Buxoro davlat universiteti biologiya kafedrasi embriologiya va gistologiya



Download 3,5 Mb.
Pdf ko'rish
bet20/142
Sana31.12.2021
Hajmi3,5 Mb.
#242777
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   142
Bog'liq
embriologiya va gistologiya fanidan amaliy mashgulotlar -1

Sinov uchun savollar: 
1.Ovogenez qanday davrlarga bo‗linadi.  
2.Ovogenezning har bir davri qanday xarakterlanadi ? 
3.Ovulyasiya nima? 
 
 
 
 


7-mashg‘ulot  
Otalanish 
Mashg‘ulotning  maqsadi:  Otalanish  jarayoni  bilan  tanishish.  Urug‗lanish 
xillarini o‗rganish. Urug‗lanish morfologiyasi bilan tanishish. 
Kerakli  jiozlar:  mikroskoplar,  yoritgich  chiroqlar,  tayyor  gistologik 
preparatlar jamlanmasi, amaliyot darsi uchun uslubiy  qo‘llanmalar, amaliyot darsi 
uchun daftarlar, oddiy qalamlar va ruchkalar. 
  Jinsiy hujayralar - ona organizmidami yoki undan tashqaridami qo‗shilishiga 
qarab urug‗lanish ikki xil bo‗ladi: 
1.  Tashqi. 2. Ichki. 
Tashqi  urug‗lanishda  jinsiy  hujayralar  suv  muhitida  qo‗shiladi.  Ichki 
urug‗lanishda  esa  spermatozoid  tuxum  bilan  urg‗ochining  namlangan  jinsiy 
yo‗llarida  qo‗shiladi. Birinchi holda embrionning rivojlanishi hamma vaqt suvda, 
ikkinchisida - ona organizmining ichida yoki undan tashqarida bo‗ladi. Bu tuxum 
qo‗yuvchi  hayvonlarga  xos  bo‗ladi.  Urug‗lanishning  muvaffaqiyatli  chiqishini 
belgilovchi asosiy sharoitlardan biri qo‗shilishga tayyorgarlik yoki boshqacha qilib 
aytganda  jinsiy  hujayralarning  etilganligidir.  Spermatozoidlar  yetilish  va 
shakllanish  jarayonlarini  to‗la  tamomlagandan  keyin  urug‗lanishga  qobiliyatli 
bo‗ladi va qobiliyatini ular qaysi turga mansubligiga va qaysi sharoitda bo‗lishiga 
qarab turli vaqt mobaynida saqlaydi.  Tuxum  hujayrasining  spermatozoid  bilan 
qo‗shilishiga  tayyorgarligi  yo‗llovchi  tanachalarning  ajralib  chiqishi  bilan 
aniqlanadi. Ba‘zi hollarda, masalan dengiz kirpisida, spermatozoid tuxumga ikkala 
yo‗llovchi  tanachalar  ajralib  chiqqandan  so‗ng  kiradi.  Askaridada,  shuningdek 
odamda  bunday  tanachalar  tuxum  spematozoid  bilan  yaqinlashganda  ajralib 
chiqadi.  Biroq  spermatozoid  yetilishning  yoki  birinchi  bo‗linish  (sut 
emizuvchilarda) yoki ikkinchi bo‗linishi (lansetniklarda) bosqichida bo‗lgan tuxum 
hujayrasiga kiradigan hayvonlar ham bor.  Tuxum  spermatozoid  bilan  jinsiy 
hujayralar  tuzilishiga  ham,  ularning  fiziologik  xossalariga  ham  taalluqli  bo‗lgan 
xiyla murakkab moslanishlar bilan qo‗shiladi. Bu moslanishlar juda xilma-xildir va 
organizmning  barcha  oldingi  evolyusiyasi  bilan  bog‗liqdir.  Masalan,  miya 
qobiqlari  bilan  qoplangan  xasharotlarda  akula  tuxumlarida  spermatozoid  o‗tishi 


uchun  maxsus  teshikcha  -  mikropile  bo‗ladi.  Ninatanlilarni  tuxumlarining  qobiq 
studenli  (quyuqlashib  qotib  qolgan)  moddali  bo‗ladi.  Bu  orqali  spermatazoid 
istagan  nuqtadan  ichkariga  kira  olishi  mumkin.  Urug‗lanmagan  tuxum  bilan 
yaqinlashgan  vaqtda  spermatazoidda  akrosoma  joylashgan  vakuolaning  devori 
yoriladi  va  ingichka akrosomali ip  chiqadi.  Akrosomli ipning uzunligi tuxumning 
studenli  qobiqning  qalinligiga  to‗ri  keladi.  Akrosomli  ipning  tuxumning  yuzasi 
bilan yondoshgan joyida bu ip atrofida urug‗lanish bo‗rtmachasi hosil bo‗ladi va ip 
spermatozoid boshchasining oldingi qismi sifatida tuxum ichiga kiradi. Akrosomda 
o‗zgarishlar  kuzatiladi.  Akrosomli  ipning  roli  to‗la  aniq  emas:  aktiv  harakatini 
to‗xtatgandan  keyin  spermatozoidning  tuxum  ichiga  siljishi  akrosomli  ip  bilan 
bog‗liq  emas.  Ehtimol  u  tuxum  qobiqni  eritib  yuboradigan  modda  saqlashi 
mumkin. 
Mikropilening va ehtimol urug‗lanish bo‗rtmachasining hosil bo‗lishi 
bilan spermatozoidning tuxum hujayrasiga kirishi osonlashadi. Ular uchrashganda 
esa  spermatozoidlar  aylanma  harakat  qiladi,  bu  taksis  hodisasiga  sabab  bo‗ladi. 
 
Tajriba  ko‗pgina  hayvonlarda  tuxum  hujayrasi  spermatozoidlarga  ijobiy 
xemotaksis  ta‘sir  etadigan  almashinuv  maxsulotlarini  ajratib  chiqarishini 
ko‗rsatadi.  Bir  muncha  vaqt  urug‗lanmagan  tuxumlar  turgan  suvlar  ham  bunday 
xossaga  ega  bo‗ladi.  Ko‗pgina  hayvonlarda  spermatozoidlarning  tuxum  hujayrasi 
tomonga  harakati  tigmotaksis  ta‘sirida  yuz  beradi.  Lekin  urug‗lanishning  yaxshi 
bo‗lishi  jinsiy  hujayralarning  moslanishi  bilangina  belgilanmaydi,  u  shuningdek, 
xususan  tashqi  urug‗lanishda  (baliqlarda,  amfibiyalarda)  muhit  sharoitiga  ham 
bog‗liq bo‗ladi. Muayyan konsentrasiyadagi tuzlar (NaCl, KCL, SaCL
2
, MgCL
2
...) 
va  gidroksil  ionlar  bo‗lgan  suyuq  muhit  urug‗lanishning  zarur  sharoiti  bo‗lib 
hisoblanadi.  Kislotali  muhitda  urug‗lanish  sodir  bo‗lmaydi.  Biroq,  ikkinchi 
tomondan, kuchli, ishoriy reaksiyalarda, garchi jinsiy hujayralar qo‗shilsada zigota 
rivojlanmaydi. Muhit reaksiyasi bir oz ishqoriy bo‗lishi kerak. 

Download 3,5 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   142




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish