tegishli pul mablagiari hajmi 1,03 trln dollarga yetdi, shundan 166 mlrd dollari inqirozgacha bo'lgan davrdagi pul aktivlari hajmiga nisbatan yuqori hisoblanadi. 2011-yilda TMKlar tomonidan ishlab chiqarish aktivlari sarflangan kapital xarajatlar va xaridlar hajmi 12 %ga oshganligiga qaramasdan, ular ixtiyoridagi pul mablag‘lari (2011-yilda taxminan 105 mlrd dollar) to'laligicha ushbu maqsadlar uchun sarflanmagan. Xalqaro moliya bozorlaridagi beqarorlikning takrorlanishi likvid vositalami ko‘paytirish va ulami boshqa maqsadlarda (dividendlar to‘lash yoki qarzdorlik darajasini pasaytirish) foydalanishga turtki beradi. Shunga qaramasdan iqtisodiy vaziyatning yaxshilanishi bilan hozirgi vaqtdagi ortiqcha likvid vositalar kelajakda TTXIning o‘sishiga olib kelishi mumkin 100 ta eng yirik TMK bo'yicha amalga oshirilgan investitsion prognozlarga ko‘ra ular ixtiyoridagi pul aktivlari hajmi 5 trln dollarni, investitsiyalar ko‘rinishida joylashtirilishi mumkin boigan kapital hajmi esa 500 mlrd dollarni, ya’ni global TTXI oqimining uchdan birini tashkil etadi.



Download 145,08 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish