2-MAVZU: MEXANIZM VA MASHINALARNING TUZILISH ASOSLARI.
REJA
Mexanizmlarning asosiy ta’riflari.
Kinematika juftliklar klassifikatsiyasi.
Mexanizmlrining turlari va ularni tuzilish sxemalari.
Mexanizm qattiq jismlar sistemasidir. Shu sababli mexanika eng sodda ko’rinishdan tortib anchagina murakkab va har xil tuzilishga ega bo’ladi. Mexanizmlarning amalga oshiradigan harakat turlari, ularni o’zgartirish usullari, erkinlik darajalarining soni kabi asosiy xususiyatlari ularning tuzilishi bilan belgilanadi. Mexanizmni hosil qilish, ya’ni uning alohida qismlarini yagona qismlarini sistemaga birlashtirish uchun bog’lamalar qo’llaniladi. Mexanizm tuzilishida bu bog’lamalarning to’g’ri taqsimlanish uning ishonchli ishlashiga katta ta’sir qiladi. Shu sababli loyihalashda ko’pgina turli tuman mexanizmlarda eng mosini tanlash zarur uning uchun esa dastavval zamonaviy mexanizmlarning asosiy turlarini ularning tuzilish xususiyatlarini hamda tuzilish qonuniyatlarini bilish zarur.
Mexanizmni tashkil qiladigan qattiq jinsli bo’g’inlar (zvenolar) deyiladi. Bunda mutlaqo qattiq jismlar ham deformasiyalanadigan egiluvchan jismlar ham ham nazarda tutiladi. Mexanizmlar nazariyasida suyuqlik va gazlar bo’g’inlar hisoblanmaydi. Bo’g’in yagona detaldan yoki bitta kinematik o’zgarmas sistemaga birlashtirilgan bir qancha detallardan iborat ish turiga ko’ra farq qiladi.
M: qo’zg’almas o’q atrofida aylanadigan bo’g’in krivoship deb, to’la aylanmaydigan koromislo deb, to’g’ri chiziqli ilgarilama harakatlanadigan polzun deb ataladi. Mexanizmning harakatlanmaydigan bo’g’ini qisqacha qilib stoyka deb ataladi.
Transport mashinalari, xususan uchish apparatlari uchun stoykaning qo’zg’almasligi tushunchasi shartlidir, negaki bu hollarda stoykaning o’zi harakatda bo’ladi.
Kinematik juftlik deb, ikkita o’zaro urinuvchi bo’g’inning qo’zg’aluvchan birikmasiga aytiladi. Har ikki bo’g’inning o’zaro urinuvchi yuzlari, chiziqlari va nuqtalari birgalikda juftlik elementlari deyiladi. Juftlik geometrik tarzda yoki kuch ta’sirida ta’sirida tutashtirilgan bo’lishi uchun juftlik geometrik tarzda kuch ta’sirida tutashtirilgan bo’lishi kerak.
Kinematik juftlik mashinalarning ishga yaroqligi va ishonchli ishlashini ko’p jihatdan ta’minlaydi. Chunki ular orqada bir bo’g’indan boshqasiga kuchlar uzatiladi. Nisbiy harakatda kinematik juftlarda ishqalanish vujudga keladi.
O’zaro kinematik juftlikni hosil qiluvchi bo’ginlar sistemasi kinematik zanjir deyiladi. Kinematik zanjir yopiq va ochiq ko’rinishda bo’ladi. Yopiq kinematik zanjirda har bir bo’g’in kamida ikkita kinematik juftlikka kiradi. Ochiq kinematik zanjirda esa faqat bitta kinematik juftlikka kiruvchi bo’g’inlar bo’ladi.
Kinematik zanjirlar atamasidan foydalanilgan holda mexanizmga shunday ta’rif berish mumkin:
Do'stlaringiz bilan baham: |