I.2.O’zbekiston Respublikasining davlat tuzulishi va boshqaruv shakli.
O’zbekiston o’zining davlat shaklini aniqlashda respublikamizning o’ziga xos sharoitlari tarixiy a’nanalarini milliy mentaliteti, ya’ni xalqimizning fikr yuritish jamiyat hayotini anglash va talqin qilish sohasidagi hamda davlat qurilishi borasidagi jahon amaliyoti yutuqlari inobatga olinish, davlat tuzilishining Respublikasiga davlat tuzilishining unitar shakli xosdir. Biroq, O’zbekiston davlati tuzilishi o’ziga xos xususiyatlarga ham ega. Uning tuzilishi tarkibida Qoraqalpog’iston Respublikasi ham mavjud. O’zbekiston yagona hudud, yagona oila davlat, hokimiyatiga ega markazlashgan unitar davlatdir. Unitar davlatga Qozog’iston, Turkmaniston, Tojikiston, Qirg’iziston, Fransiya, Italiya va shu kabilar kiradi. O’zbekiston Respublikasi o’z ichki hududiy tuzilishiga ega. Konstitutsiyaning 68-moddasidagi qoidaga muofiq “O’zbekiston Respublikasi viloyatlar,tumanlar,shaharlar, shaharchalar,qishloqlar,shuningdek Qoraqalpog’iston Respublikasidan iborat”.O’zbekiston Respublikasi tarkibini Qoraqalpog’iston Respublikasi 12 ta viloyat 163 ta tuman , 119 ta shahar 115 ta shaharchalar tashkil etadi. O’zbekiston Respublikasining hududi 447,4 ming kv.km ni tashkil qiladi. Davlat hududi chegaralarini va davlat suvereniteti amal qilishini belgilovchi chiziq davlat chegarasi deb ataladi. O’zbekiston Respublikasi 5 mustaqil davlat – Qozog’iston, Qirg’iziston, Tojikiston, Turkmaniston, Afg’oniston davlatlari bilan chegaradosh. Davlatimiz chegaralarining umumiy uzunligi 6221 kilometrni tashkil etadi. Afg’oniston bilan chegara 137 km, Qozog’iston -2203 km, Qirg’iziston 1099 km,Tojikiston-1161 km,Turkmaniston bilan 1621 kmdan iborat. Har bir davlat o’z chegaralari doirasida joylashgan hududiga ega. O’zbekiston Respublikasining davlat mustaqilligi asoslari to’g’risidagi Qonunning 4-moddasiga ko’ra “ O’zbekiston Respublikasining davlat chegarasi va hududi daxlsiz va bo’linmas bo’lib uning xalqi o’z xoxish-irodasini erkin bildirmasdan turib o’zgartish mumkin emas”.Davlat chegarasi masalasida O’zbekiston izchil yo’ldan zamon siyosiy tamoyillariga monand yo’ldan bormoqda. O’zbekiston Respublikasi davlat boshqaruvi har qanday jamiyatning ehtiyojidir. Boshqaruvi ijtimoiy munosabatlarni tartibga solishga qaratilgan faoliyat hisoblanadi.Jamiyat maxsus boshqaruv tizimisiz mavjud bo’la olmaydi. Lekin davlatgina jamiyatning yaxlit boshqaruv tizimi bo’lib xizmat qila oladi.Davlat boshqaruvining samaradorligi uning hokimiyatga uyushqoqligi bilan kafolatlanadi.Davlat tomonidan amalga oshiriladigan boshqaruvni anglatgani uchun “Davlat boshqaruvi”deb atash mumkun.
Davlat boshqaruv organlari-qonun bilan belgilangan tartibda tashkil topgan va uning funksiyalari hamda vazifalarini amalga oshirish uchun davlat tomonidan vakolat berilgan, bu maqsadda davlat-hokimiyat vakolati bilan ta’minlangan va belgilangan tartibda ish ko’ruvchi fuqarolar guruhidir. Davlat boshqaruvi tizimi-ijro hokimiyatini amalga oshiruvchi idoralar tizimi ya’ni ijro etish va farmoyish berish faoliyatini amalga oshiruvchi organlar tizimidan iborat. Davlat boshqaruvi tizimining yuqoridagi tarmoq va yo’nalishlari O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va bir sohaga tegishli qonun hujjatlariga tayanib ish ko’radilar. hozirgi kunda eng ko’p tarqalgan. Prezidentlik boshqaruvi davlat boshqaruvi shakli hisoblanadi. Bular AQSH,Argentina,Braziliya, Meksika, Gonduras,Zambiya,Urugvay va boshqalardir.Prezdentlik Respublika boshqaruvi Prezidentga qat’iy dadil va jasurlik bilan faoliyat ko’rsatishi uchun imkon yaratadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |