Buxoro Davlat Universiteti Fizika-Matematika fakulteti 1-kurs Fizika (yo’nalishlar bo’yicha) magistri Abidov Hikmatning Magnitooptika fanidan bajargan taqdimoti



Download 125,55 Kb.
bet4/7
Sana14.07.2022
Hajmi125,55 Kb.
#799309
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
MO-AHX

Ferromagnetikni qizdirish va silkitish ham magnitsizlashga yordam beradi. Kyuri nuqtasiga teng bo‘lgan temperaturada issiqlik harakati domenlarning o‘zidagi atomlar joylashuvini buzadi, buning natijasida ferromegnetik paramagnetikka aylanadi. O‘zaro almashinuv kuchlari ta’sirida ba’zi moddalarda juftjuft atomlardagi elektronlarning xususiy magnit momentlari antiparallel joylashib qoladi (200- rasm). Bunday moddalar a n t i f e r r o m a g n e t i k l a r deb ataladi.

Antiferromagnetiklarning kristall panjarasi bir-birining orasiga kirgan ikkita panjaraning yig‘indisidan tarkib topgan, deb tasavvur qilish mumkin. Har bir panjarada spinlar o‘zaro parallel joylashgan, lekin bir panjaradagi spinlar ikkinchi panjaradagi spinlarga qaramaqarshi yo‘nalgan bo‘ladi. Ikkala panjara bir xil ionlardan tarkib topgan. Shuning uchun panjaralarning magnit momentlari bir xil kattalikda bo‘lib, tashqi magnit maydon bo‘lmaganda antiferromagnetikning magnitlanishi nolga teng bo‘ladi. Tashqi maydon ta’sirida bir qism spinlar o‘z yo‘nalishini o‘zgartiradi va antiferromagnetik magnitlanib qoladi.

4. Ferrimagnetizm haqida tushuncha. Agar panjaralarning magnit momentlari bir-biriga teng bo‘lmasa, bunday ferromagnetiklarda natijaviy magnitlanish noldan farqli bo‘ladi. Bunday xossaga yarimo‘tkazgichli ferromagnetiklar ega bo‘lib, ularni f e r r i m a g n e t i k l a r yoki f e r r i t l a r deyiladi. Antiferromagnetiklar uchun ham shunday temperature mavjudki, bu temperaturadan yuqori temperaturalarda spinlarning antiparallel joylashishi yo‘qoladi. Bu temperaturani a n t i f e r r o m a g n e t i k l a r u c h u n K y u r I n u q t a s i deb ataladi.

Ferromagnetiklarda qoldiq magnitlanish hosil qilish mumkinligi doimiy magnitlarni, ya’ni tashqi manbalardan elektr toki berib turmaganda ham atrofdagi fazoda magnit maydon hosil qila oladigan jismlarni yaratishga imkon beradi. Doimiy magnitlar qoldiq magnitlanishi va koersitiv kuchi katta bo‘lgan ferromagnetiklar („qattiq“ po‘latlar)dan yasaladi. Ferromagnetiklar texnikada keng ishlatiladi. Ulardan magnit ekranlar, tovushni magnit usulida yozib olish uchun lentalar, turli asbob va mexanizmlar (telefon, telegraf apparati, transformator, magnit krani) uchun elektromagnetik o‘zaklar tayyorlashda foydalaniladi. Quyida tovushning magnit usulida yozilishi bilan tanishib chiqamiz.


Download 125,55 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish