1-rasm Korxona nizomining tashkiliy ko‘rinishi
Korxona mulki asosiy fondlar va aylanma mablag‘lar hamda korxona balansidagi boshqa moddiy zahiralardan tashkil topadi. Korxona mol - mulkini:
ta’sis etuvchilarning pul va moddiy badallari;
mahsulot, ishlar, xizmatlarni sotishdan va xo‘jalik faoliyatining boshqa turlaridan olingan daromadlar;
qimmatli qog‘ozlardan olingan daromadlar;
bank va boshqa qarz beruvchilarning kreditlari;
kapital mablag‘ va byudjet dotatsiyalari;
tashkilotlar, korxonalar va fuqarolarning xayriya maqsadlarida bergan badallari;
meros tariqasida, ayirboshlash va sovg‘a qilish yo‘li bilan oladigan daromadlari hamda O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlarida taqiqlanmagan mablag‘lar tashkil etadi.
Shuningdek, korxona ishlab chiqarish faoliyatini kengaytirish va takomillashtirish, zamon talabiga javob beradigan yangi texnika va texnologiyani jalb qilish, mehnat jamoasini ijtimoiy rivojlantirish maqsadida qimmatbaho qog‘ozlar chiqarish hamda sotish yo‘li bilan huquqiy va jismoniy shaxslardan qo‘shimcha pul mablag‘larini jalb etish huquqiga egadir.
Ijtimoiy taraqqiyot masalalari, jumladan, mehnat intizomi sharoitlarini yaxshilash va ish vaqtining davomiyligini, mehnat jamoasi a’zolari va ularning oilalarini ijtimoiy muhofaza qilish, turmush sharoitlari va salomatligini yaxshilash masalalari mehnat jamoasi tomonidan korxona ma’muriyati bilan birgalikda hal qilinadi. O‘z mehnati bilan korxona faoliyatida mehnat shartnomasi asosida o‘ziga biriktirilgan ishni bajaruvchi barcha fuqarolar shu korxona mehnat jamoasini tashkil qiladi.
Korxona o‘zining nizomiga muvofiq boshqaruv strukturasi, shakli va uslublarini aniqlaydi, ish o‘rinlarini belgilaydi. Mulk egasi bevosita o‘zi yoki o‘zi vakolat bergan idoralar orqali korxonani boshqaradi.Korxonani boshqarish uchun rahbar yollash (tayinlash) va bo‘shatish korxona mulk egasining huquqi bo‘lib, bu huquqni u bevosita o‘zi yoki vakil qilgan idoralar orqali amalga oshiradi.Korxona rahbari korxona faoliyati bilan bog‘liq masalalarni mustaqil hal qiladi. Mamlakatdagi va chet eldagi barcha korxona, firma va tashkilotlarda shu korxona manfaatlarini himoya qiladi, korxona mol-mulkini tasarruf qiladi, mehnat shartnomalari tuzadi, ishonch qog‘ozlari beradi, banklarda hisob raqamlari ochadi, mablag‘ni tasarruf etish huquqidan foydalanadi. Korxonaning barcha faoliyat turlarini rivojlantirishga doir buyruqlar chiqaradi va ko‘rsatmalar beradi.Korxona xo‘jaligi faoliyatini amalga oshirish chog‘ida o‘z tashabbusi bilan O‘zbekiston Respublikasining amaldagi qonunlariga zid kelmaydigan har qanday qarorlarni qabul qilishga haqlidir.
Korxonani tugatish va qayta tashkil etish (birlashtirish, qo‘shish, bo‘lib yuborish, ajratish, qaytadan tuzish), korxona mol-mulki egasining yoki shunday korxonalarni tuzishga vakolatli bo‘lgan idoralar qaroriga binoan, yohud sud yoki xo‘jalik sudining qaroriga binoan amalga oshiriladi. Singan korxonalarni tugatish O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari bilan tartibga solinadi.
1.Korxona olti oy mobaynida moliyaviy - xo‘jalik faoliyatini amalga oshirmagan taqdirda tugatiladi va soliq organlari taqdimnomasiga ko‘ra O‘zbekiston Respublikasining Adliya Vazirligi hamda joylardagi davlat hokimiyati organlari tomonidan xo‘jalik yurituvchi subyektlar ro‘yxatidan chiqariladi.
2. Korxonani qayta tashkil etish va tugatish chog‘ida ishdan bo‘shatilayotgan xodimlarga O‘zbekiston Respublikasi qonunlariga muvofiq ularning huquqlari va manfaatlariga rioya etilishiga kafolat beriladi.
3. Korxona davlat ro‘yxati reyestridan chiqarib yuborilgan paytdan boshlab qayta tashkil etilgan yoki tugatilgan hisoblanadi.
4. Korxona boshqa korxona bilan qo‘shilgan taqdirda mazkur korxonalarning har biriga taalluqli barcha mulkiy huquqlar va majburiyat lar qo‘shilishi natijasida vujudga kelgan korxonaga o‘tadi. Bir korxonaning boshqa bir korxonaga qo‘shilishi chog‘ida uning barcha mulkiy huquqlari va majburiyatlari qo‘shib olgan korxonaga o‘tadi.
5. Korxona bo‘lib yuborilgan taqdirda qaytadan tashkil etilgan korxonaning mulkiy huquqlari va majburiyatlari ana shu bo‘lib yuborish natijasida vujudga kelgan yangi korxonalarga bo‘lib yuborish hujjatlari (balansi)ga muvofiq tegishli qismlarda o‘tadi. Korxonadan bitta yoki bir nechta yangi korxonani ajratib chiqarish chog‘ida qaytadan tashkil etilgan korxonaning mulkiy huquqlari, majburiyatlari bo‘lib yuborish hujjati (balansi)ga muvofiq tegishli qismlarda ularning har biriga o‘tadi.
6. Bir korxonani boshqa korxona qilib o‘zgartirish chog‘ida avvalgi korxonaning barcha mulkiy huquqlari va majburiyatlari qaytadan tashkil etilgan korxonaga o‘tadi.
Korxonani tugatishni, mulkdor yoki mazkur mol-mulkni boshqarishga vakolatli organ tuzadigan tugatish komissiyasi amalga oshiradi, bankrotlik hollari bu ndan mustasno. Xo‘jalik sudi tomonidan xo‘jalik yurituvchi subyekt bankrotligi to‘g‘risida qaror qabul qilinganda tugatish komissiyasini shakllantirish va uning ishlash tartibi O‘zbekiston Respublikasining «Bankrotlik to‘g‘risidagi qonuni» b ilan belgilanadi.Bankrot korxonalarni qayta tashkil etish quyidagi tartibda amalga oshiriladi:
Korxonani tugatish to‘g‘risida qaror qabul qilgan mulkdor sud (xo‘jalik sudi) yoki korxonani barpo etishga vakolatli bo‘lgan idora tugatish tartibi va muddatini, shuningdek qarz berganlarning da’vo qilish muddatlarini belgilaydi. Bu muddat tugatish e’lon qilingan kundan boshlab ikki oydan kam bo‘lmasligi kerak.
Do'stlaringiz bilan baham: |