Har qanday mahsulot uchun kreditlar
Mikroqarz
Kredit miqdori22 300 000 so'm
22 300 000 so'm22300000 so'm
Kredit muddati12 oy
12 oy12 oy
0%
Boshlang‘ich badal
2 341 500so'm
Oylik to‘lov
2021 yilning iyun oyida АT Xalq banki Boshqaruviga jismoniy va yuridik shaxslar tomonidan jami 2 456 ta murojaat kelib tushgan.
Jumladan, Oʼzbekiston Respublikasi Prezidentining virtual qabulxonasidan – 1 392 ta (56.7 foiz);
Oʼzbekiston Respublikasi Bosh vazirining virtual qabulxonasi orqali – 104 ta (4.2 foiz);
Oʼzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi “Ishonch telefoni”dan - 397 ta (16.2 foiz);
yuqori turuvchi idora va tashkilotlardan - 211 ta (8.6 foiz);
toʼgʼridan-toʼgʼri kelib tushgan murojaatlar-33 ta (1.3 foiz);
elektron pochta orqali kelib tushgan murojaatlar – 295 ta (12 foiz);
boshqalar – 24 ta (1.0 foiz).
Jismoniy va yuridik shaxslardan 2021 yilning iyun oyida hududlar kesimida kelib tushgan murojaatlar
Bankga 2021 yil iyun oyida jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarida qayd etilgan asosiy masalalari, imtiyozli shartlar asosida kredit olish (1187 ta, 48,3 foiz), isteʼmol krediti olish (278 ta, 11,3 foiz), pensiya va nafaqa masalasida (392 ta, 16 foiz), tadbirkorlikni rivojlantirish uchun kredit olish (137 ta, 5,6 foiz), bank omonat foizlari yuzasidan maʼlumot olish (42 ta, 1,7 foiz), bank plastik kartalaridan foydalanish va terminallar tomonidan xizmat koʼrsatishda (95 ta, 3,9 foiz), ishga joylashish malasida (31 ta, 1,3 foiz) hamda boshqa masalalarda (294 ta, 12 foiz) kelib tushgan.
Bugungi kunda Xalq banki O'zbekiston bank tizimining muhim bo'g'ini hisoblanadi. Uning 197 ta hududiy va tuman (shahar) filiallari, 29 ta mini-bank va 3000 ga yaqin kassalar iqtisodiyotning real sektoriga – kichik biznes subyektlari va aholiga keng qamrovli bank xizmatlarini ko'rsatib kelmoqda. Xalq bankining asosiy vazifalaridan biri O'zbekistonning keksa fuqarolarini nafaqalar bilan o'z vaqtida ta'minlashdan iborat.
XULOSA
Bugungi kunda ko‘plab rivojlangan va jahon iqtisodiyotida yetakchi o‘rin tutadigan mamlakatlar tajribasi shuni so‘zsiz isbotlab bermoqdaki, raqobatdoshlikka erishish va dunyo bozorlariga chiqish, birinchi navbatda iqtisodiyotni izchil isloh etish, tarkibiy jihatdan o‘zgartirish va diversifikatsiya qilishni chuqurlashtirish, yuqori texnologiyalarga asoslangan yangi korxona va ishlab chiqarish tarmoqlarining jadal rivojlanishini ta’minlash, faoliyat ko‘rsatayotgan quvvatlarni modernizatsiya qilish va texnik yangilash jarayonlarini tezlashtirish hisobidan amalga oshirilishi mumkin.
Islohotlarni chuqurlashtirish, iqtisodiyotga kiritilgan yangi investitsiyalar va mavjud moddiy-texnika asosini modernizatsiya qilishdan tashqari boshqaruvning demokratik tamoyillarini kuchaytirish, korxona, firma va ularga tenglashtirilgan ishlab chiqarish tuzilmalarining xo‘jalik faoliyati bilan bog‘liq mustaqillik doirasini kengaytirish, siyosatning iqtisodiyotdan ustunligiga barham berish, inson faoliyatining barcha soha va tarmoqlarida tashabbuskorlik, izlanish va hokazolarning rivojlanishi ham keng imkoniyatlar yaratmoqda.
Malakaviy amaliyot o’tagan davrimda Xalq banki “Kredit bo’limi”, umuman kreditorlik sohasi to’g’risida anchagina bilim va ko’nikmaga ega bo’ldim. Darsda o’rgangan tushunchalarni amaliy jihatdan o’rganib chiqdim. Hisoblash tizimida ishlashni oqilona tashkil etish, uning samaradorligini oshirish uchun jamiyatning umumiy ob’ektiv iqtisodiy qonunlarini chuqur bilish, xo‘jalikka rahbarlik qilishning ilmiy asoslarini puxta egallagan holda xo’jalik yuritish shart. Qonunchilik sohasida ro‘y berayotgan barcha voqealiklar, hodisalardan xabardor bo‘lish, ularning mohiyati va ahmiyatini to‘g‘ri tushunish, iqtisodiy va ijtimoiy muammolarni oqilona hal etish, korxonada ishash tizimining barcha sohalari oldida turgan vazifalarni o‘z vaqtida amalga oshirish uchun iqtisodiy bilimlar bilan qurollanish, ularni chuqur egallash kerakligini amaliyot davrida isbotini ko’rdim. Amaliyot davrida to’plagan ma’lumotlarim hisobotimni muvaffaqiyatli bajarishim uchun asos bo’ldi va bu tajribam yetuk mutaxassis bo’lishimga katta yordam beradi deb umid qilaman.
Do'stlaringiz bilan baham: |