Buxoro davlat universiteti biologiya kafedrasi embriologiya va gistologiya



Download 3,5 Mb.
Pdf ko'rish
bet12/142
Sana31.12.2021
Hajmi3,5 Mb.
#242777
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   142
Bog'liq
embriologiya va gistologiya fanidan amaliy mashgulotlar -1

Sinov uchun savollar: 
1.Tuxumdonning tuzilishi va vazifasi. 
2.Tuxumdon follikular siklini ta‘riflang. 
3.Tuxum hujayrasining oziqlanish xillari. 
          4.Ovulyasiya, sariqlik tananing hosil bo‘lishi va uning ahamiyati. 
 
 
 
 
 
 


5-MASHG‘ULOT 
Tuxum hujayrasining tuzilishi. 
Mashg‘ulotning  maqsadi:  Jinsiy  hujayralarning  tuzilishi  bilan  tanishish. 
Tuxum hujayrasi morfologiyasi va fiziologiyasini o‗rganish. 
Kerakli  jihozlar:  mikroskoplar,  yoritgich  chiroqlar,  tayyor  gistologik 
preparatlar jamlanmasi, amaliyot darsi uchun uslubiy qo‗llanmalar, amaliyot darsi 
uchun daftarlar, oddiy qalamlar va ruchkalar. 
Yetilgan urg‗ochi hayvonlar gametasi tuxum hujayra deyiladi. Tuxum hujayra 
urug‗lanishga 
va 
keyinchalik 
rivojlanishga 
maxsus 
differensiallashgan 
hujayralardir.  Ular  shaklining  deyarli  bir  xil  bo‗lishligi  bilan  xarakterlanadi. 
Ko‗pchilik hayvonlarda ular yumoloq, kamdan-kam ovalsimon yoki cho‗zinchoq, 
(ko‗p  hasharotlarda)  shaklda  bo‗ladi.  YAdro  odatda  tuxum  hujayrasi  shaklida  va 
yaqqol  ifodalangan  strukturali  bo‗ladi.  Tuxumda  ko‗p  midorda  sitoplazma  bo‗lib, 
bu  barcha  hujayralarda  umumiy  bo‗lgan  organoidlardan  tashqari,  maxsus  oqsilli 
kiritma-sariqlik saqlaydi. Bu esa murtak rivojlanishida muhim ahamiyatga ega. 
Tuxum hujayralarida goh ko‗proq goh ozroq miqdorda sariqlik bo‗ladi. Ba‘zi 
hayvonlarning  tuxum  hujayralarida  sariqlik  bo‗lmasligi  ham  mumkin.  SHunga 
ko‗ra  tuxum  hujayralar  o‗lchami  tez-tez  o‗zgarib  turadi.  Masalan,  amfibiyalar, 
reptiliyalar  va  qushlar  tuxum  hujayralarida  sariqlikning  ko‗p  miqdorda  bo‗lishi 
tuxumlarning  bir  muncha  katta  bo‗lishiga  sabab  bo‗ladi.  Parazit  pardaqanotlilar 
tuxum hujayrasi o‗lchami 7 mkm ni tashkil etsa, seldsimon akulalar tuxumi 22 sm 
ga,  xonaki  tovuq  tuxumi  o‗lchami  esa  3,5  sm  ga  teng.  Ayollar  tuxum  hujayrasi 
o‗lchami 135 mkm, baqa va gidra tuxum 1,5-2 mm, boshoyoqli molyuskalarning 
tuxumi  10-15  mkm,  o‗rdakburunniki-4  mm;  sichqonniki  60  mkmni  tashkil  etadi. 
Biroq,  ular  hatto  juda  kichik  bo‗lganida  ham  xuddi  o‗sha  tur  hayvonning 
spermatozoidlaridan har doim yirikdir. O‗lchamlarning bunday farqqilishiga tuxum 
hujayrasida ko‗p miqdorda bo‗luvchi sitoplazma sabab bo‗ladi. 
Ancha  kattaligi va sariqligi bor bo‗lmaganligi sababli tuxum deyarli har doim 
harakatlanmaydigan 
hujayralar 
hisoblanadi. 
Faqat 
kovakichililarda 
va 
bulutlardagina u harakat qila oladi. 
Tuxumlarning  tuzilishi  ulardagi  sariqlik 
miqdori  bilan  belgilanadi.  Sariqlik  miqdoriga  va  uning  sitoplazmada  tarqalishiga 


qarab  tuxumlar  sariqliksiz  (alesital);  sariqligi  kam  (oligolisetal)  va  sariqligi  ko‗p 
(polilesital)  turlarga  bo‗linadi.  Sariqligi  kam  hujayralar  o‗z  navbatida  birlamchi 
(tuban  xordalilar,  masalan,  lansetnikda)  va  ikkilamchiga  (sut  emizuvchilar  va 
odamda) 
bo‗linadi. 
Sitoplazmadagi 
sariqlikning 
miqdori 
to‗g‗ridan 
to‗g‗rihayvonning  rivojlanish  sharoitiga  (ichki  muhitda  yoki  tashqi  muhitda)  va 
tashqi muhitdagi rivojlanish davomiyligiga boliq bo‗ladi. 
Tuxum hujayrada sariqlikning joylashishiga ko‗ra izolesital yoki gomolisetal 
(sariligi  kam  bo‗lgan  tuxumlarda  sariqlik  bir  tekisda  joylashgan)  tuxumlarga 
bo‗linadi.  Ko‗pchilik  polilesital  hujayralarda  sariqlik  tuxumning  bitta  qutbida 
(vegetativ) joylashib, sitoplazma va orgonoidlar boshqa (animal) qutbida joylashsa 
bunday  tuxumlarga  telolisetal  tuxumlar  deyiladi.  Agar  sariqlik  tuxumning 
markazida  joylashgan  bo‗lsa,  bunga  sentrolisetal  tuxum  hujayrasi  deyiladi.  O‗z 
navbatida  telolisetal  (amfibiyalarda)  va  mezolisetalga  (sudralib  yuruvchilar  va 
qushlarda) bo‗linadi. (1-rasm). 
 

Download 3,5 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   142




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish