II.2. Yangi O’zbekiston - Uchinchi renesans davri
Bugungi kunda butun xalqimizning qalbidan chuqur joy olgan,umummilliy harakatdan aylanib borayotgan “Yangi O’zbekiston”g’oyasi zamirida ajdodlarimiz ulug’ ajdodlarimiz,umuman olganda, milliy tariximizda birinchi va ikkinchi uyg’onish davrlariga asos solgan alloma bobolarimizning orzu intilishlari va armonlari ham mujassam, desak adashmagan bo’lamiz.
Ta’kidlash kerakki,Yangi O’zbekistonni barpo etish-bu shunchaki xohish-istak,sub’ektiv hodisa emas,balki tub tarixiy asoslarga ega bo’lgan,mamlakatimizdagi mavjud siyosiy-huquqiy,ijtimoiy-iqtisodiy,ma’naviy-ma’rifiy vaziyatning o’zi taqazo etayotgan,xalqimizning asriy intilishlariga mos,uning milliy manfaatlariga to’la javob beradigan obyektiv zaruratdir.Yangi O’zbekiston-demokratiya,inson huquq va erkinliklari borasida umume’tirof etilgan norma prinsiplarga qat’iy amal qilgan holda,jahon hamjamiyati bilan do’stona hamkorlik tamoyillari asosida rivojlanadigan,pirovard maqsadi xalqimiz uchun erkin,obod va farovon hayot yaratib berishdan iborat bo’lgan davlatdir.Bugungi kunda biz erishgan eng muhim natija ham aslida shu-demokratik islohatlarimiz ortga qaytmaydigan tus oldi.Bugungi odamlar uyg’onmoqda,jamiyat uyg’onmoqda.Ma’naviy uyg’oq jamiyat –bu hech shubhasiz,qudratli kuchdir.Shuning uchun bugungi O’zbekiston-kechagi O’zbekiston emas,bugungi xalqimiz ham kechagi xalq emas.Yangi O’zbekiston- bu avvalo,yangicha iqtisodiy munosabatlar,yangicha iqtisodiy dunyoqarash demakdir.Shu bois mamlakatimiz iqtisodiy tizimi to’liq qayta qurilmoqda,qanchalik og’ir bo’lmasin,bozor mexanizmlarini amalda joriy etishni boshladik. O’tgan tarixan qisqa davrda yurtimizning Markaziy Osiyo mintaqasi va jahon miqyosidagi siyosiy o’rni va nufuzi keskin oshdi. O’zbekistonga keyinga yillarda inson huquqlari himoyasi,so’z erkinligini ta’minlash yo’lida amalga oshirilayotgan islohotlar Yevropa mamlakatlari va xalqaro tashkilotlar tomonidan yuqori baholanmoqda.Mamlakatimiz keying yillarda chuqur o’ylangan,o’zaro manfaatli va amaliy ruhdagi tashqi siyosat yuritish,xorijiy davlatlar bilan do’stona hamda o’zaro manfaatli munosabatlarni rivojlantirish borasida muhim natijalarga erishmoqda.Bu jarayonda,ayniqsa,Yevropaning bir qator davlatlari bilan o’zaro manfaatli hamkorlik sezilarli darajada mustahkamlandi.Mamlakatimizda xalqaro turizmni rivojlantirish tobora jadal rivojlanmoqda.O’zbekistonning bu sohadagi tashabbuslarini Jahon sayyohlik tashkiloti ijobiy darajada qo’llab-quvvatlanmoqda.
O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 23-buruhida tarbiyalash konsepsiyasi ishlab chiqildi.Ushbu konsepsiyaning II bobida belgilab berilganidek,bugunning yoshlarida jaamiyatning turli tarmoqlari,ayniqsa,harbiy soha bilan aloqador bo’lgan davlat xizmati turlarida faollik ko’rsatish,tinch va harbiy sharoitda Konstitutsiya va harbiy burchga sadoqatlibo’lish ularda o’z yurti va xalq taqdiri uchun yuksak mas’uliyat va javobgarlik kabi muhim xususiyatlar mujassam deya ishonch bilan ayta olamiz.Zero,O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 27-dekabr kuni Muhammad al-Xorazmiy nomidagi maktabda yoshlar bilan uchrashuvda”Yangi O’zbekistonni,albatta,yoshlar bilan birga quramiz”-degan ta’kidlari bejiz emas.Bularning bosh sababi faqat bitta yoshlarni bilimli qilish,yurtni birinchilar qatoriga olib chiqishdan iboratdir.
Xulosa.
Biz yoshlar Vatan kelajagi uchun mustahkam poydevor bo’ladigan munosib farzand bo’lishimiz, oldimizga qo’ygan ezgu maqsadlarimiz sari mardonovar qadam tashlashimiz,ulug’ ajdodlarimiz merosini chuqur o’rganmog’imiz,yurtimizda sodir bo’layotgan jarayonlarga daxldorlik hissi bilan yashashimiz, eng muhimi,istiqlolni jon-u tan bilan asromog’imiz kerak.Ishonchim komilki,ana shunday noyob insoniy fazilatlarga ega,yuksak ma’naviyatli,qorachig’i g’ayrat va shijoatga to’la farzandlari bor xalq hech kimga qaram bo’lmaydi.
Zero,Prezidentimiz aytganlaridek:”Hech shubhasiz,o’z kuchimiz va imkoniyatlarimizga bo’lgan ishonch bizni 3-renessans poydevorini yaratishdek ezgu maqsad yo’lida birlashtirib,yanada kuchlu qilmoqda.Bu ishlar ulkan amaliy ishlarga aylanib,buyuk xalq harakati tobora kengayib bormoqda.Bunday qudratli safda bo’lishning o’zi kata baxt va sharafdir.
Do'stlaringiz bilan baham: |