O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O’RTA
MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI
BUXORO DAVLAT UNIVERSITETI
IQTISODIYOT VA TURIZM FAKULTETI
“IQTISODIYOT” KAFEDRASI
Malakaviy amaliyot bo’yicha
HISOBOT
Bajaruvchi: Iqtisodiyot (tarmoqlar va sohalar
bo’yicha) yo’nalishi, II-bosqich, 3-1 IQT 19 guruh talabasi
Yunusov Muhammad
Amaliyot rahbari: Navro’z-zoda Z.B.
Buxoro 2021
Reja:
Kirish.
Kredit bo’limi haqida umumiy tushuncha
Kredit resurslarining manbalari
Xalq banki
Xulosa.
Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati.
Kirish
Mamlakatimizda olib borilayotgan iqtisodiy islohotlarda buxgalteriya hisobi va hisobotini mustaqil fan hamda amaliyotda kompaniyalar boshqaruvining muhim bo‘g‘ini sifatida xalqaro standartlarga muvofiqlashtirish o‘ta muhim vazifalar sirasiga kiradi.
Iqtisodiyotimizning barcha jabhalarida bo’lgani kabi, buxgalteriya hisobi borasida ham ulkan o‘zgarishlar sodir bo’ldi. Keyingi yillar mobaynida xalqaro standartlarga to‘la-to‘kis javob beruvchi buxgalteriya hisobi tizimini yaratish borasida ko‘pgina islohotlar olib borilmoqda. Buxgalteriya hisobidan foydalanuvchilar doirasi ancha kengayib borayotganligi, integratsiya jarayonlari chuqurlashayotganligi, qo‘shma korxonalar barpo etilayotganligi, jahon moliya bozoriga chiqilayotganligi sarmoyalar, ishchi kuchi va valyutaning ayrim mamlakatlar o‘rtasida erkin harakatlanishi zarurligi buxgalteriya hisobi tizimini jahon standartlariga ko‘chirishni yanada qattiqroq talab qilmoqda.
Oʻtgan yillarda mamlakatimizda auditning normativ-huquqiy va uslubiy bazasi shakllantirildi, shuningdek, auditorlik faoliyatini litsenziyalashning soddalashtirilgan va muddatsiz tizimi joriy etildi, bu auditorlik xizmatlari bozorining shakllanishiga va mahalliy auditorlik tashkilotlari auditorlik kompaniyalarining yirik xalqaro tarmoqlariga kirishini taʼminlashga imkon yaratdi.
Shu bilan birga, qator muammolar va kamchiliklar auditorlik faoliyatining yanada rivojlanishiga, boshqarishga oid qarorlarni qabul qilish va korporativ boshqaruv sifatini oshirish uchun auditorlik xizmatlarining ahamiyatini oshirishga toʻsqinlik qilmoqda, xususan:
birinchidan, auditorlik tashkilotlariga ishonch darajasi past, shuningdek, auditorlik tekshiruviga moliyaviy hisobotning haqqoniyligini tasdiqlashning kafolati emas, balki ortiqcha va malol keladigan maʼmuriy tartib-taomil sifatida qaralmoqda;
ikkinchidan, auditorlik tashkilotlarini tanlab olish boʻyicha mavjud cheklovlar va tanlovlar oʻtkazish amaliyoti koʻp hollarda insofsiz, shu jumladan, narx borasida insofsiz raqobatni keltirib chiqaradi, buning oqibatida auditorlik xizmatlari sifati va auditorlik xulosalarining haqqoniyligi pasaymoqda;
uchinchidan, auditorlarni maxsus tayyorlash va ularning malakasini oshirishning amaldagi tizimi yuzaki tusga ega boʻlib, professional tayyorgarlikning va auditorlik xizmatlari sifatining zaruriy darajasini, shu jumladan, auditorlik faoliyatining xalqaro standartlariga mosligini taʼminlamayapti, bu esa auditor kasbi nufuzining pasayishiga olib kelmoqda;
toʻrtinchidan, auditorlik tashkilotlari ishi sifatini tashqi nazorat qilishning samarali tizimi mavjud emas, bu litsenziyalovchi organning huquqiy taʼsir choralari cheklangani sharoitida sifatsiz auditorlik xizmatlarini koʻrsatish hollariga va auditorlarning insofsiz xatti-harakatlariga nisbatan tezkor chora koʻrish imkonini bermayapti;
beshinchidan, auditorlik faoliyatining milliy standartlari umumeʼtirof etilgan xalqaro audit standartlariga toʻliq mos emas, bu esa xorijiy investorlarda mahalliy korxonalar moliyaviy hisobotlarining haqqoniyligini tushunish koʻnikmasining shakllanishini taʼminlamayapti.1
Ishlab chiqarish amaliyotining maqsadi - bu olingan nazariy bilimlarni mantiqiy va muntazam mustahkamlash va iqtisodiy tahlil qilish, real ishlab chiqarish sharoitlarida qabul qilinadigan boshqaruv qarorlarini baholash va asoslab berish bo’yicha amaliy ko’nikmalarni egallashdir. Zamon talablariga javob beradigan bilimli va malakali mutaxassislar tayyorlash uchun eng yaxshi bo'lgan talab qilinadigan dolzarb vazifalarni bajaradiganlardan muassasida mustaqil fikrlash, tadbirkorlik va dadil ijodkorlik koeffitsienti yangilangan va iqtisodiy tafakkurni shakllantirish. Bunga Talabalarning Ishlab сhiqarish amaliyoti imkoniyat yaratadi. Malakaviy amaliy ishtiyoqni o'rganish shundaki, uni shtatda va boshqa joyda malaka oshirishi kerak. U nafaqat ilmiy, tarbiyaviy ahamiyatga ham egadir.
Men iqtisodiyot va turizm fakulteti 3.1 IQT 19 guruh talabasi Yunusov Muhammad 24.05.2021 sanadan 31.07.2021 sanagacha ( 10 xaftalik ) malakaviy amaliyotni Buxoro tibbiyot instituti “Buxgalteriya reja-moliya” bo’limida o’tadim. Amaliyot o’tagan davrimda kreditorlikda ishlash tizimi, hisobotlar bilan ishlashni o’rgandim. Amaliyot davomida amaliyot mashg’ulotlariga o’z vaqtida muntazam qatnadim. Malakali ishchilardan ishlash to’g’risida tushuncha va ko’nikmalarni o’rgandim.
Do'stlaringiz bilan baham: |