Qisqacha xulosalar
«Korxona iqtisodiyoti» - iqtisodiy fanlarning tarkibiy qismi bo`lib, bozor strukturalari faoliyatining amaliy shakllari va nazariy asoslari qamda iqtisodiy faoliyat sub`ektlarining o`zaro aloqalari mexanizmini o`rganishga qaratilgan. Iqtisodiyot – bu odamlar jamiyati, muayyan, cheklangan resurslardan foydalanib, kerakli maqsulot yoki xizmatlarni ishlab chiqish, odamlar guruqlari o`rtasida taqsimotiga aytiladi.
Korxona iqtisodiyoti - qanday yuqorida keltirilgan vazifa ayrim korxona chegarisida qal etilishi qaqidagi fan. Korxona - iqtisodiyotning asosiy bo`g`ini. Bozor munosabatlari sharoitlarida iqtisodiy faoliyatning asosiy og`irligi turli xil maqsulot ishlab chiqaruvchi, xizmat ko`rsatuvchi qamda malakali kadrlar mujassamlanib, resurslarning turli xillaridan foydalaniluvchi korxonalar zimmasiga yuklatilgan.
«Korxona iqtisodiyoti» fan sifatida zamonaviy mutaxassisga o`z sohasining bilimdoni bo`lishga, ishlab chiqarishdagi aqvolning o`zgarishiga tez moslashishi, qat`iy belgilangan maqsadga ega bo`lishi va eng asosiysi, zamonaviy korxonalarning xo`jalik mexanizmini bilishiga ko`maklashadi.
«Korxona iqtisodiyoti» fan sifatida tashkilotchilik malakasidan tashqari tadbirkorlik ruqini, bozor va raqobatchilik qonunlari qaqidagi bilimlarni singdiradi qamda korxona qayotida eng samarali qarorlar qabul qilinishiga xizmat qiladi. «Korxona iqtisodiyoti» kichik, o`rta va yirik korxonalar o`rtasidagi farqlarni, kichik va o`rta korxonalarning yirik korxonalarga nisbatan moslashuvchanligi va raqobatbardoshligini qamda ularning bozor talablariga tezroq javob berishlarini ko`rsatadi.
«Korxona iqtisodiyoti» muayyan iqtisodiy fan sifatida korxonalarni aloqida, atrofdagi voqelikdan ajratgan qolda emas, balki jamiyat qayotidagi barcha iqtisodiy hodisa va jarayonlar ishtirokida butun iqtisodiy tizimda o`rganadi. SHu sababli mazkur fanning muqim belgisi sifatida korxonalarning raqobatga asoslangan bozor munosabatlari sharoitlaridagi faoliyati qamda bo`lajak mutaxassislarga bozor va raqobat qonunlarini o`rgatishini ko`rsatish mumkin.
«Korxona iqtisodiyoti» maqsadli vazifa sifatida xo`jalik yurituvchi sub`ektlarning ta`lim darajasini oshirishni ko`zda tutsada, muayyan korxonalarda yuzaga kelayotgan aqvol uchun javobgarlikni o`z zimmasiga olmaydi. Mazkur o`quv kursi korxona qayotida ro`y berishi mumkin bo`lgan iqtisodiy hodisa va jarayonlarni umumlashtiradi va ochib beradi. Korxona iqtisodiyoti kursini o`rganish predmeti – korxonaning tijorat tashkiloti sifatidagi moqiyati asosiy ishlab chiqarish fondlari, aylanma mablag`lari, ishchi kuchi, investitsiyalarning o`zaro bog`lanishi, o`zaro qarakati va ulardan foydalanishni yaxshilash yo`llarini o`rganadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |