Qarorlar qabul qilish tizimi (QQQT) shunisi bilan ajralib turadiki, EHMda ishlab chikilgan qaror varianti bajarish uchun qabul qilinadi. Ayni paytda ishlab chiqarish tizimi (texnologik jarayonlarni boshqarishning avtomatlashtirilgai tizimi dispetcher boshqaruvi tizimi) EHM qabul kilgan qarorlar ijrosini tegishli ijro mexanizmlari orqali avtomatik ravishda amalga oshiradi.
Ekspert tizimlari – ET (intellektual komponentli axborot tizimi) EHMda ma’lumotlar bazasidan tashqari yana ikkita – bilim-lar va maqsadlar bazasi mavjudligi bilan ajralib turadi. Ma’lu-motlar bazalari (MB) boshqaruv tizimi va ob’ektining miqdoriy formal tavsifiga ega; bilimlar bazasi (BB) tashqi muhit haqidagi noformal semantik tasavvurlar, ob’ektlarning ayrim sifat tavsifini, ular orasidagi munosabatlar, mumkin bo‘lgan harakatlar, holatlar, abstraksiyalar, streotiplar bayonini saqlaydi. Maqsadlar bazasi modellashtiriladigan ob’ektlar uchun xos bo‘lgan o‘zaro bog‘liq maqsadlar, kenja maqsadlar, ularga yetishish uslublari va vositalari tuttsheidagi tasavvurga ega. Bunday tizimlar ijodiy, ilmiy-tadqiqot, loyihalashtirish, boshqarish jarayonlarida juda dolzarb.
Ekspert tizimlari inson faoliyatining aniq turlari bo‘yicha mutaxassis-lar tajribasi va bilimini to‘plash, boyitish, rivojlantirish imkonini beradi.
11.Avtomatlashtirilgan ofis tizimi
Avtomatlashtirilgan ofis tizimi (Office Information Systems – OIS) firma boshqaruvining barcha darajadagi menejerlari uchun faqat xodimlar ichki firma aloqasini qo‘llab-quvvatlash uchungina emas, balki ularga tashqi muhit bilan yangi kommunikatsiya vositalarini taqdim etishi jixatdan ham diqqatni o‘ziga tortadi. Avtomatlashtirilgan ofisning axborot texnologiyasi kommunikatsiya jarayonlarini ham tashkilot ichida, ham tashqi muhit bilan axborot uzatish va u bilan ishlashning kompyuter tarmoqlari va zamonaviy vositalar negizida tashkil etish va qo‘llab quvvatlashdir. Hozirgi paytda ofisni avtomatlashtirish texnologiyasini ta’minlovchi kompyuter va nokompyuter texnik vositalar uchun bir necha unlab dasturiy mahsulotlar ma’lum: matnli protsessor, jadvalli protsessor, elektron pochta, elektron kalendar, audiopochta, kompyuterli va telekonferensiyalar, shuningdek boshqaruv faoliyatining maxsus dasturlari kiradi. OIS ning funksional tuzilishi quyidagicha bo‘ladi:
OIS ning quyi tizimlari quyidagicha bo‘ladi:
Shunday kilib OIS – bu korxonani zamonaviy kompyuter tarmoklari, axborotlarni uzatish va axborotlar bilan ishlash kommunikatsiya jarayonlarini ichki va tashqi muhitlar uchun tashkillashtirish va uni qo‘llab-quvvatlash tizimidir.
Avvaldan ofisni avtomatlashtirish texnologiyasi dastlab ishlab chiqarishda, sung ofisda paydo bo’lgan. Ofisni avtomatlashtirish texnologiyasi, ananaviy texno-logiyani almashtirish emas, balki uni takomillashtirish bilan harakterlanadi. Ofisni avtomatlashtirish axborot texnologiyasi - bu kompyuter tarmoklari va boshka zamonaviy axborotlarni qayta ishlash va uzatish vositalari yordamida ichki va tashki muhit orasida kommunikatsiya jarayonlarini tashkil etish texnologiyasidir
Bu texnologiya asosan Boshqaruvchilar, mutaxassislar va kotiblar orasidagi alokani avtomatlashtirish va muammolarni uzaro xal etish uchun muljallangan.
6.1-rasm. Ofisni avtomatlashtirish axborot texnologiyalari asosiy komponentlari
Do'stlaringiz bilan baham: |