Ishdan maqsad. Yog‘ va retikulyar tóqima tuzilishini órganish.
Zarur jihozlar: Retikulyar, yog‘, pigment tóqimalar tuzilishi tasvirlangan
tablitsalar, doimiy mikroskopik preparatlar, mikroskop va atlas.
Ishni bajarish tartibi:
1-tajriba. Yog’ tóqima. Yog‘ tóqimalarining tuzilishini tablisa va slaydlar
orqali kórib chiqamiz, keyin esa mikroskopik tuzilishini órganamiz. Preparatda
yog‘ hujayralari yirik yumaloq shakldagi bóshliqlar holida kórinadi, chunki
preparatni tayyorlash jarayonida ulardagi yog‘ erib ketdi. Biroq bu hujayralar
doimo yumaloq shaklda ega emas. Agar yog‘ hujayralari juda zich joylashib yog‘
tóqimasini hosil qilgan bólsa, ularning shakli kóp qirrali bóladi. Yog‘ hujayra-
larining yadrolari ovalsimon, tóq binafsha rangli bólib, hujayraning chetki qismida
joylashadi. Preparatda yog‘ hujayralarining hammasida ham yadrosi kórinaver-
maydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |