Buxoro davlat universiteti ijtimoiy-iqtisodiy fakulteti



Download 107 Kb.
Sana26.12.2019
Hajmi107 Kb.
#31622
Bog'liq
oquvchilar qalbi va ongiga milliy goya va manaviyat asoslarini singdirish usul va vositalar

O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI

OLIY VA O‘RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI
BUXORO DAVLAT UNIVERSITETI

IJTIMOIY-IQTISODIY FAKULTETI

MILLIY G’OYA, MA’NAVIYAT ASOSLARI VA HUQUQ TA’LIMI YO‘NALISHI II KURS TALABASI

KAMOLOV NEMATULLO OTABEK O‘G‘LI

REFERAT

MAVZU: Yoshlar qalbi va ongiga “milliy g’oya va ma’naviyat asoslari”ni singdirish usul va vositalari.
Tekshirdi: S.S. Raupov
Buxoro 2016

MAVZU: YOSHLARNING DUNYOQARASHINI SHAKLLANTIRISHDA MILLIY G’OYAMIZNING ASOSIY TAMOYILLARI

REJA:
I.Kirish

II.Asosiy qism

1. Yoshlar qalbi va ongiga “Milliy g’oya va ma’naviyat asoslari”ni singdirishning asosiy tamoyillari.

2. “Milliy g’oya va mafkurani Yoshlar ongiga singdirishga o’quv jarayonini uzviylik-uzluksizlik asosida samarali tashqil etish yo’llari.

3. Yoshlar qalbiga milliy g`oya va ma`naviyat asoslarini singdirishda axborot vositalarining ta`sir ko`rsatish mexanizmlari.

4. Milliy istiqlol g'oyasini yoshlar ongiga singdirish usullari

5. Yoshlarni g`oyaviy tarbiyalash vositalari.



III.Xulosa

IV.Foydalanilgan adabiyotlar

KIRISH

Milliy g’oya: asosiy tushuncha va tamoyillar kursida mustaqil taraqqiyot yillarida to’plangan tajriba, dunyo jamoatchiligi tomonidan «o’zbek modeli» deb atalgan o’zimizga xos va o’zimizga mos taraqqiyot yo’lining mazmun-mohiyati yanada chuqurroq ochib berilgan. Mazkur fan, kelajagi buyuk davlat barpo etish borasida amalga oshirilayotgan barcha tarixiy o’zgarish va yangilanishlarning ijtimoiy hayotdagi o’rnini kengroq anglash imkonini beradi. Fan milliy mafkuraning mohiyati, ko’p millatli O’zbekiston xalqining ezgu g’oya - ozod va obod Vatan, erkin va farovon hayot barpo etish yo’lidagi asosiy orzu intilishlari, hayotiy ideallarini aks ettiradi.

Yoshlar qalbi va ongiga milliy g’oya va mafkurani singdirish va ma’naviy-ma’rifiy ishlarni shu asosda tashqil etish bugungi dolzarb vazifadir. Chunki chetdan bo’layotgan yot mafkuraviy tajovuzlar natijasida ba’zi yoshlar ongi va tafakkurida cheklanishlar, zararli ta’sirlar sezilmoqda, boqibeg’amlik, loqaydlik alomatlari paydo bo’lib, ularning boshqa oqimlarga og’ib ketish holatlari ham uchramoqda. Bularning barchasi ayrim yoshlar qalbida mustahkam e’tiqod, ongida yuksak dunyoqarash shakllanmaganligi sababli sodir bo’lmoqda. Bunday noxush holatlarning oldini olish, yoshlarni ozod va obod Vatan, erkin va farovon hayot qurish ishiga safarbar etish uchun ularning qalbi va ongiga milliy g’oya va mafkurani singdirishda ma’naviy-ma’rifiy ish usullaridan keng foydalanishni talab etmoqda.

Bugun Prezidentimiz Islom Karimov asarlari, ma’ruza va nutqlari, chiqishlaridagi ma’naviy-ma’rifiy mavzuda ilgari surilgan fikrlar asosida to’zilgan «Milliy istiqlol g’oyasi: asosiy tushuncha va tamoyillar» risolasi asosiy manba bo’lib xizmat qiladi. Ana shu risolaning ma’no-mazmunini tarbiya dasturlariga singdirish orqali ta’lim-tarbiya mazmunini mustaqil fikrli, yuksak fazilatli, iymon-e’tiqodli, barkamol insonlarni tarbiyalashga qaratish lozim.

«Milliy istiqlol g’oyasi: asosiy tushuncha va tamoyillar» risolasida ilgari surilgan g’oyalarni, ma’naviyat asoslarini xalq ta’limiga joriy etish o’quvchilarni istiqlol g’oyalari ruhida tarbiyalash, ularda yangicha dunyoqarashni shakllantirish mezonlarini belgilab beradi.

Ma’naviy-ma’rifiy ishlar milliy g’oya va mafkura tamoyillaridan kelib chiqqan holda, yosh avlod qalbi va ongida quyidagi ma’naviy-ruhiy ko’nikmalarni shakllantirishga xizmat qiladi:

- milliy g’oya va mafkuraga ishontirish;

- ma’naviy-ruhiy rag’batlantirish;

- g’oyaviy immunitetni shakllantirish;

- yuksak e’tiqodni shakllantirish;

- ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy, ma’naviy-madaniy islohatlarning mohiyatini chuqur anglab etish va faol ishtirok etishlariga ko’maklashish.

Boy tarixiy va madaniy merosimiz, milliy an’analarimizga, umuminsoniy qadriyatlarga hurmat, Vatanga muhabbat, milliy g’oyaga sadoqat ruhida tarbiyalash, keng fikrli, sog’lom, jismoniy, aqliy va ma’naviy jihatdan barkamol, iqtisodiy islohatlarning mohiyatini tushunadigan hamda ularni hayotga tatbiq eta oladigan, milliy g’oya va mafkura mustahkam bo’lgan shaxslarni shakllantirishda ta’lim tizimida ma’naviy-ma’rifiy ishlar amalga oshirilishining ahamiyati kattadir.

Bunda «Milliy g’oya va mafkurani Yoshlar ongiga singdirishda ma’naviy-ma’rifiy ishlarni amalga oshirish» mazmuni quyidagilardan iborat bo’ladi:

- milliy va umuminsoniy qadriyatlar, xalqimizning boy tarixiy, madaniy va ma’naviy merosi asosida o’quvchilarda vatanparvarlik, mehnatsevarlik, insonparvarlik, iymon-e’tiqod, mehr-shafqatlilik kabi insoniy fazilatlarni shakllantirish;

- o’quvchilarni Vatanga muhabbat, O’zbekiston Respublikasi Prezidenti, Konstitustiyasi va Davlat ramzlariga amaliy sadoqat ruhida tarbiyalash;

- ma’naviy, aqliy, jismoniy barkamollik, iqtisodiy, huquqiy savodxonlik, mehnatsevarlik, iste’dodli yoshlarni aniqlash va tarbiyalash. «Oila, mahalla, maktab» konstepstiyasini hayotga tatbiq etish;

.“G‘oya” tushunchasi malumki, inson o‘zinnig aql-zakovati iymon-e iqodi va ijodiy mehnati bilan boshqa barcha tirik jonzotlardan farq qiladi. Falsafaning azaliy qoidalaridan biri – til va tafakkur birligidir – Tilning eng birlamchi mahsuli so‘z bo‘lgani kabi, tafakkurning dastlabki shakli tushunchadir.

Mafkura esa muayan ijtimoiy guruh, ijtimoiy qatlam, millat, davlat, xalq va jamiyatning ehtiyojlari, maqsad va muddaolari,orzu intilishlari hamda ularni amalga oshirish tamoyillarini o‘zida mujassam etadigan g‘oyalar tuzilishidir.

Inson tafakkur voqelikni idrok etish mobaynida turli fikrlar, qarashlar, g‘oyalar va talimotlar yaratadi. Lekin tafakkur yaratgan har qanday fikr yoki qarash, mulohaza yoki nuqtai nazar g‘oya bo‘la olmaydi. Faqat eng kuchli, tasirchan, zalvorli fikrlargina g‘oya bo‘la olishi mumkin.

Ilmiy adabiyotlarda “g‘oya”, “mafkura”, “idea” va “ideologiya” tushunchalari ishlatilmoqda. Idea va ideologiya ko‘proq G‘arb davlatlarida hamda rus tilidagi manbalarda uchraydi. Idea iborasi on yunon tilidagi idea so‘zidan olingan, u ideologiya so‘zining o‘zagi bo‘lib hisoblanadi va tushuncha yoxud fikr ma

osini anglatadi.

Ideologiya (Idea - g‘oya, tushuncha, logia – talimot) atamasi esa g‘oyalar to‘g‘risidagi talimotni anglatadi va ikki xil ma

oda ishlatiladi:

- G‘oyalarning mohiyat-mazmuni shakllanishi, ahamiyati to‘g‘risidagi bilimlarni ifodalaydi va ilmiy soha bo‘lib hisoblanadi.

- Muayan g‘oyani amalga oshirish, maqsadga yetish usullari, vositalari, omillari tizimini anglatadi.

G‘oyalarning oddiy fikrlardan farqi yana shundaki ular garchi tafakkur paydo bo‘lsada , inson ruhiyatiga,xatto tub qatlamlariga ham singib boradi. G‘oya shunday harakatga keltiruvchi maqsad sari yetaklovchi ruhiy-aqliy kuchga aylanadi.

Tafakkurning mahsuli sifatida g‘oya tevarak olamni o‘rganish, bilig jarayonida vujudga keladi. Ijtimoiy ongning barcha shakllar –ilm – fan, din, falsafa, sanat va badiy adabiyot, axloq, siyosat va huquq – muayan bir g‘oyalarni yaratadi, ularga tayanadi va ularni rivojlantiradi. Malum ma

oda aytish mumkinki, har bir ong sohasining o‘z g‘oyalari mavjud bo‘ladi.

Mazmuni va namoyon bo‘lish shakliga qarab, g‘oyalarni bir qancha turlarga ajratish mumkin.

- Ilmiy g‘oyalar;

- Falsafiy g‘oyalar;

- Diniy g‘oyalar;

- Badiiy g‘oyalar;

- Ijtimoiy – siyosiy g‘oyalar;

- Milliy g‘oyalar;

- Umuminsoniy g‘oyalar va hokazo.

Xullas, insoniyat tarixi xilma-xil va mafkuralarining vujudga kelishi, amaliyoti bir – biri bilan munosabatidan iborat uzluksiz jarayondir.

Milliy g‘oya. Milliy istiqlol g‘oyasi O‘zbekistonda yashovchi barcha millat va elat vakillarining tub manfaatlarini, xalqimizning asrlar mobanyida intilib kelgan orzu-ideallarini, olijanob maqsad muddaolarini o‘zida mujassam etadi. Shunday ekan milliy g‘oyaning o‘zi nima?

Milliy g‘oya – millatning o‘tmishi, buguni va istiqbolini o‘zida mujassamlashtirgan, uning tub manfaatlari va maqsadarini ifodalab, taraqqiyotga xizmat qiladigan ijtiomiy g‘oya hisoblanadi.

Millat g‘oya o‘z mohiyatiga ko‘ra, xalq millat taqdiriga daxldor bo‘lgan, qisqa yoki uzoq muddatda hal etilishi kerak bo‘lgan, qisqa yoki uzoq muddatda hal etilishi kerak.

U yoki bu g‘oyaning illiy g‘oya sifatida maydonga chiqishi millatning o‘tmishi, mavjud holati bilan bevosita bog‘liqdir. Zero, ana shu ikki negizga tayangan hodagina u millatning qisqa yoki uzoq vaqtda erishishi lozim bo‘lgan maqsad – muddaolari va mo‘ljallarini to‘g‘ri ifodalay olishi mumkin. Tom ma

oda milliy g‘oya oxir oqibat ozmi-ko‘pmi insoniyat taqdirligicha tasir qiladi. Shu ma

oda, har qanday milliy g‘oyada umuminsoniy mohiyat mavjud bo‘ladi. Ammo aniq bir millat yoki umidman insoniyat uchun ahamiyatni bo‘lgan g‘aolar ham bor. Aytaylik, “Milliy yarash” g‘oyasi fuqarolar urush ketayotgan davlat uchun hayotiy mazmunga ega bo‘lsa, “Manfaatli hamkorlik” g‘oyasi dunyoning barcha mamlakatlari uchun birdek ahamiyatlidir. Har bir xalq o‘z tarixinnig burilish nuqtalarida, avval mafkura masalasini ,uning o‘zlarini tashkil etadigan,o‘ziga xos o‘q, birlashtiruvchi yadro vazifasini o‘taydigan ijtimoiy g‘oyani shakllantirish muammosini hal qiladi.

Har qanday mafkura muayan maqsadlarga xizmat qiladi, bu yo‘lda xilma-xil vazifalarni bajaradi. Malumki, mafkuraning asosiy maqsad va vazifalari quyidagilarda namayon bo‘ladi:

- odamlarni muayan g‘oyaga ishontirish;

- shu g‘oyani atrofida uyushtirish;

- kishilarni ma

aviy – ruxiy jihatdan rag‘batlantirish;

- g‘oyaviy tarbiyalash;

- g‘oyaviy immunitetni shakllantirish;

- harakat dasturi bo‘lish.

Malakatimiz uchun milliy g‘oya haqidagi masalaning bugungi amaliy ahamiyati shundaki, biz o‘tish davrini boshdan kechirmoqdamiz. Aynan shunday paytda aholining turli qatlamlari manfaatlarini himoya qiluvchi mafkuralarning shakllanishiga sharoit tuzilishi mumkin.

regulativ kommunikativ

tarbiyaviy

bilish g‘oyaviy bandlik

normativ qadriyatli himoya

safarbar etish, yo‘naltirish

Qadimgi xoqonardan birinnig yurtiga qo‘shni podshodan elchi kelibdi. U shunday debdi: “shohimizning amri shuki, agar hoqon o‘zining eng sevimli tulporini bizga inom qilmasa, yurtinigga urush elon qilamiz”. Elchining bu gaplarini vazir xoqonga yetkazibdi. Xoqon, mayli yurtimning tinchligi uchun sevimli tulporimdan voz kecha qolay, deb tulporni berib yuboringlar, dea buyruq qilibdi. Shu tariqa yurtning tinchligi va osoyishtaligi bir oz vaqt saqlanib qolibdi. Bir muncha vaqtdan so‘ng o‘sha podshodan yana elchi kelibdi va bu safar haqonning sevimli kanizagini talab qilibdi. Hoqon yurt tinchligi yo‘lida kanizagini ham xada qilib yuboribdi. Uchinchi safar yana elchi kelibdi. Uning muddaosini vazir hoqonga shunday bayon qilibdi: “Shohim, yurtimizning qarovsiz burchagida ozgina toshloq joy bor edi, bu safar qo‘shni podsho o‘sha yerni berishimizni talab qilmoqda. Keling, shu tashlandiq joyni berib yuboraylik, shu bilan xalqimizning tanchliginiyaa saqlab qolamiz.” Bu gapni eshitgan hoqon: “Yo‘q!” – debdi keskin: “Endi urush qilmasak bo‘lmaydi. Tulpor va kanizak shaxsan menga tegishli edi, shu sababli ularni osonlikcha berib yubordim. Ammo Vatanimiz sarxadlarining har bir qarichida shu choqqacha o‘tgan ota-bobolarimizning,biz bilan hozir yashayotgan vatandolarimizning va kelgusida tug‘ilajak farzandlarimiz, nevara-chevaralarimizning haqqi bor. Ularning haqqini o‘zgaga berib yuborishga hech birimizning haqqimiz yo‘q. Vatanning har bir qarich yerini saqlab qolish uchun endi urushga boriimizga to‘g‘ri keladi. Xalqni safarbarlikka otlantur!” ko‘rinib turibdiki har bir qarichni ezozlash falsafasining ildizi mujassamdir.

Milliy mafkura jamiyatdagi barcha sotsial qatlamlar va guruhlarning umumiy harakat dasturi, ularni faollikka davat etuvchi vosita hisoblanadi. Mafkuraviy maqsad – g‘oyaviy faoliyatni amalga oshirishdan qutiladigan ideal natijasidir. Maqsadni aniq-ravshan idrok etish inson va jamiyat faoliyatiga izchillik, sobitqadamlik va faollik bag‘ishlaydi. Milliy istiqlol mafkurasining oliy maqsadi – Vatanimiz ravnaqi, yurtimiz tinchligi va xalq farovonligi g‘oyalariga tayangan holda xalqimizni mustaqillikni mustahkamlash, O‘zbeksitonning buyuk kelajagini yaratishga safarbar etishdir.

Istiqlol g‘oyasining xalqimiz qalbiga yo‘l topishi, mamlakatdagi mavjud buyuk intelektual salohiyatni Vatan ravnaqi, yurt tinchligi va xalq farovonligiga erishish uchun safarbaar etish milliy mafkura oldiga qo‘yiladigan asosiy maqsaddir. Shuni ham inobatga olish zarurki, xalqni faqat olijanob va ilg‘or g‘oyalargina emas, balki Vatan mustaqilligi va hududiy yaxlitligini xavf otida qoldiradigan turli ko‘rinishlardagi mafkuraviy tazyiqlarga qarshilik ko‘rsatish zaruriyati ham jipslashtiradi. Milliy istiqlol mafkurasi, bir tomondan, O‘zbekiston zaminida kelajagi buyuk, farovon jamiyat barpo etish uchun xalqimiz kuch-quvvatini jipslashtirishni, xalq irodasini bunyodkorlik ishlariga safarbar etishni, ikkinchi tomondan esa, milliy mustaqilligimizni jiddiy xavf solayotgan fkuraviy tahdidlarga zarba bera oladigan mard, jasur, vatanprvar avlodni tarbiyalashni ko‘zda tutadi.

Gup shundaki, mamlakatimizning bunday keyingi rivojlanish istiqbollarni ko‘p jihatdan xalqimiz irodasini milliy mafkura atrofida nechog‘li jipslashtirishga, xalqimizning vatanparvarlik, insonparvarlik, taraqqiyoparvarlik fazilatlarini yanada rivojlantirishga bog‘liq. Prezident Islom Kariov takidlaganidek, “endilikda yadro maydonlarida emas, mafkura maydonlarida bo‘layotgan kurashlar ko‘p narsani hal qiladi”. Jahonni mafkuraviy jihatdan bo‘lib olish uchun tinimsiz harakat qilinayotgan hozirgi sharoitla faqat kuchli milliy mafkuragina jamiyatni ana shunday tazyiqlardan muhofaza qila oladi.

Hozirgi paytda kimning g‘oyasi kuchli, fikri tiniq, mafkurasi hayotiy bo‘lsa – o‘sha g‘alaba qozonadi. Bu – insoniyatning XX asr tarixidan kelib chiqadigan muhim xulosalardan biridir. Milliy istiqlol mafkurasi xalqning tub manfaatlari va maqsadlarini o‘zida ifoda etadi, jamiyat azolarini shu maqsad atrofida jipslashtiradi.

O‘zbekiston xalqining tub manfaatlari: mamlakat mustaqilligi, yurt tinchligi, millatlararo totuvlik, fuqarolar o‘rtasida o‘zaro hamkorlik, mamlakat aholisi va har bir oila, mahalla-ko‘yning faroovnligini taminlashdan iboratdir.

Milliy mafkurada xalqimizning umumiy manfaatlari, orzu-umidlari maqsad va intilishlari o‘z aksini topadi. Prezidentimiz Islom Karimov milliy istiqlol mafkurasining bosh maqsadini shunday belgilaydi: “Xalqni buyuk kelajak va ulug‘vor maqsadlar sari birlashtirish, mamlakatimizda yashaydigan, millati, tili va dinidan qatiy nazar, har bir fuqaro yagona Vatan baxt-saodati uchun doiml masuliyat sezib yashashga chorlash, ajdodlarimizning bebaho merosi, milliy qadriyat va ananalarimizning bebaho merosi, milliy qadriyat va ananalarimizga munosib bo‘lishga erishish, yuksak fazilatli va komil insonlarni tarbiyalash, ularni yaratuvchanlik ishlariga davat qilish, shu muqaddas zamin uchun fidoyilikni hyot mezoniga aylantirish – milliy istiqlol mafkurasining bosh maqsadidir. Shu bilan birga men milliy istiqlol g‘oyasi bugungi tez suratlar bilan o‘zgarayotgan tahlikali dunyoda o‘zligimizni anglash, bizning kimligimizni, qanday buyuk ajdodlarning merosgia, necha ming yillik tarix, betakror madaniyat va qadriyatlarga ega ekanligimizni his etib yashashga, bu boylikni asrab-avaylab, demokratik qadriyatlar, butun jahon taraqqiyoti yutuqlari bilan oziqlantirib, yangi o‘sib kelayotgan avlodga yetkazishga xizmat qilmog‘i zarur, deb bilaman”[1]Milliy g‘oyaning asosiy vazifalari. Unda bosh maqsadga erishishning vosita va usullari, yo‘llari aniqlanadi.

Shu ma

oda, odamlarimizda mustaqil dunyoqarash va erkin tafakkurni shakllantiri – milliy istiqlol mafkurasinng asoosiy vazifalaridan biridir. Milliy mustaqillik – buyuk nemat, ya



i o‘z taqdiringni o‘zing belgilash, o‘z yurtingga egalik qilish, ajdodlar ananasini davom ettirish, jahon hamjamiyatida o‘zingga munosib o‘rin egallash uchun noyob imkoniyatdir. Mustabid tuzum xalqlarning milliy mustaqillikka, erkin fikrlashga bo‘lgan intilishini bo‘g‘ar eli, uni mutelik, itoatkorlikda ushlab turishga zo‘r berar edi. U mohiyatan g‘ayriinsoniy va inson tabiatiga zid edi. Shu boisdan ham uning mafkurasi muqarrar ravishda inqirozga yuz tutdi. Milliy mustaqillik yillarida Prezident Islom Karimov tashabbusi bila milliy qadriyatlarimizni tiklash, tarixmiz chuqurroq o‘rganish, undan saboq olishga alohida e ibor berilishi bejiz emas. Chunki mustaqillikning qadr-qimmatini teran his etish uchun, avvalo, tarixni bilmoq, xalqimiz boshiga tushgan sinovlarni, mustamlakalik asoratlarini, xo‘rliklarini yurakdan his etmoq, ozodlik uchun kurash yo‘lidagi ulug‘ ajdodlarimiz jasoratidan voqif bo‘lmoq zarur. Zero, “Tarixni bilmay turib, mafkuraning falsafiy negizlarini anglab bo‘lmaydi. Chunki mafkuraning falsafiy asoslari o‘z davrida tarixiy haqiqat tufayli tug‘ilgan”[2]Milliy mafkura o‘zining tub mohiyatiga ko‘ra Vatanimiz ozodligi va mustaqilligini mutahkamlashni, Vatan ravnaqi, el-urt tinchligi, xalq faolvonligini taminlashni ko‘zda tutadi. Bunday ulug‘vor vazifani bajarish har bir fuqarodan erkin fikrlash, Vatan taqdiri, istiqboli uchun masullikni his qilishn talab etadi. Erkinlik bo‘lmagan joyda masuliyatsizlik, loqaydlik vujudga keladi. Milliy mustaqililk xalqimizga ana shunday erkin fikrlash imkonini berdi. Erkin tafakkursiz milliy istiqlol mafkurasining shakllanishini xatto tasavvur ham etib bo‘lmaydi. Istiqlol mafkurasi erkin tafakkurga tayanadi, u demokratik jaiyat hayotining muhim qonuniyati, milliy mafkurani yaratish, himoya qilish va takomillashtirishning zarur shartidir. Erkin tafakkur shaxs faolligini oshiradi, uni bunyodkorlik ishlariga ilhomlashtiradi.

Mafkura jamiyatimizda ilg‘or g‘oyalar ustuvorlik qiladigan sog‘lom ijtimoiy muhitni yaratishga yordam beradi. Demokratik qadriyatlarning keng rivojlanishi qarashlar xilma-xilligi va fikrlar arng-barangligi (pluralizm)ning qaror topishiga olib keladi. Kishilar ruhan yuksaklikka, yana ham baxtli va farovonroq hayot kechirishiga intiladilar. Bunday hayotga erishishning turli vosita va yo‘llari mavjud bo‘lib, u turli g‘oyalarda o‘z ifodasini topadi. G‘oyalar ilmiy-nazariy yoki diniy asosga ega bo‘ladi. Demokratik jamiyat aql va tafakkur poydevori ustida qad ko‘taradi, dunyoviy ilm-fan va texnika jamiyat taraqqiyotining asosi hisoblanadi. Ijtimoiy hayot tobora intellektuallashib borayotgan, ilmiy tafakkur insonit ma

aviyatining ustuvor yo‘nalishiga aylanayotgan hozirgi sharoitda ko‘proq ilmiy-nazariy asosga ega bo‘lgan ilg‘or g‘oyalar ustunlik qiladi.

Yangicha fikrlaydigan, mutelik tuyg‘usidan xoli bo‘lgan ma

aviy barkamol avlodni tarbiyalash istiqlol mafkurasining muhim vazifasidir. Ijtimoiy hayot o‘rtaga qo‘yayotgan muammolar ijodiy fikrlaydigan, tashabbuskor va yuksak ma

aviyatli inson shaxsiy shakllantirishni talab etayapti. Milliy mafkura davr talablari va xususiyatlarini yaqqol ifoda etgani uchun ham kishilar qalbiga tez yetib boradi va hayot dasturi bo‘lib xizmat qiladi.

Milliy mafkura o‘zida xalqimizning ezgu orzu-umidlari va hayotiy manfaatlarni ifoda etar ekan, bu maqsadlarga erishishning zarur sharti sifatida barkamol inson shaxsini shakllantirishga alohida e ibor beradi. Chunki ma

aviy barkamol kishilargina shaxsiy va umummilliy manfaatlar uyg‘unligini teran anglaydi. Vatan ozod bo‘lmasa, ashxs ozod bo‘la olmasligini tushunadi.

Mamlakatimiz talim-tarbiya sohasida amalga oshirilayotgan tub islohotlar barkamol inson shaxisni shakllantirishga qaratilgan bo‘lib, xalqimizning milliy manfaatlariga, ezgu maqsadlariga to‘la mos keladi.

Milily mafkura birinchi navbatda hayotga endigina qadam qo‘yatgan yosh avlodning hayotiga yangicha ma

o va mazmun baxsh etishga, unda faol hayotiy pozitsiyani ashkllantirishga qaratilgandir. Chunki yoshlar faqat milliy g‘oya timsolidagina qaratilgandir. Chunki yoshlar faqat milliy g‘oya timsolidagina mamlaat taraqqiyoti, yurt tinchligi va xalq farovonligini taminlashning muhim vositasini ko‘radilar. Yoshlar tabiatan turli g‘oyalarga qiziquvchan va ularga tez beriluvchvn bo‘ladilar. Milliy istiqlol mafkurasi hali turmushning achchiq-chuchkligini tatib ko‘rmagan, hayotiy tajribaga ega bo‘lmagan ana shu avlodni milliy manfaat va taraqqiyotimizga yot bo‘lgan soxta va buzg‘unchi g‘oyalar tajovuzidan himoya qiladi, fuqarolarda mafkuraviy immunitetni shakllantiradi.

G‘oya safarbar etuvchi ulug‘vor fikr bo‘lsa, mafkura esa mana shunday ulug‘vor g‘oyalarni bir butun yaxlit kuch qilib birlashtiruvchi, uyushtiruvchi harakatga keltiruvchi, boshqaruvchi g‘oyalr tizimidir.

Shunday ekan, millat jamiyatning parokanda bo‘lib ketishiga yo‘l qo‘yib bo‘lmaydi. Aks holda, siyosiy, huquqiy, iqtisoiy islohotlar o‘z ahamitini yo‘qotadi, mustaqillik yo‘lida g‘ov bo‘ladi.

Mamlakatimizad olib borilayotgan oqilona siyosat tufayli bizda ana shunday bo‘linishlarning oldi olindi. Bugungi kunda ana shu natijalarni mustahkamlash, iqtisodiy va siyosiy barqarorligini, fuqarolar va millatlararo totuvlikni saqlab qolish ham farz, ham qarzdir. Buning yo‘li esa bitta, u ham bo‘lsa jamiyatning barcha qatlamlari, har bir azosi uchun birday qadrli bo‘lgan milliy g‘oya va mafkurani ishlab chiqishdir.

G‘oyalar to‘g‘risidagi bilimlarga insoniyat tarixiing eng qadimiy davrlaridan boshlab katta e ibor berilgan. Bu atamaning mazmun-mohiyati G‘arb mamlakatlarida “idea” tushunchasi orqali ifodalanadi. “Idea” grek tilidagi “idea” so‘zidan olingan bo‘lib, qadmigi u “obraz”, “tashqi ko‘rinish” degan ma

olarni anglatar edi. Lekin bu tushunchaning mazmun-mohiyatlarni anglatar edi. Lekin bu tushunchaning mazmun-mohiyati taraqqiyot davomida o‘zgarib borgan va falsafa tarixida xilma-xil ma

olarda ishlatilgan. Masalan, qadimgi yunonistonlik faylasuf Platon “G‘oyalar dunyosi va soyalar dunyosi” to‘g‘risidagi talimotini asolar ekan, g‘oyalarni dunyoning yaratuvchisi, asosi deb atagan va ularni obyektiv reallik sifatida talqin qilgan. Yana bir yunon allomasi Demokrit esa olam tarkibidagi eng amyda va bo‘linmas zarra – atomlarni idealar deb atagan. Mashhur nemis faylasufi Gegelning fikricha, idea – barcha narsalarning ijodkori, dunyoga keltiruvchisi va asosiy mohiyatidir.

Ko‘pgina mutaxassislarning fikricha, qadimgi dunyoda g‘oya va mafkura tushunchalari qariyb bir xil ma

oda ishlatilgan. Bunda asosan ushbu tushunchalarning inson dunyoqarashi va e iqodini shakllantirishdagi o‘rni va ahamiyatiga ko‘proq e ibor berilgan. Masalan, hozirgi dinshunoslikda dining ilk shakllari deb talqin qilinadigan “animizm”, “totemizm”, “fetishizm” kabi oqimlar talqini misolida bu hol yaqqol ko‘zga tashlanib turadi. Ularning har biri muayan g‘oyaga ishonch va e iqod hamda ularni bir qadam mutlaqlashtirish natijasida dunyoga kelgan. Ular o‘z davrida yoki qabilani, el yoki elatni birlashtirish, ularning dunyoqarashini ma

aviy tartibga solish va muvofiqlashtirish uchun mezon bo‘lib xizmat qilgan. Aynan ana shu ma

odagina ularni mafkura vazifasini bajargan a iqod shakllari deyish mumkin.
- yoshlarimiz ongida ona-vatanga, Buyuk ajdodlarimiz merosi va xalqimizning bugungi bunyodkorlik ishlariga yuksak ehtirom tuyg’ularini singdirib borish;

- tarixiy yodgorliklar va mustaqillik davrida bunyod etilgan ma’rifat maskanlari, muzeylar, ko’rgazmalarga ekskursiya va sayohatlar tashqil etish;

- ota-onalarni ta’lim muassasalariga taklif etish, hokimiyat qoshidagi voyaga etmaganlar bilan ishlovchi komissiyalar ishida, korxonalardagi maktab hamkorlik kengashlarida, bola ta’lim-tarbiyasi bilan bog’liq bo’lgan yig’ilishlarda, tarbiyaviy tadbirlarda qatnashish;

- xalqaro terrorizm, diniy ekstremizmning reakstion mohiyatini keng tushuntirish, ularning yoshlarga ta’sirining oldini olish bo’yicha chora-tadbirlar ishlab chiqish hamda uni hayotga tatbiq etish;

- respublikamizda yashovchi turli xalq va millatlar vaqillari o’rtasida do’stlik va totuvlikni targ’ib qilish va har tomonlama tushuntirish ishlarini olib borish;

- ta’lim – tarbiya jarayonini tashqil etishda vatan va o’z xalqi bilan faxrlanish , uning buyuk tarixiga hurmat bilan qarash, ularning ulug’’ kelajagini ta’minlash uchun daxldorlik va javobgarlik tuyg’ularini tarbiyalovchi tadbirlarni amalga oshirish;

- mamlakatimizda nishonlanadigan umumxalq bayramlari : «Mustaqillik», «Konstitustiya», «Xotira va qadrlash», «O’qituvchilar va murabbiylar», «Xalqaro xotin-qizlar», «Vatan himoyachilari» kunlari va boshqa bayramlarning tarbiyaviy jihatdan yuqori saviyada o’tishini ta’minlash;

- ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar orqali Yoshlar ongiga mustaqillik mafkurasi va milliy g’oyani singdirish;

- pedagog, psiholog, tibbiyot xodimlari, ichki ishlar nazoratchisi, «Mahalla» faollari, ota-onalar bilan hamkorlikda tadbirlar tashqil etish;

- o’quvchilarni har tomonlama kamol toptirish, sport, badiiy, estetik, texnik, ekologik, sayyohliq va o’lkashunoslik, bozor iqtisodiyotiga asoslangan yosh iqtisodchi, notiqlar, biznesmen, menejerlar tg’garaklariga, huquqiy savodxonlikka yo’naltiruvchi klublarga, ularning qiziqish, imkoniyat va qobiliyatlariga qarab jalb qilish;

- sportning turli yo’nalishlari bo’yicha o’yinlar, «Umid nihollari», «Barkamol avlod», «Universiada» musobaqalari va boshqa sport tadbirlarini o’tkazish;

- iste’dodli yoshlarni har tomonlama qo’llab-quvvatlash, o’quvchilarning qobiliyat va mahoratini ochishga keng imkoniyatlar yaratish, turli xil ko’rik-tanlovlar, musobaqalar, anjumanlar o’tkazish, ta’lim muassasalari faoliyatini muvofiqlashtirish, o’quvchilarning o’z yo’nalishi bo’yicha olgan kasb mahoratini ochib berishga sharoit yaratish, yoshlarda erkin fikrlash qobiliyatini kengaytirish.

Respublika ommaviy tadbirlarini yuqori darajada tashqil etish, asosan, milliy g’oyani Yoshlar ongiga singdirish va ma’naviy-ma’rifiy ishlarni amalga oshirish maqsadida umumta’lim maktablarida quyidagi tadbirlarni o’tkazish mumkin:


  • Siz qonunni bilasizmi? ko’rik tanlov;

  • Siz tarixni bilasizmi? ko’rik-tanlovi;

  • Konstitustiya-hayotimiz qomusi ko’riktanlovi;

  • «Suv – hayot manbai» ko’rik-tanlovi;



  • «Kitobsevarlar» ko’rik-tanlovi;

  • «Ijodkor o’quvchi (o’quvchi)lar» anjumani;

  • «O’zbekiston qo’shiq bayrami »;

  • «Nafosat» yosh qalamkashlar anjumani;

  • «Istiqlol chechaklari» ko’rik-tanlovi;

  • Temir yo’llar orqali «Vatanimiz tarixini o’rganamiz» sayohati;

- Buyuk ipak yo’li marshruti bo’yicha xalqaro yosh velosayyohlar musobaqasi;

  • «Yoshlar badiiy ijodiyot festivali» va hokazolar.

Uzluksiz ta’lim-tarbiya tizimida targ’ibot-tashviqotda rasmiyatchilikka, tadbirbozlikka chek qo’yishimiz kerak. Shuni doim yodimizda tutishimiz kerakki, balandparvoz, chiroyli so’zlar, quruq ma’ruzalar har qanday g’oyani obro’sizlantiradi. Yoshlar bilan teng muloqotga kirishish, ularning qalblariga xalqchillik, samimiyat bilan kirish, qanotlantirish, mafkuraviy kurashlar davrida milliy g’oya tashviqotini jangovar darajaga ko’tarish kerak.

Dunyoda bo’layotgan o’zgarishlar milliy g’oyani yoshlar ongiga singdirish orqali ularni hayotga tayyorlashda yangicha innovastion uslublarni ta’lim-tarbiya jarayoniga tatbiq etib borishni taqozo etmoqda.

Ilmiy xulosalarga ko’ra, odamning xotirasida 90 % hollarda – o’zi bajargan ish, 50 % hollarda – ko’rgani va 10 % hollarda – eshitgani saqlanib qoladi. Demak, g’oyaviy tarbiyada yoshlarni ko’proq o’zlari bevosita ishtirok etadigan amaliy mafkuraviy ishlarga jalb qilishimiz kerak. Buning uchun targ’ibot-tashviqot ishlarining rang-barang, ta’sirchan usullarini joriy qilish lozim.

Yoshlar tarbiyasi ta’lim muassasalarining ustuvor vazifasidir. Shu o’rinda «Biz hech kimdan kam bo’lmaganmiz, hech kimdan kam bo’lmaymiz ham» tamoyilining yoshlar tarbiyasida tutgan o’rnini alohida ta’kidlab o’tish joiz.

Ma’naviy-ma’rifiy ishlarni amalga oshirishda Yoshlar tarbiyasining asosiy yo’nalishlarini to’g’ri belgilash zarur. Tarbiyaning ijtimoiyligi, tarixiyligi, umuminsoniy va milliy xususiyatlari hisobga olinishi kerak. Shu bilan bir qatorda tarbiya uslublarini takomillashtirib, zamonaviylashtirib borish zarur.

Ma’naviy-ma’rifiy ishlarda ongli intizom, mas’uliyatlilik, madaniy xulq, insonparvarlik hislarini hamda fidoyilik, qat’iyatlilik fazilatlarini tarbiyalash zarur.

O’zbekistonda ma’naviy-ma’rifiy sohadagi davlat siyosati jamiyatda yuksak ma’naviy muhitni qaror toptirishga qaratilgan. Jamiyatni ma’naviy-axloqiy yangilash milliy taraqqiyot uchun zamin yaratibgina qolmay, unga kuch baxshida etadi. Shuni e’tiborga olib, o’quvchilarga yangilanayotgan O’zbekistonning ma’naviy-axloqiy negizlari haqida tushunchalar berib borish lozim.

Davlat va jamoatchilik tashqilotlari bilan ma’naviy-ma’rifiy ishlardagi hamkorlikning asosiy yo’nalishlari va ishlash tizimini yaxshi yo’lga qo’yish lozim. Bu tizimning samarali ishlashi uchun zarur chora-tadbirlarni amalga oshirish muhim ahamiyat kasb etadi.

Milliy g’oya va mafkurani Yoshlar ongiga singdirishga o’quv jarayonini uzviylik-uzluksizlik asosida samarali tashkil etish yo’llari.
Yoshlar ruhiyatining rivojlanishi va kamol topishida balog’at davri muhim bosqich hisoblanadi. Xuddi mana shu davrda olamga ham, muhitga ham qiziqishlar keskin ortadi. Barqarorlik belgilari namoyon bo’la boshlaydi. Aksariyat bolalarga atrofdagilar ularni tushunmayotgandek yoki tushunishni istamayotgandek tuyo’ladi. Yurish-turishlarida keskin o’zgarishlar yuz beradi. Yoshlarni duch kelishi mumkin bo’lgan turli ko’ngilsizliklardan asrash, ma’naviy kamol toptirish uchun ular ruhiyatiga vafo, burch, vijdon, tashabbuskorlik, sadoqat, faollik, mas’uliyat kabi hislatlarni turli ma’rifiy usullardan foydalangan holda singdirib borish lozim.

Bu borada yoshlarni milliy g’oya va mafkura ruhida tarbiyalashda ma’naviy-ma’rifiy ishlarning interaktiv metodlaridan foydalanish yaxshi samara beradi. Buning uchun ma’naviy-ma’rifiy ishlarda interaktiv metodlarni qo’llash shart-sharoitlarini bilim muhim. Bunda faol, hayotiy pozistiyani shakllantiruvchi metodlarni qo’llash samara beradi. Yoshlarda lider (sardorlik) sifatlarini hamda jamoada o’z o’rnini topa olish ko’nikma va malakalarini shakllantirish zarur.

Ma’naviy-ma’rifiy ishlarda o’zgalar fikrini hurmat qilgan holda dalillash, ishontirish, asoslash, munozara olib borish mahorati yuksak bo’lishi zarur. Jamoaviy ijodiy faoliyat ham kuchaytirilishi talab etiladi. Ma’naviy-ma’rifiy ishlar taqdimoti, natijalarini sarhisob va e’lon qilish muhim ahamiyatga ega. Bu esa, kelajakda ma’naviy-ma’rifiy ishlar istiqbolini belgilashda muhim rol o’ynaydi.

Globallashuv jarayonida milliy g’oya va mafkurani yoshlar ongiga singdirishda milliy an’analardan foydalanish zarur. Informastion xurujlar kuchaydi. Shuning uchun informastion xurujlarga qarshi kurashning shakli, mazmuni va turlarini yoshlar ongiga ma’naviy-ma’rifiy tadbirlarda singdirib borish kerak.

Tadbirlarni amalga oshirishda yoshlarning ma’naviy ehtiyojlari va ularni shakllantiruvchi omillar hisobga olinishi kerak. Shunda yoshlarning o’tkazilayotgan ma’naviy-ma’rifiy tadbirlarga qiziqishi ortadi va uning faol ishtirokchisiga aylanadi.

Yoshlar o’rtasida tarbiyaviy ishlarni tashqil etishda davlat va jamoat tashqilotlari hamkorligi imkoniyatlaridan foydalanish zarur. Yoshlar o’rtasida ma’naviy-ma’rifiy ishlarni olib borishda tarbiya ta’sirchanligini oshirish yo’llari va vositalarini qo’llash samara beradi.

Maktab, litsey, kollej, institut va universitetlarda mafkuraviy tarbiya izchilligini ta’minlash zarur. Mafkuraviy tarbiya yoshlar tarbiyasida ulug’’vor maqsad va vazifalarni o’z oldiga qo’yadi. Shuning uchun bu sohadagi mas’ul xodimlar o’quvchilarni mafkuraviy tarbiyalash mazmuni va o’ziga xos jihatlari, mafkuraviy tarbiyaning uslub va vositalari, mafkuraviy tarbiyaning milliy va xorijiy tajribalari haqida tushunchalarga ega bo’lishlari lozim.

Professor-o’qituvchilar ma’naviy-ma’rifiy ishlarni kuchaytirish yo’llari, o’quvchilarning yoshiga mos ravishda milliy g’oyani singdirishning pedagogik-psihologik xususiyatlari haqida chuqur bilimga ega bo’lishi talab etiladi.

Milliy g’oyaning yoshlar ongiga singdirishda, ularning ishonch va e’tiqodiga aylantirishga yangicha uslub, yondashuv va texnologiyalarni qo’llash muhim.

Milliy g’oyaning yoshlar ongiga singdirishida erkin mavzular tanlash va taqdimotini o’tkazishga e’tibor qaratish lozim. Milliy g’oyani targ’ib etishda roliklar, videokliplar, ijtimoiy reklamalar, «Virtual sayohatlar», «multimediya» dasturlaridan foydalanish lozim.

Mamlakatimizning boy tarixiy-ma’naviy merosidan, tarixiy obidalari, muzeylardan foydalanishga ham e’tibor qaratish kerak. Fidoyi insonlar hayoti, dunyoning axborot maydonida bo’layotgan o’zgarishlar, OAV, internet ma’lumotlari haqida to’g’ri tushunchalar shakllantirilishi talablarda to’g’ri xulosalar chiqara olish ko’nikmalarini shakllantirishga zamin yaratib beradi.

Ma’naviy-ma’rifiy ishlarda o’quvchilarda mustaqil fikrlay olish ko’nikmalarini shakllantirishga qaratilgan bahs, munozaralarga alohida e’tibor berish maqsadga muvofiq. Mavzularni iloji boricha hayot bilan bog’lab tashqil qilish yaxshi samara beradi.

Yoshlarni milliy g’oya va mafkura ruhida tarbiyalashga qaratilgan ma’naviy-ma’rifiy tadbirlarda Konstitustiya va qonunlar targ’ibotini amalga oshirish usullaridan keng foydalanish zarur.

Respublikamizda bevosita fuqarolik jamiyati asoslarini mustahkamlashga qaratilgan qonunlar qabul qilingan. Ammo mazkur qonunlarni yoshlar tomonidan anglash va hayotda qo’llay olish ko’nikmalari hozircha ko’ngildagidek emas. Bu esa, yoshlarning qonunlar to’g’risida bilim va ko’nikmalarini izchil rivojlantirishni talab etadi.

Fuqarolik jamiyati asoslarining pirovard maqsadi – inson hayotini muayyan ma’naviy maromlarda muvofiqlashtirish, har bir shaxsning insoniy potenstialini yuzaga chiqazishdan iboratdir. Zero, inson omilini faollashtirishda kishilarning huquqiy bilimliligi roli kattadir. Ya’ni, huquqiy madaniyati yuksak bo’lgan jamiyat mustahkam bo’ladi va millat birligi kuchayadi.

Har qanday jaholatdan insonni ma’rifat qutqaradi. Shuni hisobga olib, yoshlarga «Jaholatga qarshi ma’rifat » tamoyili mohiyatini tushuntira borish lozim.

Yoshlarga ma’naviy-ma’rifiy ishlarda diniy ekstremizm, terrorizmga qarshi kurashning xalqaro siyosiy-huquqiy asoslari to’g’risida tushunchalar berib borish zarur. Diniy ekstremizm va terrorizmga qarshi kurashning ma’naviy-ma’rifiy asoslarini tushuntirish va diniy-ma’rifiy targ’ibot ishlariga usto-murabbiylarni keng jalb etish lozim.

Bunda yoshlar tarbisiga ta’sir etayotgan ijobiy (oliy ta’lim mazmuni, ma’naviy-ma’rifiy ishlar, OAV, oila, davlat va jamoatchilik tashqilotlari, san’at, madaniyat va h.k.) va ayrim salbiy (diniy ekstremizm, terrorizm mafkurasi, missionerlik, prozeletizm, loqaydlik, befarqlik, tarbiyaviy ishlarda uchrayotgan kamchiliklar va h.k.) omillar ochib berilishi, ulardan ogohlantirish zarur.

Ijobiy omillar samaradorligini oshirish, faoliyatini muvofiqlashtirish, salbiy omillar ta’sirini bartaraf etishning yo’nalishlari, metod va vositalaridan ma’naviy-ma’rifiy ishlarda samarali foydalanish lozim.

Yoshlarni ogohlik , hushyorlik va g’oyaviy kurashchanlik ruhida tarbiyalash, axloqsizlik g’oyasini yoyib, xalqni ma’naviy jihatdan bo’zishg intilayotgan qora kuchlarga qarshi kurashda yoshlar faolligini oshirish bo’yicha o’tkaziladigan diniy-ma’rifiy kurashda yoshlar faolligini oshirish bo’yicha o’tkaziladigan diniy-ma’rifiy tadbirlarga diniy idoralar vaqillarini jalb etish muhim ahamiyatga ega.

Chunki, yoshlarni begona mafkura: diniy ekstremizm va terrorizm mafkurasi tazyiqlaridan himoya qilishda dinshunos olimlar va din ulamolari bilan hamkorlikda ishlarni tashqil etish samarali usul hisoblanadi.

Diniy ekstremizm tahdididan yoshlarni himoya qilishda professor-o’qituvchi, tarbiyachi-pedagoglarning asosiy vazifalari borki, ular bevosita yoshlarni bu yovuz kuchlarning g’oyalariga qarshi mafkuraviy immunitetni shakllantirishga e’tibor qaratib borishlari talab etiladi. Chunki bugungi kunda din niqobi ostidagi har qanday ekstremistik ko’rinishlarga qarshi kurashmog’imiz dolzarb masaladir. Masalan, umumlashgan tushunchada «terror» degani u yoki bu ko’rinishda siyosiy maqsadlarga erishish uchun kurash vositasi bo’lib, unda hech bir gunohsiz kishilar terrorning nishoni bo’lishadi. Demak, terror begunoh odamlarga qarshi zo’ravonlikni anglatadi, uni ma’naviy jihatdan hech qachon oqlab bo’lmaydi. Bunga 2005 yil Andijon shahrida ro’y bergan voqealar yaqqol misoldir.

Ma’naviy-ma’rifiy ishlar natijalarini sarhisob qilish, erishilgnan yutuqlarni va kamchiliklarni aniqlab, tahlil qilib borish lozim. Ma’naviy-ma’rifiy ishlar tizimli rejalashtirilib amalga oshirilsa va baholansa, istiqboldagi vazifalarni aniq belgilashda muhim ahamiyat kasb etadi.

Yoshlar qalbiga milliy g’oya va mafkurani singdirishda pedagogik hamkorlik texnologiyalarini yaratish zarur. Bunda birgalikdagi harakat, tarqatma material, mustaqil ish, trening, o’yinlar, sstenariy, ishontirish va h.k.larni amalga oshirish tavsiya etiladi.

Mamlakatimizda inson salomatligini asrash va sog’lom turmush tarzi madaniyatini shakllantirish ustuvor vazifaga aylangan. Sog’lom turmush tarzi g’oyalarini yoshlar o’rtasida targ’ib etish shakllari va vositalaridan samarali foydalanish yo’llarini ishlab chiqish va tatbiq etishga e’tibor qaratish lozim.

Jismonan va ma’nan barkamol shaxsni tarbiyalashga qaratilgan ma’naviy, madaniy va jismoniy tarbiya ishlarini tashqil etish davlat siyosati darajasiga ko’tarildi. Ma’naviy-ma’rifiy ishlar tizimida jismoniy tarbiya va sportning rolini oshirishdagi dolzarb vazifalarni ro’yobga chiqarishda mavjud imkoniyatlar ishga solinishini ta’minlash zarur.

Shuni aytish kerakki, milliy g’oya ta’lim-tarbiya, ilm-fan, madaniyat, adabiyot va san’at, din, ma’naviy-ma’rifiy, sport sohalarida ham aks etadi. Shuning uchun ta’lim muassasalarida shu sohalardan milliy g’oya va mafkurani shakllantirishda keng foydalanish lozim.

Ustoz va shogirdlik – milliy tarbiya an’anasi. Shunday ekan, bu tizim yoshlarni milliy g’oya va mafkura ruhida tarbiyalashda muhim omil vazifasini o’taydi. Ta’lim muassasalarida mavjud guruh murabbiyligi va ustoz-shogirdlik tizimlarining o’ziga xos xususiyatlarini va ularning aniq vazifalarini belgilab olish lozim. Unda, professor-o’qituvchilarning ustoz sifatidagi ma’naviy burch va huquqlari hamda o’quvchining shogird sifatidagi ma’naviy burchlari yoritilishi kerak.

O’zbekiston Respublikasining din masalalariga oid qonunlari qabul qilingan. Bu sohada xalqaro hujjatlar mavjud. O’zbekiston Respublikasida vijdon erkinligi qonun bilan kafolatlangan. Diniy ekstremizmga yo’l qo’ymaslik choralarini qurish yuzasidan tadbirlar amalga oshirilmoqda. Bu borada yoshlarda qonunchilik asoslari bo’yicha tushunchalarni shakllantirish dolzarb vazifa sifatida tadbirlar mazmuniga kiritilishi zarur. Bunda asosiy e’tibor O’zbekistonda diniy bag’rikenglikning tarixiy ildizlari va hozirgi darajasi haqida ma’lumotlar berishga qaratilishi maqsadga muvofiq. Shu bilan bir qatorda o’quvchilargama’naviyatning qaror topib borishida madaniyat va dinning o’rni, diniy dunyoqarashning inson hayotidagi ahamiyati va islomiy qadriyatlar, dunyoqarash erkinligini ta’minlash jarayonida har bir insonda shaxsiy fikr, mustaqil mavqening shakllanishi haqida ham tushunchalar singdirilishi lozim.

Yoshlar ongida mafkuraviy immunitetni (ma’naviy nuqtai nazardan) hosil qilish juda muhimdir. «Toki ular milliy ildizlari baquvvat, dunyoni chuqur anglaydigan, zamon taraqqiyoti bilan barobar qadam tashlaydigan insonlar bo’lib etishsin. Ana shunda johil aqidaparastlarning «da’vati» ham, axloqni rad etadigan, biz uchun mutlaqo begona g’oyalar ham ularga ta’sirini o’tkaza olmaydi».

Bayramlar ma’naviy sohaning tarkibiy qismi sifatida davlat siyosati darajasiga ko’tarildi, davlatning asosiy e’tiboridagi omilga aylandi. Bayramlar yoshlarni milliy g’oya va mafkura ruhida tarbiyalashda muhim o’rin to’rtadi. Bayramlarga (jumladan, tadbir sstenariysi va rejissurasiga ) oid ko’rik-tanlovlar o’tkazib turish yaxshi natija beradi. Ta’lim muassasalarida bayram-marosimlarni o’tkazish alohida e’tiborni talab qilmoqda. Buning uchun yoshlar tashabbuskorligi va faolligini oshirish juda muhim. Ta’lim muassasalarida bayramlarni tashqil etishda aynan yoshlar faoliyatidan keng foydalanishimiz ma’naviy ishlarning samarasini oshiradi.

1.3. Yoshlar qalbiga milliy g`oya va ma`naviyat asoslarini singdirishda axborot vositalarining ta`sir ko`rsatish mexanizmlari.
Ommaviy axborot vositalari eng asosiy qudratli va ta`sirchan mafkura vositasidir. Chunki ommaviy axborot vositalari ommaning o`ziga xos tarbiyachisi, muhim tadirlarning tashkilotchisi, dolzarb muammolarni hal qilishning ta`sirchan quroli bo`lib xizmat qiladi. Aynan ommaviy axborot vositalari orqali milliy qadriyatlarimiz va umuminsoniy qadriyatlar, milliy g’oya va demokratik tamoyillar targ’ib-tashviq qilinadi. Ommaviy axborot vositalari doimo demokratiya va so`z erkinligining o`ziga xos o`lchovi, ko`rsatkichi bo`lib kelgan. erkin va mustaqil ommaviy axborot vositalari demokratik taraqqiyotni rag’batlantiradi va mustahkamlaydi.

Totolitar tuzumda ommaviy axborot vositalari axborot uzatish vositasi va yakka hukmron g’oyani singdirish quroli bo`lib xizmat qilganligini hammamiz yaxshi bilamiz. “Majburiy yakkafikrlash” davri deb atash mumkin bo`lgan bu pallada ommaviy axborot vositalarida hayot faqat yorqin buyoqlarda tasvirlanib, muammolar haqida gapirilmagan edi.

Chunki o`sha paytda muammolar va illatlar haqida gapirish – kommunizm singari “benuqson va mukammal” tuzumga xalqning ishonchini pasaytirib yuborishi mumkin edi. Yakkayu yagona partiya, yakkayu-yagona mafkura va yakkafikrlash siyosati har qanday plyuralizmni, fikrlar xilma-xilligini va ayniqsa g’oyalar xilma-xilligini mutlaqo inkor qilar edi. Barcha jurnalistlar sobiq markazdagi “mutassadi rahbarlar”ning og’zini poylab, bo`yrug’ini kutib, ularning ko`rsatmasiga qat`iy amal qilgan holda faoliyat yuritar edi.

Hayotiylik – bugungi kunda ommaviy axborot vositalarining faoliyatiga qo`yilayotgan asosiy talab, berilayotgan axborotlarning asosan yutuqlarini ko`rsatish maqtovlardan iborat bo`lishi targ’ibotga qanchalik foydali yoki zararli ekanini chamalab ko`rish lozim. Hayot bor ekan, muammolar, kamchiliklar, nuqsonlar bo`laverishi tabiiy.

Bu isbot – talab qilmaydigan aksioma.

Shunday ekan, muammolarning mavjdligi fojea sifatida emas, odatdag narsa debyu qarashga o`rganish kerak. Ularning borligini ko`rib, o`zini ko`rmaganlikka olish bilan faqat zarar keltirishi mumkin.

Demak, muammolarni o`z vaqtida tan olish, ularni hal qilishga kirishish lozim.

Bugungi kunda O`zbekistonda ommaviy axborot vositalarini haqiqiy “to`rtinchi hokimiyat”ga aylantirish muammosi o`sha dolzarb bo`lib turmoqda. Ularni mustaqil ijtimoiy kuchga, siyosiy tizimning to`laqonli bug’iniga va jamoatchilik fikrini shakllantiruvchi ta`sirchan vositaga aylantirish vazifasi shuni talab etmoqda. Ommaviy axborot vositalarining erkin va mustaqil faoliyat yuritishlari uchun mustahkam huquqiy asos yaratilgan jurnalistlarni tayyorlash masalasiga davlat darajasida e`tibor berilmoqda.

Jurnalist kadrlarni o`zimizda tayyorlash bilan qanoatlanmay, bu soha mutaxassilarining xorijda ta`lim olishlaridan mablag’ ayamayotir. Ko`rinib turibdiki, ommaviy axborot vositalarining rivojlanishi uchun qulay muhit yaratilgan. Zamon, davr va avlodlar o`zgaradi, lekin milliy g’oyaga zaruratning qolishi muqarrar. Milliy g’oya boyib, rivojlanib borishi tabiiy. Dunyodagi o`zgarishlar milliy g’oya oldida ham yangi-yangi vazifalarni usul va vositalardan foydalanishni talab qiladi. Uni hisobga olish, “mafkura maydonida” ezgu va bunyodkor g’oyalarning doimo ustuvorlik qilib qolishini, ma`rifiy taraqqiyotning istiqbolini belgilaydi.

II. Bob Yoshlar ongiga ma`naviy ta`sir etishni tashkil etish.

2.1. Milliy istiqlol g'oyasini yoshlar ongiga singdirish usullari


Bugungi sharqona demokratiyada bag'rikenglik, hamjihatlik, qadr, oqibat, andisha, kattalarga hurmat, ona zaminni e'zozlash borasida o'ziga xoslik yaqqoi namoyon bo'ladi. Bularesamilliy istiqlolg'oyasiningamal njlishida nihoyatda muhim ahamiyat kasb etadi. Milliy istiqlol g'oyasini amalga oshirish kuchli davlatdan kuchli jamiyat sari borish konsepsiyasini ainalga oshirish jarayoni bilan uyg'un holda olib boriladi.

Milliy istiqlol g'oyasining amal qilish jarayonida shaxs erkinligi muhim o'rin tutadi. O'z haq-ququqini taniydigan, o'z kuchi va imkoniyatlariga tayanadigan, atrofida sodir bo'layotgan voqea-hodisalarga mustaqil munosabat bildiradigan, shaxsiy manfaatlarini mamlakat va xalq manfaatlan bilan uyg'un holda ko'radigan insongina milliy g'oyamiz tamoyillarini to'g'ri baholay oladi.

"Erkinlik" tushunchasi g'oyatda keng qamrovli boiib, ijobiy va salbiy jihatlarga ega. Shaxs moddiy va ma'naviy ne'matlardan oqilona foydalanishga intilib, bu yoidagi xatti-harakatlari bilan o'zgalar manfaatlarigaziyonyetkazmasa-bu erkinlikning ijobiy jihatidir. Aksincha, inson o'z maqsadlariga erishish jarayonida boshqalar manfaatini tan olmasa, erkinlik salbiy ma'no kasb etadi.

Shunday qilib, milliy istiqlol g'oyasining asosiy tamoyillari ko'p va keng qamrovli bo'lib, ular mafkuramizning amal qilish yo'nalishlarini belgilashda muhim ahamiyat kasb etadi.

«Milliy istiqlol g'oyasi: asosiy tushuncha va tamoyillar» risolasida aytilganidek: «Milliy istiqlol mafkurasi turli siyosiy partiya va ijtimoiy guruhlar mafkurasida ustun sotsial fenomen - ijtimoiy hodisa. Bu mafkurada biron-bir dunyoqarash mutlaqlashtirilmaydi yoki u mavjud siyosiy hokimyatni mustahkamlash maqsadida qurolga aylantirilmaydi». Umuminsoniy mazmunga ega boigan bu mafkura hammaning ijtimoiy -siyosiy taraqqiyotiga xizmat qiladi, barcha siyosiy partiyalar, millat va qavmlar, guruh va qatlamlarning yuqorida qayd etilgan umumiy manfaatlarini ifodalaydi.

Milliy Istiqlol mafkurasi quyidagi umumbashariy qadriyatlarni e'tirof etadi va ulardan oziqlanadi:

- qonun ustuvorligi;

-inson haq-huquqlari va hurfikrlilik;

-turli millat vakillariga hurmat va ular bilan bahamjihat yashash;

- diniy bag'rikenglik;


  • dunyoviy bilimlarga intilish, ma'rifatparvarlik;

  • o'zga xalqning ilg'or tajribalari va madaniyatini o'rganish va hokazo.
    Vatan ravnaqi, yurt tinchligi va xalq farovonligiga asoslanadigan

g'oyalar anashu tamoyillargaxizmat qiladi. «Milliy g'oya- deb ta'kidlaydj Prezidentimiz Islom Karimov, - birinchi navbatda, yosh avlodimizni vatanparvarlik, el-yurtga sadoqat ruhida tarbiyalash, ularning qalbiga insonparvarlik va odamiylik fazilatlarini payvand qilishdek olijanob ishlarimizda madadkor bo' lishi zarur».

Milliy istiqlol g'oyasi inson qalbi va ongiga ijobiy ta'sir etadigan tushunchalar, go'zal va hayotiy tuyg'ularni o'zida mujassam etadi. Bu mafkura har bir fuqaroning ezgu niyatlarini ro'yobga chiqarishiga imkon beradigan eng maqbul yo'lni ko'rsataoladi. Ushbu g'oyaxalq vajamiyatni birlashtiruvchi kuch, yuksak ishonch-e'tiqod manbai bo'Hb, O'zbekistonda yashovchi barcha millat, elat, ijtimoiy qatlam va din vakillariga birday taalluqlidir.



Milliy istiqlol mafkurasi quyidagi milliy xususiyatlarni aks ettiradi:

-jamoa boiib yashash ruhining ustunligi;



  • oila, mahalla, el-yurt tushunchalarining muqaddasligi;

  • ota-ona, mahalla-ko'y, umuman jamoatga yuksak hurmat-e'tibor;

  • ona tiliga muhabbat;

  • kattaga - hurmat va kichikka - izzat;

  • ayol zotiga ehtirom;

- sabr-bardosh va mehnatsevarlik;

- halollik, mehr-oqibat va hokazo.


Yoshlarni g`oyaviy tarbiyalash vositalari.

Nima uchun milliy istiqlol g’oyasini inson ongi va qalbiga singdirish zarur va muhim? Milliy istiqlol g’oyasining targ’iboti nimaga xizmat qiladi va bu jarayon qanday tashkil qilinishi kerak? Umuman milliy g’oyaning targ’iboti bilan kimlar va qanday tuzilmalar shug’ullanishi kerak? Mazkur mavzuni o`rganish shu kabi savollarga javob topish imkonini beradi. XXI asrni axborot asri, axborot texnologiyalari asri deb atash tobora rasm bo`lmoqda. Chunki asrimizda keng qamrovda va jadal sur`atlarda tarqalayotgan informaciyalar insonning istaklarini, didini o`zgartirishga, fikriga ta`sir qilishi mumkin.

Tan olish kerak, tamoshaga qilinayotgan seriallardan tortib bolakaylarga aytib beriladigan ertakkacha, boringki, o`qitayotgan kitoblarimiz ham qandaydir mafkuraviy ta`sir samarasiga ega ularda muayyan g’oyalar targ’ib qilinadi. Bu holat “eng asosiy narsani ko`z bilan ilg’ab bo`lmaydi” degan fikrni yana bir karra tasdiqlaydi. Bunday ko`zga ko`rinmas qudratli targ’ibot kuchlari kishini hamma erda va har kuni qurshab turadi. Bu kuchlarning maqsadi – insonni nimagadir ishontirish, nimagadir undagi, nimagadir og’dirish. Tarbirlar mahsulotini reklama qilib, uni sotib olishga undaydi. Diniy arboblar o`z diniga e`tiqod qilishga chaqiradi. Xalqaro maydonda ba`zi davlatlar o`zining “katta og’a” ekanini uqtirishga harakat qiladi. Lekin tanganing orqa tomoni ham bo`ladi-ku.

Agar o`sha molini maqtayotgan tadbirkor tamaki sotayotgan bo`lsa-chi? Uning zarari haqida odamlarni kim ogohlantiradi. Agar o`sha dindor, din chetda qolib, davlat tuzimini ag’darishga chaqirayotgan bo`lsa-chi? Bunday buzg’unchiliklardan xalqni kim qaytaradi yoki jahonda “katta og’a”larning qo`lidan tutib emas, mustaqil odim tashlash kerakligini kim tushuntiradi? Bu kabi targ’ibotni yoki aksi targ’ibotni kim tashkil qilishi kerak?

Bugungi kunda rivojlangan davlatlar qudratli targ’ibot tizimiga ega bo`lishga intilayotganini alohida ta`kidlash lozim. Masalan, o`z faoliyatining targ’ibotga AQSh hukumati yiliga 2,5 millard dollar sarflashi bejiz bo`lmasa kerak. Franciya ham o`z siyosatini aholiga tushuntirish ishlariga yiliga 100 million frankni bekorga sarflamayotgandir? Bu ma`lumotlar targ’ibot nafaqat dinda, biznesda muhimligini balki siyosatda ham, ma`naviy-ma`rifiy ishlarda ham muhim ahamiyat kasb etishni ko`rsatadi.

Demak rivojlangan demokratik davlatlar ham mafkuraviy faoliyatdan sira voz kechmagan.

Puxta ishlab chiqilgan strategik yo`nalish davlatning istiqbolini belgilaydi. O`zbekistonning strategik maqsadlari Islom Karimovning qator asarlarida, jumladan “O`zbekiston XXI asr bo`sag’asida: xavfsizlikka tahdid, barqarorlik shartlari va taraqqiyot kafolatlari” hamda “O`zbekiston XXI asrga intilmoqda” asarlarida belgilab berilgan. Shu maqsadlar sari insonlarni safarbar qilish ularni g’oyalar shaklida singdirish zaruratini keltirib chiqaradi. O`zbekistonda mafkuraviy jarayonlarni tashkil etishning ustivor yo`nalishlari quyidagilardan iborat:


    • belgilangan tadbirlarning yuqori darajada uyushqoqlik bilan o`tkazilishini ta`minlash;

    • milliy istiqlol g’oyasini targ’iboti sifatini muntazam oshirib borish;

    • davr talablaridan kelib chiqqan holda mafkuraviy ishlarni tashkil etishning yangi samarali yo`llarini izlash;

    • bu sohada eski uslublarning mutloqlashtirishga andozolashtirishga yo`l qo`ymaslik;

    • mafkuraviy jarayonlarni tashkil etishda ijtimoiy muhitni hisobga olish;

    • mafkuraviy jarayonlarni tashkil etishdauchraydigan rasmiyatchilik va majlisbozlik ko`rinishlariga barham berish;

    • mafkuraviy faoliyatining qanchalik samarali olib borilayotganini bilish maqsadida uning manitoringini tashkil etish;

Fuqaro tarbiyaga muhtojmi? Nahotki, tarbiya e`tiborsizlik kimlarnidir – halokatga uchratishi mumkin? Umuman, alloma bu fikri bilan farzand tarbiyasini nazarda tutdimi, avlod tarbiyasinimi yoxud millat tarbiyasi haqida gapiradimiG har holda yosh vaqtidan bolaning “maslakini tuzatmoq” zarurligini ta`kidlaganida A.Avloniy fikr tarbiyasini nazarda tutgan ko`rinadilar. Va tabiiyki, bunday tarbiya markazida birgina bola emas, bir oilaning farzandlari emas balki butun millat, butun xalq turadi.

Tarbiyani millat qismatini hal etuvchi darajaga ko`tarilishining boisi ham shunda.

Avlodni kim tarbiyalaydi, millat qaysi sinflarda tarbiya topadi, fikr qaysi kitoblar yoojamida tarbiyalanadi? Bularning barchasi haqida kim qayg’urishi kerak? Bu savolga tayyor javob bor: ota-ona, muallim, maktab, ta`lim vazirligi va oxir-oqibat davlat, jamiyat. Darhaqiqat, har bir davlat o`z fuqarolari bilimi, haq-huquqni taniydigan, ma`naviy barkamol, bir so`z bilan aytganda komil inson bo`lib voyaga etishi haqida qayg’uradi.

O`zbekiston Prezidenti Islom Karimov bu xususida shunday deydi:

“Biz komil inson tarbiyasini davlat siyosatining ustuvor sohasi deb e`lon qilganmiz. Komil inson deganda biz avvalo, yangi yuksak mustaqil fikrlay oladigan, xulq atvori bilan o`zgalarga ibrat bo`ladigan bilimli, ma`rifatli kishilarni tushunamiz”1.

Biroq ta`kidlash joizki, turli davlatlarda “barkamol inson” tushunchasiga turli sifatlar nisbat beriladi. Har bir davlat o`z fuqarolarida zamon talablariga mos sifatlar va jamiyat maqsadlariga mos qadritlarni qaror toptirishga harakat qiladi. Doimiy yuksalish haqida qayg’uradigan etakchi davlatlarning bu boradagi tajribas bilan topish foydadan xoli emas.

Xo`sh, jahonning etakchi davlati sanalmish AQShDa fuqaro tarbiyasi qanday yo`lga qo`yilgan? Amerikaliklarga qanday g’oya va qadriyatlar singdirilmoqda? Bu savollarga javob topish uchun fuqaro tarbiyasi qanday g’oyaviy ustunlarga tayanishini aniqlash kifoya. AQSh fuqarolari Konstituciyani, Amerika davlatchiligining asoslari va demokratik tamoyillarini muqaddas deb biladilar va bu tuyg’uni yoshlar ongiga singdirish haqida tinimsiz qayg’uradilar.

Salohiyat insonlarda yashirin”

Yaponiya mamlakatining oltin qoidasiga ko`ra, insondan qimmatroq boylik yo`q. Xo`sh, davlat Yapon kishisida qanday qadriyat va sifatlarni qaror toptirishga harakat qiladi? Aslida, mehnatsevarlik, intizomlilik va javoaviylik Yapon milliy harakatlariga xos xususiyatlar sanaladi. Biroq, davlat bu bilan qanoatlanmay, o`z fuqarolarida ushbu sifatlarni mustahkamlash va kuchaytirish vazifasini maorifga yuklaydi.

Natijada, maktablar guruhiy birdamlikni tarbiyalashga alohida e`tibor qaratiladi. Bunda kollektivning yutug’i ham, mag’lubiyati ham guruhning har bitta a`zosiga bog’liq ekanligi haqidagi g’oya singdiriladi. Muhimi, boladan umumiy shunda o`z rolini aniq bilish va shunga yarasha mas`uliyatni his qilish talab etiladi.

Yoshlarda mehnatga ishtiyoq uyg’otish tirishqoq va serg’ayrat shaxsni tarbiyalash, shaxsni o`zi ustida qunt bilan ishlashga o`rgatish unda o`ziga ishonchni qaror toptirishdan ham manfaatdormiz.



Xulosa

Xalqimiz qalbiga va ongiga milliy istiqlol g’oyasini singdirish ta’lim muassasalaridagi faqat ijtimoiy gumanitar yo’nalishdagi fanlarning vazifasi bo’lib qolmasdan, balki o’rta maxsus, kasb hunar ta’limi o’quv rejasidan o’rin olgan barcha o’quv fanlarining vazifasi sanaladi. Bu boradagi ma’naviy ma’rifiy ishlar keng ko’lamda olib borilib, ta’lim tarbiya jarayonining barcha jabhalarida asosiy o’rinni egallashi lozim.

Xususan, o’quvchilarda Vatan tuyg’usini shakllantirish Ona Vatanga, uning tabiatiga mehr muxabbat uyg’otish va boyliklarini asrab avaylash, tabiatdagi o’simliklar va hayvonlarga nisbatan ongli va to’g’ri munosabatni tarkib toptirish, ekologik madaniyatni yuksaltirishni maqsad qilib qo’yadi.

«Hozirga vaqtda eng muhim, eng dolzarb vazifamiz jamiyatimiz a’zolarini, avvalambor, voyaga yetib kelayotgan yosh avlodni kamol toptirish, ularning qalbida milliy goya, milliy mafkura, o’z Vataniga mehr sadoqat tuyg’usini uyg’otish, o’zligini anglash, milliy va umuminsoniy qadriyatlar ruhida tarbiyalashdan iboratdir.

Shunga ko’ra, hozirgi kunda har tomonlama kamol topgan, o’zida yuksak ahloqiy fazilatlarni mujassamlashtirgan, milliy va umuminsoniy qadriyatlarga hurmat, mustaqillik prinsiplari va Ona Vatanga sadoqat ruhida tarbiyalangan, ta’lim va kasbhunar dasturlarini ongli tanlab, puxta o’zlashtirgan, jamiyatimizdagi ijtimoiyiqtisodiy o’zgarishlarga, turmushga moslashgan, sog’lom turmush tarzi va mehnat ko’nikmalari shakllangan, jamiyat, Karimovning "Milliy istiqlol g’oyasi: Asosiy tushunchalar va tamoyillar" risolasida qayd etilishicha, milliy istiqlol g’oyasi O’zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi, milliy va umuminsoniy qadriyatlar, demokratiya tamoyillariga asoslanadi, xalqimizning asrlar davomida shakllangan yuksak ma’naviyati, an’ana va udumlari, ulug’ bobokalonlarimizning o’lmas merosidan oziqlanadi.1

Shu o’rinda milliy va umuminsoniy qadriyatlarga nimalar kiradi? degan savol tug’ilishi tabiiy.



Milliy qadriyatlar alohida olingan xalq, millat va elatlarning o’z tarixiy taraqqiyoti davomida yaratgan va yaratadigan barcha moddiy va ma’naviy boyliklari, urf odatlari, marosimlari, bayramlari va millatning o’zligini belgilaydigan o’ziga xos tamoyillari yig’indisidan iboratdir. Bu o’ziga xoslik moddiy, ma’naviy, ijtimoiy, oilaviy hayot, turmush tarzida namoyon bo’ladi. Bundan tashqari xalq amaliy san’ati, xalq o’yinlari, rasmrusumlari, urf odatlari, marosimlari ham milliy qadriyatlarga kiradi.

Foydalanilgan adabiyotlar :

  1. O`zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi. T.: “O`zbekiston”, 2003.

  2. Karimov I.A. O`Zbekiston: milliy istiqlol, iqtisod, siyosat, mafkura. 1-jild. T.: “O`zbekiston”, 1996.

  3. Karimov I.A. Bizdan ozod va obod Vatan qolsin. 2-jild, T.: “O`zbekiston”, 1996.

  4. Karimov I.A. Vatan sajdagoh kabi muqaddasdir. 3-jild. T.: “O`zbekiston”, 1996.

  5. www.ziyonet.uz

  6. www.google.co.uz

1 Karimov I.A. Tarixiy xotirasiz kelajak yo`q. T.: “Sharq”, 1998, 81-b.

1 ( Milliy istiqlol g’oyasi: asosiy tushunchalar va tamoyillar. Toshkent «O’zbekiston» 2000 I.A.Karimov Xushyorlikka dav’at Toshkent «Uzbekiston» 1999 yil 16 bet )




Download 107 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish