Buxoro davlat universiteti biologiya kafedrasi embriologiya va gistologiya



Download 3,5 Mb.
Pdf ko'rish
bet9/142
Sana31.12.2021
Hajmi3,5 Mb.
#242777
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   142
Bog'liq
embriologiya va gistologiya fanidan amaliy mashgulotlar -1

Sinov uchun savollar: 
1.Spermatogenez qanday davrlarga bo‗linadi? 
2.Spermatogenez davrlariga tavsif bering. 
3.Sprematozoid rivojlanishining 4 ta davri qanday ahamiyat kasb etadi? 
4.Ovogenez va spermatogenez jarayonlari orasidagi farqni ko‗rsating. 
 
4-mashgulot 
Urg’ochilik jinsiy bezlari (tuxumdonlar) 
 
Mashg’ulotning  maqsadi:  Jinsiy  bezlarning  tuzilishi  bilan  tanishish. 
Tuxumdonlarning morfologiyasi va fiziologiyasini o‘rganish. 
Kerakli  jihozlar:  mikroskoplar,  yoritgich  chiroqlar,  tayyor  gistologik 
preparatlar jamlanmasi, amaliyot darsi uchun uslubiy qo‘llanmalar, amaliyot darsi 
uchun daftarlar, oddiy qalamlar va ruchkalar. 
Urg‘ochilik jinsiy bezlari bir juft tuxumdondan iborat. 
Tuxumdoning  tuzilishi  tuxum  hujayralarining  oziqlanishi  bilan  chambarchas 
bog‘liq,  shuning  uchun  uni  qarab  chiqishda  bu  prosessni  ta‘minlaydigan 
moslanishlarga ham to‘xtab o‘tishga to‘g‘ri keladi. 
Ba‘zi 
bir 
hayvonlarda 
tuxum  osmotic  yo‘l  bilan,  lekin  boshqa  ko‘pchiligida  maxsus  hujayralar  orqali 
oziqlanadi.  Shunga  ko‘ra,  tuxum  oziqlanishining  ikkita  asosiy  yo‘li:  solitary  va 
alimentar yo‘llari farq qilinadi. Keyingisi o‘z navbatida nutrimentarli va follikularli 
uslullarga  ajraladi.  Nutrimentarli  usulda  oziqlantiruvchi  hujayralarni  pirovardida 
tuxum  hujayrasi  yutib  yuboradi.  Follikular  usulda  maxsus  follicular  hujayralar 
ayrim  ovositlar  yoki  to‘lasincha  tuxumdonlar  atrofida  epithelial  qoplamlar  hosil 
qiladi. Bir qator hayvonlarda, masalan hasharotlarda, follicular hujayralar ovositni 
to‘la  o‘rab  olmaydi,  balki  uning  sirtining  ma‘lum  joyi  bilangina  yondashadi:  ona 
organizmidan oziq moddalar oqib turadigan follikularli poyacha hosil bo‘ladi. 
Follikular  qoplam  sutemizuvchilarda  va  odamda  –  murakkab  rivojlanadi. 
Xotin  kishining  tuxumdoni  biriktiruvchi  to‘qimali  asosidan  –  stromadan  tuzilgan 
bo‘lib, bunda ichki-miyali qism va sirtiga yaqin joylashgan po‘stloqli qatlam farq 
qilinadi.  Bezning  hamma  joyi  tashqaridan  bir  qatlamli  boshlang‘ich  epiteliy  bilan 
qoplangan. Tuxumdonning rivojlanishi prosessida uning po‘stloq moddasi pflyuger 
xaltalari  deb  ataluvchi,  jinsiy  hujayralarning  guruhlari  ajraladi.  Har  bir  shunday 


xaltacha  yassi  follicular  hujayralardan  hosil  bo‘lgan  va  ichida  hali  bo‘linishini 
davom  ettirayotgan  bir  qancha  ovogoniylarning  ko‘payishi  to‘xtaydi,  ular  o‘sa 
boshlaydi va ovositlarga aylanadi. Ovositlar xaltalarda ayrilib ketadi va tuxumdon 
stromasida  erkin  yotadi.  Har  bir  ovosit  yassi  follicular  hujayralar  bilan  o‘rab 
olinadi, shuning natijasida birlamchi (primordial) follikula hosil bo‘ladi. Birlamchi 
follikular, odatda, bezning yuza qismlarida uya-uya bo‘lib joylashadi. 
Ko‘pgina  hayvonlarda  urg‘ochilik  jinsiy  hujayralari  uning  butun  hayoti 
davomida  ko‘payadi.  Ko‘pchilik  sut  emizuvchilarda  embrion  davridagina 
ko‘payib,  postembironal  davrda  esa  ular  rivojlanadi.  Biroq  ovositlarning  ozgina 
qismigina  tuxumga  aylanadi,  qolganlari  yetilib  ulgurmay  nobud  bo‘lib  ketadi. 
Yangi  tug‘ilgan  qiz  bolaning  tuxumdonida  50  mingdan  100  minggacha  ovositlar 
bo‘ladi,  ammo  taxminan  500  tasigina  yetiladi.  Ba‘zi  bir  sutemizuvchilarda 
ovogoniy  boshlang‘ich  epiteliydan  ona  qornidan  tashqaridagi  hayot  davrida  ham 
hosil  bo‘lishi  mumkin,  sichqonlar  va  kalamushlarda  esa  butun  hayot  davomida 
hosil bo‘ladi. Xotin  kishining jinsiy voyaga yetgan davrida birlamchi follikulalari 
rivojlanadi  va  ular  graaf  pufakchalariga  aylanadi.  Rivojlanish  follikular 
hujayralarning o‘zgarishi bilan boshlanadi, ular bo‘linadi va yassi hujayradan avval 
kubsimonga,  keyinchalik  esa  baland  prizmatikka  aylanadi.  Ularning  ko‘payishi 
natijasida  bir  qatlamli  epiteliy  ko‘p  qatlamli  bo‘lib  qoladi.  Bu  vaqtda  ovosit 
yaltiroq qobiq bilan o‘raladi va o‘sish davriga o‘tganligi uchun g‘oyat o‘sib ketadi. 
Ovosit  uni  o‘rab  turuvchi  follikular  epiteliy  bilan  birga  oddiygina  nom  bilan 
follikul  deb  ataladi.  Bu  nom  uning  to  yetilgan  follikulga  yoki  graaf  pufakchasiga 
aylanish  bosqichigacha  saqlanadi.  Follikular  epiteliy  o‘sa  boshlaydi,  shu  bilan 
birga hujayralarning bir qismi buziladi; buning natijasida suyuqlik bilan to‘ladigan 
teshiklar paydo bo‘ladi. Teshiklarning soni ortib boradi va dastlab katta bo‘lmagan 
teshiklar bitta umumiy katta bo‘shliqqa qo‘shilib ketadi. Guj follikul, odatda, ancha 
katta  bo‘ladigan  graaf  pufakchasiga  aylanadi.  Graaf  pufakchasining  devori  bir 
necha  qatlam  hujayralardan  tuzilgan.  Bu  devor  tuxum  joylashgan  joyda 
qalinlashadi  va  bo‘shliqda  tuxum  do‘mboqchasi  deb  ataladigan  kichikina  do‘ng 
hosil  qiladi.  Graaf  pufakchasi  sirtdan  biriktiruvchi  to‘qimali  qobiq  -  teka  bilan 


qoplangan.  Follikular  tuxumdonning  po‘stloq  moddasi  ichiga  bir  qancha  botib 
turadi, to‘la yetilgan graaf pufakchasi esa uning sirtiga yetib boradi.o‘zining tuxum 
do‘mboqchasi  bilan  graaf  pufakcha,  odatda,  boshlang‘ich  epiteliyga  qaragan 
bo‘ladi.  Ancha  kattaligi  sababli  graaf  pufakchasi  tuxumdonning  sirtiga  turtib 
chiqib turadi va oddiy ko‘z bilan ko‘rinadi. Mexanik sabablar natijasida pufakcha 
devori  g‘oyat  yupqalashadi  va  yoriladi.  Nurli  tojni  hosil  qiladigan  follikular 
hujayralar  qatlami  bilan  o‘rab  olingan  tuxum  hujayrasi  tuxumdondan  ushlanib 
bo‘shlig‘iga tushadi. Bu yerda u tuxum yo‘li voronkasida suriladi. Tuxum yo‘lida 
urug‘lanish yuz beradi. 

Download 3,5 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   142




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish