14-asrdan 19-asrgacha bo’lgan besh asr davomida maqbara bir necha bor tiklandi va qayta qurildi. Uning hududida bir nechta qabrlar mavjud. Xo’ja Hofiz Gyunjori qabri ularning eng qadimiysi hisoblanadi. Mashhur olim va ilohiyotshunos bu erda 1022 yilda dafn etilgan. Bugun Buxoro shahridagi Chashma Ayub maqbarasi nafaqat qadimiy qabr toshlari, balki suv muzeyi sifatida ham qiziqarlidir. Muzey eksponatlari mintaqada suv ta’minoti shakllanishi va o’rnatilishi jarayonini batafsil o’rganishga imkon beradi. Bu erda 18-19 asrlarga oid keramik suv quvurlari, teri, shisha va boshqa materiallardan tayyorlangan, faqat suv uchun mo’ljallangan turli xil idishlar, suv omborlari modellari va boshqa narsalarni topishingiz mumkin. Muzeyda siz 10 asr davomida suv ta’minoti tarixini kuzatishingiz mumkin. Bundan tashqari, Suv muzeyi Orol fojiasi tarixini aniq namoyish etmoqda: tarqalayotgan cho’l xaritalari va qayg’uli fotosuratlar bilan. Chashma-Ayub hududida o’tkazilgan noyob gilam ko’rgazmasi sayyohlarda katta qiziqish uyg’otmoqda. Labihovuz ansambli - Buxorodagi meʼmoriy yodgorlik (17-asr). Dastlab bozor maydoni boʻlgan. Maydon oʻrtasida katta qovuz qazilib (1620 yil) atroflari sinchlar bilan mustahkamlangan, harsanglardan zinapoyalar, marmardan tarnovlar ishlangan. Shagʻal va tuproq bilan toʻldirilib shibbalangan. Hovuz eni 36 m., boʻyi 45,5 m., chuq. 5 m. Uning gʻarbida Nodir Devonbegi xonaqohi, sharqida Nodir Devonbegi madrasasi, shim.da Koʻkaldosh madrasasi va Ernazar elchi madrasasi ( saqlanmagan) qad koʻtargan. Hozirgi hovuz atrofiga chinorlar ekilib, choyxona qurilgan. Yodgorliklar taʼmirlangan. Koʻkaldosh madrasasi - Buxorodagi meʼmoriy yodgorlik. Buxoro xonining vaziri Qulbobo Koʻkaldosh qurdirgan (1568—69). Labi hovuz ansamblining shim.da joylashgan. Ikki qanatli bosh tarzi ansambl maydoniga qaratilgan. Peshtoqini bezatib turgan koshinlar saqlanib qolmagan. Madrasa peshtoqidagi darvoza girix, va islimiy naqshlar bilan bezatilgan. Xotamqori uslubida terib mahkamlangan pilakchalardan yasalgan darvoza tabaqasi yaxlit taxtadan tayyorlangandek koʻrinadi. Madrasa hovlisiga 5 gumbazli miyonsaroy orqali kiriladi. Miyonsaroyning ichki gumbazlari va bagʻallari, shipi oʻziga xos turli shakldagi murakkab toʻrsimonyulduzsimon, qolibqori va iroqi uslubida pishiq gʻishtdan ganch qorishmasida terilgan. Madrasa hovlisi uzun (42x37 m), oʻrtaga imorat 1929 yil qurilgan edi, lekin hozirda buzib tashlangan. Hovli tomondagi 2 qanatli ravoklar qatorini yuzma-yuz qilib solingan peshtoqli baland ayvonlar ajratib turadi. Har bir ravoqdan alohida hujraga kiriladi. Hovli atrofi 2 qanatli 160 hujra bilan oʻralgan. Yon tomonidagi hujralarning pastki qanatiga (tashqi devorlarida) xonani yoritish uchun panjaralar oʻrnatilgan. Yuqori qanatiga esa qator qilib chuqur ravoklar ishlangan. Ravoqlar tepasini va baʼzi darcha panjaralarini bezatishda koshin ancha tejab ishlatilgan. Bosh tarzidagi peshtoq kitobasida yozuvlar saqlangan. Peshtoqining ikki yonidagi masjid va darsxona oldiga 2 qavatli 3 qismga ajratilgan chuqur ravoqlar va burchaklaridagi guldastalarda Buxoro meʼmorligiga xos qad. milliy anʼanalar aks ettirilgan.Koʻkaldosh madrasasida S. Ayniy tahsil koʻrgan, u yashagan hujra muzeyga aylantirilgan va eksponatlar bilan jihozlangan. 1960— 70 va 1995—97 yillarda taʼmirlangan. Buxoro viloyat "Oltin meros" jamgʻarmasi joylashgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |