Buxoro davlat universiteti biologiya kafedrasi embriologiya va gistologiya



Download 3,5 Mb.
Pdf ko'rish
bet4/142
Sana31.12.2021
Hajmi3,5 Mb.
#242777
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   142
Bog'liq
embriologiya va gistologiya fanidan amaliy mashgulotlar -1

 
Sinov uchun savollar: 
1. Urug‗donlarning asosiy tuzilishini ayting. 
2. Sertoli hujayralarining ahamiyati qanday? 
3. Sut emizuvchilar urug‗don kanalining gistologik tuzilishini tushuntiring. 
4. Urug‗donlarning vazifasini ayting. 
          5. Jinsiy bezlar mohiyatini tushuntiring. 
 
 
 
 
 
 
 
 
 


2-mashg‘ulot 
Urug‘ hujayralari (spermatozoidlar) 
Mashgulotning  maqsadi:  Jinsiy  hujayralarning  tuzilishi  bilan  tanishish. 
Urug‗ hujayrasi morfologiyasi va fiziologiyasini o‗rganish. 
Kerakli  jihozlar:  mikroskoplar,  yoritgich  chiroqlar,  tayyor  gistologik 
preparatlar jamlanmasi, amaliyot darsi uchun uslubiy  qo‗llanmalar, amaliyot darsi 
uchun daftarlar, oddiy qalamlar va ruchkalar. 
Erkaklik  jinsiy  hujayralari    o‗ziga  xos  tuzilgan,  juda  mayda  va  harakatchan 
hujayralardir.  Barcha  hujayralar  kabi  spermatozoidning  ham  yadrosi,  odatdagi 
organoidlari  bilan  sitoplazmasi  bo‗ladi.  Sitoplazmaning  differensiallanishi  uning 
harakat qilishiga sabab bo‗ladi. 
  Spermatozoidlarni  ilk  bor  1677  yilda  Leydenlik  talaba  Gamm,  Anton 
Levenguk bilan birgalikda o‗rganishgan. 
Har  bir  tur  hayvonning  ma‘lum  bir 
shakldagi  spermatozoidi  bo‗ladi.  qamchisimon  shakldagisi  ko‗p  uchraydi.  Faqat 
qisqichbaqasimonlarning,  ko‗pchilik  yumoloq  chuvalchanglar  va  yana  ba‘zi  bir 
hayvonlarning  pufaksimon  yoki  boshqacha,  ba‘zan  juda  g‗alati  shakldagi 
spermatozoidlari  bo‗ladi.  SHakllarining  juda  xilma-xilligiga  qaramay, 
qamchisimon  spermatozoidda  boshcha,  bo‗yincha,  o‗rta  qism  va  dumchalar 
farqqilinadi. 
Boshcha 
spermatozoidning 
oldingi 
qismini 
tashkil 
etib, 
sitoplazmaning  yupqa  qatlami  bilan  o‗ralgan  yadroga  ega  bo‗ladi.  Etilgan 
spermatozoidning  yadrosi  rengenografik  tadqiqotlarning  ko‗rsatishicha,  kristalik 
tuzilgan bo‗ladi. Bunga sabab DNK molekulasining parallel joylashishidir. YAdro 
juda  g‗uj  bo‗lganligi  tufayli  asosiy  yadro  buyoqlari  bilan  jadal  bo‗yaladi. 
Boshchada  akrosomasi  vakuolaga  kiritib  qo‗yilgan,  uncha  katta  bo‗lmagan  zich 
granulasi bor. 
Urug‗lanish  paytida  akrosoma  ishtiroki  bilan  akrosoma  ipi  hosil  bo‗ladi. 
Boshchaning  oldingi  qqismidagi  sitoplazma  spermatozoidning  tuxum  hujayrasi 
qobig‗i orqali kirishini osonlashtiradigan perforatoriy (teshik) hosil qiladi. 
O‗rta  qismining-o‗k  ipini  tashkil  etuvchi  fibril  boylamlari  bo‗ladi.  Elektron 
mikroskop  yordamida  bu    boylamlar  9  ta  (ba‘zan  18  ta)  chetki  va  2 ta  markaziy 


fibrillardan  tuzilganligi  aniqlanadi,  ya‘ni  kiprikchalarning  fibrilli  tuzilishiga 
o‗xshash  tuzilgan.  Fibrill  boylami  spiral  joylashgan  mitoxondriylar  bilan  o‗rab 
olingan. 
Dumcha  asosiy  va  so‗nggi  qismlardan  tuzilgan.  Dumchaning  butun  yoni 
bo‗ylab, o‗rta qismdagi kabi tuzilishdagi o‗q fibrilyar boylami cho‗zilgan, lekin bu 
erda u  so‗nggi  qismida  deyarli  yo‗qolib ketuvchi  sitoplazmatik  tolali qobiq bilan 
o‗ralgan. Odatda dumcha juda chuzilgan va uzunligi boshchadan bir necha marta 
ortiq  bo‗ladi.  Spermatozoidlar  boshchasi,  dumcha,  bo‗yinchasining  shakli  va 
kattaliklariga,  dumchadagi  sitoplazmaning  har  xil  differensiallanishiga  vanihoyat 
umumiy kattaligiga qarab har xil bo‗ladi. 
 
 

Download 3,5 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   142




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish