Buxoro davlat universiteti ijtimoiy iqtisodiy fakulteti


I.Karimovning respublika rahbarligiga kelishi va O’zbekistonda mustaqillikka erishish strategiyasini ishlab chiqish jarayoni



Download 3,34 Mb.
bet8/14
Sana21.01.2022
Hajmi3,34 Mb.
#394269
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   14
Bog'liq
I.A.Karimovning “O’zbekiston mustaqillikka erishish ostonasida” kitobida Mustaqillik g’oyasi masalalari talqini

1.2. I.Karimovning respublika rahbarligiga kelishi va O’zbekistonda mustaqillikka erishish strategiyasini ishlab chiqish jarayoni.
Biz barchamiz o’tgan 23 yillik mustaqil taraqqiyotimiz davomida hayotimizning barcha jabhalari qatori ma’naviy, ilmiy-madaniy sohalarda ham ko’plab ulkan va tarixiy muhim voqealarga guvoh bo’lib kelmoqdamiz. Prezidentimiz Islom Karimovning "O’zbekiston mustaqillikka erishish ostonasida" kitobi mazkur davrda erishgan barcha yutuq va marralarimizning tub ildizlarini, yurtimizda mustaqillik g’oyasining real tarixiy zaminda shakllanish, rivojlanish va amaliy haqiqatga aylanish jarayonini aniq fakt va misollar bilan, dialektik izchillikda ko’rsatib beradigan noyob asar, eng ishonchli manba sifatida, hech shubhasiz, ana shu voqealar silsilasida alohida o’rin tutadi.

Bugungi kunda, oradan shuncha yil o’tib, agarda o’sha murakkab, ziddiyatli davrda vujudga kelgan juda xatarli vaziyatning ma’no-mazmunini to’liq anglab etadigan, teran mushohada yuritib, voqealar rivoji va ularning oqibatlarini oldindan ko’ra oladigan, eng muhimi, g’oyat qaltis va ayanchli holatdan chiqib ketishning to’g’ri va oqilona echimini topib beradigan, hayotning qaynoq nafasini bevosita his etadigan, yaxshi-yomon kunlarda xalqning dardu-quvonchiga sherik bo’ladigan davlat arbobi — Islom Karimov bo’lmaganda el-yurtning holi necha kechardi. Yaqin o’tmishimizda millat va mamlakat manfaatlarini anglab etmagan, xalq dardu tashvishidan yiroq, vujudga kelgan muammolarni xolisona tahlil etib, ularning echimini izlash o’rniga, amal kursisiga yopishib, markazning gumashtalariga aylanib qolgan, siyosiy kaltabin va jur’atsiz “arbob” lar ham bo’lgan.

Ulardan farqli ravishda Islom Karimov respublika etakchisi sifatida uzoq vaqtlar davomida echilmasdan, gazak oldirilgan kamchilik va nuqsonlar, o’tkir ijtimoiy muammolarning ildizini ochib tashlaydi, mavjud ayanchli ahvolni tuzatish bo’yicha Markaz rahbariyati oldiga qat’iy talablarni prinstipial tarzda qayta-qayta qo’yishdan cho’chimaydi.

Asarda har bir fikr va so’z aniq dalil va raqamlar, mantiqiy xulosalar bilan asoslanadi, hayotiy faktlar uning o’tkir mulohazalari, ehtirosli kechinmalari, teran mushohadalari, eng muhimi, ma’naviy jasorati bilan mushtarak bo’lib, o’sha paytdagi o’ta qaltis va murakkab siyosiy-ijtimoiy holatlarni kitobxon tasavvurida butun ziddiyat va qarama-qarshiligi bilan yaqqol namoyon etiladi.

O’sha suronli davrda Yurtboshimiz tomonidan xalqimiz qalbidagi asriy orzu — istiqlol g’oyasi ulkan jasorat bilan ilgari surilib, uni amalga oshirish uchun tarixiy qadamlar qo’yilgani, Prezidentimiz o’sha dolg’ali yillardayoq, Vatanimiz mustaqilligi, yangi hayot, yangi jamiyat binosi uchun zamin bo’lgan hal qiluvchi dasturiy maqsad va g’oyalarni aniq va ravshan tassavvur etgani, siyosiy keskin vaziyatlarda Islom Karimovning yakkayu yagona to’g’ri yo’lni topa olgani, xalqimizning tinchligi va xavfsizligini ta’minlash uchun kechayu kunduz tinimsiz mashaqqatli faoliyat olib borgani mustaqilligimiz tarixida abadul-abad muhrlanib qolishi shubhasizdir.

O’zbekistonning istiqlol arafasidagi chuqur inqiroz holati va bu inqirozdan chiqish yo’lidagi izchil harakatlar, milliy o’zlikni anglash, ma’naviy tiklanish jarayonlarining nazariy va amaliy negizlari asoslab berilgani, istiqlol arafasida yangi avlod kadrlarni tayyorlash konstepstiyasiga asos solinishi, O’zbekictonda ijtimoiy-siyosiy islohotlar nazariyasining shakllanish jarayonlari, ijtimoiy-iqtisodiy islohotlardan — siyosiy mustaqillik sari sa’y-harakatlar borasida Yurtboshimiz tomonidan voqealar rivojini oldindan ko’rib, uzoqni ko’zlab siyosat olib borilganligi ko’z oldimizda gavdalanadi.

Davlatimiz rahbariga xos bo’lgan bunday noyob fazilat — voqealar rivojini oldindan ko’ra bilish salohiyati o’sha yillarda ham, mustaqillik davrida ham yaqqol namoyon bo’ladi. Masalan, kitobga kiritilgan “Biz bundan buyon eskicha yashay olmaymiz va bunday yashashga zamonning o’zi yo’l qo’ymaydi” deb nomlangan nutqida Islom Karimov Farg’ona voqealari, umuman, vodiydagi ijtimoiy-iqtisodiy vaziyatni har tomonlama tahlil qilib, sobiq koloniyalar tajribasini o’rganish asosida, kadrlar tayyorlashning zamonaviy milliy tizimini shakllantirish masalasini kun tartibiga qo’yadi: “o’zingiz dunyoga qarang, bir vaqtlar katta davlatlarning mustamlakasi bo’lgan Janubiy Koreyada, Tailandda, Gonkongda qanday o’zgarishlar bo’lmoqda? Bu o’lkalarda qanday kadrlar, qanday aql-zakovat egalari etishib chiqmoqda, ular qanday mo’’jizalarni yaratmoqda”.15 E’tiborli jihati shundaki, davlatimiz rahbari o’sha g’oyat murakkab, barcha sohalarda jiddiy moliyaviy tanqislik sezilib turgan pallada iste’dodli yoshlar uchun maxsus stipendiyalar belgilash, ularni mamlakatning etakchi ta’lim markazlariga yuborish, buning uchun respublika hukumati zaxirasidan bir necha million so’m ajratish taklifini ilgari suradi. O’sha vaqtlardayoq, vaziyat qanchalik jiddiy va qaltis bo’lmasin, yoshlar muammolari, ularning dardu tashvishi Yurtboshimizning doimiy diqqat markazi, e’tiborida bo’lib keldi. O’zbekiston mustaqillikni qo’lga kiritgach, yurtimizda ma’nan va jismonan barkamol yoshlarni tarbiyalab voyaga etkazish ishi davlat siyosati darajasiga ko’tarildi.

Shu davr mobaynida dunyo jamoatchiligi tomonidan e’tirof etilgan Kadrlar tayyorlash milliy Dasturi, “Ta’lim to’g’risida”gi Qonun hamda Umumta’lim maktablarini rivojlantirishning 2007-2012 yillarga mo’ljallangan davlat Dasturi qabul qilindi. Bu tarixiy hujjatlar mamlakatimiz kelajagi bo’lgan yoshlarning talab-ehtiyojlarini nazarda tutib, dunyoda hech kimdan kam bo’lmagan holda kamol topishi, har tomonlama etuk insonlar bo’lib voyaga etishi uchun barcha shart-sharoit, tengsiz imkoniyatlar yaratib berdi. Bugungi kunda yoshlarimiz jahonga yuzlanayotgani, ilm-fan, san’at, sport va boshqa sohalarda ulkan yutuqlarni qo’lga kiritayotgani ana shu doimiy e’tiborning mahsulidir.

Yurtboshimizning mamlakatimiz yoshlarining yurtimizning taraqqiy etishi va gullab-yashnashi, uning taqdiri va ertangi istiqbolini belgilab berishini o’sha davrlardayoq oldindan ko’ra olgani tufayli mustaqillik arafasida, ta’bir joiz bo’lsa, Prezident Islom Karimov qadagan urug’dan shu qadar baquvvat va serhosil daraxt voyaga etdiki, u o’zining kuch-qudrati, aql-zakovati va yuksak ma’naviyati bilan yurtimiz dovrug’ini butun dunyoga yoyishi, mamlakatimizning eng rivojlangan davlatlar qatoridan o’rin olishiga munosib hissa qo’shishi shubhasizdir. Ammo bugungi kunda yaratilgan bunday mislsiz shart-sharoit va imkoniyatlarga mustaqillik arafasidagi o’sha suronli yillarda Yurtboshimizning uzoqni ko’ra bilish salohiyati, izchil sa’y-harakatlari, mashaqqatli mehnati tufayli erishilganini aslo unutib bo’lmaydi.

Umuman olganda, Islom Karimov tomonidan O’zbekistonda yuzaga kelgan muammolarni hal etishning yangicha echimlarining ilgari surilgani uning butun mas’uliyat va javobgarlikning zalvorli yukini o’z zimmasiga olishga qodirligini, nostandart qarorlar qabul qilish borasidagi qobiliyatini, uzoqni ko’zlagan holda strategik qarorlar qabul qila olishinini ko’rsatadi.

Etakchilik bu – boshqaruvchilik maqomi, rahbar mansabni amalga oshirish bilan bog’liq faoliyatdir. Ya’ni, boshqaruv vazifalarini bajarish bilan bog’liq faoliyat insonga etakchilik maqomini beradi. Jamiyatni birlashtirish, samarali qarorlar qabul qilish, xalqni qonunbuzarlikdan, o’zboshimchalikdan himoyalash, mamlakatda tartib va barqarorlikni saqlash, hokimiyat bilan xalqni yaqinlashtirish va shu orqali fuqarolarning boshqaruvdan begonalashuvining oldini olish kabi vazifalar etakchilarga nisbat beriladi. Siyosiy jasorat, siyosiy iroda, voqelikni to’g’ri anglash, to’g’ri baholash – haqiqiy rahbar uchun noyob fazilat. Xarizmatik (“xarizma” atamasi “ilohiy tuhfa” ma’nosini anglatadi) etakchilar esa – o’zlarining alohida sifatlari, nodir fazilatlari, boshqarish qobiliyatlari bilan ajralib turuvchi kishilardir. Xarizmatik etakchilar tarixning burilish nuqtasini belgilab beradilar, jarayonlar va turmush tarzining bir ixldagi oqimini keskin o’zgartirib yuboradilar. Butunlay yangi, hayotbaxsh va huzurbaxsh turmush kechirish, aniqrog’i, Inson va Insoniyat taqdiridagi mislsiz ma’naviy ko’tarilishlar davrini boshlab beradilar. Islom Karimov o’zining yaqin o’tmishdoshlaridan farqli o’laroq ana shunday etakchilik fazilatlarini namoyon etdi. Respublika rahbari sifatida o’z yurtining barcha yutug’iyu nuqsonlariga o’zini qalqon qildi. Rahbar sifatidagi qat’iy va mustahkam irodasini ko’rsatdi. Islom Karimov tarixan qisqa vaqtda o’zini “tafakkur” inqilobchisi sifatida namoyon etdi.

Jumladan, uning strategik qarorlar qabul qilish tajribasi, muammoning nostandart echimlarini ilgari surishi, rahbar kadrlar mas’uliyatini oshirish, ularning ishga munosabatini tubdan o’zgartirish borasidagi mulohazalari, rahbar kadrlarni tanlash va ularni joy-joyiga qo’yishda yangicha yondashuv va mezonlarni ilgari surishi, rahbar kadrlarning xalqqa munosabatini o’zgartirish talabini qo’yishi bilan bog’liq fikrlar rahbar kadrlar mahoratini oshirishga xizmat qiladi. Bundan tashqari:

Vaziyatga holis baho berish;

Marrani baland olib faoliyat yuritish;

Milliy taraqqiyot yo’lida barcha sog’lom kuchlarni birlashtirish;

Odamlarning bugungi va ertangi kunga ishonchini mustahkamlash;

So’z va ish birligi;

Xonanishinlik, kabinetdan chiqmay ish yuritish prinstipining inkor etilishi;

Ijro intizomining talab etilishi kabi Islom Karimovga xos xislatlarni yangi avlod rahbar kadrlarida qaror toptirish muhim ahamiyat kasb etadi.

Shu o’rinda asardan bir parcha keltirish o’rinli: “Elga peshvoman deb, o’rtaga chiqdingmi, uning ishonchini qozondingmi – bu ishonchni endi asl vijdon bilan, pokiza faoliyat bilan oqlamoq kerak bo’ladi. Bu talabni eskicha aytsami, yangichasigami – baribir, mohiyati bir xil bo’lib qolaveradi. Ya’ni, xalq vakili xalqning posboni, xalq rahbari bo’lib, xalqning issiq-sovug’idan xabardor bo’lg’uvchi sirdoshiga aylanishi shart”16

“Inson, uning talab-ehtiyojlari, huquq va manfaatlari — oliy qadriyat” degan ulug’vor g’oya mustaqillik yillarida davlatimiz insonparvar siyosati va faoliyatining bosh mezoniga aylangani ayni haqiqat. Ammo bu g’oya mustaqillikdan oldinroq, xususan, Qashqadaryo viloyati hokimi va keyinchalik respublika rahbari bo’lgan paytlardayoq faoliyatining bosh mezoniga aylangan edi. Jumladan, o’n ikkinchi chaqiriq O’zbekiston SSR Oliy Sovetining 1990 24 martida bo’lib o’tgan birinchi sessiyasida respublika etakchisi “Birinchi navbatda inson, uning ehtiyoj va talablari, jismoniy va ma’naviy yuksalishi respublikada bo’lajak milliy-davlat va ijtimoiy iqtisodiy siyosatning markazida bo’lishi shart”17 deya baralla aytgan edi.

Demak, Islom Karimov respublika rahbari etib tayinlangan dastlabki kunlardanoq ushbu g’oyani o’zining hayotiy maslagi, oliy insoniy burchi deb bilgan va unga erishish uchun butun aql-zakovati, bilim-tajribasi, ulkan tashkilotchilik salohiyatini to’liq safarbar etgan edi. Chunonchi, mamlakatimiz etakchisi O’zbekiston SSR Oliy Kengashining navbatdan tashqari to’rtinchi sessiyasida so’zlagan nutqida mamlakat oldida katta sinovlar turgani haqida to’xtalib, “ana shu sinovlardan xalqimizni, bizlarga ishongan fuqarolarning burnini qonatmasdan, kelajakdagi porloq hayot uchun zamin tayyorlab o’tsak... shundagina zimmamizdagi burchni bajargan, odamlarning ishonchini oqlagan bo’lur edik” 18deya ta’kidlagan edi.

Respublika rahbari bo’lib kelgan davrda Islom Karimov birinchi kundan, birinchi yig’ilishdan boshlab haqqoniylik, xalqning og’ir va nochor turmush kechirishi, mamlakatda ijtimoiy muammolarning keskinlashganini yashirib o’tirmaydi. Prezident barchani yangicha tartiblar asosida, markaz qarorlariga qarshi chiqish kerak bo’lsa ham, Respublika ichki ishlarida mustaqil bo’lish va rahbar kadrlarni mas’uliyatli bo’lishga chaqirgani oddiy xalqning yuragidagi gaplarni bayon etishi bilan boshqa rahbarlardan ajralib turdi. Misol tariqasida; “Biz butun muhokama qilayotgan barcha masalalarni o’zimizning ishga bo’lgan munosabatimizni tubdan o’zgartirmasdan turib hal qilib bo’lmaydi — gap shu haqda bormoqda. Albatta, bu erda o’tirganlarning barchasi meni yaxshi biladi va chamasi, o’zicha menga qandaydir baho berayotgan bo’lsa ham ajabmas. Lekin, shuni aytishim kerakki, hamonki meni respublika rahbari etib saylashgan ekan, ishga bunday munosabatni o’zgartirish uchun qo’limdan kelgan barcha ishni qilaman. Ishga bo’lgan, o’zimizga topshirilgan vazifaga nisbatan munosabatni, dunyoqarashimizni va umuman, mas’uliyatimizni o’zgartira olsakkina ishlarimiz yo’lga tushib ketadi. Aks holda, vaziyatni izdan chiqarishga intiladigan kuchlar yo meni chetga surib qo’yadi yoki juda ko’p rahbarlarni o’zgartirishga to’g’ri keladi. Men, albatta, o’zimning birinchi chiqishimni aynan shu so’zlardan boshlamoqchi emas edim, ammo, takror aytamanki, hammamiz ishga bo’lgan munosabatimizni keskin o’zgartirishimiz kerak19” – kabi fikrlari orqali Prezidentimiz O’zbekistonning kelajagi, uning mustaqilligi xususida qarashlarni etkazishga uringan bo’lsalar ajab emas.

Respublikaning ayrim mintaqalarini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish sohasida yo’l qo’yilgan xatolarni tuzatish uchun amalda biron-bir ish qilinmagandi. Biroq, respublika byudjeti katta kamomad bilan yakunlanayotgan va bunday kamomad kamayish o’rniga o’sib borayotgan edi. Hamma joyda narx-navo oshib borayotganligi kuzatilib, bularning barchasi odamlarning haqqoniy noroziligiga sabab bo’lishiga, hokimiyat organlariga nisbatan munosabatda tanqidiy kayfiyatlarning kuchayishiga sabab bo’lgandi. Bunday ahvoldan chiqish yo’lini deb hammani va hamma narsani tanqid qilish, aybdorlarni topishga urinish kabi xatti - harakatlar emas, balki mustaqillik strategiyasini ishlab chiqishda deb bilish zarur edi.

“Shu narsa mutlaqoravshanki” – degan edi Prezident I. A. Karimov; “Qiyin ahvoldan chiqishning yo’li, eng avvalo,ishlarning ahvoliga xolis baho berish, respublikadagi vaziyatni sog’lomlashtirishning konkret va aniq-puxtaprogrammasini ishlab chiqishdan iborat. Bizningcha, mazkur programmaning asosiy mazmuni va mohiyati, eng avvalo, xalqimiz turmushi va farovonligini tubdan va keskin yaxshilash maqsadida barcha sog’lom kuchlarning birlashishi va hamkorlik qilishini ko’zda tutadi. Ayni paytda mazkur vazifani hal etishni kelgusi besh yillik oxiriga yoki 2000 yilgacha qoldirmay, uning natijalarini odamlar yaqin vaqtlar ichida his etishlari kerak20”.

Mustaqillik strategiyasini ishlab chiqish jarayoni eng avvalo milliy kadrlar va rahbarlarni loyiq lavozimlarga tayinlashni talab etardi. Ishni birinchi galda hayotimizning barcha sohalarida qat’iy tartib va intizom o’rnatishdan, rahbar kadrlarni joy-joyiga to’g’ri qo’yishdan, ularga nisbatan talabchanlikni oshirishdan boshlandi. Bu borada barchani birlashishga chaqirar ekan Prezident: “Kuchlarni birlashtirish to’g’risida gapirar ekanmiz, O’zbekistonning hozirgi kuni va kelajagiga befarq qaramayotgan, hozir biz boshdan kechirayotgan og’ir ahvoldan chiqishga o’z hissasini qo’shishga intilayotgan barcha kishilar bilan hamkorlik qilishga va muloqot olib borishga tayyor bo’lishimiz zarur. Har bir kishi o’z joyida o’ziga ishni vijdonan va halol bajarib, tashabbus ko’rsati-shi bugungi kunda g’oyat muhimdir. Olg’a tomon borishimizning asosiy sharti mana shundadir” – deya murojaat etarkanlar jamiyatdagi ayrim shaxslar to’g’risida; “Talonchilik va o’g’rilik qilayotgan, insonlar yiqqan mol – mulkini do’q – po’pisa bilan tortib olayotgan, reket bilan shug’ullanayotgan shaxslarning qilmishini qanday baholash mumkin?. Mansabini egallab undan iloji boricha foyda olishga intilayotganlarni kim deyish mumkin?21” – degan edilar.

Mustaqillik strategiyasini ishlab chiqishga turtki bo’lgan omillardan biri bu aholining uy – joyga bo’lgan talabining oshib borishi bo’lib, sobiq ittifoq parchalanayotgan davrda Respublika aholisi ko’paymokda, uni boqish, kiyintirish, uy-joy bilan ta’minlash masalasi o’tkir ijtimoiy muammoga aylanmoqda edi. Qurilish sur’atlari keskin pasayib ketmoq-da. Yarim yillik davomida ijtimoiy - madaniy, maishiy ob’ektlarni ishga tushirish yillik plani atigi 44 foiz bo’lib, Bu ahvolda biz yillik plan baja-rilishi oqsar, har bir viloyatda, har bir shaharda faqat aholining o’sib borayotgan qisminigina zo’r-bazo’r uy-joy bilan ta’minlanardi. Uy-joylar eskirib, yaroqsiz bo’lib qolmoqda, maktab binolari ham yaroqsiz bo’lib qolmokda, minglab maktablar va boshqa sostial, madaniy, maishiy ob’ektlar avariya holatida edi. Prezident bu xususda; “Endi bunga toqat qilib bo’lmaydi. Kapital qurilishdagi ishlarning ahvoli har bir rayonda, shahar va oblastda konkret ko’rib chiqilishi, aybdorlar javobgarlikka tortilishi zarur. Ijro intizomi to’g’risidagi masala bevosita shu bilan bog’liqdir. Xalq xo’jaligi tarmoqlaridagi ishlarning ahvoli yaxshi emasligi, odamlar kayfiyatining keskin yomonlashayotganligi intizomning susayganligi bilan bevosita bog’liqdir. Ko’pgina rahbarlar ishni mohirlik bilan tashkil etish o’rniga majlisbozlik va qog’ozbozlik bilan shug’ullanmoqda ... Raqamlarga nazar tashlaymiz: keyingi bir yarim yil ichida respublika Ministrlar Sovetida 1484 ta farmoyish va qaror, ya’ni har kuni uch-to’rttadan hujjat qabul qilindi. Zarur kontrol yo’qligi sababli ularning ko’pi bajarilmayapti. Agar ana shu hujjatlar bajarilishini hech kim nazorat qilmas ekan, ularning nima keragi bor?. Bugungi kunda rahbar kadrlarning ishga munosa-batini tubdan o’zgartirish, topshirilgan soha uchun ularning mas’uliyatini oshirish darkor. Bizda shunday bo’lmoqdaki, biz hamma narsa uchun javob beramiz, ayni paytda esa hech kim hech narsa uchun konkret javobgar bo’lmaydi. Bu, ehtimol, hozirgi kunda bizdagi asosiy illatdir22” – degan edilar.

Aholining ko’payib borishi ish bilan bandlik muammosini ham keltirib chiqarmoqda edi. Birgina, Farg’ona oblastida o’sha vaqtlarda 149 ta kolxoz va sovxoz bor edi. Qishloqda uy – joy qurish dasturiga asosan o’sha vaqtlarda Prezidentimiz quyidagi takliflarni bergan edilar: “Agar har bir xo’jalikda 50-60 kishilik qurilish birigadasi tuzib, ular qurilish materiallari bilan ta’minlansa, bunday brigadalar aholi bilan shartnoma asosida uy-joy qurishlari mumkin bo’lur edi. Faqat shuning evaziga 7,5 ming kishini ish bilan ta’minlash mumkin bo’lardi. Xo’jaliklarda g’isht, duradgorlik buyumlari va boshqa narsalar tayyorlaydigan yordamchi korxonalar bunyod etishga kirishilsachi. Masalan, Xorazm oblastida shunday ish tutish qurilish materiallari taqchilligini bartaraf etish bilan birga uch yil mobaynida ishlab chiqarishga qo’shimcha tarzda 2,5 ming kishini jalb etish imkonini berdi. Bu odamlarni ijtimoiy ishlab chiqarishga jalb etishning to’g’ridan-to’g’ri yo’lidir. Ularga mehnat daftarchalari berish, pensiya bilan ta’minlash mumkinligining ahvoli, ayniqsa, tashvish tug’dirmoqda23” – degan edilar.

O’sha davr yoshlarga bo’lgan munosabat ijobiy deb bo’lmasdi. Mamlakat ijtimoiy – iqtisodiy muammolar girdobida qolgan bo’lib, yoshlarga e’tibosizlik jinoyatchilikning o’sishiga va turli mafkuraviy bo’shliqlarda turli oqim va yo’nalishlar o’rtasida mafkuraviy kurash avj olgan edi: “Hech qachon, hech qaerda bo’shliq bo’lmaydi. Biz bo’lmagan joyda bizning o’rnimizga yoshlar va xalq bilan boshqalar shug’ullanadi. Buni unutmaslik kerak. Yoshlarimizni begonalarning qo’liga o’z ixtiyorimiz bilan topshirmasligimiz kerak. Yoshlar uchun, ular chin inson, o’z diyorining, o’z mamlakatining chinakam vatanparvarlari bo’lib o’sishlari uchun faol kurashmog’imiz lozim. Bugungi keskin va murakkab vaziyatdan tegishli xulosalar chiqarib olish kerak. Avangard bo’la oladigan yoshlarning siyosiy tashkilotini qaytadan tiklash zarur, yoshlarning mayda-chuyda ishlariga aralashishdan do’stona hamkorlik qilishga o’tish darkor. Hammamiz yoshlar orasidagi vaziyatni o’rganishimiz va bilishimiz, ular o’rtasida chinakam etakchilarni tayyorlashimiz, ijtimoiy muammolarni hal qilishda, chinakam vatanparvar va baynalmilalchi insonlarni tayyorlashda ularga yordam berishimiz lozim24” – deya baho bergan va jamoatchilik diqqat e’tiborini birinchilardan bo’lib yoshlarga qaratgan edilar.

Islom Abdug’anievich Karimov Respublikaga rahbar bo’lib kelgan vaqtda Respublikamizda milliy – etnik nizolar avj olgan, ijtimoiy – iqtisodiy ahvol orqada bo’lib, aholi uy – joy tanqisligi, qo’shimcha er uchastkasi etishmasligi, oziq – ovqat mahsulotlarining birinchi galdagilari bilan etarli ta’minlanmaganligi, maktablar, kasalxonalar va ayniqsa, qishloq joylaridagi ahvolning yomonligi, shuningdek, yoshlar va ularning tarbiyasi, ertangi kuni, kelajakka ishonchi kabi masalalar kun tartibidagi eng og’riqli masala bo’lib, aholining ko’payib borishi sobiq SSSRda eng tez suratlar bilan davom etayotganiga qaramay sanoat korxonalari u yoqda tursin, qishloq xo’jaligi bilan bog’liq korxonalarning ahvoli og’irlashib borayotganligini ko’rishimiz mumkin25.

Ana shunday og’ir vaziyatdan chiqishning birdan bir yo’li o’sib kelayotgan yosh kadrlarni joy – joyiga qo’yish, vatani, millati deb jonini fido etishga tayyor turgan va sobiq ittifoqdagi laganbardor, labbaygo’y, qog’ozbozlik va majlisbozlikdan nariga o’tmaydigan rahbarlar o’rniga tayinlash, aholini ijtimoiy himoyalash, keskin ijtioiy – siyosiy o’zgarishlardan qochish kabi yo’l tanlandi. Ushbu tavsilotlar to’g’risida keyinchlik fikr yuritar ekan I. A. Karimov: “Sir emaski, sobiq ittifoq davrida bizning hayot tarzimizni va xalqlar hayotini belgilovchi bu masalalarning barchasini, xalqning fikri va intilishlari nazar – pisand qilinmay, yuqoridan, xalq o’z saylamagan va o’z irodasini amalga oshirish uchun vakolat bermagan idoralar tomonidan hal etib yuborilavergan. Mamlakatdagi oliy hokimiyat amalda kommunistik firqa qo’lida edi26” – deb esga olgan edilar.

Qisqacha qilib aytganda, Prezident Islom Abdug’anievich Karimov murakkab vaziyatda Respublika rahbari sifatida faoliyatini boshlab, hali sobiq ittifoq davridayoq mustaqillik strategiyasini ishlab chiqqan va uni amalga muvoffaqiyatli amalga oshirgan, O’zbekistonning farovonlikka olib kelgan shaxs bo’lib, o’tgan asrning 80 – yillaridagi ijtimoiy – iqtisodiy, siyosiy va mafkuraviy o’zgarishlar va bo’hronlardan o’z xalqini talofotsiz olib o’tgan dono rahbardir.





Download 3,34 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish