Buxoro davlat universiteti ijtimoiy iqtisodiy fakulteti


Asarda milliy tiklanish, milliy ma’naviyat va tarixni yo’q qilishga qaratilgan mafkura va g’oyalarga qarshi kurash masalasi



Download 3,34 Mb.
bet10/14
Sana21.01.2022
Hajmi3,34 Mb.
#394269
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14
Bog'liq
I.A.Karimovning “O’zbekiston mustaqillikka erishish ostonasida” kitobida Mustaqillik g’oyasi masalalari talqini

2.2. Asarda milliy tiklanish, milliy ma’naviyat va tarixni yo’q qilishga qaratilgan mafkura va g’oyalarga qarshi kurash masalasi.
Prezidentimiz I.A.Karimovning yurtimiz uchun o’ta og’ir yillarda keskin muammolar girdobida turib, O’zbekistonning kelajagini aniq tasavvur qilgan holda ilgari surgan g’oya va dasturlari uning Vatanimizning yorug’ istiqboliga qanday buyuk ishonch bilan qaraganidan yaqqol dalolat beradi.

“O’zbekiston mustaqillikka erishish ostonasida” kitobida milliy tiklanish, milliy o’zlikni anglash, ma’naviyat masalalariga ham keng o’rin berilgan. Xalqimizning qadimiy tarixi, boy madaniy merosi, urf-odat va an’analarini tiklash, asrab-avaylash va rivojlantirish, mustabid tuzum davrida taqiqlab qo’yilgan Navro’z bayrami, Ramazon va Qurbon hayitlarini qayta tiklash va nishonlash, dinga hurmat bilan munosabatda bo’lishni qaror toptirish, Imom Buxoriy, Imom Termiziy, Bahouddin Naqshband va boshqa aziz-avliyolarimiz, Amir Temur, Jaloliddin Manguberdi, Zahiriddin Muhammad Bobur singari ulug’ ajdodlarimiz xotirasiga nisbatan tarixiy adolatni tiklash haqidagi fikru mulohazalar, qaror va farmonlar shular jumlasidandir.

Ayni vaqtda ma’rifatparvar bobolarimiz – jadidchilik harakati namoyandalarining hayoti va ijodiga munosabat masalasida ko’p yillardan buyon davom etayotgan bahslarga oqilona chek qo’yilib, ularning merosini xalqimizga qaytarish yo’lidagi amaliy, prinstipial fikrlar ham aynan o’sha paytlarda ilgari surilgani shu borada muhim ahamiyatga ega bo’ldi.

Prezident Islom Karimov odamlar bilan yuzma-yuz turib gaplashdi. Yangi rahbarning xalq bilan ochiq, yuzma-yuz turib gaplashishi jamiyatda ijtimoiy-siyosiy muhitning bir muncha barqarorlashishiga olib keldi. 1989-90-91-yillar, aytish mumkinki, bir necha ming yillik tariximizda Milliy Tiklanish, Milliy Uyg’onish va Milliy Taraqqiyot davrining muqaddimasi bo’ldi. Xuddi ana shu yilllarda Navro’z bayrami milliy bayram sifatida qayta tiklanib keng nishonlandi, bu ommaviy bayramlarda birinchi marta hukumat rahbarlari va shaxsan Islom Karimov xalq bilan birga ishtirok etishdi.

Bu voqealarni bugun — oradan birmuncha vaqt o’tgach xotirjam eslash oson. O’sha paytlarda esa har bir kishining qalbida allaqanday hadik, ifodalab bo’lmas qo’rquv, unga qorishib ketgan sevinch va hayajon bor edi. Bu voqealarni har kim o’zicha tushundi, o’zicha talqin etdi. Biroq O’zbekiston rahbariyati o’z so’zida sobit turdi. Turli hiylayu nayranglarni, ig’vo va malomatlarni qat’iyat va amaliy ish bilan engdi. Oxir-oqibatda esa O’zbekiston yana bir bor o’z ma’naviy qudratini, siyosiy salohiyatini yorqin namoyish etdi. 1991 yil 31 avgust kuni ittifoqdosh respublikalar ichida birinchilardan bo’lib o’z mustaqilligini e’lon qildi va uni qonun bilan mustahkamlab qo’ydi. Bu sana tarix sahifasida abadiy qoladi!

Prezident Islom Karimov sessiyada mustaqillikning mohiyati, uning tarixiy zarurat ekani xususida gapirar ekan, mustamlakachilik asorati va sobiq Ittifoqda qaror topgan adolatsiz muhitni ro’y-rost ochib tashladi: «Mamlakat katta falokat yoqasiga, jar yoqasiga kelib qolganini qo’rib turibmiz. Xalq o’zining ertangi kuniga ishonchini kundan-kunga yo’qotyapti. Odamlar o’zining, oilasining, bola-chaqasining tinchligiga kafolat istaydi. Ular to’kis, xotirjam hayot talab qilyapti. Bu istaklar, bu talablar safsatabozlik va va’dabozlik ostida ko’milib ketyapti.

Bizning xalqimiz sabr-bardosh, yaxshilik, osoyishtalik, boshqa xalqlarga nisbatan xayrixohlik ruhida tarbiyalangan. Bu xalq bugun bizdan himoya talab qilayapti, tinch-totuv hayot, og’ir mehnatiga yarasha turmush sharoitlarini talab qilyapti. Bu — haqqoniy talabdir»37.

Ayni paytda mustaqillik  yo’li haqiqat yo’li, inson haq-huquqlari yo’li, ma’naviy etuklik, yuksak madaniyat, boy insoniy fazilatlar yo’lidir. Shuning uchun ham davlatimiz rahbari o’z tanlagan yo’lining to’g’riligiga qatiy ishondi va millionlab yurtdoshlarimizni ham bunga ishontira oldi va «Ortga qaytish yo’q endi. Oldinda bitta yo’l bor: istiqlol yo’li, mustaqil davlatchilik va taraqqiyot yo’li. Eski tuzumga qaytish, bo’ynimizni yana o’sha bo’yinturuqqa tiqib berish, yana takrorlab aytaman, ming yillik tariximizga, xalqimizga xayonat, kelajak avlodlarimiz aslo kechirmaydigan gunoh bo’ladi!»38, deb o’z maqsadlarini qat’iy ifoda etdi.

Bugungi O’zbekiston — yangidan-yangi imkoniyatlarni namoyon etayotgan, kuchga to’lib, nufuzi oshib borayotgan mamlakat. Bugungi O’zbekiston — barcha qiyinchiliklarni engib, mustaqillik yo’lidan yorug’ istiqbol sari dadil qadam tashlayotgan, xalqaro maydonda obro’si oshib borayotgan davlat. Bu— xalq bilan davlat birligidan, omma fikri bilan davlat siyosatining mushtarakligidan, Prezident siyosiy yo’lining naqadar xalqchilligidan dalolat beradi.

Germaniya matbuoti Islom Karimovni mustaqillikning dastlabki yillaridayoq “O’rta Osiyodagi eng kuchli Prezident”, O’zbekistonni esa “Hamdo’stlik mamlakatlari orasidagi eng tinch va rivojlanayotgan mamlakat” deb tan olgan edi. Bu yuksak baho bugungi kunda ham o’z qiymatini yo’qotgan emas.

Yana shuni alohida ta’kidlash kerakki, har qanday davlatchilik faqat milliy asosda qurilgandagina, tub aholi ma’naviy-ruhiy ehtiyojlaridan kelib chiqib barpo etilgan taqdirdagina yashovchan bo’ladi. Ayni paytda, u milliy ravnaq uchun keng imkoniyatlar yaratadi. Chunki, har bir xalq o’zining boy o’tmishini, tarixini, an’analarini va, xullas, o’zligini bevosita davlat timsolida ko’rishi kerak. Bu o’zini bilgan, o’zini tanigan xalq uchun juda katta ma’naviy-ruhiy ehtiyoj hisoblanadi.

Masalaning yana bir e’tiborli tomoni shundaki, jamiyatni tubdan isloh qilish jarayonlari, deylik butun bir makonni qullikdan ozod etish hollari hamma vaqt kuchli po’rtanalar, qarama-qarshiliklar, ziddiyatlar va tushunmovchiliklar to’qnashgan murakkab bir holatda o’tadi. Ana shun­day ma’naviy-ruhiy o’zgarishlar, dunyoqarashlardagi yangilanishlar va siyosiy po’rtanalar paytida mamlakat aholisining umumiy siyosiy madaniyati, uning onglilik darajasi ko’p narsani hal etadi. Boshqacha qilib aytganda, islohotlar ong va tafakkur ko’zgusi orqali o’tganda, uning butun miqyosi va ko’lami, mazmuni va mohiyati kengayadi va samarali bo’ladi.

Islohotlar davrida yangilik bilan eskilik o’rtasida hamma vaqt keskin kurashlar, ziddiyatlar va qarama-qarshiliklar bo’lib o’tadi. Taassufki, hayotda ko’pincha yangilikdan ko’ra eskilik, yaxshilikdan ko’ra yomonlik, ezgulikdan ko’ra yovuzlik yashovchan bo’ladi. Ana shu hayotiy falsafadan kelib chiqib aytish mumkinki, turmush tarziga aylangan va kundalik hayot qobig’ida o’ralib qolgan dunyoqarashlarni o’zgartirish oson ish emas. Bu vaqt talab etadigan hodisa. Ayni paytda, u siyosiy arbobdan nihoyatda kuchli iroda, mustahkam asab, sabot va matonat talab etadi. Bu intihosiz iztiroblar, o’z hayotining har bir daqiqasini e’tiqod va g’oya uchun qurbon qilishdek fidoyilik hamda oliy darajadagi shaxsiy fazilat ko’rigidir.

Jamiyat va odamlar hayotida yuz beradigan ana shunday tub burilishlar paytida Bosh islohotchi murakkab ma’naviy-ruhiy kechinmalar qurshovida qoladi. Ayni paytda O’zbekiston ana shunday jarayonni boshidan kechirmoqda. Islom Karimov esa islohotlar samaralarini bevosita yangilik bilan eskilik o’rtasidagi jarlikdan jamiyatni bexatar olib o’tish, ya’ni eng avvalo, bosqichma-bosqich odamlar ongi va dunyoqarashida burilish yasash, shu asosda yangicha yashash afzalliklarini ko’rsatish yo’lini tutdi.

Sovetlar hukmronligining so’nggi o’n yilliklarida O’zbekiston madaniyatining rivoj topishiga madaniyat va san’at sohasini moddiy-iqtisodiy jihatdan ta’minlashda yo’l qo’yilgan jiddiy xatolar ham salbiy ta’sir ko’rsatdi. Xususan, 1940 yildan boshlab surunkali ravishda mazkur soha uchun davlat byudjetidan mablag’ ajratish kamayib bordi: 1940 yili respublika aholisi talab-ehtiyojlari uchun ijtimoiy-madaniy tadbirlar va fanning rivojiga sarflangan xarajatlar respublika byudjeti umumiy xarajatlar qismining 67,9 foizini tashkil etgan bo’lsa, 1980 yilga kelib 46,9 foizini tashkil etdi39. Fan va madaniyat uchun ajratilgan mablag’ning muntazam kamayib borishiga sabab davlatning bu soha uchun mablag’ ajratishni istamaganidan emas, balki Sovet davlati iqtisodiy ahvoli tobora yomonlashib borayotganligidan dalolat edi. Ayniqsa, bu 80-yillarning ikkinchi yarmiga kelib bu holat keskin tus ola boshladi.

Shunday bo’lsa-da, mustabid tuzum o’zining mafkuraviy cheklashlaridan, kommunistik g’oyaga zid bo’lgan qarashlarga murosasiz bo’lishdan voz kechmadi. Aksincha, ijtimoiy-iqtisodiy turg’unlik yillarida SSSRda siyosiy aqidaparastlik yanada kuchaydi. Bu yillarda musulmonchilik va millatchilikning barcha ko’rinishlari yana bir karra “eskilik sarqiti” sifatida qoralandi. Bunday hol, ayniqsa, 80-yillarning o’rtalarida, davlat va jamoat arbobi, O’zbekiston Kommunistik partiyasi Markaziy qo’mitasining birinchi kotibi Sharof Rashidov vafotidan so’ng siyosiy hokimiyat tepasiga kelgan I.Usmonxo’jaev ma’muriyati davrida yaqqol sezildi. Bu davrda respublika rahbariyati, asosan, Markazning “ko’rsatmasi”ni to’xtatmasdan bajarish, uni hayotga tatbiq qilish bilan shug’ullandi, xolos. Xalqning taqdiri ijtimoiy-madaniy ahvoli Usmonxo’jaev ma’muriyatini qiziqtirmadi. Bu yillarda respublikada ko’plab masjidlar, madraslar yopib qo’yildi, ular yana omborxonalarga aylantirildi. Diniy marosimlar qat’iy cheklandi, janoza o’qish, marhumlarni so’nggi yo’lga kuzatish va boshqa odatlar ta’qiqlandi. O’rta Osiyo xalqlarining qadimiy, islomgacha mavjud bo’lgan milliy-an’anaviy bayrami “Navro’z” ta’qib ostiga olindi. Go’yo Navro’zni umumxalq bayrami sifatida nishonlash boshlanganidan bo’yon respublikada “dinga ishonuvchilar soni ko’paygan” emish. Kommunistik aqidaparastlar Navro’zni ta’qiqlab, uning o’rniga “Navbahor” bayramini o’ylab topdi. Lekin o’zbek xalqi yuqoridan “tushirilgan” yangi bayramini qabul qilmadi.

Urushdan keyingi murakkab va o’ta ziddiyatli yillarda xalqimiz o’zligini, qadimiy milliy madaniyati va qadriyatlarini saqlab qolishga harakat qildi. Lekin bu oson kechmadi. Bu yo’lda o’ziga xos kurashlar va yo’qotishlar sodir bo’ldi. Kommunistik mafkura mahalliy xalqning milliy g’ururini singdirishga urindi. Xalqni milliy madaniyatdan, milliy an’analardan chalg’itish uchun “kommunizm” va “rivojlangan sostializm” kabi xayoliy aqidalarni o’ylab topdi. Ularni xalq ommasi ongiga singdirish uchun barcha choralar, vosita va usullardan foydalandi. Lekin o’zbek xalqi bularning barchasiga bardosh berdi.

Prezident o’z asarida mustaqillik arafasidagi madaniyatning ahvolini afsus bilan shunday tasvirlaydi: “Madaniyatning moddiy bazasiga nazar solsak, uyalib erga kirib ketgudek bo’lamiz. Hamonki, jamiyat madaniyatga hayotning boshqa sohalariga nisbatan sariq chaqa sarflayotgan ekan, vujudidan yuksak ichki madaniyat nurdek taralib turgan odamni tarbiyalashi mumkinmi?

Bugun bosib o’tgan yo’limizga o’z-o’zini tanqid ruhida nazar tashlab, shuni ro’yi-rost tan olishimiz kerakki, biz madaniyat muammolariga kechirib bo’lmaydigan tarzda kam e’tibor bergan ekanmiz. Nutqlar va ma’ruzalarda jamiyatning ma’naviy taraqqiyotida madaniyatning tutgan o’rni haqida juda balandparvoz gaplarni ko’p aytdik. Lekin amalda, ya’ni teatr va kinoteatrlar qurish yuzasidan aniq vazifalarni hal etishda, ulug’ ajdodlarimizdan meros bo’lib qolgan noyob me’moriy obidalarni ta’mir etishda, kitob nashr etishni yaxshilashda, xalq san’atini rivojlantirishda, taassufki, biz o’zimizning jarangdor chaqiriqlarimiz va shiorlarimizni amalga oshirish yuzasidan oz ish qildik.

Nimaga mo’ljallangani notayin bo’lgan inshootlar va ma’muriy binolar qurilishiga million-million so’m mablag’larni sarflab yuboraverib, xalqning ma’naviy va jismoniy kamoloti uchun juda zarur bo’lgan klublar, kutubxonalar, sport inshootlari qurilishiga mablag’ni ayadik”40.

“O’zbekiston Sovet mustamlakachiligi davrida” kitobi mualliflarining yozishicha, o’sha davrlarda teatr san’ati ham yomon ahvolda edi. Buning sababi teatr va tomoshabin, repertuar muammolarida edi. Mazkur san’at turining tabiiy rivojlanishiga, ayniqsa unga kommunistik mafkuraning taziyqlari, uning ijtimoiy buyurtmasi katta to’siq bo’lgan edi. Natijada respublika teatrlari o’z tomoshabinlarini yo’qota boshladi. Masalan, 1985 yilda O’zbekistondagi 30 teatrga 4802 ming tomoshabin tashrif buyurgan bo’lsa, bu raqam 1989 yilga kelib 4387 mingga tushib qoldi. Bu sharoitda teatr o’z tomoshabinini «qidirib» qishloqlarga borishga va asosan konstert dasturlari bilan mablag’ ishlashga majbur bo’lardi. Birgina 1988 yilda respublika teatrlari 5534 konstert tomoshasi bilan chiqadi. Bu esa o’z navbatida spektakllar sifati va soniga salbiy ta’sir qildi. Xususan, 1989–1990 yillarda hammasi bo’lib 43 sahna asari yaratildi, xolos.

Teatr san’atida orqali ketishni yuzaga keltirgan sabablardan yana biri madaniyatda milliylik va baynalmilallik nisbatining buzilishi edi. Masalan, 80-yillar o’rtalarida O’zbekiston teatrlari repertuarlariga kiritilgan 600 ta pesadan atigi 55 tasigina mahalliy dramaturg, adiblarning asarlari edi, xolos41. Muqimiy nomidagi o’zbek davlat musiqali drama teatrida qo’yib kelingan «Tohir va Zuhro», «Farhod va Shirin», «Nurxon», «Layli va Majnun», «Toshbolta oshiq» kabi an’anaviy sahna asarlari o’rniga «Poltavalik Natalka», «Boyadero», «Cho’ri», «Moviy Dunay», «Xotinimning eri», «Yolg’onchi darkor» kabi qator tarjima asarlarning paydo bo’lishini shu ma’noda tushunish lozim.

O’zbekistonda faoliyat ko’rsatayotgan teatrlar soni bu erda istiqomat qilayotgan millatlar soniga nisbatan ham to’g’ri kelmasdi. Masalan, 1989 yilda O’zbekistonda istiqomat qilayotgan 1653 ming rus aholisiga 9 ta rus teatri to’g’ri kelgani holda, 14,1 millionlik o’zbek aholisiga 18 ta milliy tildagi teatr to’g’ri kelardi. Bu salbiy holatlar tabiiy ravishda aholining noroziligiga sabab bo’lar, uning teatrga bo’lgan qiziqishini pasaytirar edi.

Madaniyat sohasiga mablag’ sarflashning «qoldiq» prinstipi tufayli 1985–1990 yillarda madaniyat maskanlari sonining kamayishi kuzatildi. Masalan, ko’rsatilgan davrda respublikada klublar soni 55 taga, kutubxonalar soni esa 93 taga kamaydi. Binobarin, O’zbekistonda madaniy-ma’rifiy maqsadlar uchun aholi jon boshiga 1989 yilda 3,6 so’m pul ajratildi, xolos. Bu raqam Ittifoq respublikalari orasida eng past ko’rsatkich edi. Yuqorida keltirilgan raqamlar mazkur masalaning faqat tashkiliy jihatlari edi. Madaniy-ma’rifiy muassasalar hammadan ko’proq mazmun jihatdan oqsayotgan edi.

Yurtboshimiz 1990 yil 5 iyunda O’zbekiston Kompartiyasining XXII s’ezdidagi ma’ruzasida madaniyatimizning tarkibiy qismi bo’lgan adabiyotimiz ahvoliga quyidagi tavsifni bergan edi: hayotimizda san’atning o’rni to’g’risidagi Jdanov va Suslovning «nazariya» – qoidalari oqibatida adabiyotimiz katta talofat ko’rdi.

Bizning «nazariyotchilarimiz» adabiyotning partiyaviyligi to’g’risidagi lenincha ta’limotning birinchi qismini hadeb takrorlayverib, uning ikkinchi qismini, ya’ni «adabiyot – nozik ishdir, u ma’muriyatchilik va buyruqbozlikka moyil emas», degan qismini ko’pincha unutib qo’ydilar. Natijada bu «nazariy» aqidalar achchiq samara berdi: O’zbekistonda ham dushmanlarni qidirishga kirishdilar. Madaniyatimizning mashhur arboblari Oybek, Abdulla Qahhor, Mirtemir va Turob To’la badnom etildi, ularning ayrimlari, chunonchi Shayxzoda, Mirzakalon Ismoiliy, Said Ahmad, Shuhrat, Shukrullo singari ko’p adiblar o’z hayotlarining ma’lum yillarini qamoqlarda kechirdi. O’zbek xalqining atoqli farzandlari – Abdulla Qodiriy, Cho’lpon, Fitrat, Usmon Nosir, Elbek, Botu kabi adabiyotimiz namoyandalari boshiga og’ir musibat tushdi.

Biz ba’zan o’z tariximizga juda biryoqlama qarab, uzoq o’tmishdagi mashhur olimlar va shoirlarning ijodiy faoliyatiga shu arboblar yashagan va ishlagan davr muhitini hisobga olmasdan, zamonning soxta talqiniga suyanib baho berdik.

Davlatimiz rahbari mustaqillik arafasidagi madaniyat sohasi rivoji uchun dastlabki dolzarb masalalarni belgilab berdi.

Madaniy-ma’rifiy muassasalar – klublar, kutubxonalar faoliyatida ham muammolar etarli edi. Hatto “qayta qurish” ham ularning ishini o’nglay olmadi. Ular faoliyatidagi siyosiylashuv, mafkuraviylashuv hali ham kuchli edi. “O’zbekiston Sovet mustamlakachiligi davrida” kitobi mualliflarining ta’kidlashlaricha, madaniy-ma’rifiy muassasalar hukmron siyosiy kuchning ijtimoiy buyurtmasini bajarishda davom etdi.

Respublikaning yangi rahbari sa’y-harakatlari bilan tasviriy san’at sohasida ham bir qator ishlar amalga oshirila boshlandi. 80-yillarning ikkinchi yarmida tasviriy va ifodali vositalarni boyitish va yangilash, ijodiy izlanishlarga qiziqish ortdi. Ayniqsa, rassomlar ijodida milliy badiiyatga xos bo’lgan ifoda vositalariga e’tibor, azaliy an’anaviy ruhiy qadriyatlarga intilish kuchaydi. Tasviriy san’atda milliylik ruhi bilan bir qatorda avangard yo’nalishlar (simvolizm, modernizm va boshqa)ga ham e’tibor berildi. Ko’plab yosh ijodkorlarning asarlarida dolzarb ijtimoiy muammolar o’z aksini topdi.

Milliy uyg’onish, milliy o’zligini anglash mustaqillik bergan buyuk ne’matdir. Ana shular tufayli ham millat qaddini rostlamoqda. Qadimiy, asrlar mobaynida to’plagan nufuzini qaytadan tiklamoqda. Darhaqiqat, hamisha uyg’oq xalq yaratuvchilikka, bunyodkorlikka qodir bo’ladi. U o’z imkoniyatlarini tobora boyitib boradi. Ana shu nuqtai nazardan kelib chiqib aytishimiz mumkinki, Mustaqillik, Millat tushunchalari va bevosita uning tashabbuskori Islom Karimov nomi bilan bog’liq bo’lgan uchinchi Renessans davri boshlandi.

Bugungi kunda bizning eng buyuk vazifamiz mustaqillikni asrab-avaylash, uni yanada mustahkamlashdan iboratdir. Bu esa, avalambor, el-yurt osoyishtaligi, xalq farovonligi va Vatan ravnaqi yo’lida fidokorona mehnatimiz, yurtimizdagi bunyodkorlikka va xalqimizning tinch va osuda hayotiga turli ichki va tashqi tahdidlarga nisbatan murosasiz fuqarolik pozistiyamiz bilan amalga oshadi, albatta.

Muxtasar qilib aytganda, bu kitob tarixning burilish pallasida xalq dardi, millat qayg’usi buyuk shaxslarni maydonga chiqarishini yanada chuqurroq anglashga xizmat qiladi. Eng muhimi, yurtimizdagi ozodlik, mustaqillik, bugungi tinch-osuda hayot o’z-o’zidan kelmagani, ularning barchasi o’ta og’ir va murakkab sharoitlarda umidsizlikka tushmay, kelajakka katta ishonch bilan qarab, Prezidentimiz rahbarligida xalqimiz tomonidan olib borilgan tinimsiz kurashlar, uyqusiz tunlar, izlanish va yaratishlar, ba’zan g’oyat iztirobli, ba’zan quvonchli intilishlar mahsuli ekani, bu yo’lda qanchalik azoblar tortishga, ilgari hech ko’rilmagan sinov va mashaqqatlardan o’tishga to’g’ri kelganini bu kitobning har bir sahifasi orqali ko’z o’ngimizdan, tasavvurimizdan o’tkazamiz. O’zbekiston deb atalgan bugungi betakror va ozod, har tomonlama rivojlanib borayotgan qudratli mamlakat el-yurtimizning mehnati, yaratuvchilik salohiyati bilan barpo etilganini bu kitob timsolida yanada chuqur his etamiz.

XULOSA
Bugungi O’zbekiston — yangidan-yangi imkoniyatlarni namoyon etayotgan, kuchga to’lib, nufuzi oshib borayotgan mamlakat. Bugungi O’zbekiston — barcha qiyinchiliklarni engib, mustaqillik yo’lidan yorug’ istiqbol sari dadil qadam tashlayotgan, xalqaro maydonda obro’si oshib borayotgan davlat. Bu Prezident siyosiy yo’lining naqadar xalqchilligidan dalolat beradi.

Prezidentimiz Islom Karimov 1991 yilning noyabr oyida “Millatning kuchi erishilgan istiqlolni eplashda ko’rinadi” degan purma’no so’zlarni aytgan edi. Darhaqiqat, har qanday fidoyilik, jasorat erishilgan narsalarni himoya qilishda namoyon bo’ladi. Buning uchun esa insonda muqaddas biladigan, e’zozlaydigan, jon-jahdi bilan himoya qiladigan teran anglangan qadriyatlari, moddiy, ma’naviy, siyosiy mulki bo’lishi kerak.

“O’zbekiston mustaqillikka erishish ostonasida” kitobi shu sohadagi mutaxassislar, ma’naviyat va ma’rifat jabhasi faollari, professor-o’qituvchilar, tadqiqotchi va izlanuvchilar uchun ulkan ahamiyatga ega bo’lgan tarixiy hujjatlar qomusi, o’sha suronli yillarning mazmun-mohiyatini haqiqiy aks ettirgan asl manba ekanligi shubhasiz. Yurtboshimizning voqealar rivojini oldindan ko’rib amalga oshirgan ishlari, g’oya va qarashlari, xulosa va ko’rsatmalari, mamlakatimiz va xalqimiz taqdiri uchun nihoyatda muhim bo’lgan masalalarning oqilona echimlari aks etgan mazkur asardir.

Asarda istiqlol, mustaqillik mohiyatini yanada chuqurroq anglaymiz. Kitobda o’sha davrda olib borilgan ishlar aniq bir inson – O’zbekiston Respublikasi Prezidenti faoliyati doirasida ko’rsatib beriladi, sharhlanadi, izohlanadi. Mustaqillik masalasi asarning o’zak g’oyasini tashkil etadi. Undan o’rin olgan boshqa g’oyalar ham hozirgi davlatimiz siyosati bilan hamohangdir. Bu jihatdan, Prezident Islom Karimovning “O’zbekiston mustaqillikka erishish ostonasida” asari xalqimizning siyosiy tafakkur xazinasiga bebaho hissa bo’lib qo’shilishi shubhasiz.


Ozodligimiz uchun hayot-mamot kurashi ketayotgan o’sha paytda o’zimizning ayrim amaldorlar bunga qarshi chiqishdi. O’z ona Vatanining ozodligiga to’siqlar qo’yishdi. G’irrom qiliqlar qilishdi. Sotqinliklari keyinchalik fosh bo’ldi. Bu xiyonatlar xalqimizni Vatan himoyasiga, Prezident Islom Karimov atrofiga yanada jipsroq birlashtirdi.

Bizni bu g’alabalarga Prezidentimiz tayyorladi.

Shu o’rinda bir xorijlik olim, bir davlat va siyosat arbobi va bir yozuvchining shu haqda aytgan fikrlarini keltirsak.


  1. Namangan voqealari haqida sobiq SSSRning mashhur mafkurachilaridan biri, keyinchalik Xalqaro “Demokratiya” fondi rahbari Aleksandr Lukyanov shunday deydi: “O’shanda O’zbekistonda diniy ekstremizm o’zining birinchi signalini bergan edi. Lekin bunga xalqaro jamoatchilik ham, Rossiya ham loqayd qarashdi. Mabodo tarix g’ildiragi o’sha olomon ko’rsatgan yo’l bilan ketsa, O’zbekiston boshiga qanday ko’rguliklar tushardi? Buning dahshatini tasavvur qilib bo’lmaydi...”

2. Xorijlik xalqaro ekspert Zurab Todua: “Shu paytgacha Shaxsning tarixdagi roli etarli baholanmay keldi. Vaholanki, tarixning qaltis burilish pallasida u yoki bu shaxs bo’lmasa, taraqqiyot butunlay boshqa tomonga qarab ketishi mumkin. O’zbekiston o’z misolida tinch, evolyustion yo’l bilan mustaqillikka erishib, rivojlanish mumkinligini isbotladi”.

3. Chingiz Aytmatov o’sha yillarni shunday eslaydi: “Taqdir tarixning eng qiyin pallasida o’ziga xos siyosiy selekstiyani amalga oshirdi. Tarix sahnasiga eng kerakli ShAXSni olib chiqdi. Islom Karimov nafaqat O’zbekiston, balki Turkiston zaminida o’zining eng irodali, qat’iyatli rahbar ekanligini namoyish qildi. Bu – tarixda shaxsning qanday hal qiluvchi rol o’ynashi mumkinligini ko’rsatdi. Tarix Islom Karimovning zamonaviy stivilizastiyamizning eng ulkan figuralaridan biri ekanligini ko’rsatdi”.

O’zbekiston xalqining manfaatlarini ko’zlab I.A.Karimov tashabbusi bilan amalga oshirilgan dastlabki tadbirlarning o’ziyoq prezidentlik boshqaruvining o’z vaqtida ta’sis etilganidan dalolat beradi. 1990 yil 20 iyunda respublika Oliy Soveti tomonidan qabul qilingan Mustaqillik deklarastiyasi ana shunday tadbirlardan edi. Mustaqillik deklarastiyasining kirish qismida O’zbekistonning davlat qurilishidagi tarixiy tajribasi va tarkib topgan an’analari, har bir millat o’z taqdirini o’zi belgilash huquqiga ega ekani ta’kidlandi.

Mustaqillik deklarastiyasi O’zbekistonning mustaqillikka erishishida qo’yilgan navbatdagi muhim odimlardan biri bo’ldi. Mustaqillik deklarastiyasining qabul qilinishi. Prezidentning bevosita ko’rsatmasi bilan respublika IIVning mas’ul lavozimlariga malakali mahalliy kadrlarning qo’yilishiga, uyushgan jinoyatchilik, bosqinchilik va boshqa turdagi jinoyatlarga chek qo’yilishiga olib keldi

“O’zbekiston mustaqillikka erishish ostonasida” kitobida milliy tiklanish, milliy o’zlikni anglash, ma’naviyat masalalariga ham keng o’rin berilgan. Xalqimizning qadimiy tarixi, boy madaniy merosi, urf-odat va an’analarini tiklash, asrab-avaylash va rivojlantirish, mustabid tuzum davrida taqiqlab qo’yilgan Navro’z bayrami, Ramazon va Qurbon hayitlarini qayta tiklash va nishonlash, dinga hurmat bilan munosabatda bo’lishni qaror toptirish, Imom Buxoriy, Imom Termiziy, Bahouddin Naqshband va boshqa aziz-avliyolarimiz, Amir Temur, Jaloliddin Manguberdi, Zahiriddin Muhammad Bobur singari ulug’ ajdodlarimiz xotirasiga nisbatan tarixiy adolatni tiklash haqidagi fikru mulohazalar, qaror va farmonlar shular jumlasidandir.

Yurtboshimiz har yili Mustaqillik bayramiga bag’ishlangan bosh tantanalarda ishtirok etib, xalqimizga o’zining samimiy tabriklarini izhor etar ekan, ushbu hayajonli lahzalarda: “Mustaqilligimiz abadiy bo’lsin!” deya chin yurakdan tilak bildiradi. Bu ezgu tilak nafaqat davlatimiz rahbarining, balki asriy orzulari ro’yobga chiqqan o’ttiz millionli xalqimizning ham shukronaga to’la tilagiga aylangan, desak, ayni haqiqatdir. Bu tilak ertaga tug’iladigan, mana shu tabarruk yurtni muqaddas Vatan bilib, uni yanada obod qiladigan, gullab-yashnatadigan kelgusi nasllarning ham mangu tilagi bo’lib qolajak.


Download 3,34 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish