Buxoro davlat universiteti iqtisodiyot va turizm fakultet iqtisodiyot kafedrasi


- rasm. Ishlab chiqarish shirkatining tashkiliy tuzilishi



Download 1,31 Mb.
bet9/13
Sana10.09.2021
Hajmi1,31 Mb.
#170443
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13
Bog'liq
DAVLATOV KURS ISHI 2

3- rasm. Ishlab chiqarish shirkatining tashkiliy tuzilishi

Bir yoki bir necha qatnashchiga shirkat faoliyatini olib borish uchun berilgan vakolat, ular tomonidan ishni olib borish jarayonida o‘z majburiyatlarini qo‘pol ravishda buzganlarni aniqlasa, ishtirokchilar talabiga binoan sud organi tomonidan ularga berilgan vakolat bekor qilinadi. To‘liq shirkatda foyda va zararlar ularning ishtirokchilari o‘rtasida odatda ularning nizom sarmoyasiga qo‘shgan ulushiga muvofiq tarzda taqsimlanadi. Agar shirkatga keltirilgan zarar natijasida uning sof aktivlari qiymati nizom sarmoyasi miqdoridan kam bo‘lsa, u holda sof aktivlar qiymati nizom sarmoyasi miqdoridan oshmaguncha foyda ishtirokchilar o‘rtasida taqsimlanmaydi. To‘liq shirkat ishtirokchilari shirkat majburiyatlari bo‘yicha o‘zlarining mulklariga birgina subsidar javobgarlikni amalga oshirishlari mumkin. Subsidar javobgarlik to‘liq shirkatning barcha ishtirokchilari nizom sarmoyasiga kiritgan badallariga mutanosib tarzda qo‘shimcha javobgarlikni bildiradi. Masalan, shirkat ulushi qarzlarni uzish uchun etarli bo‘lmasa, shirkat ishtirokchilari kiritgan badallariga mutanosib tarzda o‘zlarining shaxsiy mulklari bilan javob beradilar. To‘liq shirkat ta’sischilari bo‘lmagan ishtirokchilar ham shirkat majburiyati bo‘yicha boshqa ishtirokchilar bilan bir xil javobgar bo‘ladi. Shirkat ishtirokchisi, to‘liq shirkatdan chiqib ketgan holda hisobot tasdiqlangan kundan boshlab ikki yil mobaynida majburiyatlar bo‘yicha am aldagi qonunlarga muvofiq ravishda javobgarligi saqlanib qoladi. To‘liq shirkatdan chiqib ketgan ishtirokchiga u bilan kelishgan holda shirkat mulkining unga tegishli qismi qiymat yoki natura ko‘rinishida to‘lanishi mumkin. Bu holda qolgan shirkat ishtirokchilarining nizom sarmoyasidagi ulushi ortadi. Noma’lum muddatga tuzilgan to‘liq va kommandit shirkatning qatnashchisi kamida uch oy oldin ogohlantirib, shirkatdan istalgan paytda chiqib ketishi mumkin.



Muayyan muddatga tuzilgan shirkatdan chiqib ketishga faqat uzrli sabablari bo‘lgan va bu haqda chiqishdan kamida olti oy oldin ogohlantirish berilgan taqdirdagina yo‘l qo‘yiladi.To‘liq shirkat faoliyatini to‘xtatish xususiyatlari shundan iboratki, uni qayta tashkil etish uning qatnashchilari bir ovozdan qabul qilgan qarorga binoan amalga oshirilsa, uni tugatish esa «Xo‘jalik jamiyatlari va shirkatlari to‘g‘risida»gi qonunning 6 - moddasida ko‘rsatilgan asoslar, ya’ni u tuzilayotganida mo‘ljal qilingan muddat tugaganda yoki uni tuzishdan ko‘zlangan maqsadga erishilganda; u bankrotga tushganda yoki qonunlarni qo‘pol ravishda buzgan hollarda tegishli sudning qaroriga asosan; shirkatni boshqarish oliy idorasining qaroriga binoan; ularni tugatish va qo‘shib yuborish, birlashtirish, ajratish, bo‘lish yoki qayta tuzish yo‘li bilan qayta tashkil etilgan taqdirda; ta’sis hujjatlari va amaldagi qonunlarda ko‘zda tutilgan shirkat mol-mulkining uchdan bir ulushiga ega bo‘lgan qatnashchilardan birining talabiga binoan amalga oshiriladi. Agar to‘liq shirkatda bitta ishtirokchi qolsa, u holda shu ishtirokchi shirkatni aksiyadorlik jamiyatiga yoki mas’uliyati cheklangan jamiyatga aylantirishi shart. Oilaviy turdagi tijorat tashkilotlarining to‘liq shirkat shaklida tashkil etilishi kichik va o‘rta biznesni amalga oshirishning eng maqsadga muvofiq shaklidir. Strategik jihatdan olganda, biz ko‘p yoqlama iqtisodiyotni vujudga keltirish vazifasini o‘z oldimizga qo‘yganmiz. Bunda ustuvorlik, asosan, xususiy mulkka va kichik biznesga beriladi. Kichik biznes - jamiyatda ham iqtisodiy, ham siyosiy vaziyatni mo‘’tadillashtirishga yordam beradigan o‘rta tadbirkorlar sinfining paydo bo‘lishi demakdir. Xalqimiz tarixiga nazar tashlasak, kichik biznes va tadbirkorlik faoliyati O‘zbekistonda ham o‘zining ancha boy tarixiga ega. XXI asrning boshlarida va undan ancha ilgarigi davrlarda tadbirkorlik bilan biznes, bu faoliyat garchi shu so‘zlar bilan ifodalanmagan bo‘lsa ham, ancha keng rusum bo‘lgan va asosan b ozorlarda hamda karvonsaroylarda olib borilar ediki, buning yorqin misoli “Buyuk ipak yo‘li”dir. Lekin u zamonlardagi tadbirkorlik tabiati va ko‘lamlari jihat idangina emas, balki tashkil etilishining usul amallari, vositalari jihatidan ham boshqacha bo‘lgan. Tadbirkorlarning o‘zlari ko‘ngli keng, oldi-sotdi ishlari va boshqa muomalalarda juda halol qolaversa, o‘z ustilariga olgan majburiyatlarini muddatida bajaradigan, bajarganda ham, o‘rinlatib bajaradigan kishilar bo‘lgan. Biroq zamon o‘zgardi, zamon bilan birga jamiyat ham o‘zgardi. Zamonlar va jamiyatlar o‘zgarib borar ekan, o‘z navbatida iqtisodiyot ham bir shakldan boshqa bir shaklga o‘tib boraveradi. Bugungi mustaqillik davri iqtisodiyotining bir shakldan boshqa bir shaklga o‘tish jarayoni kichik biznes va xususiy korxonalarning taraqqiy ettirilishi bilan bog‘liqdir. Ta’kidlash lozimki, aynan katta mablag‘ talab etilmaydigan va resurslarning o‘sish tezligini kafolatlovchi kichik biznes va xususiy korxonalar iqtisodiyotdagi qayta qurishlar, tarkibiy o‘zgarishlar bilan bog‘liq bo‘lgan muammolarni nisbatan tez va ortiqcha sarf-xarajatlarsiz yechishga, ichki bozorni moliyaviy resurslar cheklangan bo‘lishiga qaramay iste’mol mollari bilan to‘ldirishga qodirligini jahon mamlakatlari tajribasi ko‘rsatib turibdi. Kichik biznes va xususiy korxonalar qayerda, xoh shahar, xoh qishloq joylarida tashkil etilishidan qat’iy nazar taraqqiy etishi jihatidan ko‘plab ustuvorliklarga ega, ya’ni:

 o‘rta sinfning vujudga keltirilishi jamiyatda siyosiy-ijtimoiy barqarorlikni kafolatlashi;

 turli ijtimoiy guruhlar: ishchilar, dehqonlar, ziyolilar daromadlarining nomutanosibligini silliqlab turuvchanlik roli kuchliligi;

 iqtisodiy faol, aqliy va jismoniy qobiliyatli shaxslarda ko‘nikma hosil qildirish bilan jamiyat taraqqiyotiga asos yaratilishi;

 kam mablag‘ sarflab, yangi ishchi o‘rinlari yaratilishi;

 zamonaviy texnologiyani, texnikani va xo‘jalikning tashkiliy yo‘nalishlarini ishlab chiqishda va joriy etishda tez harakat qilinishi;

 iqtisodiy raqobat muhitini yaratishda faol, resurslarni tejab -tergab, samaraliroq foydalanishda omilkorligi;

 kichik va o‘rta biznes yalpi ichki mahsulotning o‘sishida va aholini ish bilan bandligini ta’minlashda muhim o‘rin egallashi;

 kichik biznes va xususiy korxonalar monopol birlashmalarga bevosita aloqasi bo‘lmay, o‘zlari mustaqil faoliyat yuritib, qonun doirasida harakat qilishi;

 kichik biznes va xususiy korxonalar qo‘shimcha daromad manbai bo‘lishi, tadbirkor o‘zi boshliq, o‘zi hisobchi, o‘zi ishchi, kassir bo‘lishi;

 kichik biznes va xususiy korxonalarda ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatishda tabiiy-ekologik muhofazaga jiddiy e’tibor berilishi;

 kichik biznes va xususiy korxonalar faoliyatida ishlab chiqarilayotgan mahsulotlar assortimenti lozim bo‘lgan vaqtda tez yangilanishi.

Dunyo tajribasiga nazar tashlaydigan bo‘lsak, rivojlangan mamlakatlarda ham, dastavval kichik biznes va xususiy korxonalarning iqtisodiyotda tutgan o‘rniga alohida ahamiyat berilganligi yaqqol ko‘zga tashlanadi. Respublikamizda ham dunyo va rivojlangan mamlakatlar tajribasini o‘rganish asnosida kichik biznes va xususiy korxonalarni rivojlantirishga katta e’tibor berila boshlandi.O‘zbekistonda kichik biznes rivojlanishining boshlang‘ich bosqichi xususiyatlari o‘tish davrining o‘ziga xos jihatlari bilan belgilanadi. Xususan, o‘tish davrida kichik biznes korxonalari faoliyatida qisqa muddatli operatsiyalar strategik maqsadlarga nisbatan ustivor o‘ringa ega bo‘lgan. Buning eng asosiy sababi shundan iboratki, o‘tish davrida makroiqtisodiy beqarorlikning mavjudligi va raqobat muhitining rivojlanmaganligi tufayli muomala sohasidagi qisqa muddatli operatsiyalar yirik miqdorda foyda olishni ta’minlaydi. Shu munosabat bilan kichik va o‘rta korxonalar rivojlanishining boshlang‘ich davrida ular faoliyatida iqtisodiy omillar muhim ahamiyat kasb etadi. Iste’mol tovarlari va xizmatlarining to‘yinmagan bozori yuqori foyda asosida biznes yuritish imkonini beradi. O‘tish davrining boshlang‘ich bosqichidagi tarkibiy nomutanosibliklar esa, resurslarni qayta taqsimlashda katta miqdorda foyda olishga imkoniyat yaratadi. Kichik tadbirkorlik korxonalari boshqa shakllarga nisbatan bozor sharoitlariga tezroq va yaxshiroq moslashadi. Shu sababli, inflyatsiyaning yuqori darajasiga qaramasdan aynan ana shu soha yuqori sur’atda rivojlanadi. Ayni vaqtda iqtisodiyotning davlat sektorida band bo‘lganlar soni sezilarli darajada qisqardi. Xususiylashtirish dasturining amalga oshirilishi ham mehnat, moddiy va moliyaviy resurslarning nodavlat sektori foydasiga qayta taqsimlanishini ta’minladi.O‘zbekiston Respublikasida tadbirkorlikning shakllanish jarayoniga narxlarning erkinlashtirilishi bevosita ta’sir ko‘rsatdi. U real sektor va transaktsiyalarga xizmat ko‘rsatishga ixtisoslashgan sektorlar daromadlari o‘rtasidagi tafovutlarning oshishiga olib keldi. Shu sababli, ayniqsa, vosit achilik, savdo va xizmat ko‘rsatish sohalarida kichik va o‘rta korxonalar yuqori sur’atlarda rivojlandi. Import sohasidagi tadbirkorlik iste’mol bozorini to‘yintirishga qaratildi. Islohotlarning boshlang‘ich davrida investitsion tovarlar importi qisqardi. Chetdan keltirilgan iste’mol tovarlarini yuqori foyda bilan sotish imkoniyati kichik tadbirkorlar qatlami - «chelnok»larning vujudga kelishiga olib keldi. Kichik va o‘rta korxonalar rivojlanishining ikkinchi bosqichi 1996 yilning oxiri va 1999 yilni o‘z ichiga oladi. Bu bosqichning o‘ziga xos xususiyati shundan iboratki, unda kichik va o‘rta biznesning rivojlanishi birmuncha sekinlashdi. Iqtisodiy islohotlarning ikkinchi bosqichida birinchi bosqichga nisbatan te ndensiyaning vujudga kelishi quyidagi holatlar bilan bog‘liq:

 iqtisodiy islohotlarning ikkinchi bosqichida davlatning investitsion faoliyati oshdi, bu esa moliyaviy resurslarning davlat sektori foydasiga qayta taqsimlanishiga olib keldi;

 kichik korxonalar uchun vositachilik faoliyatidan olinadigan daromadlar darajasi sezilarli darajada qisqardi. Bunga bir tomondan makroiqtisodiyot sohasida qo‘lga kiritilgan yutuqlar, ikkinchi tomondan, 1996 yilning kuzidan boshlab, importni davlat tomonidan tartibga solishning kuchayganligi ta’sir ko‘rsatdi;

 faol investitsion siyosat yuritilar ekan, davlat, eng avvalo, alohida tarmoqlar va ishlab chiqarish turlarini qo‘llab- quvvatlay boshlaydi.

Shuni alohida ta’kidlash lozimki, savdo va umumiy ovqatlanish sohasida, ilm-fan va maishiy xizmat ko‘rsatish sohasida faoliyat ko‘rsatayotgan kichik va xususiy korxonalar soni ham nisbiy miqdorda kamaygan. Shunga qaramasdan, savdo va umumiy ovqatlanish sohasida faoliyat ko‘rsatayotgan kichik va xususiy korxonalar soni sezilarli darajada saqlanib qolgan. Bu sohaning kichik biznes va xususiy tadbirkorlik uchun jozibadorligi unga sarflangan xarajatlarni qoplanish muddatining qisqaligi va nisbatan barqaror iste’mol talabining mavjudligi bilan tushuntiriladi.

Korxonani tashkil qilish quyidagi tashkiliy tamoyillar: korxonani tashkil

qilish fikrining paydo bo’lishi, korxona muassislarini tanlash, taklif qilinayotgan

mahsulotga bozordagi talabni o’rganish, korxona Nizom jamg’armasini tuzish

uchun moliya manbalarini aniqlash, korxonaning ta’sis hujjatlari va biznes-rejasini

tayyorlash, davlat ro’yxatidan o’tish, muhr, shtamp va boshqa rekvizitlarni

tayyorlash, soliq idoralarida ro’yxatdan o’tish asosida amalga oshiriladi.

Korxonani boshqarish ma'lum bir tamoyillarga asoslanib amalga oshiriladi:

mеhnat taqsimoti, vakolatlilik va majburiyat, intizom, boshqaruvda

yakkaboshchilik va kollеgiallik.

Boshqaruv ishlab chiqarishning barcha qatnashchilari va elementlari

o’rtasida kelishuvni yo’lga qo’yib, yuzaga kelgan munosabatlarning mazmuni va

me’yorini tartibga soladi hamda resurslardan foydalanishning samarali yo’llarini

topishga o’z xissasini qo’shadi.




  1. Download 1,31 Mb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish