Buxoro davlat universiteti biologiya kafedrasi embriologiya va gistologiya



Download 3,5 Mb.
Pdf ko'rish
bet104/142
Sana31.12.2021
Hajmi3,5 Mb.
#242777
1   ...   100   101   102   103   104   105   106   107   ...   142
Bog'liq
embriologiya va gistologiya fanidan amaliy mashgulotlar -1

Nazorat uchun savollar: 
1.  Limfa nima? 
2.  Limfaning tarkibi. 
3.  Qon plazmasidan limfa tarkibi qanday farq qiladi? 
4.  Limfaning vazifasi nimadan iborat? 
5.  Organizmning qaysi qismlarida limfa tugunlari joylashgan? 
 
26-Limfa tuguni va kapilyarining tuzilishi. 
 


14-mashg'ulot. Mavzu: Maxsus xususiyatga ega bólgan biriktiruvchi 
tóqimalar. 
Nazariy tushuncha. Maxsus xususiyatga ega bólgan biriktiruvchi tóqimalar-
retikulyar tóqima, yog‘ tóqimasi, shilliq tóqima va pigment tóqima farqlanadi.Yog’ 
tóqimasi.  Yog‘  hujayralari  biriktiruvchi  tóqimaning  ma‘lum  qismlarida  tóplanib, 
uning  tóqimasini  hosil  qiladi.  Yog‘  hujayralari  biriktiruvchi  tóqimaning  kambial 
elementlaridan,  retikulyar,  gistiotsit  hujayralaridan  hosil  bólishi  mumkin.  Bu 
hujayralar  sitoplazmasida  yig‘ilgan  mayda-mayda  yog‘  tomchilari  yiriu 
tomchilarni  hosil  qiladi.  Sitoplazma  organellalari  va  yadro  chetga  surilib,  yog‘ 
hujayrasi  sharsimon  formani  oladi.  Maxsus  bóyovchi  moddalar  (sudan-III  va 
boshqalar)  yog‘ni  bóyasa,  spirt  uni  eritadi.  Gematoksilin-eozin  bilan  bóyalgan 
preparatlarda yog‘ hujayralari oqish bólib kórinadi. 
 Ikki  xil  yog‘  tóqimasi  farqlanadi:  1.  oq  va  2.  qóng‘ir.  Oq  yog‘  tóqimasi 
hujayralari yog‘ tóqimasining asosini tashkil etadi. Qóng‘ir yog‘ tóqimasi odatda 
ilk  yoshlik  davrida  (kuraklar  atrofida  va  tananing  yon  tarafida)  uchraydi. 
Kemiruvchilarda va qishda uyquga ketuvchi sutemizuvchilarda u kóproq. Qóng‘ir 
yog‘  tóqimasi  hujayralari  sitoplazmasida  mayda  yog‘  tomchilari  bóladi.  Mayda 
yog‘  tomchilari  orasida  donador  sitoplazmatik  tór,  plastinkasimon  Golji  tóplami, 
kóp  miqdorda  mitoxondriya  va  glikogen  kiritmalari  joylashgan.  Yog‘ 
hujayralaridagi  sitoxromlar  yog‘  tóqimasiga  qóng‘ir  tus  beradi.  Yog‘ 
hujayralaridagi yog‘ tóplamlari energetik manba hisoblanadi. 100 g yog‘ yonganda 
energiyadan tashqari 107,1 gr suv ajraladi. Shunday qilib, suv  etishmaganda yog‘ 
suv manbai bólib ham xizmat qiladi. 
Metabolik  jarayonda  qóng‘ir  yog‘  tóqimasi  alohida  órin  tutadi.  Uning 
metabolik  aktivligi  oq  yog‘  tóqimasiga  nisbatan  20  marta  yuqori.  Organizm 
soviganda 
qóng‘ir 
yog‘ 
tóqimasi 
mitoxondriyalarida 
fosforlanishning 
oksidlanishdan  ajralishi  natijasida  issiqlik  energiyasi  ajralib,  u  organizmni  isitadi. 
Yog‘  tóqimasi  mexanik  funksiyani  ham  bajarib,  organizxmni  turli  ta‘sirlardan 
saqlaydi (masalan, teri osti yog‘ klnchatkasi). 
Retikulyar  tóqima-retikulyar  hujayra  va  retikulin  tolalardan  tashkil  topgan. 


Retikulyar  hujayralar  ósiqlari  bilan  birlashib,  tórsimon  (retikulin)  tuzilmani  hosil 
qiladi.  Bu  tóqimalar  organizmning  turli  qismlarida  uchraydi.  Bu  tóqima  suyak 
kómigi,  limfa  tuguni  va  taloqning  stromasini  tashkil  qiladi.  Retikulyar  tóqimani 
ichak  shilliq  qavatida,  buyrakda  va  boshqa  organlarda  ham  uchratish  mumkin. 
Uning  asosiy  vazifalaridan  biri  qon  shaklli  elementlari  ishlab  chiqishida  ishtirok 
etishdir.Bu  tóqima  hosil  qilgan  qovuzloqlarda  rivojlanayotgan  qon  shaklli 
elementlarining turli hujayralarini uchratish mumkin. Retikulyar tóqimaning ba‘zi 
hujayralari  tórdan  ajrab,  erkin  retikulyar  hujayralarni  hosil  qiladi.  Retikulyar 
hujayralar fagotsitoz qilish qobiliyatiga ega. 
Taloq  va  limfa  tugunining  retikulyar  tóqimasidan  qon  va  limfa  doimo  ótib 
turadi.  Shuning  uchun  bu  azolarning  retikulyar  hujayralari  yot  oqsil  bilan 
tóqnashadi,  uni  yutadi  va  shu  oqsilga  (antigenga)  nisbatan  óta  sezgir  bólgan 
makrofaglarga  aylanadi.  Pigment  tóqimasi.  Bu  tóqima  kóp  miqdorda  pigment 
hujayralarini    (melanositlarni)  saqlaydi.  Bu  tóqima-sórg‘ich  sohasida  terining 
ayrim joylarida qózning qon tomir va rangdor pardalarida uchraydi. 

Download 3,5 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   100   101   102   103   104   105   106   107   ...   142




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish