Buxoro davlat universiteti a. N. Murtazoyev texnik mexanika



Download 15,67 Mb.
bet5/111
Sana20.06.2022
Hajmi15,67 Mb.
#685513
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   111
Bog'liq
Aziz domlo 2

Mexanizm – tarkibiga qo’zg’almas bo’g’in (stoyka) kiruvchi va erkinlik darajalari soni zanjirning stoykaga nisbatan holatini belgilaydigan umumlashgan koordinatalar soniga teng bo’lgan kinematik zanjirdir.
Qo’zg’almas bo’g’in sxemada shtrixlar bilan tasvirlanadi. Mexanizmlarda kirish va chiqish bo’g’inlar bo’ladi. Mexanizm mo’ljallangan harakatini sodir qiluvchi bo’g’in chiqish bo’g’ini deyiladi. Kirish bo’g’ini shunday bo’g’inki unga beriladigan harakatni mexanizm chiqish bo’g’ining talab qilingan harakatiga aylantiradi. Kirish bo’g’inlarini soni odatda mexanizmining darajalari soniga ya’ni umumlashgan koordinatalar soniga teng bo’ladi, biroq teng bo’lmasligi ham mumkin.
Mexanizmni chizmada tasvirlashda uning tuzilish sxemasi va kinematik sxemasi bir biridan farq qiladi. Tuzilish sxemasida bo’g’in va juftliklarning shartli belgilari qo’llaniladi.
Kinematik sxemada kinemamtik hisoblash uchun zarur o’lchamlar ko’rsatiladi. Sxemalarda bo’g’inlar raqamlar bilan, juftliklar va bo’g’inlarning turli nuqtalari esa harflar bilan belgilanadi.
Kinematik juftliklar bo’g’inlarning o’zaro urinish tarzi bo’yicha farq qiladi. Agar bo’g’inlar elementlari faqat yuzalari orqali o’zaro urinsa, quyi juftlik deb, faqat chiziq yoli nuqta bo’yicha urinsa oily juftlik deyiladi. Bunda chiziq yoki nuqta orqali urinish dastlabki urinishi (bo’g’inlar kuch ta’sirisiz uringanida) deb ta’minlanadi. Oliy juftlikni hosil qiluvchi bo’g’inlar esa kuch ta’sirida urinish izi deb ataluvchi qandaydir haqiqiy yuzasi orqali urinadi.
Kinematik juftliklar bo’g’inlarining nisbiy harakatidagi erkinlik darajalarini soni H bo’yicha hamda bir bo’g’inning ikkinchi bo’yicha nisbatan harakatida juftlik vujudga keltiradigan bog’lanish (cheklash) shartlari soni.
Nazariy mexanika kursidan ma’lumki, fazodagi qattiq jism 6 ta erkinlik darajasi (6 ta yo’nalishida harakatlanish imkoniyatiga) ega bo’lib ulardan uchtasi koordinatalar sistemasining XYZ o’qlari bo’ylab qolgan uchtasi esa shu o’qlar atrofida aylanish yo’nalishida bo’ladi.
Fazodagi erkin jismning erkinligini birin-ketin bog’lab boorish yo’li bilan bog’lanishi 5 xil bo’lgan 5 ta kinematikaviy juft xosil qilish mumkin, bog’lamalar soni S bilan, erkinlik darajasi H bilan belgilasak, ularning yig’indisi fazoda bog’lanmagan vaqtidagi erkinlik soniga doim teng bo’ladi.
H+S=6 (2.1)
Bundan boshlagan jismning erkinlik darajasi
H=6-S (2.2)
Formuladan ko’rinadiki, bog’lanishlar soni S=1…5 bo’lishi mumkin. Agar S=6 bo’lsa bunday kinematik juft qo’zg’almas zvenoga aytiladi.
S нинг кийматига кура кинематик жуфтликнинг кайси синфга мансублиги
S ning qiymatiga ko’ra kinematik juftlikning qaysi sinfga mansubligi aniqlanadi. Qo’zg’aluvchanligi bitta (5 sinf H=1 S=5) (4 sinf H=2, S=4) uchta (3 sinf, H=3, S=3) to’rta (2 sinf H=4, S=2) beshta bo’lgan (1 sinf, H=5, S=1) juftliklar farq qiladi.
Quyidagi kinematik juftliklarga ularning tuzilishi sxemalarida shartli tasvirlanishi va belgilanishiga bir necha misol keltiramiz.
Kinematikaviy juftlar zvenolarining bog’lanish va bog’lanishning bir-biriga tegib harakatlanish xarakteriga qarab ikki xil klassifikasiyalanadi

Download 15,67 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   111




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish