Sinov uchun savollar:
1. Spermatozoidlarning tuzilishi haqida gapiring.
2. Spermatozoidlarning hujayraviy tarkibi qanday?
3. Spermatozoidlar faolligi nima bilan aniqlanadi?
4. Spermatozoidlar o‗lchamlari va yashovchanligi anday?
3-mashg‘ulot
Spermatogenez
Mashg‘ulotning maqsadi: Spermatogenez jarayoni bilan tanishish.
Spermatogenez va uning davrlarini o‗rganish. Spermiogenez jarayonini o‗rganish.
Kerakli jihozlar: mikroskoplar, yoritgich chiroqlar, tayyor gistologik
preparatlar jamlanmasi, amaliyot darsi uchun uslubiy qo‗llanmalar, amaliyot darsi
uchun daftarlar, oddiy qalamlar va ruchkalar.
Spermatozoidlarning rivojlanish sikli spermatogenez (sperma-urug‗, genezis-
rivojlanish) deyiladi, tuxum hhujayralarining rivojlanishi ovogenez (ovum-tuxum)
deyiladi.
Jinsiy hujayralarning rivojlanishi ularning urug‗lanishga va embrionning
kelgusidagi rivojlanishga tayyorgarligi bilan tomomlanadigan murakkab
jarayondan iborat. Jinsiy hujayralarning urug‗lanishga tayyorgarligi ularning
o‗ziga xos tuzilganligi bilangina belgilanmaydi: bunda yadro moddasining
reduksiyasi muhim ahamiyatga ega bo‗lib yadro moddasi kamayadi.
Hujayralarning reduksion bo‗linishi jarayonida o‗sish davrida yadroning o‗zgarishi
bilan boshlanadigan va kam miqdorda yadro moddasi bo‗lgan hujayralarning hosil
bo‗lishi bilan tugallanadigan jarayonining hammasi meyozis (meiosic-kamayish,
reduksiya)
deb
ataladi.
Spermatogenez
birlamchi
jinsiy
hujayra
-
spermatogoniydan boshlanadi va 4 davrga bo‗linadi.
1. Ko‗payish. 2. O‗sish. 3. Yetilish. 4. SHakllanish
Spematogoniylar xromatini yirik, ancha jadal bo‗yalgan bo‗lakchalar holida
bir tekisda tarqalgan nisbatan katta yadroli odatdagi hujayralardir.
Ko‗payish
davrida spermatogoniylar mitotik yo‗l bilan jadal bo‗linadi. Bu ular miqdorining
birmuncha ortishiga olib keladi. Spermatogoniylarning bo‗linish soni turli
hayvonlarda turlicha bo‗ladi.
Ma‘lum tur uchun uning qanchalik doimiy bo‗lishini aytish qiyin, chunki bitta
birlamchi hujayra avlodini hisoblab chiqish hamma vaqt ham mumkin
bo‗lavermaydi. Agar dastlabki bitta spermatogoniyning hosilalari, masalan, ba‘zi
bir suyakli baliqlardagidek ayrim stadiyada rivojlansagina hisoblash oson bo‗lishi
mumkin.
Spermatogoniy qobiqlari oson o‗tkazuvchan bo‗ladi va ular orqali kiruvchi
oziq moddalar hujayralarning jadal bo‗linishi uchun energiya manbai bo‗lib xizmat
qiladi. Bir ancha ketma-ket mitotik bo‗linishlardan so‗ng o‗sish davri keladi, bu
davrda jinsiy hujayralar bo‗linmaydi. Shimiladigan oziq moddalar sitoplazma
tomonidan assimilyasiya qilinadi va hujayraning jadal o‗sish sabab bo‗ladi. Jinsiy
hujayralar birinchi tartib spermatositlar bo‗lib qoladi, o‗sish davrida ularning
yadrosida turli o‗zgarishlar ro‗y beradi. Bu o‗zgarishlar navbatdagi davrida sodir
bo‗ladigan reduksion bo‗linishga tayyorgarlik hisoblanadi. Yadro moddasining
kamayishiga tayrlanish mexanizmini askaridaning erkaklik jinsiy hujayralari
misolida tushuntiramiz. Ularda to‗rttadan xromosoma bo‘ladi. O‗sish davrida bu
xromosomalar juft-juft bo‘lib joylashadi, keyinchalik esa ulardan har biri xuddi
oddiy kariokinezday ikkiga ajralib ketadi. Buning natijasida xromosomli guruh
endi ikki xromosomadan emas, balki to‘rttadan tuziladi. Bu gruppalar tetrada
(tetra-4 ta) deb ataladi. Tetradalar soni ham dastlabki xromasomalar soniga
nisbatan ikki marta ozaygan va askaridada bayon etilayotgan hodisada ular 2 ta
bo‗ladi, ularning hosil bo‗lishi o‗sish davrining oxiriga kelib tugallanadi. Jinsiy
hayot sikli fasliy bo‗ladigan ayvonlarda o‗sish va yetilish davrlari orasida pauza
keladi, boshqa hayvonlarda erkaklik jinsiy hujayrasi uning o‗sishi tomomlanishi
bo‗linishi bilanoq etiladi. Yyetilish davri hujayraning ikki marta bo‗linishi bilan
xarakterlanadi. Birinchi bo‗linishda qiz hujayralarga har bir tetradadan juftdan
xromosomalar tarqaladi. Buning natijasida hosil bo‗luvchi hujayralar endi
tetradalar emas balki juft gruppalarni saqlaydi. Yyetilishning bu birinchi bo‗linishi
reduksion bo‗linish deyiladi, hosil bo‗luvchi qiz hujayralar esa ikkinchi tartib
spermatositlar deyiladi. Yyetilishning ikkinchi bo‘linishida ikkinchi tartib
spermatosit juftlar hosil qiluvchi ilgari ayrilib ketgan xromosomlarning yangidan
hosil bo‘luvchi hujayralariga tarqaladi. Bu bo‗linish ekvasion bo‗linish deb nom
olgan. Bunda hosil bo‘luvchi hujayralar spermatidalar deyiladi. Bo‗linish tartibi
har xildir: birinchisi ekvasion, ikkinchisi-reduksion bo‗lishi mumkin. Lekin u
holda ham yetilishdagi bo‗linishlar natijasida hujayralarning har birida 2 marta
kam xromosom bo‗ladi. Askaridada u 2 ga teng. SHunday qilib, yadro moddasi
yetilishning bo‗linishlaridan birida ayni reduksion bo‗linishida hujayra tanasi juft-
juft joylashgan xromosomalarning ajralmasdan tarqalishi bilan bir vaqtda
bo‗lingan uchun kamayadi. Yyetilishdan so‗ng rivojlanishning so‗nggi-to‗rtinchi
shakllanish davri keladi, bunda spermatida spermatozoidning murakkab shakliga
ega bo‗ladi. Yyetilishning ikkinchi bo‗linishi natijasida hosil bo‗lgan spermatida
tipik yumoloq hujayradir. YAdrosida struktura yaxshi ifodalangan sitoplazmada
esa shakllangan spermatozoidlarda kuchli o‗zgargan holda bo‗luvchi barcha
organoidlar bo‗ladi. Spermatida xiyla kichik hujayradir, chunki, u o‗sishini
yetilish davri boshlanguncha to‗xtagan birinchi tartib spermatositning 2 marta
bo‗linishi natijasida hosil bo‗lgandir. SHunga qaramasdan unda sitoplazmaning
nisbiy miqdori, undan hosil bo‗luvchi spermatozoiddagina nisbatan ko‗proqdir.
Hujayraning keyinchalik oldingi uchi bo‗lib qoladigan qismiga yadroning
ko‗chishi bilan spermatozoid shakllana boshlaydi. SHu bilan birga yadro, yadro
shirasining ajralib chiqishi tufayli quyulashadi va spermatozoidga xos bo‗lgan
boshcha shaklini oladi. Bu vaqtda ikkala sentriollar ularni o‗rab turuvchi tig‗iz
sferadan chiqib ketadi va hujayraning yadro ko‗chib o‗tuvchi tomoniga qarama-
qarshi qismida bo‗lib joylashadiki, ulardan bittasi ikkinchisiga nisbatan yadrodan
uzoqroqda bo‗lib qoladi. Birinchisidan hujayradan chiqib ketuvchi va dumning o‗q
ipiga aylanuvchi xivchin o‗sib chiqadi. Protoplazmaning sentriollar bilan
chegaralangan qismi buyinchani hosil qiladi. Sentriollar bilan yonma-yon
joylashgan ichki to‗rsimon apparat hujayraning oldingi qismiga ko‗chib o‗tadi va
akrosoma hosil bo‗lishida ishtirok etadi (5-rasm).
Spermatidlar organoidlarining qaytadan tuzilishi bilan parallel holda
sitoplazma yadrodan borgan sari ko‗proq ajraladi va o‗q ipi bo‗ylab sirg‗alib
tushadi. Sitoplazmaning ozroq qismi dumning uchida uncha katta bo‗lmagan
hoshiya shaklida qoladiki, ko‗p qismi hujayradan tamoman chiqib ketsa ham
yadroning quyuqlanishi davom etadi va hujayra g‗uj-g‗uj bo‗lib qoladi.
Barcha
bu qayta tuzilishlar natijasida qamchisimon spermatozoidlar shakllanadi, ular
shakllarining turli-tuman bo‗lishlariga spermatidlardan shakllanish jarayonidagi
ba‘zi bir tavofutlar sabab bo‗ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |