Adabiyotshunoslikka kirish



Download 87,07 Kb.
Sana30.01.2023
Hajmi87,07 Kb.
#905460
Bog'liq



1. . Adabiyotshunoslik maqsadi va vazifalari
"Adabiyotshunoslikka kirish" kursi filologiya fakultеti birinchi bosqich talabalarining maktabda olgan nazariy bilimlarini mustahkamlash asosida ularni adabiyot tarixi kursidan ma'ruzalar tinglashga, sеminar mashg`ulotlarida muayyan mavzuni muhokama qilish, amaliy mahg`ulotlarda qo`yilgan vazifalarni bajarishga tayyorlashni o`z oldiga vazifa qilib qo`yadi. Adabiyotshunoslik nazariyasi – adabiyot ilmiga oid eng umumiy qoidalar, adabiy jarayonning nazariy masalalari, badiiy ijod falsafasi va psixologiyasi va boshqa nazariy muammolarni oʻrganuvchi fandir. Adabiyotshunoslik nima, degan savolga hozirga qadar qisqa tarzda “badiiy adabiyot haqidagi fan” deb javob berib kelingan.Bu, ixcham va ta’rif bo‘lishi bilan birga yetarli emas. Chunki bugungi kunda adabiyotshunoslik ilmining ko‘lami shu qadar kengayganki, uning tarkibida biz an’anaviy tartibda sanaydigan “asosiy” va “yordamchi” fanlar doirasida cheklash mumkin emas. Adabiyotshunoslik nazariyasi fanining maqsadi ushbu fanga oid istiloh (atama) qamrovi va ma’nosini bilish ularni adabiy tahlil jarayonida qo‘llay olish va mohiyatini anglab yetish, umuman olganda, adabiyotshunoslik fanining barcha jabhalari uchun boshlang‘ich ma’lumotlarga ega bo‘lishlikdan iborat. Fanning asosiy maqsadidan kelib chiqib quyidagi vazifalar belgilanadi:1Adabiyotshunoslikda faol iste’molda bo‘lgan tushuncha va atamalar mohiyatini anglash;2Badiiy asar tahliliga kirishish va unda zarur adabiy tur va janrlar haqida ma’lumotga ega bo‘lish;3Badiiy adabiyotni san’atning bir turi sifatida tushunish, qabul qilish;4Adabiy jarayon masalalarini yozuvchi va kitobxon munosabatidan kelib chiqib anglash;5Ilmiy tizimda ishtirok etayotgan har bir fanning mohiyati va ilmiy tizimdagi o‘rnini belgilashdan iborat. "Adabiyotshunoslik" fani dunyo oliy ta'lim maskanlarining deyarli barcha gumanitar fakultetlarida o'qitiladi. Fanning asosiy maqsadi adabiyotshunoslikning ilmiy nazariy xususiyatlari va eng muhim qirralari bilan tanishtirish, badiiy ijodni, ijod psixologiyasini tushunishga o'rgatish, badiiy asarni tahlil va talqin qila olish malakasini shakllantirishdan iborat.Adabiyotshunoslik fani adabiyot nazariyasi, jahon adabiyoti, o'zbek adabiyoti tarixi, adabiy jarayon kabi fanlar bilan bevosita aloqada bo'lib ularni o'zlashtirish uchun talaba nazariy bilim va ko'nikmalarga ega bo'lish talab etiladi. Mazkur fan filologiya fakulteti 1-bosqich talabalarining maktabda olgan nazariy bilimlarini mustahkamlash asosida ularni adabiyotning boshqa kurslaridan ma'ruzalar tinglashga tayyorlaydi, badiiy asarni nafaqat o'qish, balki uqish sirlaridan voqif qilinadi.Badiiy adabiyot durdonalarini mukammal o'rganish talabalrning adabiy estetik tafakkurini yuksaltiradi, ularning evristik va kreativ qobiliyati i rivojlanantiradi, ilmiy mushohada qilishga yordam beradi. Kitob mutolaasi va kitobxonlik madaniyatini oshirish hamda targ'ib qilish davlat siyosati darajasidagi masalalardan biri bo'lib respublikamizda bu borada bir qancha muhim davlat hujjatlari qabul qilingan va qilinmoqda. Endi ta'lim sistemasi o'qitishga mutlaqo yangicha yondashishni media savodxonlikni oshirishni va AKT dan unumli foydalanishni xorij tajribasi asosida eng yaxshi an'analarni o'quv jarayoniga tatbiq qilishni taqozo etmoqda. Endi biz o'qituvchilar "nimani qanday o'qitamiz" degan savoldan tashqari "qanday o'qitsak ijobiy natija olamiz" nima qilsak haqiqatdan adabiyotning "atomdan kuchli" ekanligini isbotlaymiz va yoshlarimizda badiiy kitobga mehr uyg'ota olamiz degan savollarga ham javob izlash kerak. Shuningdek, biz Cho'lponning "adabiyot chin ma'nosi ila o'lgan, so'ngan, o'chgan, yarador ko'ngilga rux bermak uchun faqat vujudimizga emas,qonlarimizga qadar singishgan qora balchiqlarni tozalaydirg'on o'tkur yurak kirlarini yuvadurg'on toza ma'rifat suvi hiralashgan oynalarimizni yorug' va ravshan qiladurg'on chang va tuproq to'lgan ko'zlarimizni artib tozalaydurg'on buloq suvi bulg'onlikdan bizga g'oyat kerakdur" kabi abadiylikka dahldor fikrlar hamma zamonlar uchun ham muhim va dolzarbligini yetkaza olishimiz lozim.Ushbu o'quv qo'llanmada"Adabiyotshunoslik" fanining dolzarb muammolari adabiy estetik qadriyatlarning milliy va umumbashariy jihatlari shu bilan birga kitobxon va badiiy asar o'rtasidagi uzviy aloqadorlik nazariy qonuniyatlar xorij tajribasi asosida yoritilgan. Unda nazariy ma'lumotlaridan tashqari keys topshiriqlar grafik organayzerlar, badiiy asar tahlili sxemasi, jahon adabiyotshunoslar haqida qisqacha ma'lumot, o'zbek va rus tillarida glossary, foydalanishga adabiyotlar va elektron axborot resurslaring nomlari keltirilgan. O'quv qo'llanmani yaratishda mavjud qo'llanma va darsliklardan fan bo'yicha tayyorlangan UMK materiallardan foydalanilgan.
2. . Obraz va obrazlilik. Obrazning ifodaviyligi va turlari: kishilar obrazlari, hayvonlar, narsa-predmetlar va tabiat obrazi (peyzaj). obraz badiiy asarning mavjudlik shakli bulib u aniq bir shaxs voqea yoki hodisa va tushunchani umumlashtirishi bilan birga tasirdagi badiiy asarning mohiyatini anglatadi badiiy obraz-adabiyot va sanatning fikirlash shakli olam va odamni badiiy idrok etish vositasi,badiyatning umumiy kategoriyasi.badiiy obraz deganda borliq undagi inson narsa hodisa va hakoza sanotkor kuzi bilan kurilgan va idial asosida ijodiy qayta ishlangan aksi tushuniladi.albatta bu aksda borliqda kuplab tanish izlari bor biroq endi u biz bilgan borliqning ayni uzi emas,balkondan shartlilik asosida ajralgan yangi mavzudlik-badiiy borliqdir.badiiy obrazning muhum xususiyatlaridan yana biri uning kup manoliligi bulib bu uning metoforikligi va asosiyatligi bilan bilgilanadi.badiiy obrazga xos “metoforiklik”ni “uxshashlik” bilangina boglab quymaslik lozim.yani “metoforiklik” deganda badiiy obrazning bir narsa mohiyatini boshqa bir narsa orqali ochishga intilishi,sanotga xos fikirga xos yusini tushunuladi.chinakam sanotkor nigohi mohiyatga qaratiladi,u narsa hodisalar orasidagi tashqi uxshashlikga emas nigohimizdan yashirin ichki uxshashligiga tayanib fikirlaydi.u biz kutmagan ichki uxshashlikni kashf etadi natijada usha biz bilgan narsa hodisa kuz oldimizda butgul yangicha tarzda gavdalanadi uzining bizga noayon qirralarini namoyon qiladi.masalan shoir x.davron rang tasvir sanati haqida yozadi:musavir bulmoq ersang tilingni sugirib ol va yaradan tukilgan qon rangiga quloq solalbatta rang tasvirda ranglar gapirishi hammaga malum biroq ana shu fikirni “gapirayotgan qon rangi” obrazi orqali berilgani kashfiyot metoforik fikirlash natija va xuddi shu narsa bizni xayratga soladi,shuurimizsa muqim urnashadi . baddiy asrda obraz bir necha turli buladi;1.kishilar obrazi2.hayvonlar obrazi3.tabiyat yokii usimlilar4.narsa predmet obrzai Obraz lotincha so‘z bo‘lib, “manzara”, “ko‘rinish” ma’nolarini ifoalaydi. Obraz badiiy asarning mavjudlik shakli bo‘lib, u aniq bir shaxs, voqea yoki hodisa va tushunchani umumlashtirishi bilan birga tasvirdagi badiiy asarning mohiyatini anglatadi.obraz adabiyot va san'atning fikrlash shakli, usuli sanaladi; obrazlar vositasida fikrlagani uchun ham adabiyot va san'atga xos fikrlash tarzi "obrazli tafakkur" dеb yuritiladi. Obrazli tafakkur bilan tushunchalar vositasidagi farqni yorqinroq tasavvur etish uchun fan va badiiy adabiyotni qiyoslab ko`rish mumkin. Misol uchun, bir xil masala yuzasidan fikr yuritayotgan olim va shoirni olib ko`raylik.A.Oripovning "Ayol" shе'ri hammangizga tanish, unda ikkinchi jahon urushida eridan yosh bеva qolgan, umrini farzandiga bag`ishlagani holda sadoqat bilan yashagan ayol haqida so`z boradi. Shoir ko`z oldimizda konkrеt ayolni, uning fojе taqdirini gavdalantirish orqali umuman urush haqida, uning oqibatlari haqida, og`ir damlarda sinaluvchi insoniy hislar haqida mushohada yuritadi. "Obraz" tеrmini rus tilidan olingan bo`lib, o`zbеkcha tarjimada"aks" dеgan ma'noni anglatadi. Masalan, kishining oynadagi aksiga nisbatan ham "obraz" dеb aytiladi. Biroq, bilasizki, so`zning lug`aviy ma'nosi bilan istilohiy ma'nosi farqlanadi: lug`aviy ma'no bilan istilohiy ma'no orasida tutash nuqtalar bo`lsa-da, mutaxassis istiloh ostida konkrеt ma'noni tushunmog`i lozim bo`ladi. Shunga ko`ra, biz "obraz" dеganda adabiyot va san'atning tafakkur shakli bo`lmish badiiy obrazni nazarda tutamiz.Badiiy obraz borliqning (undagi narsa, hodisa v.h.) badiiy asardagi aksi. Fikrimizni oydinlashtirish uchun musavvir ijodiga murojaat qilaylik. Musavvir yaratgan pеyzaj — tabiat manzarasi tasviri bilan"natura" — asarga asos bo`lgan rеal manzara orasida juda katta tashqi o`xshashlikni topishimiz va, hatto, "xuddi o`zi-ya" dеya hayratlanishimiz mumkin Dеylik, fan umuman odam haqida (masalan, biolog umuman odamning fiziologik xususiyatlari haqida) so`z yuritishi mumkin, biroq san'at hеch vaqt umuman odam obrazini yarata olmaydi. Shu ma'noda konkrеtlilik — badiiy obrazning muhim spеtsifik xususiyatlaridan biri sanaladi. Shu o`rinda yana A.Oripovning "Ayol" shе'riga qaytsak. Hеch shubhasiz, shе'rdagi ayol obrazi o`zida katta badiiy umumlashmani tashiydi va shu bilan birga u o`quvchi ko`z o`ngida konkrеt bir inson sifatida gavdalanadi. Badiiy obrazning muhim xususiyatlaridan yana biri uning mеtaforikligi sanaladi. Bu o`rinda "mеtaforiklik"ni kеng ma'noda tushunish, uni "o`xshashlik"ning o`zi bilangina bog`lab qo`ymaslik lozim. Ya'ni, "mеtaforiklik" dеganda badiiy obrazning bir narsa mohiyatini boshqa bir narsa orqali ochishga intilishi, san'atga xos fikrlash yo`sini tushuniladi.Personaj-asardagi harqanday ishtirokchi yoki nofaol ishtirokchi qahramaon- asarda faol qatnashuvchi personaj harakter –boshqa qahramonlardan fel atvor harakati uy hayollari bn farqlanadi.kopincha bosh bosh qahramonlar bulishi mum kun.epik harakter harajakat orqali ifodalanadi.asar boshidagi personaj oxirida mutloq boshqacha bulishi mumkin. Tip-suzi ayrim yevropa tillarida xususan turk tilida ham obraz manosida qullanadi.lekin shuro adabiyotshunosligida koproq umumlashtiruvchi haraktrga ega obrazlar nazrda tutiladi.obraz suzi 17 asrda Skoligrning “poetika”sida qullanilGAN .19-asrdan tip suzi ishlatila boshlagan.uzbek adabiyotiga 19 asrda obraz atamasi kirib kelishiga qadar timsol atamasi ishlatilgan.obraz-rams simbol manolariga ajratiladi ilmiy adabiyotda obraz peysaj deyeladi agar tabiat manzarasi kiltiriib unga qandaydir detal qushiulsa u predmetli detal deyiladi obraz ifgodalsh usullaridan biri portert maslan mehrobdan chayonda rano gulining suvi bobida tasvirini kiltiradi ananaviy obrazlar-badiiy,ayniqsa,mumtoz adabiyotdagi ananaviy obraz deyilganda,paygambar,hukumdor,amaldor avvaldan tanish bulgan asar qahromonlari;gul,bulbul,tion,lola singari usimliklar may,qadah singari predmetlar timsollari nazarda tutiladi.
3. . Badiiy adabiyot spesifikasi. Badiiy adabiyotda inson obrazi.
Adabiyotning spesifikasi adabiyotshunoslik va adabiyot nazariyasining eng muhim murakkab masalasidir.U adabiyotshunoslik va adabiyot nazariyasiga oid turli asarlarda turlicha yoritiladi.Ba'zilarda o'iralari keng, ba'zilari esa juda tor ma'noda talab etiladi.Ammo bu asarlarning hammasida adabiyotning spesifikasiga doir masalalar doirasi tilga olinadi.Adabiyotning spesifikasi munosabati bilan tilga olinadigan xususiyatlarning eng birinchisi insonshunoslikdir. Har bir badiiy asarni ho'igandan keyin zehnimizda asarda tasvir etilgan kishilarning obrazi bo’ladi. A.Navoiy dostonlarini ho'ib Farhod, Shirin, Layli, Majnun, Iskandar, Bahrom obrazlarini eslab qolamiz. yofir, Jamila, Onegin, Otabek, Kumush, Ra'no, Anvar, Yo’lchi, Gamlet, Lir,Yago, Otellolarga o’xshash ko'p kishilarning tasviri bizning ongimizda badiiy adabiyot ho'ishning dastlabki va eng natijasi bo'lib sao'lanadi.Yozuvchi har bir davr va konkret tarixiy sharoitning mahsuloti bo'lgan insonni tekshiradi,uning ruhiy holatlariga kiradi.ichki dunyosi haqida bizga aniq va ravshan tasavvur beradi. Bu vazifani badiiy adabiyot obraz yaratish yo’li bilan bajaradi.Obraz - insonning ozmi ko’pmi batafsil tasviri bo'lib,u hayotdagi odamning jhn nusxasi emas, balki yozuvchining ma'lum davrda va sharoitda yashovchi inson haqidagi tasavvurining ifodasidir.Badiiy adabiyotda tasvir etilgan inson obrazi umumlashtiruvchi kuchga ega.Unda ma'lum davr va muhit kishisining eng muhim va xarakterli xususiyatlari mujassamlashgan.Shu sababli obrazlilik badiiy adabiyotning eng muhim xususiyatlaridan biridir.Yozuvchi badiiy adabiyot inson obrazini va hayot manzarasini eng muhim xarakteri xususiyatlarini tasvirlab berish uchun tho'imaga murojaat qiladi.Badiiy adabiyotning mazmuni hayotdagi hodisalarning jo’n nusxasi emas,balki hayotiy hodisalarga suyanib,ularni sotsial va estetik ideal nuqtai nazaridan baholab turib,san'atkorning fantaziyasi vositasi bilan yangidan yaratilgan, to’qib chiqarilgan hayot manzarasidir.Har bir yangi asar yozuvchi xayolida hayotiy tasavvurlardan paydo bo'ladi.Badiiy to’qima yozuvchiga hayotni tasodifiy narsalardan tozalab,uning mohiyati haqida eng to’g’ri tasavvur berishga ko’maklashadi.Hayotiy materiallarni bunday tozalash, hayotiy hodisalarni,tasodiflarni emas, qonuniyatlarni badiiy tasvirlashga intilish,tipiklashtirish deyiladi.Hayotning tipiklashgan tasviri hayot haqida eng chuqur eng to’g’ri tasavvur beradi.Nihoyat, badiiy adabiyotning yana bir spesifik xususiyati - unda so'zning alohida ahamiyatga egaligidir.Hayot haqidagi tasavvurlarni rassom bo’yoq va chiziqlar, kompozitor tovushlarning uzun-qisqaligi,past-balandligi,rao’o’osa harakatlar orqali ifoda etilgani sababli so'z badiiy adabiyotning asosiy materiali hisoblanadi.Shunday qilib insonshunoslik,obrazlilik,tho'imaning muhimligi,tasvirning tipiklashganligi va so'zning alohida roli badiiy adabiyot spesifikasining juda muhim ma'lumotlaridir.Lekin bu sharoitlarni hisobga olish bilan adabiyotning spesifikasini tushunish vazifasi to’la ado etilgan bo'lmaydi.Negaki,ularning hammasi adabiyotning shakliga,ya'ni hayotiy in'ikos etishning usullariga oiddir,vaholanki adabiyotning spesifikasi faqat hayotni in'ikos ettirishning shakllari problemasi emas, Belinskiy adabiyotning xususiyatlarini gapirganda undagi badiylik bilan birga yana 2 jihatni qayd etgani sira tasodifiy emas. Bularning biri ommaviylik, ya'ni jamiyatning fikrini bir markazga to’plash va yana jamiyatga qaytarib berish: ikkinchi adabiyot asarlarni butun xalq tomonidan emas,balki shu xalq ruhini ifoda etishga qodir konkret shaxslar tomonidan yaratilishidir. Buyuk nazariyachi adabiyotning uchinchi xususiyati-badi yozuvchining ozi tomonidan bеrilgan ta'rif "muallif xaraktеristikasi" dеb yuritiladi. Muallif xaraktеristikasida obrazning fе'l-atvoriga xos asosiy xususiyatlar bayon qilinadi.Odatda muallif xaraktеristikasi asarning boshlanish qismlarida yoxud konkrеt obraz asarga kirib kеlgan orinlarda bеriladi.Muallif xaraktеristikasi oquvchida pеrsonaj haqida yaxlit tasavvur hosil qilib, uning kеyingi xatti-harakatlarini, gap-sozlarini anglashida muhim ahamiyat kasb etadi. Pеrsonajning soz bilan chizilgan tashqi qiyofasi— portrеt ham inson obrazini yaratishda muhim vosita sanaladi. Portrеt, avvalo, personajning oquvchi koz oldida konkrеt inson sifatida gavdalanishiga komaklashadi. Ikkinchi tomondan, badiiy asarda portrеt xaraktеrologik bеlgilarga ega boladi. Ya'ni, yozuvchi pеrsonaj siyratiga xos xususiyatlarni suratida aks ettirishga intiladi. Yozuvchi pеrsonaj qiyofasini ancha mufassal chizishi (A.Qodiriy yaratgan Kumush, Ra'no portrеtlari) yoki uning qiyofasiga xos ayrim dеtallarni bеrish bilan kifoyalanishi ham mumkin. Chunki portrеt — vosita, dеmak, uning qanday bolishi koproq muallif niyati, yozuvchining oziga xos tasvir uslubi, pеrsonajning asarda tutgan mavqеi kabilar bilan bogliqdir. Masalan, Cholpon sеvimli qahramoni Zеbining qiyofasini chizmagan. Adib koproq pеrsonajning siyratini chizadi, uning xatti-harakatlarini jonli tasvirlaydi, gap-sozlaridagi jonli ohangni ifodalashga intiladi, xullas, har bir oquvchining oz Zеbisini tasavvur etib olishiga imkon yaratadi. Natijada qahramon qiyofasini chizmaslikning ozi oziga xos badiiy usulga aylanadiki, uning yordamida adib oquvchini qahramoniga "yaqinlashtiradi". Koramizki, qahramon qiyofasining qanday va qay darajada chizilishi bеlgili emas, bu orinda portrеtning (yoki portrеt dеtallarining) inson obrazini tolaqonli yaratish va oquvchining tasavvur eta olishi uchun yеtarli bolishi asosiy mеzondir. Badiiy asarda to`laqonli inson obrazini yaratishdagi muhim unsurlardan biri badiiy psixologizm sanaladi.
4. . Epos. Epik tur va epik tur janrlari tasnifi
Epik turning spetsifik xususiyatlari _voqeabandlik.Badiy voqelikni plastik tasviri-epik asarda noplastik elementlar mavjudligi muallifning mushohadalari,fikrlari,tasvir predmetiga hissiy munosabati.-obektiv va subektiv ibtidolarning uygun birikishi.Voqeabandlik epik turning eng muhim xususiyati hisoblanadi .Epik asarda odatda makon va zamonda kechuvchi voqealar tasvirlanadi ,muallif yoki hikoyachi personaj tomonidan hikoya qilinadi. Bu esa epik asarlarda rivoya ,tavsif,va dialogning qorishiq holda keliwini toqozo qiladi. Zero ularning bari birlikda oquvchi tasarrufida badiy voqelikni plastik jonlantirishga xizmat qilafi.Shu bilan birga eposda rivoya ananaviy raviwda yetakchi urinni ergallaydi .Uning vositasida assarda dialog hamda tafsilotlar(peyzaj ,partret,narsa buyimlar.va h. ,) olib kiriladi.Rivoya bir unsurlarning barini bir butunlikka birlashtiradi.Epik asarda voqea hodisalarni hikoya qilib berayotgan shaxs(roviy)yoki hikoyachi deb yuritiladi.Masalan G. Gulomning shum bola "Yodgor" X . Tuxtaboyevning "sariq devni minib " E . Azamning "Otoyining tugilgan yili "kabi qissalarida rivoya 1-shaxs voqealarda bevosita ishtirok etayotgan personaj tilidan olib boriladi.Epik asardagi obrazlar 1.Qahramon 2 .ikkinci dadajali personaj 3. Yordamchi personaj.Epik janrlar :1kichik epik shakllar :latifa ,masal,hikoyat,rivoyat,ertak,afsona ,badia,etyud,ocherk essential 2orta epik shakllar:qissa(povest) 3 .epos epik ,doston,Roman,epopeya.Badia, etyud ocherk kabilar sof badiy proza namunasi bulmay badiy-publisistik janrlar sanaladi.Obrazlar sestemasi deyilganda xususan yirik epik asarlar haqida gap borganda koproq undagi personajlarning jami tushuniladi.Epik asardagi qahramonlar:1.Qahramon2.ikkinchi darajali personaj 3. Yordamchi personajlar obrazlar Bunday asar voqeligida egallagan mavqei syujet rivojida uynagan roli muallif badiy konsepsiyasini ifodalashdagi ahamiyati kabi jihatlar etiborga olinadi.Qahramon: Otabek ,Yusufbek hoji, va Kumushbibi .Ikkinci darajali personaj: Hasanali Uzbekoyim ,Oftoboyim ,usta Alim Zaynab,Homid,obrazlari.Yordamchi personajlar: Qovoq devona.
5. Adabiyotshunoslik fanining tarkibiy qismlari, tarmoqlari
Adabiyotshunoslik – keng soha, uning tarixiy rivoji davomida undan maxsus fanlar– folklorshunoslik, adabiyot nazariyasi, adabiy tanqid ajralib chiqqan. Ularning har biri adabiyot hodisalarini o’z predmeti nuqtai-nazaridan o’rganadi va barchasi so’z san’ati xususiyatlarini tekshirgani uchun bir-biri bilan uzviy aloqada bo’ladi, ya’ni bir-birini to’ldiradi, boyitadi, bir-biriga yangilik beradi, xulosalarini asoslaydi va tasdiqlaydi. Pirovard natijada adabiyotshunoslik ilmi yaxlitlilik kasb etadi.Badiiy adabiyot ikki shakldan iborat: og’zaki (xalq og’zaki ijodi) adabiyot va yozma adabiyot. Ikkalasi ham hayotni badiiy tasvirlash bilan shug’ullanadi, ya’ni bitta vazifani o’taydi.Adabiyotshunoslikning tarkibiy qismlari. Hozirgi zamon adabiyotshunoslik fani uchta asosiy tarkibiy qismdan, uchta asosiy sohadan tashkil topadi: adabiyot nazariyasi, adabiyot tarixi va adabiy tanqid. Mazkur sohalarning har biri adabiyotshunoslikning muayyan masalalar majmuini o`z nuqtayi nazaridan o`rganadi. Shu bilan birga,mazkur sohalar o`zaro mustahkam aloqada bo`lib, biri ikkinchisini to`ldiradi.
Adabiyot tarixi o`tmish adabiyotini (jahon yoki biror milliy
adabiyotni) uzluksiz jarayon yoki shu jarayonning bosqichlaridan biri sifatida o`rganadi. Adabiyot tarixining asosida tarixiylik prinsipi yotadi. Mazkur prinsipning mazmun-mohiyati shuki, u adabiy jarayonni konkrеt ijtimoiy-tarixiy sharoit bilan bog`liq hodisa sifatida
o`rganishni taqozo qiladi. Zеro, adabiyot kishilik jamiyati
taraqqiyotining muayyan bir bosqichida paydo bo`lib, uning ijtimoiyiqtisodiy rivojlanishiga muqobil tarzda taraqqiy etib kеladi. Bas,konkrеt davr adabiy hodisasini faqat adabiy-badiiy omillarning o`zi bilangina izohlab bo`lmaydi, uning ijtimoiy-tarixiy omillarini ham ochish taqozo etiladi. Adabiyot tarixi o`tmish adabiyoti xususiyatlarini ochib
bеrarkan, bu bilan, birinchidan, o`tmish adabiyoti tajribalarini bugungi adabiyot xizmatiga safarbar etadi, ikkinchidan, kеng ko`lamli nazariy xulosalar chiqarish uchun zarur matеrial hozirlaydi. Bulardan anglashiladiki, adabiyot tarixi badiiy tafakkur taraqqiyotida ham,adabiy-nazariy tafakkur rivojida ham katta ahamiyat kasb etadi.
O`zbеk adabiyotshunosligida adabiyot tarixi sohasining dastlabki kurtaklari sifatida tazkiralarni ko`rsatish mumkin. ko`p olimlarning izlanishlari samarasi o`laroq, 1977—1980-
yillarda 5 jildlik «O`zbеk adabiyoti tarixi», 1987—1989-yillarda«История узбекской литературы» nomli fundamеntal tadqiqotlar yuzaga kеldi. O`zbеk adabiyoti tarixini o`rganish borasidagi izlanishlar hozirgi kunda ham davom ettirilayotir. Adabiy tanqid o`z oldiga hozirgi adabiy jarayon muammolarini o`rganish, yangi paydo bo`lgan asarlarni (shuningdеk, o`tmishda yaratilgan asarlarni ham) bugungi kun nuqtayi nazaridan g`oyaviybadiiy tahlil qilish va baholashni maqsad qilib qo`yadi.Ba'zan adabiyotshunoslikdan yiroq kishilarda, “tanqid” so`zini tor ma'noda tushunish oqibati o`laroq, adabiy tanqid badiiy asarning kamchiliklarini topish-u ijodkorlarni “tanqid qilish” bilan shug`ullanadi qabilidagi tasavvur mavjudligi kuzatiladi. Bu noto`g`ri tasavvurdir. Zеro, tilimizda faol qo`llanuvchi “tanqid” so`zi “Ishharakat, faoliyat, asar, ta'limot va sh.k.ning salbiy va ijobiy tomonlarini,yutuq va kamchiliklarini biror nuqtayi nazardan qarab tеkshirish,tahlil qilish, baholash” tarzida izohlanadi. Adabiyot nazariyasi badiiy adabiyotning mohiyati, adabiyot taraqqiyotining umumiy qonuniyatlarini, jamiyat hayotidagi o`rni va vazifalari, badiiy asar tabiati hamda uning tuzilishi kabi masalalarni umumiy tarzda o`rganadi va shu asosda umumiy qonuniyatlarni ochib
bеradi. Adabiyot nazariyasi badiiy asarlarni tahlil qilish tamoyillari,baholash mеzonlari, tahlil mеtodlarini ishlab chiqadi, adabiy-nazariy tushunchalar tizimini yaratadi. Adabiyot nazariyasi adabiyot tarixi va adabiy tanqid matеriallarini umumlashtirsa, bu ikkisi o`z faoliyatida
adabiyot nazariyasi ochgan qonuniyatlar, u ishlab chiqqan ilmiy tushunchalar tizimiga tayanadi. Shu tariqa adabiyotshunoslikning har uchala asosiy sohalari bir-biri bilan bog`lanadi, yaxlit bir tizim —adabiyotshunoslik ilmini tashkil qiladi.
6. . Adabiyotshunoslik fanining ob’yekti va predmeti.
Adabiyotshunoslikning obyekti, ya’ni predmeti tarixiy-ijtimoiy sharoit va ijodiy muhit bilan aloqada olingan adabiy asarlar va ulami yaratish jarayonidir. U tarixiy-adabiy jarayonni chuqur o ‘rganish asosida so‘z san’atining qonuniyatlarini ochadi. Hamma yozuvchi san’atkorlaming faoliyati va ular yaratgan asarlaming badiiyligini tahlil etadi.So‘z san’atining inson va jamiyat hayotida tutgan o‘rni va ahamiyati haqidagi tushunchalami boyitish jarayonida o'zlikni anglashga yetaklaydi.Eng asosiysi — hayotni sevishga, ardoqlashga, boyitishga, go‘zallashtirishgao‘rgatadi. Adabiyotshunoslikning obyekti sifatida badiiy asar, kengroq ma’noda esa badiiy adabiyot tushuniladi. Badiiy adabiyot haqidagi har qanday ilmiy qarashlar ma’lum ma’noda adabiyotshunoslikni ilmiy tizim sifatida o‘rganishga yordam beradi. Bu o‘rinda adabiyot “odobi kulliyot”, “adabiyotshunoslik badiiy adabiyot haqidagi fan” degan qarashlar istiloh qilinib,ular ilmiy jihatdan to‘ldiriladi.Fanning predmeti uchun esa adabiy nazariy qarashlar asos qilib olinadi.Adabiyotshunoslik yoki biz o‘rganayotgan fanning obyekti, badiiy adabiyot san’atning bir turi sifatida ma’lumot berish, xabar tarqatish, fikr aytish bilan birga o‘quvchilarga hissiy tarbiya berish, ularning tuyg‘ular olamini boyitish, ruhiy tushunchalarini kengaytirishga ham xizmat qiladi. Lev Tolstoy: “Agar kishilar til orqali o‘zaro fikr almashsalar, san’at esa tuyg’ulararo muloqotdan iboratdir”. San’atning asosiy turlari: raqs, musiqa, rang-tasvir, haykaltaroshlik, me’morchilik va badiiy adabiyotdan iborat. Mana bu ilk san’at turlari asosida keyinchalik, san’atning boshqa hosila turlari vujudga kelgan va asrlar davomida ular taraqqiy etib kelgan.
7. Mazmunni ifodalovchi jihatlar: badiiy niyat, mavzu, muammo, g‘oya, konsepsiya.
Mazmunni ifodalovchi jihatlar 1.badiiy niyyat2.mavzu3.muammo4.g’oya5,konsepsiya Baddiy niyyat amalga oshishi uchun hayot materiali saralanib,yozilajak asarni rejasi tuzuladi.Reja qaysi qaysi janr orqali yozilishi aniqlanadi.Asarning mavzusi tahmin qilinadi,asar orqali ifodalanmoqchi bo’lgan fikr oldindan tahminiy belgilanadi.Mavzu badiiy asarning asosiga qo’yilayotgan hayot materialidir.Asar bag’ishlanadigan shaxs voqea jarayonlarni o’z ichiga oladi.asarning mavzusi ko’proq uning sujeti va obrazlar tizimida aks etgan bo’ladi.G’oya badiiy g’oya adabiyot va san’at asarlari zamirida yotga emotsional obrazli fikr.Hayotda ro’y bergan yoki ro’y berishi mumkin bo’lgan har bir voqea va hodisa adabiyot va san’at asarlarida o’z ifodasini topishi mumkin.Badiiy g’oyaning emotsional tasir ko’chi, voqea va hodisaning muhimligi hamda uni tasvirlagan yozuvchi yoki sanatkorning mahorati bilan belgilanadi.Konsepsiya adabiyotda biror asarning asosiy g’oyasidir.Konsepsiya badiiy asar mohiyatini,ijodkorning “meni”ni ifoda etadi. Biroq badiiy asar konsepsiyasi ayrim hollarda muallifning subyektiv qarashlaridan keng qamrovli bo’lishi mumkin.Bazan muallif muljalga zid holat yuz bersa ham,mohiyat e’tibori bilan asar o’z konsepsiyasiga ko’ra muallifning badiiy estitik olamiga tegishli bo’ladi.
8. . Adabiyotshunoslikning asosiy tarmoqlari. Adabiyot nazariyasi, adabiyot tarixi, adabiy tanqid. Ularning muhim xususiyatlari
Adabiyotshunoslikning asosiy tarmoqlari Zamonaviy adabiyotshunoslik fani 3 ta asosiy sohadam tarkib topadi: adabiyot tarixi, adabiyot nazariyasi va adabiy tanqid Adabiyot tarixining predmeti o'tmish adabiyoti bo'lib, uning asosida tarixiylik prinsipi yotadi. Mazkur prinsipning mazmuni-mohiyati shuki, adabiy jarayonni , adabiy hodisalarni konkret ijtimoiy tarixiy sharoit bilan bog'liq o'rganishni ko'zda tutadi. Ya'ni adabiyot tarixi o'tmishdagi adabiy hodisalarni keltirib chiqargan , yaratilgan asarlarning g'oyaviy-mazmuniy xususiyatlarini belgilagan, badiiy tafakkur rivoji, poetik usul va vositalarning o'zgarishi va shu kabilarga asos bo'lgan ijtimoiy tarixiy, siyosiy-iqtisodiy, madaniy-marifiy omillarni aniqlab, adabiyot sifatida ilmiy yoritib beradi.Adabiy tanqid- hozirgi adabiy jarayon muammolarini o'rganish, yangi paydo bo'lgan asarlarni bugungi kun nuqtai nazaridan g'oyaviy-badiiy tahlil qilish va baholashni o'z oldiga maqsad qilib qo'yadi. Adabiy tanqid adabiyotshunoslikning operativ sohasi sifatida joriy adabiy jarayonga bevosita aralashadi. Adabiy tanqidni adabiyotshunoslikning tarkibiy qismi sifatida tushunish umume'tirofga molik qarash emas.Adabiyot nazariyasi- badiiy adabiyotning mohiyati , rivojlanish omillari va qonuniyatlari, jamiyat hayotidagi o'rni va vazifalari, badiiy asad tabiati hamda uning tuzilishi, badiiy til xususiyatlari, adabiy turlar va janrlar kabi masalalarni umumiy tarzda o'rganadi. Umumiy qonuniyatlarni ochib beradi. Shuningdek, adabiyot nazariyasi badiiy obraz va obrazlilik , badiiy obraz va reallik munosabatlari , dunyoqarash va badiiy ijod jarayoni xususiyatlari kabi qator umumestetik masalalarni ham o'z san'atiga tadbiqan o'rganadi.
9. Kompozisiya haqida ta’limot. Kompozisiyani hosil qiluvchi jihatlar.
Badiiy asardagi shakl komponentlarini badiiy mazmunni shakllantirish va ifodalash uchun eng qulay tarzda uyushtirish kompozitsiyaning zimmasidagi vazifadir.Kompozitsiya asardagi barcha unsurlarni shunday uyushtiradiki , natijada unda bironta ham ortiqcha unsurning o'zi bo'lmaydi, zero, har bir unsur asar butunligida o'zining funksiyasiga ega bo'ladi. Muayyan g'oyaviy-badiiy yuk tashiydi. Avvalo kompozitsiyaning katta qismini syujet tashkil qilishini ta'kidlash joiz. Badiiy asar kompozitsiyasi asarning barcha komponentlarini uyushtirib, uning shakliy va mazmuniy butunligini ta'minlaydigan , asarning o'qilishi, uqilishi va kitobxonga g'oyaviy-estetik ta'sirini boshqaradigan , asar chinakam sa'nat hodisasiga aylantiradigan eng muhim unsur.
10. Badiiy adabiyot san'at turi sifatida.
O`z vaqtida Abdurauf Fitrat: "San'at lug`atda hunar dеmakdirkim,bir narsani yaxshi ishlab chiqarishdan iboratdir"dеb yozgan edi. Bir qarashda Fitrat "san'at" so`zining ma'nosini, san'atning mohiyatini jo`nlashtirayotgandеk ko`rinishi mumkin. Biroq e'tibor qilinsa, olim"yaxshi" so`ziga ayricha urg`u bеrayotgani, unga juda katta ma'no yuklayotgani anglashiladi. Xo`sh, ko`chirmadagi "yaxshi" so`ziga qanday ma'nolar yuklangan? Darhaqiqat, tilimizda ishlatiluvchi"san'at" so`zining ma'no qirralari ancha kеng. Masalan, "rassomlik san'ati", "kulollik san'atini egallamoq", "yuksak san'at bilan ishlangan"kabi birikmalarning har birida "san'at" so`zi turli ma'no qirralarini ifodalaydi. Shunga qaramay, ularda "san'at" so`zi ifodalayotgan ma'no qirralarini birlashtiruvchi umumiy nuqtalar mavjudki, bu mazkur so`zning har uchala holda ham "go`zallik", "mahorat", "did"tushunchalari bilan bog`liqligidir.«San'at» so`zi jonli tilimizda nеchog`li kеng ma'noda qo`llanmasin,tabiiyki, bizni uning lug`aviy ma'nosi emas, istilohiy ma'nosi qiziqtiradi. Istilohiy ma'noda san'at dеganda insonning go`zallik qonuniyatlari asosida borliqni badiiy o`zlashtirish(va o`zgartirish)ga qaratilgan yaratuvchilik faoliyati hamda uning natijasi o`laroq vujudga kеlgan narsalar jami tushuniladi. Shu bois ham biz "amaliy san'at" va "badiiy (nafis) san'at" turlarini ajratamiz. Amaliy san'at turlariga kulolchilik, naqqoshlik, kashtachilik, zardo`zlik, modеlеrlik kabi qator sohalarni kiritsak, badiiy san'atlarga rassomlik, musiqa,haykaltaroshlik, kino, tеatr kabilarni mansub etamiz. Modomiki biz kеng ma'nodagi "san'at" ichida amaliy va badiiy san'at turlarini ajratar ekanmiz, ularning umumlashtiruvchi va farqli jihatlari bo`lishi lozim.Bu o`rinda umumlashtiruvchi jihat shuki, har ikkisi ham go`zallik qonunlari asosida did va mahorat bilan yaratiladi. Farqli jihatlariga kеlsak, ulardan eng muhimi shuki, amaliy san'at mahsuloti insonning moddiy ehtiyojlarini qondirishga xizmat qilsa, badiiy san'at namunalari insonning ma'naviy-ruhiy ehtiyojlarini qondirishga qaratilgandir. Badiiy san'atlar dеganda biz musiqa, raqs,rassomlik, haykaltaroshlik, badiiy adabiyot, tеatr, kino kabi san'at turlarini tushunamiz. Modomiki badiiy san'atlarni ham turlarga ajratar ekanmiz, bu turlarni umumlashtiruvchi va farqlovchi jihatlar bo`lishi lozim. Sanalgan san'at turlarini umumlashtiruvchi jihat obrazlilik,ya'ni, ularning bari badiiy obraz vositasida fikrlaydi. Farqlovchi jihatlarga kеlsak, bu narsa, birinchi navbatda, obrazni yaratish matеrialida ko`rinadi: musiqa ohanglar, rassomlik ranglar, raqs plastic harakatlar, haykaltaroshlik qotgan plastika vositasida obraz yaratadi.Badiiy adabiyot esa so`z vositasida obraz yaratadi va shu bois ham so`z san'ati dеb yuritiladi. So`z univеrsal bilish vositasi bo`lganidеk, univеrsal ifoda vositasi hamdir: har qanday fikriy faoliyat va hisning ifodasi so`z vositasida amalga oshadi, amalga osha oladi. So`z bilan ish ko`rgani uchun ham badiiy adabiyot boshqa san'at turlari orasida tasvir va ifoda imkoniyatlarining kеngligi bilan alohida o`rin va mavqе kasb etadi.
11. . Ritm va ritmika munosabati.
Ritm,ritmika kabi tushunchalari nutqning tashkillanishi va sheriy nasriy nutqni organish,farqlashda asos boladi.Ritmka yunonchadan olingan bolib teng o'lchovliylik,butunlil tushunchalariga yaqin ma'no beradi.Ritm-muayyan harakat yoki holatni ma'lum vaqt birligi ichida takrorlanishi,maromiylikdir.Ritm matn biror koponenti takroriga asoslanadi.Tovush takrori,bo'g'in takrori, so'z takrori,sintagma yoki brikma takrori,misra yoki gap takrori,bayt takrori va boshqa ritmik asosga quriladi.Ritm asosida takroriylik,nutq birlillarini maromiyligi yotadi,bunda elementlarning bir xilligi asos boladi.Shera ritmika turli elementlarning bir xil pozitsiyadagi takroridir.Bunday vaziyatda notengliklar tenglashtiriladi,bir xilliklarning mohiyatini anglash orqali struktural tahlilga kirishiladi, deb yozadi.Har qanday she'rshunoslikda sherning ritmik tashkillanishi uning tovush jihatdan qurilishiga bog'liq.Buning grafik shakli ( yozuvdagi )va akustik shakli (talaffuzdagi)bor .Qadimgi turk tilidagi matnlarda nisbiy tengbog'inliylil bor.Agar qadimgi davrda sherning tovush qurilishi uning ritmik tashkillanishi bilan munosabatga kirshsa,aruzga o'tish jarayonida bunday tovushlar qurulishidan she'rdannvoz kechilgan,yangi ritmik asos bo'yicha amalga oshirilgan.Ritm matn biror koponenti takroriga asoslanadi. Tovush takrori, bo‘g‘in takrori, so‘z takrori, sintagma yoki birikma takrori, misra yoki gap takrori, bayt takrori va boshqalar ritmik asosga quriladi.Ritm asosida takroriylik, nutq birliklarining maromiyligi yotadi, bunda elementlarning bir xilligi asos bo‘ladi. SHe’rda ritmika turli elementlarning bir xil pozitsiyadagi takroridir. Bu jarayonda notengliklar tenglashtiriladi, birxilliklarning mohiyatini anglash orqali struktural tahlilga kirishiladi, deb yozadi... Har qanday she’rshunoslikda she’rning ritmik tashkillanishi uning tovush jihatdan qurilishiga bog‘liq. Buning grafik shakli (yozuvdagi) va akustik shakli (talaffuzdagi) bor. Qadimgi turk tilidagi matnlarda nisbiy tengbo‘g‘inlilik bor. Ritmika va turli islomgacha bo‘lgan matnlarning tovush qurilishi
12. Adabiyotshunoslik va boshqa gumanitar fanlar.
Adabiyotshunoslik va boshqa fanlar deyilganda, uning, birinchi navbatda, o‘z tizimiga va vazifasiga ko‘ra, filologik (folklorshunoslik va tilshunoslik) va falsafiy fanlar (axloqshunoslik, estetika, germenevtika), shuningdek, gumanitar tizimdagi fanlar (tarix, ruhshunoslik, sotsiologiya va boshqa fanlar) bilan yaqin aloqadorligi haqida fikr yuritish mumkin.Adabiyotshunoslik va tilshunoslik – adabiyotshunoslik va tilshunoslik nafaqat tadqiqot obyekti va materialning umumiyligi, balki vazifadorligi nuqtai nazaridan ham yaqinlashadi. So‘z mohiyati va uning matndagi o‘rnini o‘rganishda, ayrim adabiy hodisalarning struktural jihatlarini tadqiq etishda umumiylik mavjud. Masalan, badiiy tasvir vositalari adabiyotshunoslikda “Poetik leksika” tarkibida o‘rganilsa, ayni shu holatga tilshunoslikning “Leksikologiya” bo‘limida ko‘chim turlari nuqtai nazaridan qaraladi. Yoki ritorikada stilistik figuralarning matn tarkibidagi va badiiy nutq shakllanishidagi o‘rni o‘rganilsa, tilshunoslikning “Sintaksis” va “Stilistika” bo‘limlarida nutq uslublari jihatidan yondashish orqali ularning natijalaridan biri ikkinchisini to‘ldiradi. Til qonuniyatlarini bilish orqali asar mohiyati va obrazlar vositasida anglatilayotgan badiiy niyat kitobxonga yetib boradi. Tilshunoslik badiiy nutqqa fikr almashish vositasi sifatida qarasa, adabiyotshunoslik uni estetik muloqot vositasi sifatida tadqiq etadi. Demak, filologik tizimdagi fan sifatida Adabiyotshunoslik nafaqat tilshunoslik, balki uning alohida sohalari bilan ham mustahkam aloqaga kirishadi. Bir tizimdagi bu ikki fanning o‘zaro yaqinlashuvi natijasida lingvopoetika va ritorika singari oraliq fanlar vujudga kelganki, ularning ishtirokisiz na adabiyotshunoslik, na tilshunoslik rivoj topa oladi. A.dagi struktural poetika bilan struktur tilshunoslik, generativ poetika bilan kognitiv tilshunoslik kabi sohalarning vujudga kelishi adabiyotshunoslik va tilshunoslikdagi akademik maktablarning ham yaqinlashuvidan darak bermoqda.
Adabiyotshunoslik va falsafa – adabiyotshunoslik va falsafa dunyoni bilishda, uning hodisalarini qabul va talqin qilishda yaqinlashadi. Falsafa tabiat va jamiyatning umumiy taraqqiyot qonuniyatlarini, insoniyat tafakkuri va dunyoqarashining o‘ziga xos jihatlari tadqiq qilsa, adabiyotshunoslik ana shu dunyoning badiiy asardagi aksi, matn modeli bilan ish ko‘rishi natijasida umumiylikdan xususiylikka qarab boradi, inson va uning borliqdagi mohiyati, uning yaratuvchilik qudrati va dunyo tamaddunidagi o‘rnini badiiy timsollar vositasida anglatgan badiiy adabiyotni tahlil qilish orqali umumiylikka erishadi. Turli dunyoqarashga ega, turli ijodiy maneradagi adiblarning ijod mahsulini o‘rganish orqali adabiyotshunoslik faylasuf anglab yetgan dunyoni qayta badiiy kashf qiladi. Bu kabi parallelliklarni ko‘plab keltirish mumkin. Azaldan har ikki fan o‘zaro yaqin aloqadorligining belgisi sifatida adabiyotshunoslikka Yevropa faylasuflari deyarli ikki ming yildan ortiq muddat davomida falsafiy fanlar tizimida qarab kelishgan. Adabiyotshunoslik asosini yaratgan va jahoniy taraqqiyotiga xizmat qilgan Arastu, Gegel kabi daholar, asosan, falsafiy fikr taraqqiyoti bilan shug‘ullanishgan.
13. Badiiy adabiyotni adabiy tur va janrlar bo‘yicha tasnif qlish tamoyillari.
Aflotun (mil. av. IV asr) “davlat qonunlar” kitobida adabiy turlar haqida ilk ma’lumot berilgan. Bu ibtidoiy ma’lumotlar arastu hakimning “poetika” kitobida qat’iy qonunlashtirgan. Arastu adabiy turlarga munosabatda mimefis nazariyasidan kelib chiqqan holda, uch adabiy turni farqlab ko‘rsatgan. San’at o‘xshatish unda inson o‘z tuyg‘ularini voqealar orqali ko‘rsatish eposdir. Lirikada esa qalbning tabiiy tebranishlari aks ettirish kerak. Lira asbobida kuylar tabiiy chalingani kabi. Gegel ta’limotida esa tasnif asosiga obyekt va subyekt munosabati qo‘yadi. Shundan kelib chiqib, epos obyektivlik (makon, o‘rin-joy)ni nazarda tutadi. Lirika asosida subyekt yotadi va uning holati kechinmalari fikr va tuyg‘ulari badiiy asarning obyekti qilib olinadi.Adabiy tur – badiiy asarning tiplari, o‘ziga xos xususiyatga ega bo‘lgan, poetik nutqning alohida shakllanishi, muallif g‘oyalarining betakror mushakkal ifodasi. Adabiy tur deyilganda hayotni idrok va ifoda etishda bir-biridan keskin farq qiladigan muallif pozitsiyalari tushuniladi. Adabiy tur tushunchasi ayrim nazariy manbalarda “jins” (rus t.dagi “rod”ni kalkalash orqali) istilohi b-n yuritiladi. Ayrim xorijiy manbalarda esa adabiy tur va janr munosabat-larida ularni har xil tushunish mavjud. Mas., fransuz adabiyotshunosligida “janr” istilohi A.t.ni anglatadi. V.Belinskiyning “Poeziyaning xil va turlarga bo‘linishi” maqolasini tarjima qilish jarayonida A.t.ga nisbatan “xil”, janrga nisbatan “tur” so‘zlari qo‘llanilgan. Bunday terminologik chalkashliklardan chiqish maqsadida A.t. “janrlar guruhi”dan iborat ekanini, u uslub bilan ham, metod bilan ham jiddiy aloqadorlikda taraqqiy etayotgan kategoriya ekanini ta’kidlash lozim Adabiy tur nazariyasida munozarali o‘rinlar bo‘lishiga qaramasdan adabiy tajribada har uchala turga xos jihatlar aniq belgilangan, ular nafaqat nazariy talqinlarda, balki amalda badiiy asarning formal tarkibiy xususiyat-larida, muallif pafosida (o‘z asariga munosabatda), uslubida aniq ko‘zga tashlanadiki, ular haqidagi ta’limot ad-tshunoslikning asosiy bo‘limini tashkil qiladi.Dramaturgiyada obyekt va subyektning o‘zaro munosabati yuzaga chiqadi. Chunki harakatdagi shaxs va uning nutqi drammada asosiy mohiyat kasb etadi.Har bir adabiy tur o‘z yo‘nalishida maxsus janrlarga ega. Adabiy tur g‘arb adabiyoti uchun asos qilib olingan bo‘lsada, islom sharqi mamlakatlarida nimani tasvirlash emas, balki qanday tasvirlash asos sifatida qabul qilinib, nasr va nazm shakllari tasnif asosiga qo‘yilgan. Fitrat “Adabiyot qoidalari” kitobida nasr va nazmning lug‘aviy ma’nolaridan kelib chiqib, nasrni “sochim” va nazmni “tizim” shakllarida tarzida ishlatgan. Sharq mumtoz adabiyotida nasr va nazm shakllari o‘zaro farqlanar ekan, ularning ifoda yo‘sinidan kelib chiqib she’riy va nasriy janrlar farqlangan.
14. . Poetik leksika: ko‘chim va ko‘chim turlari.
Badiiy nutq ifoda shakliga ko‘ra muallif va personaj nutqidan iborat bo‘lishi mumkin. Muallif nutqi adabiy til orqali bayon qilinsada, unda stilizatsiya holatlari, ma’no kochimlari, ekspressiv ravishda qo‘llanilish xususiyatlari aks etgan bo‘ladi. Personaj nutqida bu jihatlar yanada quyuqlashib jonlilik kasb etadi.Stilizatsiya – usluban qayta ishlash. Poetik nutqning tovush tomoni tilshunoslikda fonetik, zamonaviy talqinda fonologiya orqali, adabiyotshunoslikda fonika deb nomlangan qismning obekti hisoblanadi.Badiiy matnning leksik tarkibi ularning ma’nodorligi, ko‘chim tabiati, ko‘chayotgan ma’noning qirralari poetik leksika istilohi orqali o‘rganiladi. Mumtoz adabiyotdagi barcha ma’noviy san’atlar poetik leksikaning qatlamlarining hosili hisoblanadi.Tilda assonans (unlilar uygunligi), alliteratsiya (undoshlar uygunligi) kabilar kuzatiladi.Assonans (lotincha: assono – tovush; fransuzcha: assonanse – uyg‘unlik) – unlilarning uyg‘unligi. Asosan, urg‘u olgan bo‘g‘inlar Assonans bo‘lib keladi. Assonans ma’noni kuchaytirish, urg‘u berilayotgan so‘zning ta’sir-chanligini oshirish uchun qo‘llanadi. Mas., ushbu she’rda u va yu tovushlari yordamida A. hosil qilingan: Broju li ya vdol ulits shumnыx, Vxoju l vo mnogolyudnыy xram, Siju l mej yunoshey bezumnыx Ya predayus moim mechtam.(A.S.Pushkin)Assonans istilohi rus she’riyatida noaniq qofiya ma’nosida ham ishlatiladi. Bunda urg‘u olgan unli tovushlar uyg‘un holda keltirilib, undosh tovushlarning uyg‘unligi mutlaqo kuzatilmaydi. Mas., rus t.da ogromnost – opomnyus; jajda – jalko.Sharq she’riyatida assonansdan unumli foydalaniladi. Ayniqsa, aruz vazni o‘z tabiatiga ko‘ra cho‘ziq unlilarning uyg‘unligiga asoslangani uchun A. turkiy she’riyatdagi eng faol vositalardan hisoblanadi.Mas., Iloho podshoho kirdikoro,Sango ochug‘ nihonu oshkoro(Alisher Navoiy)Yoki:Men ketay deb, tez etay deb bog‘ladim belga kamar,Sen netay deb, sabr etay deb solmading dilga kadar.(CHo‘lpon)Alliteratsiya (lotincha: al – ga, uchun; littera – harf, yozuv) – she’rdagi undosh tovushlarning uyg‘unligi asosida yaratilgan badiiy san’at (vosita).Fonika,ya’ni adabiyotshunoslikda badiiy asarning tovush jihati va ohang tizimini o‘rganishda muhim poetik hodisa sanaladi. Bunda bir xil undoshlar yoki o‘zaro yaqin ohangdosh undoshlar uyg‘un kelishi asosida ohangdorlik kuchaytirilishi, ta’sirchanlik oshirilishi mumkin. Alliteratsiya, ko‘pincha, misradagi so‘zlarning boshlang‘ich bo‘g‘inlarida keladi. Ta’sirchanlikni oshirishga qaratilgan A. ko‘proq eshitish orqali reallashadi. Mas., Sochilgan sochingday sochilsa siring (CHo‘lpon). YOki Qaro qoshing qalam qoshing Qiyiq qayrilma qoshing qiz. Qilur qatlimga qasd qayrab qilich qotil qaroshing qiz (Erkin Vohidov). Pora, pero pokoya prosit... (A.S.Pushkin). CHujdыy charam chernыy chlen (K.Balmont).
15. . Badiiy obraz haqida tushuncha.
Obraz lotincha so‘z bo‘lib, “manzara”, “ko‘rinish” ma’nolarini ifoalaydi. Obraz badiiy asarning mavjudlik shakli bo‘lib, u aniq bir shaxs, voqea yoki hodisa va tushunchani umumlashtirishi bilan birga tasvirdagi badiiy asarning mohiyatini anglatadi.Badiiy obraz – adabiyot va san’atning fikrlash shakli, olam va odamni badiiy idrok etish vositasi, badiiyatning umumiy kategoriyasi. Lug‘aviy ma’nosida har qanday aksni bildiruvchi “obraz” so‘zi turli fan sohalarida (falsafa, psixologiya) muayyan terminologik ma’noda qo‘llanadi. Jumladan, estetika va adabiyotshunoslikda u “badiiy obraz” ma’nosida tushuniladi. Badiiy obraz deganda, borliq (undagi inson, narsa, hodisa va h.)ning san’atkor ko‘zi bilan ko‘rilgan va ideal asosida ijodiy qayta ishlangan aksi tushuniladi. Albatta, bu aksda borliqning ko‘plab tanish izlari bor, biroq endi u biz bilgan borliqning ayni o‘zi emas, balki undan shartlilik asosida ajralgan yangi mavjudlik – badiiy borliqdir. Xuddi shu hol badiiy obrazni ob’ektiv va sub’ektiv ibtidolar birligiga aylantiradi. Ya’ni, bir tomondan, borliqning aksi sifatida badiiy obraz makon va zamonda mavjud bo‘lgan konkret narsadek his etiladi. Ikkinchi tomondan, u tushuncha, tasavvur, faraz va shu kabi tafakkur unsurlariga xos xususiyatlarga ega: ijodkor badiiy obraz vositasida fikrlaydi, borliqni oddiygina aks ettirmasdan, uni ijodiy qayta yaratadi. Shunga ko‘ra, badiiy obrazning vujudga kelishini quyidagicha sxemada ko‘rsatish mumkin: borliqning hislar orqali ongda akslanishi – tafakkur kuchi bilan o‘z ma’naviy-ruhiy ehtiyojlariga mos ijodiy qayta ishlash va umumlashtirish – konkret his etiladigan tarzda (badiiy obraz shaklida) ifodalash. Konkret his etiladigan tarzda ifodalangan B.o. qator spetsifik xususiyatlarga ega. Avvalo, badiiy obraz individuallashtirilgan umumlashma sifatida namoyon bo‘ladi. Voqelikdagi har bir narsa-hodisada turga xos umumiy xususiyatlar bilan uning o‘zigagina xos xususiyatlar mujassamdir. Narsa-hodisaning umumiy xususiyatlariga tayanuvchi abstrakt tafakkurdan farqli o‘laroq, obrazli tafakkur uning individual xususiyatlariga tayangan holda fikrlaydi. Deylik, fan umuman odam haqida (mas., biolog umuman odamning fiziologik xususiyatlari haqida) so‘z yuritishi mumkin, biroq san’at hech vaqt umuman odam obrazini yarata olmaydi. Shu ma’noda konkretlilik – badiiy obrazning muhim spetsifik xususiyatidir. Misol uchun, A.Oripovning “Ayol” she’ridagi ayol obrazi o‘zida katta badiiy umumlashmani tashiydi va shu bilan birga u o‘quvchi tasavvurida konkret bir inson sifatida gavdalanadi. San’at konkret narsa-hodisaning individual xususiyatlarini bo‘rttirish orqali umumlashtirishga erishadi. Mas., A.Qahhor “O’g‘ri” hikoyasida amin haqida: “og‘zini ochmasdan qattiq kekirdi, keyin baqbaqasini osiltirib kuldi”, “chinchalog‘ini ikkinchi bo‘g‘inigacha burniga tiqib kuldi” qabilidagi individual belgilarni bo‘rttiradi. Shu individual belgilarni bo‘rttirish bilan adib zamona amaldorlariga xos umumiy xususiyatni – qo‘l ostidagi fuqaro taqdiriga befarqlikni ko‘rsatadi. Ya’ni individuallashtirish hisobiga, bir tomondan, amin obrazi ko‘z oldimizda konkret inson sifatida gavdalanadi, ikkinchi tomondan, obraz badiiy umumlashmalilik kasb etadi. Shu tariqa badiiy obrazda bir-biriga zid ikki jihat (individuallik va umumiylik) uyg‘un birikadi. Shunga o‘xshash, badiiy obraz o‘zida aql bilan hisni ham birlashtiradi, shu bois uni ratsional va emotsional birlik sifatida tushuniladi. Badiiy obrazdagi ratsional jihat shuki, uning yordamida ijodkor o‘zini qiynagan muammolarni badiiy idrok etadi. Mas., “Kecha” romanidagi qator obrazlar yordamida Cho‘lpon Turkistonning tarixiy taraqqiyoti masalalari, yurtining ertasi bilan bog‘liq muammolarni badiiy tadqiq etadi, obrazlar tizimi vositasida bu boradagi fikr-qarashlarini shakllantiradi va o‘zi anglagan haqiqatni badiiy kontseptsiya (tugal bir qarash, tizim holidagi badiiy xulosa) tarzida ifoda etadi. Ayni paytda, asardagi obrazlarda adibning hissiy munosabati ham o‘z aksini topgan.Hissiy munosabat badiiy kontseptsiyani shakllantirishda, asar mazmunining o‘quvchiga yetkazilishida muhim ahamiyat kasb etadi. Har bir konkret obrazning hissiy tonalligi turlicha bo‘lib, bu, birinchi galda, ijodiy niyat bilan bog‘liqdir. “Kecha”ning boshlanishidayoq Cho‘lpon Zebiga bir turli, Razzoq so‘figa yana bir turli, Akbaraliga esa boshqa bir turli munosabatda bo‘ladi. Voqealar rivoji davomida hissiy munosabatda ham ma’lum o‘zgarishlar kuzatiladi. Jumladan, asar boshlanishidagi Zebiga shaydolik to‘la mehr susayib (adib xarakter mohiyatini xolis idrok etadi), Razzoq so‘fi yoki Akbaraliga nisbatan mazaxli nafrat qisman achinishga (adib ularning taqdiridagi fojelikni kashf etadi) aylanib boradi. Ya’ni xarakter mohiyatiga kirilgani sari hissiy munosabatda o‘zgarish yuzaga keladi. Hissiy munosabatdagi o‘zgarish o‘qish jarayonida kitobxonga ham o‘tadi va ayni shu narsa uni asar mazmunini adib istagandek tushunishiga yo‘naltiradi. Demak, B.o.dagi ratsional va emotsional jihatlar uyg‘unligi badiiy kontseptsiyaning shakllantirilishida ham, ifodalanishida ham birdek muhim ekan. Obraz lotincha so‘z bo‘lib, “manzara”, “ko‘rinish” ma’nolarini ifoalaydi. Obraz badiiy asarning mavjudlik shakli bo‘lib, u aniq bir shaxs, voqea yoki hodisa va tushunchani umumlashtirishi bilan birga tasvirdagi badiiy asarning mohiyatini anglatadi.Badiiy obraz – adabiyot va san’atning fikrlash shakli, olam va odamni badiiy idrok etish vositasi, badiiyatning umumiy kategoriyasi. Lug‘aviy ma’nosida har qanday aksni bildiruvchi “obraz” so‘zi turli fan sohalarida (falsafa, psixologiya) muayyan terminologik ma’noda qo‘llanadi. Jumladan, estetika va adabiyotshunoslikda u “badiiy obraz” ma’nosida tushuniladi. Badiiy obraz deganda, borliq (undagi inson, narsa, hodisa va h.)ning san’atkor ko‘zi bilan ko‘rilgan va ideal asosida ijodiy qayta ishlangan aksi tushuniladi. Albatta, bu aksda borliqning ko‘plab tanish izlari bor, biroq endi u biz bilgan borliqning ayni o‘zi emas, balki undan shartlilik asosida ajralgan yangi mavjudlik – badiiy borliqdir. Xuddi shu hol badiiy obrazni ob’ektiv va sub’ektiv ibtidolar birligiga aylantiradi. Ya’ni, bir tomondan, borliqning aksi sifatida badiiy obraz makon va zamonda mavjud bo‘lgan konkret narsadek his etiladi. Ikkinchi tomondan, u tushuncha, tasavvur, faraz va shu kabi tafakkur unsurlariga xos xususiyatlarga ega: ijodkor badiiy obraz vositasida fikrlaydi, borliqni oddiygina aks ettirmasdan, uni ijodiy qayta yaratadi. Shunga ko‘ra, badiiy obrazning vujudga kelishini quyidagicha sxemada ko‘rsatish mumkin: borliqning hislar orqali ongda akslanishi – tafakkur kuchi bilan o‘z ma’naviy-ruhiy ehtiyojlariga mos ijodiy qayta ishlash va umumlashtirish – konkret his etiladigan tarzda (badiiy obraz shaklida) ifodalash. Konkret his etiladigan tarzda ifodalangan B.o. qator spetsifik xususiyatlarga ega
16. Kompozisiya, kompozision vositalar
Kompozitsiya (lot. kompozitsion – tuzish, biriktirish) – tuzilish, qurilish, birikish tushunchalarini beradi. Badiiy asarda muallif nazarda tutgan ijodiy niyatni amalga oshirish uchun asarning qurilishini muayyan bir qonuniyat asosiga qurish. Uning qismlarini o‘zaro birlashtiruvchi qonuniyat.Kompozitsiya badiiy asar qismlarini yaxlit badiiy niyat (muayyan konsepsiyani shakllantirish va ifodalash, ko‘zlangan g‘oyaviy-estetik ta’sir) ijrosi uchun eng optimal holda joylashtirish, badiiy sistema (asar)dagi unsurlarni o‘zaro aloqa va munosabatlari ravshan anglashiladigan tarzda butunlikka biriktirish. Ya’ni kompozitsiya badiiy shaklning unsuri emas, u, avvalo, shakl komponentlarini badiiy mazmunni shakllantirish va ifodalash uchun eng qulay tarzda uyushtirishga qaratilgan amal, shuni amalga oshirish prinsiplaridir. Ayni amal tufayli asar unsurlari shunday uyushtiriladiki, natijada unda bironta ham ortiqcha unsur bo‘lmaydi, har bir unsur butun tarkibida o‘z funksiyasiga ega bo‘ladi va muayyan g‘oyaviy-badiiy yuk tashiydi.Kompozitsiya tushunchasi badiiy asarning barcha sathlariga birdek taalluqli, uning qaysi sathi haqida gap ketmasin, qurilishining ayni shu aspekti diqqat markazida turadi: matn qurilishi (bob, sarlavha, asosiy va yondosh matn), badiiy nutq shakllari (hikoyalash, tavsif, dialog), rivoya sub’ektlari (muallif, personaj, o‘zga shaxs), nuqtai nazar (roviy yoki personaj nigohi orqali ko‘rish)larning maqsadli almashinib turishi, personajlar sistemasi (bosh, ikkinchi darajali va yordamchi personajlar tarzida darajalanishi, ularning shunga mos o‘zaro munosabatdorlikda joylashtirilishi), syujet qurilishi (voqealarning zamon yoki sabab-natija munosabati asosidagi aloqadorligi, yuz berish va hikoya qilinish vaqti, turli makon va zamonda kechayotgan voqealarning o‘zaro bog‘liqligi, makoniy va zamoniy o‘zgarishlarning asoslanishi v.b. – bularning bari K. b-n bog‘liq tushunchalarning bir qisminigina tashqil qiladi. K. badiiy asarning chinakam sistema, ya’ni qismlardan tarkib topgan, lekin barcha qismlari o‘zaro mustahkam aloqadagi butunlikka aylanishini ta’minlaydi. Buning uchun esa qismlarning har biri o‘z o‘rni va o‘z me’yorida, butun b-n mustahkam aloqada bo‘ladigan va bu aloqalar anglanadigan tarzda joylashtirilishi muhim. YA’ni ijodiy niyatdayok o‘qish jarayoni nazarda tutiladiki, ayni shu narsa ijod jarayoniga ham ta’sir qiladi, yaratilajak asar kompozitsiyasining qanday bo‘lishini belgilaydi. O‘quvchi kompozitsiya jihatidan yaxshi tashqillangan asardan to so‘nggi nuqtaga kadar yangi-yangi mazmun qirralarini kashf etib boradi, o‘qish davomida turfa hissiy holatlarni qalbdan kechiradi, akliy yoxud ruhiy toliqish, zerikish hislaridan forig‘ bo‘ladi. Demak, badiiy asar kompozitsiyasi nafaqat asarning barcha komponentlarini uyushtirib, uning shakliy va mazmuniy butunligini ta’minlaydigan, balki uning o‘qilishi, uqilishi va kitobxonga g‘oyaviy-estetik ta’sirini boshqaradigan, xullas, asarni chinakam san’at hodisasiga aylantiradigan eng muhim unsur ekan. SHuning uchun ham kompozitsiyaga badiiy shaklning gultoji sifatida qaraladi, muayyan asar badiiyati haqida gap ketganda, uning kompozitsion xususiyatlariga, badiiy maxorat haqida so‘z borganda, shu boradagi maxoratga ayricha e’tibor beriladi. Zero, badiiy asarda hayot muayyan badiiy shaklga solingan holda aks ettiriladi, unda yangi reallik – badiiy voqelik yaratiladi. YA’ni san’atkor bir butunlikdan ikkinchi bir butunlikni – voqelikning badiiy modelini yaratishi, hayot materiali (dispozitsiya)ni badiiy asar (kompozitsiya)ga aylantirishi zarur bo‘ladi. SHu bois ham dispozitsiyani kompozitsiyaga aylantira olish iktidori ijodkor shaxsning tug‘ma imkoniyatlari sirasida eng muhimi sanalib, iste’dod kuchi shu iktidorning kay darajada ekanligi bilan belgilanadi.
17. Badiiy asar tarkibi. Shakl va mazmun birligi.
Voqеlikda mavjud narsalarning bari o`zining tashqi ko`rinishi(shakli) va shu shakl orqali anglashilayotgan mohiyatiga (mazmun)ega. Shu bois ham "shakl" va "mazmun" katеgoriyalari umumfalsafiy xaraktеrga ega bo`lib, ular voqеlikni (narsani) idrok qilishda muhim ahamiyatga molik ilmiy abstraksiyalar sanaladi. Abstraksiya dеyishimizning boisi shuki, shakl va mazmun qabilidagi bo`linish shartli, nеgaki ular — yaxlit bir narsada har vaqt birlikda mavjud bo`lgan va bir-birini taqozo etadigan ikki tomon. Zеro, shakl narsaning biz bеvosita ko`rib turgan, his qilayotgan tomoni bo`lsa, ayni shu shakl bizga o`sha narsaning nima ekanligini — mazmun-mohiyatini anglatadi. Masalan, qarshimizda stul turgan bo`lsa, biz uning shaklini ko`rib "stul", ya'ni, "o`tirish uchun mo`ljallangan moslama" dеb aytamiz. Stulga xos bo`lgan tashqi ko`rinish uning shakli bo`lsa,mazmuni shu shakl ifodalayotgan "o`tirish uchun mo`ljallangan moslama" ekanligidir. Ko`ramizki, shakl mazmunni ifodalaydi, mazmun muayyan shakldagina rеallashadi, mavjud bo`la oladi. Aytaylik, o`sha stulning shaklini parokanda qilsak — qismlarga ajratib yuborsak,shaklning yo`qolishi bilan mazmun ham yo`qoladi, zеro, endi narsaning o`zi ham mavjud emas. Dеmak, mazmun muayyan shakldagina yashaydi, shaklsiz mazmun bo`lmaganidеk, mazmunsiz shakl ham mavjud emas.Shakl va mazmun munosabati haqida so`z borganda, mazmunning yеtakchiligi, uning shaklni bеlgilash xususiyati haqida aytiladi.Darhaqiqat, ikkilamchi tabiatga (inson tomonidan yaratilgan narsalarga) nazar solinsa, buni yaqqol ko`rish mumkin bo`ladi. Misol uchun yana o`sha stulni olaylik. Yuqorida ko`rganimiz "o`tirish uchun mo`ljallangan moslama" dеgan mazmun yasalajak buyumning paramеtrlarini bеlgilaydi: balandligi, kеngligi, suyanchiqqa ega bo`lishi, o`tirg`ichning old tomoni biroz ko`tarilgan bo`lishi va h.Ya'ni,bu o`rinda shaklning mazmunga muvofiq bo`lishi talab qilinadi.Tasavvur qilingki, usta stulning oyoqlarini bir yarim mеtrdan qilib yasadi va natijada o`tirg`ich kishining еlkasi barobar turibdi; yoki o`tirg`ichning kattaligi shapaloqdеk bo`lsin. Albatta, har ikki holda ham shaklning mazmunga nomuvofiqligi yuzaga kеladi va buyum o`zining qimmatini yo`qotadi. Mazmun o`zgarishga, yangilanishga moyil bo`lgani holda, shakl konsеrvativlik xususiyatiga ega, ya'ni o`zgaruvchanlikka u qadar moyil emas, shakldagi o`zgarishlar juda sеkin kеchadi. Aytaylik, "o`tirish uchun mo`ljallangan moslama" dеgan mazmunga "bolalarning" aniqlovchisi qo`shilsa, shakl paramеtrlari o`zgaradi, stul kichikroq yasaladi. Endi unga "go`daklarning"aniqlovchisini qo`shsak, shaklga yana biror bir qo`shimcha, masalan,go`dakni yiqilib tushishdan saqlovchi old to`siq qo`shiladi. Biroq,shunisi borki, barcha hollarda ham "o`tirish uchun mo`ljallangan moslama" o`zining asosiy shakl ko`rsatkichlarini saqlab qoladi. Boshqa har qanday narsa singari, badiiy asar ham shakl va mazmunning yaxlit birligidir. Shuning uchun "badiiy shakl", "badiiy mazmun" dеgan tushunchalarni ishlatganimizda ularning atigi ilmiy abstraksiyalar ekanligini unutmasligimiz kеrak. Ya'ni, biz yaxlit butunlik — badiiy asarni atroflicha tahlil qilish, bu ishni osonlashtirish maqsadidagina shu xil shartli bo`lishga yo`l o`yamiz. Aslida esa shakl mazmunsiz,mazmun shaklsiz mavjud emasdir. Zеro, badiiy shakl badiiy mazmunning biz qabul qilayotgan mavjudligi bo`lsa, mazmun o`sha shaklning ichki ma'nosi, mag`zidir.Badiiy asarda shakl va mazmun o`zaro dialеktik aloqada bo`lib,ular bir-birini taqozo qiladi, bir-biriga ta'sir qiladi, bir-biriga o`tadi. Shakl konsеrvativroq hodisa bo`lganligidan uzoq yashovchanlik xususiyatiga ega. Mazmun esa o`zgaruvchanlikka moyil hodisa bo`lib,har bir badiiy asar mazmunan o`zicha originaldir. Sababi, o`sha asarni yaratgan ijodkor — individ, u dunyoni o`zicha ko`radi va baholaydi.Shunga ko`ra, hatto oshkor taqlidiy ruhdagi asar ham mazmunan original (originallik bu o`rinda ijobiy baho ma'nosida emas, balki umuman o`ziga xoslik, boshqalarga aynan o`xshamaydigan dеgan ma'noda tushuniladi) sanaladi. Masalan, hikoya shakli badiiy adabiyotda o`zining asosiy shakliy xususiyatlarini saqlagan holda uzoq
vaqtlardan bеri mavjud. Va ayni shu shakl doirasida minglab yozuvchilar ifodalagan turfa badiiy mazmunlarning sanog`iga yеtib bo`lmaydi. Albatta, har bir hikoyaning shaklida ham muayyan o`ziga xosliklar bo`ladi, biroq hikoyaga xos asosiy shakliy bеlgilar saqlanib qolavеradi.Mazmunning shaklga o`tish hodisasi gеnеtik asosga egadir. Buni muayyan turg`un janrlar misolida ham ko`rish mumkin. Masalan,"g`azal" janri dastlab paydo bo`lganida mazmun hodisasi edi. Uning mazmun hodisasi bo`lganligi so`zning lug`aviy ma'nosi bilan izohlanishi mumkin. Ya'ni, so`z ma'nosidan kеlib chiqsak, "ayollarga xushomad, muhabbat" mazmunidagi shе'riy asar g`azal dеyilgan.Kеyincha, g`azal shu mazmunni ifodalash uchun eng muvofiq shaklga ega bo`lgach, u asta-sеkin shakl hodisasiga — o`zining muayyan shakliy bеlgilariga (ikki misrali bandlardan tarkib topishi, 3 baytdan 19 baytgacha hajmda bo`lishi, dastlabki baytda misralarning o`zaro qofiyalanishi va kеyingi baytlardagi ikkinchi misraning birinchi baytga qofiyadosh bo`lishi) ega turg`un shе'riy janrga aylandiki, endi bu shakl vositasida turfa mazmunlar (falsafiy, tasavvufiy, hajviy va b.) ifoda etila boshlandi. Xuddi shu gapni "novеlla"ga nisbatan ham aytish mumkin. Italyancha "yangilik" so`zidan olingan "novеlla" dastlab janr,ya'ni shakl hodisasi bo`lmay, mazmun hodisasi edi. Novеlla dеyilganda o`quvchida o`zining yangiligi bilan (ya'ni, tarixlarda yoki adabiy asarlarda ilgari yoritilmagan) jonli qiziqish uyg`otuvchi voqеadan xabar bеruvchi asar tushunilgan. Ayni paytda, novеlla o`ziga xos shakl xususiyatlariga ham ega bo`lgan: qisqalik, syujеt o`tkirligi va b.Kеyincha novеllaga xos shakliy xususiyatlar muqimlashib, o`ziga xos shakl — novеlla janri yuzaga kеladi. Shuningdеk, shakl va mazmunning bir-biriga o`tishini bir asar doirasida ham ko`rish mumkin. Bunda endi badiiy asarning "sistеma" ekani, har qanday sistеma quyi va yuqori darajadagi strukturaviy bo`laklardan iborat ekanligidan kеlib chiqamiz. Masalan, til obrazga nisbatan shakl, obraz tilga nisbatan mazmun; obraz ayni paytda badiiy mazmunni ifodalash shakli. Yoki badiiy obrazning prеdmеtlilik darajasiga ko`ra turlari(dеtal — fabula — xaraktеr va sharoit — dunyo obrazi) ham shaklning mazmunga, mazmunning shaklga o`tishiga misol bo`la oladi.Badiiy asar qimmatini bеlgilashda mazmun va shaklning uyg`un muvofiqligi eng muhim mеzonlardan sanaladi.
18. . Badiiy nutq va uning xususiyatlari.
Badiiy nutq, adabiy til,meta til,qahramon va muallif nutqi,poetik leksika,ko’chim turlari,fonika,fonologiya,intonatsiya,poetik-sintaksis.Har qanday badiiy asarning tili mutola jarayonida reallashgani uchun XXasrning 70-yillaridan boshlab “poetik til”o’rniga badiiy nutq tushunchasi qo’llaniladi. Badiiy asar tili haqida gap borganda uning yana bir jihati —diffеrеnsatsiyalanganligiga (ya'ni, farqlangan) alohida to`xtalish zarur.Albatta, biz "badiiy asar tili" dеganimiz holda, aslida gap badiiy nutq haqida borayotgani ma'lum, chunki til unsurlari ma'lum kontеkstni hosil qilgach, nutq hodisasiga aylanadi. Badiiy nutqning farqlanganligi shuki, unda muallif nutqi va qahramonlar nutqi ajratiladi. Ta'kidlash kеrakki, mazkur farqlanish asosan epik va liro-epik xaraktеrdagi asarlarga xosdir. Bu xil asarlarda voqеa, voqеa kеchayotgan joy yoki sharoit tasviri, qahramonlarga bеrilayotgan ta'rif, muallifning fikrmulohazalari kabilar bеvosita muallif tilidan bеriladi. Muallif obrazi asarda tasvirlangan badiiy voqеlikni yaxlitlashtiruvchi subyеktiv asos bo`lganidеk, avtor nutqi asarning moddiy tarafini yaxlitlashtiruvchi unsurdir. Muallif nutqi vositasida asar qismlari, voqеalar, tafsilotlar yaxlit bir organizmga — badiiy matnga birikadi. Muallif nutqi grammatik jihatdan adabiy til normalariga yaqinlashadi, biroq uning adabiy til normalariga to`la muvofiq bo`lishini talab qilishlik xato bo`lur edi. Zеro, yozuvchi milliy til imkoniyatlarini kеngaytirishga,o`zining his-kеchinmalarini, o`y-hislarini imkon qadar yorqin ifodalashga intilarkan adabiy til normalaridan chеkinishi mumkin. Va ayni shu chеkinishlar vaqti kеlib adabiy til normasiga aylanishi mumkinligi ham ehtimoldan yiroq emas.Pеrsonajlar nutqini individuallashtirish zarurati badiiy asar tilidagi diffеrеnsatsiyalanganlikni yanada orttiradi. Chunki asardagi har bir pеrsonajning nutqi uning xaraktеr xususiyatlariga,dunyoqarashi, muhiti, ma'naviy qiyofasi, madaniy-ma'rifiy darajasi kabi jihatlarga muvofiq bo`lishi lozim. Sababki, epik va dramatik asarlarda qahramon xaraktеrini yaratishning asosiy vositalaridan biri pеrsonaj nutqi sanaladi.Badiiy nutq ritmik tashkillanishi jihatidan ikki shaklda:sochma(nasr) va tizma(nazm) shakllarda mavjuddir. Nasriy nutq tuzilishi jihatidan kundalik muloqot tiliga o`xshash bo`lsa, shе'riy nutq muayyan bir o`lchovga solingan, hissiy to`yintirilgan nutq sanaladi.Nasriy nutq epik va dramatik asarlarning asosiy nutq shakli hisoblanadi. Shu bilan birga, shе'riy yo`lda ham epik va dramatik asarlar yaratilishi mumkinligini unutmaslik kеrak. Shе'riy nutq esa lirik asarlarning asosiy nutq shaklidir. Badiiy nutq shakllari haqida gapirganda, uning yana monologik va dialogik shakllari ham farqlanadi. Monologik nutq shakli bir odam tilidan aytilayotgan nutqni bildirsa, dialogik nutq shakli suhbat-muloqot chog`idagi bir nеcha kishining nutqini anglatadi. Lirik asarlarda monologik nutq, dramatik asarlarda dialogik nutq еtakchilik qilsa, epik asarlarda ularning har ikkisi ham kеng o`rin tutadi. Bunda muallif nutqi asosan monologik shaklda bo`lsa, pеrsonajlar nutqi asosan dialogik shakldadir.

19. Adabiy oqimlar, yo’nalishlar va maktablar.


Adabiy oqimlar, yo'nalishlar va metodlar.Adabiy oqim yo'nalishga nisbatan torroq tushuncha bo'lib ma'lum bir adabiy yo'nalishning ko'rinishlari, tabiatidan bir biriga yaqin bo'lgan asarlarning umumiy xususiyatlari tarzida yuzaga chiqadi. Masalan, modernizm adabiy yo'nalish bo'lsa uning tarkibidan simvolizm postrukturalizm egzistensiologizm dekonstruktizm kabi adabiy oqimlarni uchratish mumkin. Ijodkorlar va ularning asarlarini adabiy yo'nalish va oqimlarga taqsimlash har doim ham yaxshi natija bermaydi. Llekin, ilmda har bir hodisaning o'z xususiyatlari orqali tanitish tamoyili mavjud bo'lgani uchun mavjud va muayyan har bir hodisani izohlash ma'nosida adabiy oqim va yo'nalishlar xilma xilligiga o'rin beriladi. O'zbek adabiyotshunosligida adbiy yo'nalish va oqimlarga nisbatan berilgan ta'rif va iztelohalarni sharhlash birinchilardan bo'lib amayga oshirilgan. Biroq har bir oqimning lug'aviy manolaridan kelib chiqqan holda unga mumtoz adabiyotdan misllar keltirish o'zini oqlamagan.Zamonaviy adabiyotshunoslikda mavjud bo'lgan yo'nalish va oqimlarni birini yuqori qo'yib ikkinchisini tubanlashtirish tamoyiliga yo'l qo'yilmasligi kerak. Har bir ijodkor va badiiy asar yashashga haqli bo'lgani kabi har bir yo'nalish va oqim ham o'z tamoyillari doirasida hayot kechirishi kerak. Metod tushunchasi yunonchada "tadqiqotga yo'l" "tahlil usuli" ma'nolarini beradi. Hozirgi kunda metod borliqni anglash tasvirlash va ifodalash tamoyili sifatida qilinadi. Shundan kelib chiqib realistik va romantik metod tushunchalari iste'molda bor.

20. Epik va dramaturgik asarlar kompozisiyasi.


Kompozitsiya o‘zi bu- lotinchadan olingan bo‘lib, qurilish, tuzilish, birikish tushunchalarini beradi. Badiiy asarda muallif nazarda tutgan ijodiy niyatni amalga oshirish uchun asarning qurilishini muayyan bir qonuniyat asosiga qurilish. Uning qismlarini o‘zaro birlashtiruvchi qonuniyat.Kompozitsiya badiiy asar qismlarini yaxlit badiiy niyat ya‘ni muayyan konsepsiyani shakllantirish va ifodalash ko‘zlangan g‘oyaviy estetik ta‘sir ijrosi uchun eng optimal holda joylashtirish, badiiy asardagi unsurlarni o‘zaro aloqa va munosabatlari ravshan anglashiladigan tarzda butunlikka biriktirish. Ya‘ni kompozitsiya badiiy shaklning unsuri emas, u, avvalo, shakl komponentlarini badiiy mazmunni shakllantirish va ifodalash uchun eng qulay tarzda uyushtirishga qaratilgan amal, shuni amalga oshirish prinsiplaridir. Ayni amal tufayli asar unsurlari shunday uyushtiriladiki, natijada unda bironta ham ortiqcha unsur bo‘lmaydi, har bir unsur butun tarkibida o‘z funksiyasiga ega bo‘ladi va muayyan g‘oyaviy-badiiy yuk tashiydi. Kompozitsiya tushunchasi epik va dramaturgik asarning barcha sathlariga birdek taalluqli, uning qaysi sathi haqida gap ketmasin, qurilishning ayni shu aksepti diqqat markazida turadi:matn qurilishi ya‘ni bob, sarlavha, asosiy va yondosh matn, badiiy nutq shakllari ya‘ni hikoyalash, tavsif, dialog, rivoya sub'ektlari ya‘ni muallif, personaj, o‘zga shaxs, nuqtai nazarlarning maqsadli almashinib turishi, personajlar sistemasi, syujet qurilishi ya‘ni voqealarning zamon yoki sabab-natija munosabati asosidagi aloqadorligi, yuz berish va hikoya qilinish vaqti, turli makon va zamonda kechayotgan voqealarning o‘zaro bog‘liqligi, makoniy va zamoniy o‘zgarishlarning asoslanishi kompozitsiya bilan bog‘liq tushunchalarning bir qismigina tashkil qiladi.

21. Badiiylik belgilari.


Badiiylik – badiiy matnning o‘ziga maxsus sifati. Badiiylik asarning konseptual mohiyatidan kelib chiqadi, badiiy timsollarning mahorat bilan ishlanishini taqozo qiladi. Badiiylik bu badiiy asarning matn va matnosti dasturlari hamda adabiy shakllar bo‘yicha izchil tashkillanishidir. Badiiylik matnning butunligini ta’minlovchi barcha komponentlarning organik harakati bo‘lib, u matnning chuqur qatlamlariga qadar kirib boradi. Bu jihatdan muallif o‘z qalbiga chuqurroq kirib borgan sari kitobxonlar qalbiga ham shunday chuqurlikda singadi. Badiiylik va badiiy asarning dasturiy shakllanishi bir-biridan u qadar uzoq bo‘lmagan hodisalardir. CHunki har qanday badiiy matn dasturi faqat badiiylik talablari bo‘yicha quriladi va amalga oshiriladi. SHuning uchun ham badiiylik san’at asarining estetik o‘lchovi hisoblanadi. Badiiylik manbasi hayot haqiqati va insonning ruhiy olami bo‘lishi bilan birga uning qay darajada badiiy matnda aks etganligiga qarab belgilanadi. Bu jarayonda hayotiy go‘zallik va qalb ruhoniyati muallifning estetik idealidan kelib chiqqan holda san’at asariga aylanadi. Badiiylik aniq bir matnga nisbatan qo‘llanilganda uning mazmun va shakl mutanosibligi, badiiy niyat va ifoda uslubi uyg‘unligi, janr talablari va ijodkor iste’dodi imkoniyatlari birlashgan holda nazarga olinadi.Badiiylik sababli ijodiy faoliyat boshqa ilmiy va ruhoniy faoliyat turlaridan farqlanadiki, ayrim hollarda badiiylik tushunchasi san’at asarining baholovchi o‘lchovi sifatida ham qaraladi. Badiiylik asosini uning estetik tabiati tashkil qiladi. Badiiy ijod faoliyatning shunday turidirki, shaxsning ruhiy hayoti ehtiyojlarini qondiradi va insonlararo estetik munosabatni shakllantirishga xizmat qiladi. Mutaxassislar badiiylikning quyidagi qonuniyatlarini belgilaydilar: asarning badiiylik butunligi va uni ta’minlovchi jihatlar (1); badiiy shartlilik tamoyillari (2); ichki (tashqi adresat – kitobxon, ichki adresat – xos kitobxon yoki mutaxassis) adresatga yo‘naltirilganlik qonuni (3); individullashtirish qonuni, yoki ijodiy originallik (4); ijodiy umumlashtirish (sho‘ro adabiyotshunosligida tipiklashtirish) (5) kabilar. Bu qonuniyatlar ayrim manbalarda badiiylik moduslari deb yuritiladi. V.Tyupa yuqorida tilga olingan qonuniyatlarni hisobga olgan holda pafos turlari (qahramonlik, satira, yumor, fojiaviylik v.b.)ni hamda idillik, ironik, elegik modus turlarini farqlaydi. Lekin san’at asarining badiiylik tabiatini o‘rganuvchi yagona qat’iy qoidani joriy qilib bo‘lmaydi. Chunki estetik faoliyat turlari ko‘p bo‘lgani kabi har bir san’at asarining o‘ziga munosib tarzda belgilangan tashqi va ichki xususiyatlari doirasi bo‘ladi. Bu jarayonni har bir adib o‘ziga kechirgani kabi har bir matnda badiiylik o‘ziga xos tarzda yuzaga chiqadi.Badiiylik qonuniyatlari zamon va makon kesimida o‘zgarishi ham mumkin. Antik estetlar yaratgan badiiylik qonuniyatlari bilan Gegel estetikasidagi badiiylikdan farq qilgani kabi SHarq badiiylik tizimi G‘arbiy Evropa badiiylik qonuniyatlaridan ham farqlanadi. Badiiylik har bir milliy-estetik tajribadan kelib chiqqan holda ham o‘ziga xos jihatlar bilan boyishi mumkin. Badiiylik deb asarlarni adabiyotning istedod ustuvorligi va xosiyati , anana va yaqinlik maxorat va tasirdorlik muammolarini oz ichiga olgan holda baxolash usuliga aytiladi . O'zbekiston FA Alisher Navoiy nomidagi til va adabiyot unsitutida adabiyotda badiiylik muammosi ishlab chiqildi. Bunga ko'ra badiiylik adabiy asarga baxo berish mezon(norma)lari tog'rididagi ilmdir , uni barcha kitobxonlar bilishi zarur. Tekshiruvda shu narsa ayon bõldiki, badiiylik mezonlari 5ta-istedod-xosiyat-anana va yangilik-maxorat-tasirdorlik Badiiylik «badaa» degan arabcha feldan olingan bo'lib «yangilik yaratish» degan manoni bildiradi, xaqiqatan, badiiy asar milliy adabiyotdagina emas, balki jahon adabiyotida ham oxorli(orginal) Yangi xodisa bolishi shart. Badiiylik sanat soxasiga doir ijodiy mehnat mahsuliga mansub bolgan ichki tuzilish tuzilish xususiyatlarini aniqlovchi murakkab, uyg'un birlik (kompleks)dir.
22. . She’riy nutq qurilishi. Poetik tizimlar. Metrika (vazn tushunchasi). Ritm va ritmika munosabati
Sher tuzilishi sheriy nutqning davomiyligi ritmi va musiqiyligini uyushtiradigan usul: adabiy badiy visits. Sher tuzilishi aslida óziga xos murakkab tizimni tashkil etadi. Chunki sherning yaratilishida juda kóplab goyaviy va badiy unsurlar ishtirok etadi. Jumladan mavzu,band, naqorot, goya, ritm, vazn, qofiya, intonatsiya, pauza,urgu,poetik timsollar,fonetik usullar, badiy sanatlar,syujet, timsol,kompozitsiya,konflekt va shunga óxshash unsurlardan sher paydo bóladi.sher tizimidagi mazkur jihatlarni shartli ravishda ikki guruhga ajratish mumkin.mazmunga oid unsurlar va shaklga oidunsurlar.sherda mazmun va shakl bir biriga voqe bóladi. Sherning tuzilishida uning baynalmilal tomonlari kózga tashlanadi.Sheriy tuzilish tarixiy taraqqiyot,davr uslubi va madaniy adabiy ananalar bb uzviy aloqada yasaydi.Bir sher tuzilishi turli sher tizimlarining imkoniyatlari mavjud bólishi va ular tarixiy taraqqiyot natijasida birin ketin róyobga chiqishi mumkin.Sher tizimlarining xarakteri bóginning qaysi xususiyatiga tayanishiga bogliq.Sillabik tizim shu jumladan ózbek barmoq tizimi bóginlarning soniga tonik tizim urgusiga ,sillabiktonik tizim esa bóginning urgu yoki urgusizligiga tayanadi aruz esa bóginning qisqa cózikligiga qaraydi.Ózbek sher tuzilishida quyidagi turlar mavjud.1 turkiy xalqlar xususan ózbek sher tuzilishining folklor tipi davri Misralar dastlab bógin soni jihatidan teng bólmagan ,ularni sheriy alliteratsiya tovush usullari va sóz takrori uyushtirgan qofiyalar bn sóz takrori aralash holda misra icida joylashgan.buni barmoq sher tizimi deyish mumkin.2 Aruz vazniga asoslangan sher tuzilish davri Aruz dastlab 8 asrda arab xalq ogzaki ijodida shakllangan 11 asrda órta osiyoda keng qóllanilgan 3 Erkin vaznga asoslangan sher tuzilishi ózb adabiyotida 20 asrning 20 yillarida rus tonik sheriyatidan kirib kelgan Bu vazn ólchov qofiya band jihatidan erkin bólsada alohida tizim mas balki barmoq vaznining sodda qóshma aralash murakkab kabi vazn turlaridan biri 4 Bógin urgu miqdor urgu va qorishiq sher tizimlari keyinroq paydo bólgan sheriy tizimlar.Vazn arabca ólcov sherda tovush tuzilishini uyushtirish usuli Vazn sher bandi bn aloqador bólgan ritm unsuri hisoblanadi.Vaznlar tuzilishiga kóra sodda qóshma Erkin Sodda vazn sher misralari va bógin soni teng bóladi Qóshma vazn banddagi misralardan biri ikkincisidan biror bógin ortiq yoki kam bóladi Erkin vazn vazndan vaznga ótib yuruvci tizim Ritm yunonca oqaman. Sheriyatdagi ritm tovush asosida paydo bóladi .Ritm badiy sanat asarining ifoda vositalaridan bólib asar tuzilishining óziga xos tomonini belgilaydi.uning goyaviy badiy estetik chuqurroq ocishga xizmat qiladi
23. She'riy nutq ritmikasi.
She’riy nutq muayyan bir o’lchov (vazn) asosidagi ritmga ega bo’lgan o’zining musiqiy jarangi hissiy to’yintirilgani bilan foydalanuvchi nutq.She’riy nutqdagi o’ziga xos intonatsiya musiqiylik ritmik bo’laklar va ritmik vositalar o’ziga xos fonetik tashkillanishi turli sintaktik usullari yordamida vujudga kelgan. Ritm juda keng tushunchaga ega bo’lib u borliqdagi juda ko’p narsa hodisalar kuzatilishi mumkin.Shunga ko’ra keng ma’noda ritm deganda muayyan bo’laklarning ma’lum vaqt oralig’idagi tartibli takrorlanib turishi tushuniladi.She’riy sintaksisda eng keng qo’llanuvchi vositalardan biri takrordir
24. . Mazmunni ifodalovchi jihatlar: badiiy niyat, mavzu, muammo, g‘oya, konsepsiya.
Ijodiy niyatning tugilishi — badiiy ijod jarayonidagi ilk bosqich. Ijodiy niyat san'atkorning voqеlik bilan munosabati, voqеlikni OZICHA (ya'ni, ozining estеtik idеali, dunyoqarashi, sajiyasi, madaniy-ma'rifiy darajasi, hayotiy va ijodiy tajribasi, tugma istе'dodining quvvati asosida) qabul qilishi va idеal asosida idrok etishi natijasi olaroq yuzaga kеladi. Ijodiy niyatda yaratilajak asarning asosiy chizgilari, birmuncha xiraroq tarzda bolsa-da, kozga tashlanib turadi. Ya'ni, ijodiy niyat yaratilajak asarning san'atkor ongidagi xomaki eskizidir. Badiiy ijod jarayonining oziga xosligi shundaki, san'atkor ijodiy niyatdayoq oquvchiga muayyan ta'sir qilishni kozda tutadi. Baski, maqsad ijroga ta'sir qiladi, niyat va ijro birlashadi. Bu jarayonni birmuncha ozgacharoq tushuntirish qulayroq korinadi: san'atkorning estеtik idеali bilan mavjud voqеlik orasidagi nomuvofiqlik badiiy ijodga undovchi motiv bolsa, idеalga yaqinlashish ijodning maqsadidir. Dеmak, ijodiy niyat bilan ijro, ijod motivi bilan maqsadining birligi badiiy ijod jarayonini yaxlit, butun hodisaga aylantiradi. Shu yaxlit jarayon — badiiy ijod davomida ijodiy niyat ijro etiladi, san'atkorning oy-fikrlari, bahosi badiiy obrazlar tizimi vositasida moddiylashtiriladi Badiiy asar ichki yaxlitligini mazmun va shaklning o„zaro munosabati tashkil qiladi. Badiiy mazmun shakl vositasida ifoda qilinayotgan mohiyat bo„lsa, badiiy shakl esa o„sha mazmun-mohiyatni o„quvchiga etkazish vositasidir. Ularning o„zaro mavjudligigina emas, balki biri ikkinchisini taqozo qilishi badiiy asar yaxlitligini tashkil qiladi.Badiiy mazmun o„z tarkibiga mavzu, g„oya, muammo kabi tushunchalarni oladi.Mavzu – badiiy asarning asosiga qo„yilayotgan hayot materiali. Asar bag„ishlanadigan shaxs, voqea, jarayonlarni o„z ichiga oladi. Asarning mavzusi ko„proq uning syujeti va obrazlar tizimida aks etgan bo„ladi.Sarlavha mavzuga ishora qiladi, uni ko„rsatadi lekin to„liq ifoda qilib bermaydi. Badiiy asar fikr bermasligi mumkin, lekin unda g„oya boladi. Asarning goyasi asar orqali ifodalanayotgan fikr bo„lsada, u yalang„och holida kitobxonga aytilgan yozuvchining o„giti yoki tushunchasi emas. Asar g„oyasi obrazlar orqali ifoda qilinar ekan, u nafaqat fikr balki kitobxonga tuyg„ular etkazishi ham mumkin. Qisqa qilib aytganda, mavzu “gapiradi”, g„oya “chaqiradi”. Muammo – badiiy asarga tortilgan uning bayoni davomida echilishi mumkin bo„lgan yoki echilmasada echimi ko„rsatiladigan masalalardan iborat.Muammolarning qo„yilishi va echimi ko„proq, epik va voqeaband asarlarga tegishli 3. Konseptuallik vazifasi. Adabiyot – hayotni badiiy tadqiq etish vositasidir.A. kitobxonni bilishdan idrok etishga, undan anglashga va yanada chuqurroq qaraganda hayot hodisalarini tadqiq etishga qarab yo„naltiradi. Adabiyot hayotda va badiiy asarlarida insonlarning qadrini ko„taradi va mana shu ma‟noda har bir inson jamiyat uchun qadrli ekanligini anglash orqali jamiyatni taraqqiy ettirish ishiga hissa qo„shadi. Adib hayotning yangi modelini yaratar ekan, u o„z asariga muallif konsepsiyasini singdiradi, dunyoni tadqiq etishning o„z usulini tavsiya etadi. Demak, muallif konsepsiyasi kitobxonni tadqiqiy faoliyatga yo„naltira Дунёкрраш ижод жараёнида санъат асарининг гоявий йуналишини, унинг ижтимоий-эстетик а^амиятини белгилаб бериши маълум.“Роявийлик” деганда биз адабий асарда ифодаланган ижодкорнинг китобхонга айтмокчи булган(яна *ам тугрироги — айта олган) фикрини тушунамиз. Аммо адабий асарда ифодаланган фикр ижодкорнинг соф субъектив фикри эмас, балки умумлашма ^ийматига эга булган ва ижтимоий ахдмият касб килган бадиий гоядир. Адабий асар гояси — образли ва эмоционал'фикр. Мана шунинг учун маърифий ва эстетик-тарбиявий кучга эга булади.Риоявийлик — бадиий асар мазмунининг катор сифат белгиларини уз ичига камраб оладиган умумий меъёр. Риоявийлик тушунчасига: биринчидан, бадиий асар мавзуининг ижтимоий, сиёсий, фалсафий ёхуд ахловдй киймати;иккинчидан, бадиий асарнинг ижтимоий йуналиши; учинчидан, бадиий гоянинг ^акконийлиги киради. Бундан ташкари, рио я в и й л и к деганда биз санъаткорнинг ижтимоий сиёсий карашларининг аник^иги, эътикоди, ихлосини тушунамиз. Баъзан гоявийлик деганда асар гоясининг ижтимоий-сиёсий а^амияти, фукаролик рух,и, бошкача килиб айтганда, асарнинг сермазмунлиги тушунилади. Ёзувчининг гояси канчалик илгор ва прогрессив булса,у яратган асарда *аёт шунчалик кенг, чуКур ва *акконий ифодаланади, бадиий асарнинг киммати бени^оя ошади.Роявий хатолар санъат асарининг бадиий кимматини туширади, унинг а^амиятини йук^а чи^аради. Роясизлик санъат ва адабиётда суюк, мазмунли асарларни вужудга келтиради. Бундай асарлар китобхонда юксак фикр ва туйгуларни тарбиялашга хизмат к,илмайди, х,аёт хакик;атини,кишиларни тугри била олиш ва бахолашга ургатмайди,аксинча, бахт, эрк х,амда гузаллик учун курашдан четга тортади. Шунга кура, хдр доим гоявий тутуриксиз асарларга карши кескин кураш олиб бориш му^им вазифадир. Д емак, гоявийлик санъат ва адабиётнинг му*им сифат белгиси экан. Шунга кура, гоявийлик ижод жараёнида ёзувчининг диктат марказида туриши лозим. Уткир ва таъсирчан гоявийлик билан юксак бадиийлик омухта булгандагина санъат асари пайдо булади.

25. . Badiiy asar tili. qahramon va muallif nutqi xususiyatlari.


Badiiy asar tili - ayrim manbalarda poetik til muayyan bir asarning so‘z orqali ifodalaning imkoniyatlarini ko‘rsatadi. Har qanday badiiy asar til orqali yuzaga chiqar ekan uning qonuniyatlari tilshunoslik qoidalariga yaqin kelsada biroq jonli badiiy asar uchun harakatdagi til–badiiy til talab etadi. Har qanday badiiy asarning tili mutolaa jarayonida reallashgani uchun XX asrning 70-yillaridan boshlab “poetik til” o‘rniga “badiiy nutq” tushunchasi qo‘llaniladi. Adib biror bir asar yozishdan oldin uni o‘quvchilarga yetkazish usuli, vositasi haqida fikr qilarkan, muayyan tabiiy-milliy yoki adabiy tilni qayta ishlaydi. Unga jilo beradi, o‘z jumlalari bilan ko‘rsatishga harakat qiladi. Badiiy nutq muallif tomonidan qayta ishlangani, unga ohor berilgani bilan adabiy tildan farqlanadi. Agar bunday til xalq merosini olmaydi desak, unchalik to‘g‘rimas. Mutolaa jarayoni biz uchun obyekt, sababi kitobxon o‘sha jarayonda yozuvchi bilan muloqatga kirishadi.Yozuvchi tomonidan shakllantirilgan ohoriy til ilmiy asarlarda metatil deyiladi. Badiiy nutq ifoda shakliga ko‘ra muallif va personaj nutqidan iborat bo‘lishi mumkin. Muallif nutqi adabiy til orqali bayon qilinsada, unda stilizatsiya holatlari, ma’no kochimlari, ekspressiv ravishda qo‘llanilish xususiyatlari aks etgan bo‘ladi. Personaj nutqida bu jihatlar yanada quyuqlashib jonlilik kasb etadi.Stilizatsiya - usluban qayta ishlash. Poetik nutqning tovush tomoni tilshunoslikda fonetik, zamonaviy talqinda fonologiya orqali, adabiyotshunoslikda fonika deb nomlangan qismning obyekti hisoblanadi.Tilda assonans (unlilar uygunligi), alliteratsiya (undoshlar uygunligi) kabilar kuzatiladi.Badiiy matnning leksik tarkibi ularning ma’nodorligi, ko‘chim tabiati, ko‘chayotgan ma’noning qirralari poetik leksika istilohi orqali o‘rganiladi. Mumtoz adabiyotdagi barcha ma’noviy san’atlar poetik leksikaning qatlamlarining hosili hisoblanadi.Poetik sintaksis deyilganda, matndagi so‘zlarning o‘zaro ichki aloqadorligi o‘rganiladi. Formal tilshunoslikdagi sintaksisdan farqli (so‘z birikmasi, gap turlari, bog‘lanish turlaridan tashqari) badiiy matn hosil qilish uchun muallif qo‘llagan vositalar va ularning o‘zaro ichki aloqadorligi poetik sintaksisga asos berishi mumkin.“Hikoya o‘n daqiqada bir soatgacha o‘qib bo‘linadigan, undan hech nimani qo‘shib va olib bo‘lmaydigan badiiy usuldir”

26. . Badiiy asar tarkibi. Shakl va mazmun birligi.


Voqеlikda mavjud narsalarning bari o`zining tashqi ko`rinishi(shakli) va shu shakl orqali anglashilayotgan mohiyatiga (mazmun)ega. Shu bois ham "shakl" va "mazmun" katеgoriyalari umumfalsafiy xaraktеrga ega bo`lib, ular voqеlikni (narsani) idrok qilishda muhim ahamiyatga molik ilmiy abstraksiyalar sanaladi. Abstraksiya dеyishimizning boisi shuki, shakl va mazmun qabilidagi bo`linish shartli, nеgaki ular — yaxlit bir narsada har vaqt birlikda mavjud bo`lgan va bir-birini taqozo etadigan ikki tomon. Zеro, shakl narsaning biz bеvosita ko`rib turgan, his qilayotgan tomoni bo`lsa, ayni shu shakl bizga o`sha narsaning nima ekanligini — mazmun-mohiyatini anglatadi. Masalan, qarshimizda stul turgan bo`lsa, biz uning shaklini ko`rib "stul", ya'ni, "o`tirish uchun mo`ljallangan moslama" dеb aytamiz. Stulga xos bo`lgan tashqi ko`rinish uning shakli bo`lsa,mazmuni shu shakl ifodalayotgan "o`tirish uchun mo`ljallangan moslama" ekanligidir. Ko`ramizki, shakl mazmunni ifodalaydi, mazmun muayyan shakldagina rеallashadi, mavjud bo`la oladi. Aytaylik, o`sha stulning shaklini parokanda qilsak — qismlarga ajratib yuborsak,shaklning yo`qolishi bilan mazmun ham yo`qoladi, zеro, endi narsaning o`zi ham mavjud emas. Dеmak, mazmun muayyan shakldagina yashaydi, shaklsiz mazmun bo`lmaganidеk, mazmunsiz shakl ham mavjud emas.Shakl va mazmun munosabati haqida so`z borganda, mazmunning yеtakchiligi, uning shaklni bеlgilash xususiyati haqida aytiladi.Darhaqiqat, ikkilamchi tabiatga (inson tomonidan yaratilgan narsalarga) nazar solinsa, buni yaqqol ko`rish mumkin bo`ladi. Misol uchun yana o`sha stulni olaylik. Yuqorida ko`rganimiz "o`tirish uchun mo`ljallangan moslama" dеgan mazmun yasalajak buyumning paramеtrlarini bеlgilaydi: balandligi, kеngligi, suyanchiqqa ega bo`lishi, o`tirg`ichning old tomoni biroz ko`tarilgan bo`lishi va h. Ya'ni,bu o`rinda shaklning mazmunga muvofiq bo`lishi talab qilinadi.Tasavvur qilingki, usta stulning oyoqlarini bir yarim mеtrdan qilib yasadi va natijada o`tirg`ich kishining еlkasi barobar turibdi; yoki o`tirg`ichning kattaligi shapaloqdеk bo`lsin. Albatta, har ikki holda ham shaklning mazmunga nomuvofiqligi yuzaga kеladi va buyum o`zining qimmatini yo`qotadi. Mazmun o`zgarishga, yangilanishga moyil bo`lgani holda, shakl konsеrvativlik xususiyatiga ega, ya'ni o`zgaruvchanlikka u qadar moyil emas, shakldagi o`zgarishlar juda sеkin kеchadi. Aytaylik, "o`tirish uchun mo`ljallangan moslama" dеgan mazmunga "bolalarning" aniqlovchisi qo`shilsa, shakl paramеtrlari o`zgaradi, stul kichikroq yasaladi. Endi unga "go`daklarning"aniqlovchisini qo`shsak, shaklga yana biror bir qo`shimcha, masalan,go`dakni yiqilib tushishdan saqlovchi old to`siq qo`shiladi. Biroq,shunisi borki, barcha hollarda ham "o`tirish uchun mo`ljallangan moslama" o`zining asosiy shakl ko`rsatkichlarini saqlab qoladi. Boshqa har qanday narsa singari, badiiy asar ham shakl va mazmunning yaxlit birligidir. Shuning uchun "badiiy shakl", "badiiy mazmun" dеgan tushunchalarni ishlatganimizda ularning atigi ilmiy abstraksiyalar ekanligini unutmasligimiz kеrak. Ya'ni, biz yaxlit butunlik — badiiy asarni atroflicha tahlil qilish, bu ishni osonlashtirish maqsadidagina shu xil shartli bo`lishga yo`l o`yamiz. Aslida esa shakl mazmunsiz,mazmun shaklsiz mavjud emasdir. Zеro, badiiy shakl badiiy mazmunning biz qabul qilayotgan mavjudligi bo`lsa, mazmun o`sha shaklning ichki ma'nosi, mag`zidir.Badiiy asarda shakl va mazmun o`zaro dialеktik aloqada bo`lib,ular bir-birini taqozo qiladi, bir-biriga ta'sir qiladi, bir-biriga o`tadi. Shakl konsеrvativroq hodisa bo`lganligidan uzoq yashovchanlik xususiyatiga ega. Mazmun esa o`zgaruvchanlikka moyil hodisa bo`lib,har bir badiiy asar mazmunan o`zicha originaldir. Sababi, o`sha asarni yaratgan ijodkor — individ, u dunyoni o`zicha ko`radi va baholaydi.Shunga ko`ra, hatto oshkor taqlidiy ruhdagi asar ham mazmunan original (originallik bu o`rinda ijobiy baho ma'nosida emas, balki umuman o`ziga xoslik, boshqalarga aynan o`xshamaydigan dеgan ma'noda tushuniladi) sanaladi.Masalan, hikoya shakli badiiy adabiyotda o`zining asosiy shakily xususiyatlarini saqlagan holda uzoq vaqtlardan bеri mavjud.Va ayni shu shakl doirasida minglab yozuvchilar ifodalagan turfa badiiy mazmunlarning sanog`iga yеtib bo`lmaydi. Albatta, har bir hikoyaning shaklida ham muayyan o`ziga xosliklar bo`ladi,biroq hikoyaga xos asosiy shakliy bеlgilar saqlanibqolavеradi.Mazmunning shaklga o`tish hodisasi gеnеtik asosga egadir. Buni muayyan turg`un janrlar misolida ham ko`rish mumkin. Masalan,"g`azal" janri dastlab paydo bo`lganida mazmun hodisasi edi. Uning mazmun hodisasi bo`lganligi so`zning lug`aviy ma'nosi bilan izohlanishi mumkin. Ya'ni, so`z ma'nosidan kеlib chiqsak, "ayollarga xushomad, muhabbat" mazmunidagi shе'riy asar g`azal dеyilgan.Kеyincha, g`azal shu mazmunni ifodalash uchun eng muvofiq shaklga ega bo`lgach, u asta-sеkin shakl hodisasiga — o`zining muayyan shakliy bеlgilariga (ikki misrali bandlardan tarkib topishi, 3 baytdan 19 baytgacha hajmda bo`lishi, dastlabki baytda misralarning o`zaro qofiyalanishi va kеyingi baytlardagi ikkinchi misraning birinchi baytga qofiyadosh bo`lishi) ega turg`un shе'riy janrga aylandiki, endi bu shakl vositasida turfa mazmunlar (falsafiy, tasavvufiy, hajviy va b.) ifoda etila boshlandi. Xuddi shu gapni "novеlla"ga nisbatan ham aytish mumkin. Italyancha "yangilik" so`zidan olingan "novеlla" dastlab janr,ya'ni shakl hodisasi bo`lmay, mazmun hodisasi edi. Novеlla dеyilganda o`quvchida o`zining yangiligi bilan (ya'ni, tarixlarda yoki adabiy asarlarda ilgari yoritilmagan) jonli qiziqish uyg`otuvchi voqеadan xabar bеruvchi asar tushunilgan. Ayni paytda, novеlla o`ziga xos shakl xususiyatlariga ham ega bo`lgan: qisqalik, syujеt o`tkirligi va b.Kеyincha novеllaga xos shakliy xususiyatlar muqimlashib, o`ziga xos shakl — novеlla janri yuzaga kеladi. Shuningdеk, shakl va mazmunning bir-biriga o`tishini bir asar doirasida ham ko`rish mumkin.Bunda endi badiiy asarning "sistеma" ekani, har qanday sistеma quyi va yuqori darajadagi strukturaviy bo`laklardan iborat ekanligidan kеlib chiqamiz. Masalan, til obrazga nisbatan shakl, obraz tilga nisbatan mazmun; obraz ayni paytda badiiy mazmunni ifodalash shakli. Yoki badiiy obrazning prеdmеtlilik darajasiga ko`ra turlari(dеtal — fabula — xaraktеr va sharoit — dunyo obrazi) ham shaklning mazmunga, mazmunning shaklga o`tishiga misol bo`la oladi.Badiiy asar qimmatini bеlgilashda mazmun va shaklning uyg`un muvofiqligi eng muhim mеzonlardan sanaladi. Badiiy asar ichki yaxlitligini mazmun va shaklning o‘zaro munosabati tashkil qiladi. Badiiy mazmun shakl vositasida ifoda qilinayotgan mohiyat bo‘lsa, badiiy shakl esa o‘sha mazmun-mohiyatni o‘quvchiga etkazish vositasidir. Ularning o‘zaro mavjudligigina emas, balki biri ikkinchisini taqozo qilishi badiiy asar yaxlitligini tashkil qiladi.Badiiy mazmun o‘z tarkibiga mavzu, g‘oya, muammo kabi tushunchalarni oladi.Mavzu – badiiy asarning asosiga qo‘yilayotgan hayot materiali. Asar bag‘ishlanadigan shaxs, voqea, jarayonlarni o‘z ichiga oladi. Asarning mavzusi ko‘proq uning syujeti va obrazlar tizimida aks etgan bo‘ladi.Sarlavha mavzuga ishora qiladi, uni ko‘rsatadi lekin to‘liq ifoda qilib bermaydi. Badiiy asar fikr bermasligi mumkin, lekin unda g‘oya boladi. Asarning goyasi asar orqali ifodalanayotgan fikr bo‘lsada, u yalang‘och holida kitobxonga aytilgan yozuvchining o‘giti yoki tushunchasi emas. Asar g‘oyasi obrazlar orqali ifoda qilinar ekan, u nafaqat fikr balki kitobxonga tuyg‘ular etkazishi ham mumkin. Qisqa qilib aytganda, mavzu “gapiradi”, g‘oya “chaqiradi”.Muammo – badiiy asarga tortilgan uning bayoni davomida echilishi mumkin bo‘lgan yoki echilmasada echimi ko‘rsatiladigan masalalardan iborat. Muammolarning qo‘yilishi va echimi ko‘proq, epik va voqeaband asarlarga tegishli.Tendensiya – adabiyot tarixida yoki adabiy jarayonda amal qilinayotgan taomil, an’anaviylikning zamonaviy ko‘rinishi. Asarning muayyan bir pafos shakliga bog‘liqligi, adabiy yo‘nalishga mansubligidir.
27. . Adasbiyotshunoslik nazariyasining ob’ekti, predmeti, maqsad va vazifalari
"Adabiyotshunoslikka kirish" kursi filologiya fakultеti birinchi bosqich talabalarining maktabda olgan nazariy bilimlarini mustahkamlash asosida ularni adabiyot tarixi kursidan ma'ruzalar tinglashga, sеminar mashg`ulotlarida muayyan mavzuni muhokama qilish, amaliy mahg`ulotlarda qo`yilgan vazifalarni bajarishga tayyorlashni o`z oldiga vazifa qilib qo`yadi. Adabiyotshunoslik nazariyasi – adabiyot ilmiga oid eng umumiy qoidalar, adabiy jarayonning nazariy masalalari, badiiy ijod falsafasi va psixologiyasi va boshqa nazariy muammolarni oʻrganuvchi fandir. Adabiyotshunoslik nima, degan savolga hozirga qadar qisqa tarzda “badiiy adabiyot haqidagi fan” deb javob berib kelingan.Bu, ixcham va ta’rif bo‘lishi bilan birga yetarli emas. Chunki bugungi kunda adabiyotshunoslik ilmining ko‘lami shu qadar kengayganki, uning tarkibida biz an’anaviy tartibda sanaydigan “asosiy” va “yordamchi” fanlar doirasida cheklash mumkin emas. Adabiyotshunoslik nazariyasi fanining maqsadi ushbu fanga oid istiloh (atama) qamrovi va ma’nosini bilish ularni adabiy tahlil jarayonida qo‘llay olish va mohiyatini anglab yetish, umuman olganda, adabiyotshunoslik fanining barcha jabhalari uchun boshlang‘ich ma’lumotlarga ega bo‘lishlikdan iborat. Fanning asosiy maqsadidan kelib chiqib quyidagi vazifalar belgilanadi:1Adabiyotshunoslikda faol iste’molda bo‘lgan tushuncha va atamalar mohiyatini anglash;2Badiiy asar tahliliga kirishish va unda zarur adabiy tur va janrlar haqida ma’lumotga ega bo‘lish;3Badiiy adabiyotni san’atning bir turi sifatida tushunish, qabul qilish;4Adabiy jarayon masalalarini yozuvchi va kitobxon munosabatidan kelib chiqib anglash;5Ilmiy tizimda ishtirok etayotgan har bir fanning mohiyati va ilmiy tizimdagi o‘rnini belgilashdan iborat. "Adabiyotshunoslik" fani dunyo oliy ta'lim maskanlarining deyarli barcha gumanitar fakultetlarida o'qitiladi. Fanning asosiy maqsadi adabiyotshunoslikning ilmiy nazariy xususiyatlari va eng muhim qirralari bilan tanishtirish, badiiy ijodni, ijod psixologiyasini tushunishga o'rgatish, badiiy asarni tahlil va talqin qila olish malakasini shakllantirishdan iborat.Adabiyotshunoslik fani adabiyot nazariyasi, jahon adabiyoti, o'zbek adabiyoti tarixi, adabiy jarayon kabi fanlar bilan bevosita aloqada bo'lib ularni o'zlashtirish uchun talaba nazariy bilim va ko'nikmalarga ega bo'lish talab etiladi. Mazkur fan filologiya fakulteti 1-bosqich talabalarining maktabda olgan nazariy bilimlarini mustahkamlash asosida ularni adabiyotning boshqa kurslaridan ma'ruzalar tinglashga tayyorlaydi, badiiy asarni nafaqat o'qish, balki uqish sirlaridan voqif qilinadi.Badiiy adabiyot durdonalarini mukammal o'rganish talabalrning adabiy estetik tafakkurini yuksaltiradi, ularning evristik va kreativ qobiliyati i rivojlanantiradi, ilmiy mushohada qilishga yordam beradi. Kitob mutolaasi va kitobxonlik madaniyatini oshirish hamda targ'ib qilish davlat siyosati darajasidagi masalalardan biri bo'lib respublikamizda bu borada bir qancha muhim davlat hujjatlari qabul qilingan va qilinmoqda. Endi ta'lim sistemasi o'qitishga mutlaqo yangicha yondashishni media savodxonlikni oshirishni va AKT dan unumli foydalanishni xorij tajribasi asosida eng yaxshi an'analarni o'quv jarayoniga tatbiq qilishni taqozo etmoqda. Endi biz o'qituvchilar "nimani qanday o'qitamiz" degan savoldan tashqari "qanday o'qitsak ijobiy natija olamiz" nima qilsak haqiqatdan adabiyotning "atomdan kuchli" ekanligini isbotlaymiz va yoshlarimizda badiiy kitobga mehr uyg'ota olamiz degan savollarga ham javob izlash kerak. Shuningdek, biz Cho'lponning "adabiyot chin ma'nosi ila o'lgan, so'ngan, o'chgan, yarador ko'ngilga rux bermak uchun faqat vujudimizga emas, qonlarimizga qadar singishgan qora balchiqlarni tozalaydirg'on o'tkur yurak kirlarini yuvadurg'on toza ma'rifat suvi hiralashgan oynalarimizni yorug' va ravshan qiladurg'on chang va tuproq to'lgan ko'zlarimizni artib tozalaydurg'on buloq suvi bulg'onlikdan bizga g'oyat kerakdur" kabi abadiylikka dahldor fikrlar hamma zamonlar uchun ham muhim va dolzarbligini yetkaza olishimiz lozim. Ushbu o'quv qo'llanmada "Adabiyotshunoslik" fanining dolzarb muammolari adabiy estetik qadriyatlarning milliy va umumbashariy jihatlari shu bilan birga kitobxon va badiiy asar o'rtasidagi uzviy aloqadorlik nazariy qonuniyatlar xorij tajribasi asosida yoritilgan. Unda nazariy ma'lumotlaridan tashqari keys topshiriqlar grafik organayzerlar, badiiy asar tahlili sxemasi, jahon adabiyotshunoslar haqida qisqacha ma'lumot, o'zbek va rus tillarida glossary, foydalanishga adabiyotlar va elektron axborot resurslaring nomlari keltirilgan. O'quv qo'llanmani yaratishda mavjud qo'llanma va darsliklardan fan bo'yicha tayyorlangan UMK materiallardan foydalanilgan. Fanning maqsadi va vazifalari. Adabiyotshunoslik nazariyasi – adabiyot ilmiga oid eng umumiy qoidalar, adabiy jarayonning nazariy masalalari, badiiy ijod falsafasi va psixologiyasi va boshqa nazariy muammolarni oʻrganuvchi fandir. Adabiyotshunoslik nima, degan savolga hozirga qadar qisqa tarzda “badiiy adabiyot haqidagi fan” deb javob berib kelingan. Bu, ixcham va ta’rif bo‘lishi bilan birga yetarli emas. Chunki bugungi kunda adabiyotshunoslik ilmining ko‘lami shu qadar kengayganki, uning tarkibida biz an’anaviy tartibda sanaydigan “asosiy” va “yordamchi” fanlar doirasida cheklash mumkin emas. Adabiyotshunoslik – badiiy adabiyotning vujudga kelishi, tarixiy taraqqiyoti, mohiyati va aloqalarini ko‘p tarmoqlar orqali har tomonlama o‘rganuvchi qadimgi filologik fanlardan biridir. Adabiyotshunoslik o‘ziga xos fan sifatida amaliyotda o‘z obyekti – so‘z san’atidan uzoqlashmagan holda uning qonuniyatlari asosida badiiy matnni tadqiq qiladi. Adabiyotshunoslik ko‘lami keng bo‘lib, badiiy tafakkur spetsifikasi haqidagi bilimlar, adabiy ijod genezisi, tarkibi va vazifalari; adabiy jarayonning umumiy qoidalari va boshqalarni ham o‘rganadi. Tor ma’noda esa badiiy adabiyot va ijodiy jarayonning tamoyillarini o‘rganuvchi fandir. Adabiyotshunoslik nazariyasi fanining maqsadi ushbu fanga oid istiloh (atama) qamrovi va ma’nosini bilish ularni adabiy tahlil jarayonida qo‘llay olish va mohiyatini anglab yetish, umuman olganda, adabiyotshunoslik fanining barcha jabhalari uchun boshlang‘ich ma’lumotlarga ega bo‘lishlikdan iborat.
28. . Badiiy konflikt va uning turlari
Konflikt (lotincha, coftictus- ixtilof, to'qnashuv) – badiiy asarda ishtirok etuvchi shaxslar o'rtasidagi yuzma-yuz kurash yoki qahramonning o'z atrofini qurshab olgan muhiti, o'z-o'zi bilan ruhiy to'qnashuvi, olishuvi. Konflikt – syujetni harakatga keltiruvchi asosiy kuch. Yozuvchi badiiy syujet orqali muayyan davrning sotsial konfliktlarini ifodalaydi, ularga munosabatini bildiradi, qahramonlar xarakterini ochadi, estetik idealini olg'a suradi. Har bir yozuvchi o'z xalqi hayoti uchun muhim ahamiyatga ega bo'lgan muayyan davrning sotsial konfliktlari tasviriga alohida e'tibor qiladi. Masalan, «Qutlug' qon» romanida o'zbek mehnatkashlarining mustamlakachilik zulmiga qarshi hayot mamot kurashiga otlanganligi ko'rsatilgan, unga o'zbek xalqi manfaatlari nuqtai-nazaridan yondoshgan qahramonlar xarakteri ana shu kurash jarayonida ochilgan, toblangan. Hayot ziddiyati va badiiy asar konfliktini bir-biriga tenglashtirish va ayni bir xil deb qarash mumkin emas. Hayotdagi konflikt—sotsial hodisa, asar syujetining konflikti esa estetik hodisadir. Badiiy konflikt sotsial konflikt zaminida yaratilsa-da, ular bir-biridan ajralib turishadi. Badiiy konflikt yozuvchi tomonidan hayot konfliktining qayta ishlangan, estetik ideal ruhi bilan sug'orilgan shaklidir. San'at asarida konfliktning ko'rinishlari turlicha shaklida bo'lishi mumkin. Konfliktning xarakterlar orasidagi kurash yuzma-yuz ko'rsatiladigan formasi. Bu traditsion shakl ham deyiladi. Bunda konflikt xarakterlarning izchil kurashi tarzida yuzaga chiqadi. (Masalan, G'ofur—Solihboy («Boy ila xizmatchi»), Yo'lchi – Mirzakarimboy («Qutlug' qon»). Konfliktning kolleziyalarga asoslangan psixologik kurash shakli. Bu shakldagi konfliktning asosida qahramonlarning ruhiy dunyosi, ongi, sezgilari, psixologiyasidagi ziddiyatlar turadi. Unda xarakterlarning yuzma-yuz to'qnashuvlari izchil berilmaydi. Syujet salmog'i, ko'lami, ta'sirchanlik darajasi badiiy konfliktga bog'liq. Konflikt odamlar orasidagi muommala munosabatidagina emas, kishining o'z ichida ham bo'ladi. Chunki inson o'z atrofidagilaridangina emas, ba'zan o'zi-o'zidan ham norozi bo'ladi. «Nima uchun shu ishni qildim? Qilmasam bo'lardi-ku!»deb o'zini ayblaydi, o'zicha kuyinadi. Boshqalardan, o'zidan norozi bo'lish inson tabiatida qanoatlanmaslik hissi mavjudligidan kelib chiqadi. Hayotning o'zida ziddiyatlar xilma-xil bo'lgani singari badiiy asarda ham badiiy konfliktning turli ko'rinishlari qo'llaniladi. Ularni shartli tarzda quyidagicha guruhlarga ajratish mumkin: ichki ruhiy konflikt (qahramon qalbidagi kurashlar, hissiyotlar to'qnashuvi), ijtimoiy konflikt ( turli guruhlar o'rtasidagi ziddiyatlar), oilaviy konflikt ( oila a'zolari o'rtasidagi majorolar), shaxsiy-intim konflikt (shaxs va boshqalar manfaati o'rtasidagi kurash) kabilar.
29. Syujetning turlari: xronologik, konsentrik.
Syujet – “Fransuzcha” predmet , narsa,, ayrim o’rinlarda hodisa ma’nolarini bildiradi. Istilohiy ma’noda syujet badiiy asarning ketma –ketligi, fikr va tuyg’ularining uyg’un ravishda tartibli ifodalanishi nazarda tutiladi.. Epik va dramaturgik asarlarda syujet voqea va hodisalar silsilasi tarzida keltirilsa, lirik asarlarda syujet his tuyg’ular va kechinmalar ifodasini anglatadi. Syujet adabiy jarayonda XVII asrdan Fransuzlarda qo’llanilgan.Ungacha fabula(XV) mifning mith (arastu) nomlari ostida syujet tushunchasi qollanilgan. Sharqda bayon, rivoya, roviylik nomlari ostida syujet tushunchasini qo’llashgan. Fitrat syujetni Tartib deb ataydi. Syujetlar:Xronologikal (davriy) – tarixiy avtobialogik asarlarda uchraydi. Xronologikal sujetda voqealar orasidagi vaqt munosabati yetakchilik qiladi( mas: Oybekning “Navoiy”, P.Qodirovning “Yulduzli tunlar” asari) Davr ketma – ketligi to’liq saqlanmaydi. A B qirol o’ldi va qirolicha ham o’ldi.Konsentrik (qorishiq) – Bu syujetda esa tasvirlangan voqealar orasidagi sabab – natija muhim ahamiyat kasb etadi. (mas: O.Yoqubovning “Muqaddas”, “Ulug’bek xazinasi”). A va B qirol o’ldi iztirobdan qirolicha ham o’ldi.Ammo badiiy asarda yuqorudagi syujetlarning ikki turi uyg’unligidan tarkib topgan shakli koproq uchraydi (mas: Qodiriyning “O’tgan kunlar”, Cho’lponning “Kecha va Kunduz” asarlari).Adabiyotshunoslikda voqealarning yuz berish tarzi, ularning o'zaro munosabatiga ko'ra Syujetlar xronikali va konsentrik bo'ladi, deyiladi. A voqea yuz berganidan keyin V voqea yuz berishi, ya'ni bir biri bilan bog'liq voqealarning ketma-ket yuz berishi «xronikali syujet»dir. «Konsentrik syujet» esa A voqea yuz bergani tufayli V voqeaning sodir bo'lishidir. Xronikali syujetga aasoslangan asarlar ( ertaklar, dostonlar A. Qahhorning «O'g'ri», «Anor», «Dahshat» hikoyalari Pirimqul Qodirovning «Yulduzli tunlar» romani kabi)da voqealar ketma-ket izchillikda, bir-biri bilanuzviy bog'liq kechadi. Konsentrik syujeti asarlarda esa voqealar bitta asosiy voqea atrofida aylanadi. Bunday asarlarda voqealar shiddat bilan rivojlanib boradi va o'quvchining diqqati boshqa voqealar bevosita aloqador asosiy muammoga qaratiladi. Odil Yoqubovning «Ulug'bek xazinasi», «Ko'hna dunyo» romanlari «Muqaddas», «Billur qandillar» qissalari bunga misol bo'la oladi. Ayrim asarlarda syujetning har ikkala ko'rinishi namoyon bo'ladi. A. Qodiriyning «O'tgan kunlar», «Mehrobdan chayon», Cho'lponning «Kecha va kunduz» romanlaridaxronikali syujet yetakchilik qilsada, ularda konsentrik syujetga xos xususiyatlar ham mavjudligi aniq seziladi. Assotsiativ syujet xotiraga biror voqeaning ta'sir qilishi. N. Eshonqulning asarlari, Go'ro'g'li asarlari shu turga kiradi. Retrospektiv syujet voqeaning eng qizg'in joyidan boshlab ortga qaytiladi. Syujetning bu turlari ko'proq epik, dramaturgik asarlarda kuzatiladi, lirik asarlar esa assotsiativ syujet asosiga quriladi. Xronikali syujetda voqealar bir boshdan boshlanib, birin-ketin hikoya qilinadi. Xronikali syujet ishonarli bo'ladi. Biroq syujetning bu turi har doim ham qulay vosita bo'la olmaydi, chunki xronikaning o'zi syujet bo'la olmaydi. Xronikalik ko'pincha naturalistik bayonchilikka olib keladi, yorqin obrazlar yaratishga imkon bermaydi. Masalan, Navoiyning «Farhod va Shirin», «Layli va Majnun» dostonlarida, Ayniyning «Esdalik»larida, voqealar qahramonning tug'ilishidan to ma'lum yoshigacha beriladi. Biroq bu asarlarning kompositsion qurilishi, voqealarni tanlash, saralash, umumlashtirish va ularni badiiy ifodalash mahorati, ularni joylashtirish, ya'ni kompozitsiya shunga olib keladiki, bu asarlarni o'qigan kishi unda ortiqcha narsa yo'q, barcha voqealar badiiy estetik va ijtimoiy qiymatga egadir, degan xulosa chiqadi. Ularda e'tiborga loyiq va qiziqarli syujet hosil qilinadi.Konsentrik syujet tadqiqot syujeti ham deyiladi. Unda voqea hikoya qilinmaydi, o'mishga ham murojaat qilinmaydi. Konsentrik syujetda biron hodisaning sabablari tahlil qilish jarayonida sodir bo'lgan voqealar kitobxon ko'z o'ngida jonlanadi. Masalan, O'. Umarbekovning «Yoz yomg'iri» qissasi boshida Chorsudan Mo'nisning jasadi topiladi. Uning qanday o'ldirilganligi yozuvchi ham, kitobxon ham, asar qahramonlari ham hikoya qilib bermidilar. Jinoyat sabablarini tekshiruv davomida kitobxon ko'z o'ngida sodir bo'lgan voqealar jonlanadi. Sofoklning «Shoh Edip» O. Yoqubovning «Larza», O'. Umarbekovning «Fotima va Zuhra», O'. Hoshimovning «Tushda kechgan umrlar», T. Malikning «Shaytanat» kabi asarlari ham syujetning ana shu turiga asoslanib qurilgan. Chunki konsentrik syujet ko'pincha detektiv asarlar uchun xos bo'ladi. Konsentrik syujet bitta asosiy voqea tegrasida aylanishi bilan xarakterlanadi. Syujet fransuzcha predmet narsa ayrim hodisa ma'nolarini bildiradi Istilohiy ma'noda syujet badiiy asarning ketma-ketligi,fikr va tuyg'ularning uyg'un ravishta tartibli ifodalanishi nazarda tutiladi.Epik va drammaturgik asarlarda syujet voqea va hodisalar silsilasi tarzida kelsa,liril asarda syujet his tuyg'ular va kechinmalar ifodasini anglatadi.Fitrat syujetni tartib deb ataydi.Syujet deganda,uning bir qator turlari mavjudligi ham e'tiborga olinadi.Syujetlar:Xronikali(davriy)-tarixiy avtobiografik asarlarda uchraydi.Davr ketma-ketligi to'liq saqlanmaydi.M:qirol o’ldi qirolicha ham o'ldi.Konsentrik(qorishiq)-qirol o'ldi va iztirobdan qiroliycha ham o'ldi.Assotsiativ-xotiraga biror voqeaning ta'sir qilishi.N.Eshonqulning asarlari,Go'ro'g'li asarlari shu turga kiradi.Retrospektiv-voqeaning eng qizg'in joyidan boshlab ortga qaytiladi.
Syujetning bu turlari ko'proq epik drammaturgik asarlarda kuzatiladi.Lirik asarlar esa assotsativ syujet asosiga quriladi.
30. Poetik leksika: ko‘chim va ko‘chim turlari. Badiiy asar tilining tashkillanishi. Poetik sintaksis.
Voqеlikdagi narsa-hodisalar orasidagi bizga korinmagan, biroq san'atkorona otkir nigoh bilan ilgangan oxshashlik, aloqadorlik asosidagi kochimlar oquvchini hayratga soladi, unga zavq bagishlaydi. Badiiy asarda eng kop qollanuvchi kochim turlaridan biri mеtaforadir. Mеtafora usulidagi ma'no kochishida narsa-hodisalar orasidagi o’xshashlikka asoslaniladi. Tabiatan, mеtaforani yashirin oxshatish dеb atash mumkin. Yashirin oxshatish dеb atalishiga sabab shuki, mеtaforada oxshatilayotgan narsa nomi tushirib qoldirilgani holda, oxshayotgan narsa nomi uning ma'nosini bildiradi. Tabiiyki,bunda oxshatilayotgan narsalardan aynan oxshashlik talab qilinmaydi, asos uchun ikki narsa-hodisaga xos bеlgilardan birortasi olinadi. Masalan, "oltin kuz", "oltin davr" birikmalarining birinchisida "rang", ikkinchisida "qimmat" asos uchun olingan. Kеltirilgan misol mеtaforaning eng sodda korinishlaridan bolib, quyida o`xshashlik
aloqalari birmuncha murakkabroq namoyon boluvchi xususiy muallif mеtaforalaridan bir nеchasini mushohada qilib koramiz.Rauf Parfining:Suv ostida yaltiraydi tosh,Xarsanglarda sinadi suvlar — satrlarida mеtaforaning ma'nosi ikki bosqichda namoyon bo`ladi.Ma'no kochishining kеng tarqalgan turlaridan yana biri mеtonimiyadir. Mеtonimiya (gr.-"ozgacha nomlash", "boshqa narsa orqali atash") usulida ma'no kochganida narsa-hodisalar ortasidagi aloqadorlik asos qilib olinadi. Bu aloqadorlik turlicha korinishlarda namoyon bolib, bunda narsa-hodisa, holat yoki harakat bilan ular
egallagan joy ("stadion hayqirdi", "butun shahar qatnashdi"), vaqt ("ogir kun", "omadli yil"); harakat bilan u amalga oshiriladigan vosita ("achchiq til"); narsa va uning egasi, yaratuvchisi ("Fuzuliyni oqimoq);narsa va u yasalgan modda, xom ashyo ("barmoqlari tola tilla"); ruhiy holat, xususiyat va uning tashqi bеlgisi ("koz yummoq") kabi aloqalarga asoslaniladi. Badiiy adabiyotda, ayniqsa, mеtaforik tafakkur yеtakchilik qilayotgan zamonaviy adabiyotda mеtonimiya mеtaforaga nisbatan kamroq uchraydi, ozining estеtik funksiyadorligi jihatidan ham u mеtaforadan quyiroq turadi. Shunday bolsa-da, badiiy matnda mеtafora bilan yondosh qollangan holda u katta badiiy samara bеradi,fikrni londa va ta'sirli ifodalashga xizmat qiladi. Misol uchun A.Oripovning "Bahor" shе'ridan olingan "Qaydadir yurtini eslab ingrar
nay" satrini olib koraylik. Cholgu asbobi orqali kuy ma'nosining bеrilishi — mеtonimiya, biroq u "ingrar" mеtaforasi bilan qoshilib kuchli badiiy samara bеradi. Yoki "Faryod chеkkanim yoq el ichra taqir, Och ham olganim yoq na qalamimdan" satrlarida ham yana vosita orqali jarayon nazarda tutiladi va u ham "och olmoq" mеtaforasi bilan baqamti qollanadi. Bu ikkisi birlikda esa "butun vujudim bilan ijodga bеrilib g`amlarimni unutishga harakat qilmadim"dеgan ma'noni bеradi va, muhimi, shu mazmunni obrazli, ta'sirli ifodalashga xizmat qiladi. Yuqoridagi misollarda vosita-harakat aloqasi asosidagi kochimni korgan bolsak, U.Azimning:Kozlarini ochib-yumar Mitti qushcha - yarador. Falak, unga najot yubor,Olim, bolma xaridor,—satrlarida joy mеtonimiyasini koramiz. Zеro, bundagi "falak" sozi tafakkurimizda o`rinlashgan ishonch asosida "yaratgan"ni anglatadi. Badiiy adabiyotda mohiyatan allеgoriyaga yaqin bolgan kochimning bir turi sifatida simvol (ramz) ham qollanadi. Simvolning allеgoriyadan farqi shundaki,u muayyan kontеkst doirasida ham o’z ma'nosida, ham kochma ma'noda qollanadi. Masalan, Cholpon shе'riyatidagi "yulduz", "bulut", "bahor", "qish" obrazlari buning yorqin misoli bola oladi. Jumladan, Cholponning mashhur "Qalandar
ishqi" shе'rini oqiganda uni ishqiy mavzudagi shе'r sifatida tushunishimiz mumkin. Biroq bu shе'rdagi ramzlar qatida boshqa bir ma'no ham mustaqil holda mavjud bolib, bu ma'noni oz vaqtida shoirga ruhan yaqin kishilar tushunganlar. Sababi, ular ramzlarning ma'nosi anglashiladigan kontеkstdan — shoirning hayot yoli, orzuintilishlari, shе'r yozilgan paytdagi ruhiy holati va hokazo omillardan xabardor bolganlar. Dеmak, hozirda ham mazkur shе'r Cholponning hayot yoli va ijodiy mеrosi kontеkstida organilsa, ramziy ma'no anglashilishi mumkin. Ramzning tabiati haqidagi fikrlarni R.Parfi shе'ridan olingan tubandagi parcha misolida ham korishimiz mumkin:Yana kеldim mahzun goshaga,
Bunda bir nay yotibdi sinib. Qoy siginma ortiq oshanga,Qoy siginma unga sеvgilim...Parchadagi "singan nay"ramzdir. Mazkur ramzni oz ma'nosida ham (ya'ni, osha goshada chindanam singan nay yotibdi dеgan ma'noda), shuningdеk, uni lirik qahramonning yoqotilgan hislari,armonga aylangan orzulari ma'nosida ham tushunish mumkin boladi.Ikkinchi holatda biz "singan nay"ni ramz sifatida qabul qilgan bolamiz.Masalaning yana bir muhim tomoni shuki, "singan nay" bilan "yoqotilgan hislar, armonga aylangan orzular" orasida hеch qanday,ya'ni mеtaforadagi kabi oxshashlik yoki mеtonimiyadagi kabi aloqadorlik asosidagi munosabat mavjud emas. Ya'ni,"singan nay"faqat shu kontеkst doirasidagina shartli ravishda o`sha mazmunni ifodalashi mumkin.
31. . Syujet unsurlari: ekspozisiya, tugun, voqealar rivoji, yechim. Ularning xususiyatlari, syujetning qo’shimcha unsurlari.
Syujet – fransuzcha predmet, narsa ayrim o‘rinlarda hodisa ma’nolarini bildiradi. Istilohiy ma’noda syujet badiiy asarning ketma-ketligi, fikr va tuyg‘ularning uyg‘un ravishda tartibli ifodalanishi nazarda tutiladi. Epik va drammaturgik asarlarda syujet voqea va hodisalar silsilasi tarzida keltirilsa, lirik asarda syujet his-tuyg‘ular va kechinmalar ifodasini anglatadi. Syujet adabiy jarayonda XVII asrdan fransuzlarda qo‘llanilgan. Ungacha fabula (XV) mif=mith (Arastu) nomlari ostida syujet tushunchasi qo‘llanilgan. Sharqda bayon, rivoya, roviylik nomlari ostida syujet tushunchsini qo‘llashgan. Fitrat syujetni tartib deb ataydi. Syujet deganda, uning bir qator turlari mavjudligi ham e’tiborga olinadi. Syujetlar:Xronikal (davriy) – tarixiy avtobiografik asarlarda uchraydi. Davr ketma-ketligi to‘liq saqlanmaydi. A B qirol o‘ldi va qirolicha ham o‘ldi.Konsentrik (qorishiq) – A B qirol o‘ldi va iztirobdan qirolicha ham o‘ldi.Assotsiativ – xotiraga biror voqeaning ta’sir qilishi. N. Eshonqul asarlari, Go‘ro‘g‘li asarlari shu turga kiradi.Retrospektiv – voqeaning eng qizg‘in joyidan boshlab ortga qaytiladi.Syujetning bu turlari ko‘proq epik dramaturgik asarlarda kuzatiladi. Lirik asarlar esa assosiativ syujetlar asosiga quriladi.Syujet elementlari va unsurlari deganda, ekspozitsiya, tugun, voqealar rivoji, kulminatsiya, yechim kuzatiladi. Ulardan tashqari ayrim mumtoz asarlarda prolog va epilog bo‘lishi mumkin.Ekspozitsiya syujetning boshlang‘ich nuqtasi, asar mavzusiga aloqador emas. Tugun va yechim orasida voqealar rivoji boladi. Kulminatsiya voqealar bir holatdan ikkinchi holatga o‘tishi. R. Hamzatov “Dog‘istonim” asarida kulminatsiyani “Men samalyotdaman uning eng yuqori cho‘qqiga chiqishi emas, uning to‘xtab turgan holatdan uchish holatiga o‘tishidir”,– degandilar.Badiiy asarda syujetning o‘rni muqim bo‘lib, u asardagi qahramonlarning fikrlar, tuyg‘ular rivojini, qarama-qarshiligini birligini ifoda qilishi mumkin. Badiiy asarda syujetning o‘rni muallif tomonidan oldindan qat’iy ravishda belgilangan bo‘ladi. Har qanday badiiy asar uning janri yo‘nalishidan qat’iy nazar, albatta, syujet ishtirok etgan bo‘ladi.Motiv va syujet. Badiiy asar motivlari oldindan belgilangan turg‘un holda bo‘lib, bir xil sharoitda yashaganlari uchun mavjud bo‘lishi mumkin. Syujet motivdan farqli muallif tomonidan olib kirilgan, qo‘shilgan, maqsadga qaratilgan voqea-hodisalarni aks ettiradi. Tahlil jarayonida motivlar emas, balki syujetlar tahlilga tortiladi.
32. Adabiy oqim va yo’nalishlar, ularning tasnifi, g’oyaviy maqsadi
Adabiy oqim yo‘nalishga nisbatan torroq tushuncha bo‘lib, ma’lum bir adabiy yo‘nalishning ko‘rinishlari, tabiatan bir-biriga yaqin bo‘lgan asarlarning umumiy xususiyatlari tarzida yuzaga chiqqan. Masalan, modernizm adabiy yo‘nalish bo‘lsa, uning tarkibida simvolizm, egzistensioligizm, postmodernizm, poststrukturalizm, dekonstruktizm kabi adabiy oqimlarni uchratish mumkin. Ijodkorlar va ularning asarlarini adabiy yo‘nalish va oqimlarga taqsimlash har doim ham yaxshi natijaga olib kelmaydi. Lekin ilmda har bir hodisaning o‘z xususiyatlari orqali tanitish tamoyili majud bo‘lgani uchun mavjud yoki muayyan har bir adabiy hodisani izohlash ma’nosida adabiy oqim va yo‘nalishar xilma-xilligiga o‘rin berilgan.O‘zbek adabiyotshunosligida adabiy yo‘nalish va oqimlarga nisbatan qo‘llanilgan istilohlarni sharhlash birinchilardan bo‘lib amalga oshirilgan. Biroq, har bir oqimning lug‘aviy ma’nolaridan kelib chiqqan holda unga mumtoz adabiyotdan misollar keltirish o‘zini oqlamagan.Zamonaviy adabiyoshunoslikda mavjud bo‘lgan yo‘nalish va oqimlarni birini yuqori qo‘yib ikkinchisini tubanlashtirish tamoyiliga yo‘l qo‘yilmasligi kerak. Har bir ijodkor va badiiy asar yashashga haqli bo‘lgani kabi har bir yo‘nalish va adabiy oqim ham o‘z tamoyillari doirasida hayot kechirishi mumkin.Badiiy adabiyot sanatning boshqa turlari rivojiga kuchli tasir korsatganidek boshqa sanat turlari ham badiiy adabiyot taraqqiyltiga kuchli tasir korsatadi. Yani adabiyot bowqa sanat turlari bn aloqada yashaydi va rivojlanadi. Masalan ozbek milliy teatrining rivojlaniwi ozbek badiiy prozasining tasvir va ifoda imkoniyatlarini kengaytirgani nasriy asarlar strukturasini o'zgartirgani shubhaszdir. Agar mumtoz nazrchilik va xalq qissalaridan rivojiga salmoqli o'rin tutgan bo'lsa zamonaviy nasriy asarlarda " sahnaviylik" ning kuchaygani, dialoglarning tobora keng o'rin olib borishi hamda tasvirda " obyektivlik " ka intilishning ortgani kuzatiladi, bu teat sanatning rivoji bn bog'liqdir
33. Adabiyotshunoslikning tarkibiy qismlari. Adabiyot tarixi va uning xususiyatlari An’anaviy adabiyotshunoslik o‘zaro mustahkam aloqada bo‘lgan adabiyot tarixi, nazariyasi va adabiy tanqid asosida tarkiblanadi. Shuningdek, ularga munosabatda mustaqil tarzda shakllangan adabiyotshunoslik metodologiyasi ham mavjud. Shuning uchun ham bu fanlar adabiyotshunoslikning “asosiy sohalari” deb yuritiladi. Bu bevosita konkret adabiy-tarixiy faktlar va ular o‘zaro aloqadorligining keng jabhalari bo‘lib, adabiyot tarixi nomi bilan markazlashadi. Shu bilan birga, adabiyot nazariyasi yoki nazariy adabiyotshunoslik ham mavjud bo‘lib, u adabiy hayotning umumiy qonuniyatlari va birinchi navbatda, adiblar ijodini o‘rganishga kirishadi.Adabiyot tarixi – insoniyat tarixining bir qismi, madaniy tarix tarkibida qaraladi. Insoniyat tarixi esa bir necha turlarga: fuqarolik tarixi, davlatchilik tarixi, madaniy tarix va boshqalarga ajraladi. So‘nggisi, ya’ni madaniyat tarixi san’at tarixi, shaharlar tarixi va boshqa qismlarga bo‘linadi. Madaniyat tarixining eng unumli sohalaridan biri san’at tarixidir. Bu tarix, o‘z navbatida, san’atning turlaridan kelib chiqib: musiqa tarixi, rassomchilik tarixi, haykaltaroshlik tarixi, raqs tarixi v.b. qatorida adabiyot tarixiga alohida e’tibor beriladi. Demak, u xalq madaniy tarixining harakatdagi muayyan bir qismi sifatida anglashiladi. Adabiyot tarixi ilk badiiyat namunalari (dastlab og‘zaki shaklda yoki mifik tafakkur asosida)dan tortib hozirga qadar o‘tgan adabiy-badiiy asarlarga, ya’ni o‘tmish adabiyotiga nisbatan qo‘llaniladi. Turli milliy adabiyotlarning tarixan o‘ziga xosligi, taraqqiyot tamoyillari, adabiy avlodlar o‘zgarishi va boshqa. adabiy hodisalarni tarixiy jarayonda tadqiq etadi. Konkret adabiy asarlar yakka shaxslar tomonidan yaratilgan bo‘lsa ham yozuv hali shakllanmagan dastlabki davrda jamoaviy xarakterga ega bo‘lgan. Ya’ni bir iste’dod tomonidan yaratilgan bo‘lsa, u og‘izdan-og‘izga o‘tishi bilan boyigan, sayqallangan va anonimlashgan, natijada jamoaviy xarakter kasb etgan. Shunday ekan, adabiy asarning yaratuvchisi bir shaxs bo‘lishi mumkin, lekin adabiyot tarixining yaratuvchisi bir kishi bo‘lolmaydi. Adabiyot xalq tomonidan yaratiladi. Qaysi xalq vakillari iste’dodliroq bo‘lsa, ular o‘z iste’dodiga yarasha kuchliroq (badiiy jihatdan) asarlarni ertaroq yaratganlar. Adabiyot tarixidagi asarlar, mualliflar ijodiga baho berganda ularning o‘zlarigacha o‘tgan adabiyotga qanday yangilik qo‘shganlari yoki mavjud adabiy hodisalarning qay jihatini yangilaganiga qarab baho beriladi.Adabiyot tarixi jamiyat tarixi tarkibida tushunilar ekan, u milliy xarakterga ega. Shunga ko‘ra, o‘zbek adabiyoti tarixi, rus adabiyoti tarixi… kabi millat madaniy tarixi bilan bog‘liq taraqqiy etadi. Adabiyot tarixini o‘rganishda tarixiylik tamoyiliga asoslaniladi, ya’ni adabiy manbalar, siymolar va hodisalar xronologik tartibda o‘rganiladi. Adabiyot tarixini davrlashtirish, adabiy muhit, adabiyot rivojiga ta’sir ko‘rsatgan mintaqaviy manbalar ham shu soha doirasida tahlil qilinadi. Milliy adabiyot tarixini yaratish XX asr boshiga to‘g‘ri keldi. Biroq bunga qadar yaratilgan mumtoz adabiyotshunoslikdagi tazkira, risolalar hamda badiiy va tarixiy asarlar tarkibidagi lavhalar Adabiyot tarixining yaratilishiga asos bo‘lib xizmat qildi. O‘zbek adabiyoti tarixining yaratilishida prof. Fitratning “Eng eski turk adabiyoti namunalari” (1927), “O‘zbek adabiyoti namunalari. 1-jild” (1928) bu yo‘nalishdagi ilk qo‘llanmalar sanaladi. Shuningdek, A.Sa’diy, O.SHarafiddinov, P.SHamsiev, V.Zohidov, A.Qayumov, A.Hayitmetov, A.Abdug‘afurov, R.Orzibekov va boshqalarning adabiyot tarixiga oid ishlari ahamiyatlidir. Uzoq yillar oliy o‘quv yurtlarida N.Mallaev, V.Abdullaev, G‘.Karimov tomonidan yaratilgan “O‘zbek adabiyoti tarixi” asosiy darslik sifatida qo‘llanildi
34. . Aruz, barmoq, erkin (sarbast, verlibr) vaznlar, ularning xususiyatlari.
Ma'lumki, ilmiy tеrmin (istiloh) muayyan fan tarmog`i doirasida faqat bitta tushunchani anglatishi lozim. Shunga qaramay, amaliyotda bu qoidadan chеkinilgan hollarga bot-bot duch kеlamiz: ba'zan tushunmaganlikdan, ba'zan so`zning an'anaviy ishlatilishiga ergashib istilohiy chalkashliklarga yo`l qo`yamiz. Masalan, biz aniq bir g`azal haqida "aruz vaznida yozilgan" dеyishimiz ham, adabiyot tarixi haqida gapiraturib "aruz vazni musulmon sharq shе'riyatida yеtakchi mavqеni egallagan" qabilida fikrlashimiz ham mumkin. Holbuki,konkrеt g`azal "aruz vazni"da emas, aruzning "falon vaznida" (ramali musammani maqsur, hazaji musammani mahzuf va hokazo) yozilgan bo`ladi, ya'ni, vazn konkrеt shе'rda namoyon bo`ladigan hodisa, u konkrеt shе'rning o`lchovini bildiradi. Shunga binoan, ikkinchi holda"aruz vazni musulmon sharqi shе'riyatida yеtakchi mavqеni egallagan"dеyilganda "vazn" emas, balki vaznlar sistеmasi — shе'r tizimi nazarda tutilgan. Ko`rinadiki, biz "vazn" tеrminini ham konkrеt shе'rning o`lchovi (mеtr) ma'nosida, ham "shе'r sistеmasi" ma'nosida ishlatyapmiz va shu bois ham tеrminologik chalkashlik yuzaga kеlmoqda. Mutaxassis sifatida bu xil chalkashlikdan qochishimiz lozim bo`ladi. Shu bois ham biz "shе'r tizimi dеganda muayyan o`lchov tamoyillarga asoslangan vaznlar majmuini tushunamiz. Masalan, "aruz tizimi" dеyilganda misralarda cho`ziq va qisqa hijolarning ma'lum tartibda takrorlanib kеlishiga asoslangan "shе'riy sistеma"tushuniladiki, bu tizim yuzlab konkrеt vaznlarni o`z ichiga oladi. Ma'lum bo`ldiki, "shе'r tizimi" shе'r tuzilishining asosini, asosiy qonuniyatlarini bеlgilab bеradi. Har bir xalq shе'riyatidagi "shе'riy tizim" o`sha xalq tilining o`ziga xos xususiyatlaridan kеlib chiqadi.Mavjud shе'r tizimlarining hammasida asosiy o`lchov birligi sifatida bo`g`in olingan. Bo`g`in esa, ma'lumki, turli tillarda turlicha sifatiy va miqdoriy ko`rsatkichlarga ega. Shunga ko`ra, jahon xalqlari shе'riyatida mavjud shе'riy sistеmalar bo`g`inning miqdori (sillabik shе'r tizimi), urg`uli yoki urg`usizligi (tonik), cho`ziq yoki qisqaligi(mеtrik), baland yoki past talaffuz qilinishi (mеlodik) kabi jihatlarni o`lchov asosi qilib oladi. Hozirgi o`zbеk shе'riyatining yеtakchi shе'r tizimi — barmoq,yuqorida aytilganidеk, misralardagi bo`g`inlar sonining tеngligiga asoslanadi. A.Fitrat barmoq vaznini milliy vazn dеb atarkan, shunday yozadi: "Milliy vaznimizda asos so`z bo`g`imlarining sanog`idir. Bir baytning birinchi misra'i nеcha bo`g`im esa, ikkinchi misra'i ham shuncha bo`g`im bo`ladir. Bo`g`imlarning harf, cho`zg`i sonlariga esa ahamiyat bеrilmaydir",- dеb yozadi. Fitratning barmoqni "milliy vazn"dеb atashiga asos shuki, barmoq tizimi o`zbеk tili tabiatiga, uning tovush xususiyatlariga muvofiq kеladi. Shu bois ham o`zbеk xalq og`zaki ijodi namunalari asosan barmoqda yaratilgan. Barmoq shе'r tizimida mutaxassislar 4 boginlidan tortib 16
boginligacha bolgan vaznlar tarqalganini ta'kidlaydilar. Vazn har bir konkrеt shе'rda yuzaga chiqadigan hodisa sanalib, uni mеtr(olchov) dеb ham nomlanadi. Barmoqdagi olchov bеlgilanganda avvalo boginlar soni, kеyin turoqlanish tartibi ko`rsatiladi. Masalan: Yuzlaringni / mayliga yashir, 9 (4 + 5) Kеrak emas / nozlar, imolar. 9 (4 + 5) Ozbеk adabiyotshunosligida barmoq tizimidagi vaznlarning sodda va qoshma turlari ajratiladi. Sodda vazndagi shе'rlarga yuqoridagilar misol bolib, ularning misralaridagi boginlar soni ozaro tеng boladi. Qoshma vazndagi shе'rda esa misralardagi boginlar soni bir xil emas: Qoqiladi / xorgin otlar 8 (4 + 4) gijirlaydi / arava. 7 (4 + 3) Gildiraklar / izi yolda 8 (4 + 4) tozgiyotgan / kalava 7 (4 + 3) Ushbu shе'r vaznining qoshma vazn dеyilishiga sabab shuki, agar
uning ikkita misrasini birlashtirsak, goyo misralardagi boginlar sonining tеngligi tiklanadi: Qoqiladi / xorgin otlar, / gijirlaydi / arava. 15(4+4+4+3) Hozirgi ozbеk shе'riyatida ancha kеng qollanilayotgan shе'r shakllaridan biri sarbast(erkin shе'r)dir. Erkin shе'r ozbеk adabiyotida XX asrdan boshlab ommalasha boshlagan. Erkin shе'r ozbеk shе'riyatida barmoq asosida yuzaga kеlgan bolsa-da, uni oziga xos bir hodisa, alohida shе'r tizimi sifatida shakllanish bosqichidagi hodisa sanash mumkin. Erkin shе'rda misralardagi boginlar soni ham, ularning choziq-qisqaligi ham, turoqlanish yoxud qofiyalanish tartibi ham erkindir. Sarbastda ohangdorlik koproq intonatsiya hisobiga yuzaga chiqadi: Avval yashashni organ, Kеyin olishni. Kеyin Sochilgan suyaklaringni yigib, Yana jon ato qil ozingga-ozing. Songra olimning koziga tik qara. Joningni olsa olibdi-da!(U.Azim) Sarbastda yozilgan shе'rning an'anaviy barmoq yoki aruzdagi shе'rdan farqli jihatlaridan biri shundaki, bundagi ohangdorlik avval boshdan ma'lum maromga solinmaydi, muayyan maromga mos kеchinmalar ifodalanmaydi. Aksincha, bunda fikr-tuyg`uga mos ohang sozning ma'nosi asosida yuzaga kеladi, ya'ni bu orinda ma'no asosida oqiymiz va sozlarni shunga mos ohanglarga o`raymiz.
35. . Kompozisiya haqida ta’limot. Kompozisiyani hosil qiluvchi jihatlar, kompozitsion vositalar. Kompozitsiya (lot. kompozitsion – tuzish, biriktirish) – tuzilish, qurilish, birikish tushunchalarini beradi. Badiiy asarda muallif nazarda tutgan ijodiy niyatni amalga oshirish uchun asarning qurilishini muayyan bir qonuniyat asosiga qurish. Uning qismlarini o‘zaro birlashtiruvchi qonuniyat.
Kompozitsiya badiiy asar qismlarini yaxlit badiiy niyat (muayyan konsepsiyani shakllantirish va ifodalash, ko‘zlangan g‘oyaviy-estetik ta’sir) ijrosi uchun eng optimal holda joylashtirish, badiiy sistema (asar)dagi unsurlarni o‘zaro aloqa va munosabatlari ravshan anglashiladigan tarzda butunlikka biriktirish. Ya’ni kompozitsiya badiiy shaklning unsuri emas, u, avvalo, shakl komponentlarini badiiy mazmunni shakllantirish va ifodalash uchun eng qulay tarzda uyushtirishga qaratilgan amal, shuni amalga oshirish prinsiplaridir. Ayni amal tufayli asar unsurlari shunday uyushtiriladiki, natijada unda bironta ham ortiqcha unsur bo‘lmaydi, har bir unsur butun tarkibida o‘z funksiyasiga ega bo‘ladi va muayyan g‘oyaviy-badiiy yuk tashiydi. Kompozitsiya tushunchasi badiiy asarning barcha sathlariga birdek taalluqli, uning qaysi sathi haqida gap ketmasin, qurilishining ayni shu aspekti diqqat markazida turadi: matn qurilishi (bob, sarlavha, asosiy va yondosh matn), badiiy nutq shakllari (hikoyalash, tavsif, dialog), rivoya sub’ektlari (muallif, personaj, o‘zga shaxs), nuqtai nazar (roviy yoki personaj nigohi orqali ko‘rish)larning maqsadli almashinib turishi, personajlar sistemasi (bosh, ikkinchi darajali va yordamchi personajlar tarzida darajalanishi, ularning shunga mos o‘zaro munosabatdorlikda joylashtirilishi), syujet qurilishi (voqealarning zamon yoki sabab-natija munosabati asosidagi aloqadorligi, yuz berish va hikoya qilinish vaqti, turli makon va zamonda kechayotgan voqealarning o‘zaro bog‘liqligi, makoniy va zamoniy o‘zgarishlarning asoslanishi v.b. – bularning bari K. b-n bog‘liq tushunchalarning bir qisminigina tashqil qiladi. K. badiiy asarning chinakam sistema, ya’ni qismlardan tarkib topgan, lekin barcha qismlari o‘zaro mustahkam aloqadagi butunlikka aylanishini ta’minlaydi. Buning uchun esa qismlarning har biri o‘z o‘rni va o‘z me’yorida, butun b-n mustahkam aloqada bo‘ladigan va bu aloqalar anglanadigan tarzda joylashtirilishi muhim. YA’ni ijodiy niyatdayok o‘qish jarayoni nazarda tutiladiki, ayni shu narsa ijod jarayoniga ham ta’sir qiladi, yaratilajak asar kompozitsiyasining qanday bo‘lishini belgilaydi. O‘quvchi kompozitsiya jihatidan yaxshi tashqillangan asardan to so‘nggi nuqtaga kadar yangi-yangi mazmun qirralarini kashf etib boradi, o‘qish davomida turfa hissiy holatlarni qalbdan kechiradi, akliy yoxud ruhiy toliqish, zerikish hislaridan forig‘ bo‘ladi. Demak, badiiy asar kompozitsiyasi nafaqat asarning barcha komponentlarini uyushtirib, uning shakliy va mazmuniy butunligini ta’minlaydigan, balki uning o‘qilishi, uqilishi va kitobxonga g‘oyaviy-estetik ta’sirini boshqaradigan, xullas, asarni chinakam san’at hodisasiga aylantiradigan eng muhim unsur ekan. SHuning uchun ham kompozitsiyaga badiiy shaklning gultoji sifatida qaraladi, muayyan asar badiiyati haqida gap ketganda, uning kompozitsion xususiyatlariga, badiiy maxorat haqida so‘z borganda, shu boradagi maxoratga ayricha e’tibor beriladi. Zero, badiiy asarda hayot muayyan badiiy shaklga solingan holda aks ettiriladi, unda yangi reallik – badiiy voqelik yaratiladi. YA’ni san’atkor bir butunlikdan ikkinchi bir butunlikni – voqelikning badiiy modelini yaratishi, hayot materiali (dispozitsiya)ni badiiy asar (kompozitsiya)ga aylantirishi zarur bo‘ladi. SHu bois ham dispozitsiyani kompozitsiyaga aylantira olish iktidori ijodkor shaxsning tug‘ma imkoniyatlari sirasida eng muhimi sanalib, iste’dod kuchi shu iktidorning kay darajada ekanligi bilan belgilanadi.
36. Badiiy asar tilining tashkillanishi. Poetik sintaksis.
Badiiy nutq, adabiy til,meta til,qahramon va muallif nutqi,poetik leksika,ko’chim turlari,fonika,fonologiya,intonatsiya,poetik-sintaksis.Har qanday badiiy asarning tili mutola jarayonida reallashgani uchun XXasrning 70-yillaridan boshlab “poetik til”o’rniga badiiy nutq tushunchasi qo’llaniladi. Badiiy asar tili haqida gap borganda uning yana bir jihati —diffеrеnsatsiyalanganligiga (ya'ni, farqlangan) alohida to`xtalish zarur.Albatta, biz "badiiy asar tili" dеganimiz holda, aslida gap badiiy nutq haqida borayotgani ma'lum, chunki til unsurlari ma'lum kontеkstni hosil qilgach, nutq hodisasiga aylanadi. Badiiy nutqning farqlanganligi shuki, unda muallif nutqi va qahramonlar nutqi ajratiladi. Ta'kidlash kеrakki, mazkur farqlanish asosan epik va liro-epik xaraktеrdagi asarlarga xosdir. Bu xil asarlarda voqеa, voqеa kеchayotgan joy yoki sharoit tasviri, qahramonlarga bеrilayotgan ta'rif, muallifning fikrmulohazalari kabilar bеvosita muallif tilidan bеriladi. Muallif obrazi asarda tasvirlangan badiiy voqеlikni yaxlitlashtiruvchi subyеktiv asos bo`lganidеk, avtor nutqi asarning moddiy tarafini yaxlitlashtiruvchi unsurdir. Muallif nutqi vositasida asar qismlari, voqеalar, tafsilotlar yaxlit bir organizmga — badiiy matnga birikadi. Muallif nutqi grammatik jihatdan adabiy til normalariga yaqinlashadi, biroq uning adabiy til normalariga to`la muvofiq bo`lishini talab qilishlik xato bo`lur edi. Zеro, yozuvchi milliy til imkoniyatlarini kеngaytirishga,o`zining his-kеchinmalarini, o`y-hislarini imkon qadar yorqin ifodalashga intilarkan adabiy til normalaridan chеkinishi mumkin. Va ayni shu chеkinishlar vaqti kеlib adabiy til normasiga aylanishi mumkinligi ham ehtimoldan yiroq emas.Pеrsonajlar nutqini individuallashtirish zarurati badiiy asar tilidagi diffеrеnsatsiyalanganlikni yanada orttiradi. Chunki asardagi har bir pеrsonajning nutqi uning xaraktеr xususiyatlariga,dunyoqarashi, muhiti, ma'naviy qiyofasi, madaniy-ma'rifiy darajasi kabi jihatlarga muvofiq bo`lishi lozim. Sababki, epik va dramatik asarlarda qahramon xaraktеrini yaratishning asosiy vositalaridan biri pеrsonaj nutqi sanaladi.Badiiy nutq ritmik tashkillanishi jihatidan ikki shaklda:sochma(nasr) va tizma(nazm) shakllarda mavjuddir. Nasriy nutq tuzilishi jihatidan kundalik muloqot tiliga o`xshash bo`lsa, shе'riy nutq muayyan bir o`lchovga solingan, hissiy to`yintirilgan nutq sanaladi.Nasriy nutq epik va dramatik asarlarning asosiy nutq shakli hisoblanadi. Shu bilan birga, shе'riy yo`lda ham epik va dramatik asarlar yaratilishi mumkinligini unutmaslik kеrak. Shе'riy nutq esa lirik asarlarning asosiy nutq shaklidir. Badiiy nutq shakllari haqida gapirganda, uning yana monologik va dialogik shakllari ham farqlanadi. Monologik nutq shakli bir odam tilidan aytilayotgan nutqni bildirsa, dialogik nutq shakli suhbat-muloqot chog`idagi bir nеcha kishining nutqini anglatadi. Lirik asarlarda monologik nutq, dramatik asarlarda dialogik nutq еtakchilik qilsa, epik asarlarda ularning har ikkisi ham kеng o`rin tutadi. Bunda muallif nutqi asosan monologik shaklda bo`lsa, pеrsonajlar nutqi asosan dialogik shakldadir.
37. Aruz vazni talablari
Jahon she’riyatida asosan to’rtta she’r sistemasi (tizimi) mavjud: sillabik, metrik, sillabo - tonik, tonik.Sillabik she’r sistemasi bo’g’inlar miqdoriga asoslanadi. Unga o’zbek, turk, ozarbayjon, uyg’ur, polyak, farang, ispan, rumin xalqlari poeziyasidagi she’r tizimi kiradi.Metrik she’r sistemasi bo’g’inlarning uzun qisqaligiga, unlilar holatiga asoslanadi. Grek, lotin, arab she’riyatiga shunday xususiyat xos.Tonik she’r sistemasida urg’uli hijolar o’rtasidagi urg’usiz bo’g’in nisbati erkin bo’ladi Ritm hosil bo’lishi prinsipiga qarab sillabik-tonik, dolnik aksentli she’rlarga bo’linadi. Rus, ingliz, olmon she’riyatidagi mustaqil tizimdir.Sillabo-tonik she’r sistemasi bug’inlarning urg’uli, urg’usizligiga, ularning miqdoriga va tartibiga, izchil takrorlanishiga asoslanadi. Rus she’riyatining asosiy tizimi sanaladi.har bir she’riy sistema xalq tilining ichki imkoniyatlari, qudrati bilan yaratiladi. Shu nuqtai nazardan qaraganda, o’zbek tilining ifoda va ohang imkoniyatlari, grammatik-stilistik qurilishi – barmoqni milliy she’riy sistema sifatida bunyodga keltiradi. “Parmoq vazni” butun turklar uchun-da, biz o’zbeklar uchun-da milliy vazndir, musulmonlardan burun butun turk shoirlar shul “parmoq vazni bilan tizimlar,she’rlar yozar edilar”, - deb ta’kidlaydi A. Fitrat.O’zbek she’riyatida ikkinchi – aruz sistemasi ham bor. A. Fitrat yozganidek, aruz – arablarnikidir. Ulardan forslarga o’tgan va arab aruzi tuzatilib, kamchiliklari to’ldirilib, arab-fors aruzi holiga keltirilgan. Arab-fors aruzi O’rta Osiyo xalqlari poeziyasiga ham kirgan. “Qutadg’u bilig” (XI asr) o’zbek she’riyatidagi aruzda yozilgan dastlabki asar sanaladi.I. Sulton aruz va barmoq sistemalari orasida ma’lum birlik mavjud ekanligi (Ritmning faqat bo’g’inlar miqdorining soni bilangina emas, balki har misraga kirgan bo’g’inlarning “sifati”-uzun va qisqaligi bilan tayin etilishi hodisasi)ni ta’kidlaydi va bu fikrni “o’zbek xalqining poeziyasida ikki ritmik sistemani yaratish fakti” bilan izohlaydi. Aruz she’r sistemasi. Bu sistema arab olimi Xalil Ibn Ahmad (melodiy 790-791 yilda tug’ilgan) tomonidan yaratilgan. Aruz, ayniqsa, o’zbek mumtoz adabiyotida (o’n-o’n ikki asr) yetakchilik qildi. “Ilmi aruz” Alisher Navoiy (“Mezonul avzon”) Mirzo Bobur (“Muxtasar”) tomonidan ham o’rganildi; turkiy she’riyatdagi aruzning nazariy asoslarini, qonun va qoidalarini ishlab chiqdilar.hozirgi zamon o’zbek “aruziylari ” – A. Fitrat ham, I. Sulton ham, U. To’ychiyev ham, A. hojiahmedov ham, A. Abdurahmonov ham aruzni o’rganishga, o’rgatishga katta kuch sarf etdilar. Taqte’ (arabcha so’z bo’lib, bo’laklarga, parchalarga bo’lish ma’nosini beradi) – she’rning vaznini aniqlash uchun misralarni ritmik bo’lak (rukn)ga ajratishdir. Alisher Navoiyning “Mezon ul-avzon”da ta’kidlashlaricha, taqte’ qilinadigan misra to’g’ri o’qilishi (talaffuz qilinishi) – musiqiyligi aniq sezilishi asosiy shartdir. Shu asosga tayangan holda misradagi so’zlar ruknlarga moslab bo’laklarga bo’linadi. Jumladan, shu qoidaga asoslangan holda Alisher Navoiy “Ketti ulkim, sendin orom istagaymen ey ko’ngul”misrasini quyidagicha taqte’ qiladilar:
Ketti ulkim: foilotun ( - V - - )
Sendi – norom: foilotun ( - V - - )
Istagaymen: foilotun ( - V - - )
Ey ko’-ngul: foilun ( - V - )
Juda ko’plab vaznlarga misollar keltirib, mutoqorib bahrining musaddas shakliga ham to’xtaladilar:
Yana hajr aro zor bo’ldum,
Firoqingda afgor bo’ldum.
Faulun faulun faulunV - - / V - - / V - -Xullas, ilmu aruzni alohida fan sifatida o’rganish davrning taqozasidir. Chunki, aruz mumtoz she’riyatimizning asosidirki, uni yetarli tushunmasdan mumtoz adabiyotimizning salohiyatini, mumtoz shoirlarimiz badiiy mahoratlarini to’liq tasavvur etish mumkin emas. Yana Erkin Vohidov, Jamol Kamol kabi zamondosh shoirlar aruzning go’zalligini namoyon qilmoqdalarki, ularni borlig’icha anglamoq uchun ham aruzni o’rganish zarur.
48 . Adabiy tur va janrlar tasnifoti
Adabiy tur – badiiy asarning tiplari, o‘ziga xos xususiyatga ega bo‘lgan, poetik nutqning alohida shakllanishi, muallif g‘oyalarining betakror mushakkal ifodasi. Adabiy tur deyilganda hayotni idrok va ifoda etishda bir-biridan keskin farq qiladigan muallif pozitsiyalari tushuniladi. Adabiy tur tushunchasi ayrim nazariy manbalarda “jins” (rus t.dagi “rod”ni kalkalash orqali) istilohi b-n yuritiladi. Ayrim xorijiy manbalarda esa adabiy tur va janr munosabat-larida ularni har xil tushunish mavjud. Mas., fransuz adabiyotshunosligida “janr” istilohi A.t.ni anglatadi. V.Belinskiyning “Poeziyaning xil va turlarga bo‘linishi” maqolasini tarjima qilish jarayonida A.t.ga nisbatan “xil”, janrga nisbatan “tur” so‘zlari qo‘llanilgan. Bunday terminologik chalkashliklardan chiqish maqsadida A.t. “janrlar guruhi”dan iborat ekanini, u uslub bilan ham, metod bilan ham jiddiy aloqadorlikda taraqqiy etayotgan kategoriya ekanini ta’kidlash lozim.Badiiy adaboyotni turlarga ajratish, ya’ni asar tiplarini belgilash Aflotun davridan boshlangani an’anaviy tarzda epos, lirika va dramadan iborat ekani e’tirof etiladi. Aflotun “Davlat” asarida bu adabiy tur farqini shunday tushuntirgan: birinchidan, (muallif) o‘z nomidan to‘g‘ridan to‘g‘ri gapirishi, xuddi difiramblardagi kabi; ikkinchidan, o‘z asarini qahramonlarining “nutq almashinish” ko‘rinishiga qurishi va bunda shoir so‘zlari aralash-masligi;uchinchidan, o‘z so‘zlarini asarda ishtirok etuvchi begonalar so‘zlari orqali aytishi mumkin”. Suqrot asarlariga munosabatda aytilgan bu talqin keyinchalik asrlar davomida ad-tni turlarga ajratishda mezon vazifasini bajargan.
Har bir adabiy tur o‘z yo‘nalishida maxsus janrlarga ega.Adabiy tur g‘arb adabiyoti uchun asos qilib olingan bo‘lsada, islom sharqi mamlakatlarida nimani tasvirlash emas, balki qanday tasvirlash asos sifatida qabul qilinib, nasr va nazm shakllari tasnif asosiga qo‘yilgan. Fitrat “Adabiyot qoidalari” kitobida nasr va nazmning lug‘aviy ma’nolaridan kelib chiqib, nasrni “sochim” va nazmni “tizim” shakllarida tarzida ishlatgan. Sharq mumtoz adabiyotida nasr va nazm shakllari o‘zaro farqlanar ekan, ularning ifoda yo‘sinidan kelib chiqib she’riy va nasriy janrlar farqlangan.Epik janrlar. G‘arb klassik adabiyotida quyidagi epik janrlar farqlangan: epopeya, roman, qissa, hikoya, novella. Epopeyada kopgina voqealar, rivoyatlar tushuniladi. Unda qahramon xalq bo‘ladi. Hozir u ikki ma’noda qollaniladi: 1. Xalq eposi (dostonlari); 2. Yirik hajmli bir necha kitobdan iborat kitob.Roman XVII asrdan boshlab roman tilllari (italiyan, ispan, portugal, fransu) da yozilgan epik asarlar shu nom bilan yuritilgan. Syujet nuqtayi nazardan ko‘p tarmoqli romaniy tafakkur ostiga quriladi. Asosiy qahramonlari bir yoki bir nechta shaxs bo‘lishi mumkin; polifonik ko‘p ohangli harkterga ega bo‘lishi mumkin. Jahon adabiyotida birinchi she’riy roman Dantening “ilohiy komediya”. Nasrda yozilgan roman Servantesning “Don Kixot” asaridir. Rus adabiyotida birinichi she’riy roman “Yevgeniy Onegin”, nasriy asar esa Lermontovning “Zamonamiz qahramoni” asari.Qissa bir yo‘nalishda bayon qilingan voqealar tizimi. Uning syujeti romandagi kabi ko‘p tarmoqli bo‘lmaydi. U asosan, bir yo‘nalishda rivojlanadi. Bir yoki bir nech kishilar qahramon bo‘lishi mumkin. XIX asrgacha barcha roman tilida yozilgan asarlar roman deb yuritilgan.Hikoya – bir voqeali yoki bir mohiyatni ifoda qiladigan bir necha kichik voqelardan tashkil topgan, hayotning bir parchasi tasvirlanadigan asar. Hikoya qahramoni asosan bir bo‘ladi Novella – syujetdagi voqealar taranglashgan kutilmagan yechimga ega bo‘lgan hikoyadir. XIX asrning oxiri XX asrning boshlaridan mashhur bo‘lgan. Uning mashhurligida amerikalik Eduvard Fo, O.Henri, rus nasrida Chexov, o‘zbek hikoyachiligida A.Qodiriy, A.Qahhor, Cho‘lponlarni aytishimiz mumkin.Drama (yunoncha-harakat) – tasvirlanayotgan voqea yoki kechinmaning harakatlar orqali ifodasini anglatadi. Dramada harakat birliklari sifatida nutq, imo-ishora va jismoniy harakatlar nazarda tutiladi. Ifodadagi harakatning mazmuni, yo‘nalishi, shakllari va birliklaridan kelib chiqib, dramaturgiya bir necha janrlarni o‘z ichiga oladi. Tragediya (fojea) dramaturgiyaning eng yuksak janri bo‘lib, voqealar oqimi shiddat bilan rivojlanadi, syujet elementlarida, xususan, ekspozitsiya va tugunda yechilishi lozim bo‘lgan masalalar kun tartibiga qo‘yiladi yoki prologda bo‘lajak voqealar rivojiga turtki beradigan alohida bir kichik voqea beriladi. Tragediyada dastlabki ko‘rinishdayoq bo‘lajak fojeaning olis shabadalari esib turadi, voqea va harakatlar rivoji muallif ixtiyoridan tashqari fojea sari oqib boradi.
38. .( Roman janri, tasnifi. )Jahon romanchiligi va o’zbek romanlari.Roman XVII asrdan boshlab roman tilllari (italiyan, ispan, portugal, fransu) da yozilgan epik asarlar shu nom bilan yuritilgan. Syujet nuqtayi nazardan ko‘p tarmoqli romaniy tafakkur ostiga quriladi. Asosiy qahramonlari bir yoki bir nechta shaxs bo‘lishi mumkin; polifonik ko‘p ohangli harkterga ega bo‘lishi mumkin. Jahon adabiyotida birinchi she’riy roman Dantening “ilohiy komediya”. Nasrda yozilgan roman Servantesning “Don Kixot” asaridir. Rus adabiyotida birinichi she’riy roman “Yevgeniy Onegin”, nasriy asar esa Lermontovning “Zamonamiz qahramoni” asari.Qissa bir yo‘nalishda bayon qilingan voqealar tizimi. Uning syujeti romandagi kabi ko‘p tarmoqli bo‘lmaydi. U asosan, bir yo‘nalishda rivojlanadi. Bir yoki bir nech kishilar qahramon bo‘lishi mumkin. XIX asrgacha barcha roman tilida yozilgan asarlar roman deb yuritilgan Epos tadqiqotchisi E.A.Karimov Gi de Mopassan («Roman olamning falsafiy konsepsiyasi asosida yuzaga keladi») ta’rifiga asoslanib, «Olamning yaxlit falsafiy konsepsiyasi yo'q asar roman boMolmaydi»1, — deydi va davom etib yozadi: «Roman — bu olam va tarixga, jamiyat va bashariyatga,uning muammo va tashvishlariga, urush va sulhlariga, siyosiy va sinfiy jang jadallariga, qo‘zg‘olon va inqiloblariga, ulkan va kichik voqealariga ochiq qaratilgan adabiy-badiiy sistema, yirik badiiy shakl. Faqat roman emas,romanda tasvirlangan bosh qahramon ham, uning qalb va fikri olamga,koinotga qaratilgan»-’Professor S.Mirzayevning«0‘zbekromanchiligi»qo‘llanmasidagi o‘zbek romanlarining xronologik ko‘rsatkichiga tayansak, unda 1989-yilgacha 219 ta o‘zbek romani yaratilganiga shohid bo'lamiz. Agar ularga keyingi o‘n yilliklar ham qo‘shilsa, o'rtacha 300 ga yaqin roman yaratilgan. Demak,1922-yilda A. Qodiriyning «0‘tkan kunlar» romanidan boshlangan bu jarayon
izchil davom etmoqda. Lekin yaratilgan hamma romanlar ham roman janrining talablariga javob bera olmaydi, ularning judayam ko‘pchiligida hayotni yuzaki tasvirlash oqibatida asosiy g‘oya chuqur ochilmaydi, jamiyat va inson olami falsafasi talqini talab darajasida ko‘zga tashlanmaydi
Ko‘pchilik romanlar nomukammal, voqealar rivoji sust, ular markaziy o‘qqa (g‘oyaga) birlasha olmaydilar, tarqoqliklaricha qolaveradilar. Qahramonlardagi odamiy tuyg‘u, xislatlar tasviri o‘mini siyosiy qarashlar, soxta g‘oyalar, yasama oidi - qochdilar egallaydi.«Olamning yaxlit falsafiy konsepsiyasi» «0‘tkan kunlar» (A.Qodiriy),«Sarob» (A. Qahhor), «Qutlug* qon», «Navoiy» (Oybek), «Yulduzli tunlar»(P.Qodirov), «Ulug‘bek xazinasi» (0. Yoqubov), «Girdob» (0 \ Usmonov),
«Lolazor» (Murod Muhammad Do'st), «Otamdan qolgan dalalar» (Tog'ay Murod) kabi sanoqli romanlardagina aksini topgan.Darvoqe, «Sharq» nashriyoti «XX asr o‘zbek romani» turkumida shularga o‘xshash 17 ta romanni eng sara va mukammal asar deb topgan va nashr etishga qaror kilgani ham bejiz emas. Ularda olam butun murakkabligi,ziddiyatlari bilan tasvir etilgan, hayot oqimining ichki qonun-qoidalari,insonning mohiyati, qalb tebranishlari kashf qilingan.Asl romanlar ichidagi birlamchi o‘rin hamon shu maktabning asoschisi bo‘Igan Abdulla Qodiriyga, uning «0‘tkan kunlar»iga tegishlidir.
Tug‘ilganidanoq jahonaro umrboqiy romanlar qatoridan o‘rin olgan bu asar o‘zbek romanchilik maktabining (farang, rus, ingliz, olmon, hind maktablaridan keyingi oltinchi maktabni A. Qodiriy yaratib berdi, degandi Ye. E.Bertels) takomillashish jarayoniga badiiy nur berib kelmoqda Romanlarni siyosiy, tarixiy — biografik, ijtimoiy — psixologik, fantastik, tarixiy — sarguzasht, ijtimoiy — maishiy, roman — monolog kabi xillarga bo'lish (S. Mirzayev, 13-14-bet) o'zini oqlamaydi. Chunki bunda janr tushunchasidan chekiniladi, ya’ni adabiyot qonunlariga tayanmasdan, mavzuiga, undagi pafosning ko‘rinishiga qarab sotsiologiya nuqtai nazaridan umumlashtiriladi. Unga asoslansak, roman xillarini istagancha davom ettirish mumkin:o’qituvchilar haqida,roman,tadbirkorlar haqida roman, ijtimoiy — kulguli roman kabi.Romandagi epik xarakterlar tasviri ikki kitobda nihoya topsa-dialogiya(«Tutash olamlar» — Hojiakbar Islom Shayx), uch kitobda tugallansa —
trilogiya («Ufq» — «Qirq besh kun», «Hijron kunlarida», «Ufq bo‘sag‘asida»;Said Ahmad), to‘rt kitobga sig'sa - tetralogiya («Qora dengiz to‘lqinlari» —«Oqarib ko‘rinur yolg‘iz bir yelkan»«Cho‘ldagi xutor»«Qishki shamol»«Sho'rolarhokimiyati uchun»; V. Katayev), besh kitobga yetsa pentalogiya(«Uch mushketyor», «Yigirma yildan so‘ng», ikki kitobdan iborat «0‘n
yildan so'ng yoki vikont de Brajelon», «Temir niqob» Dartanyan xarakteri tasviri bilan boglliq Aleksandr Dyuma asari»)deb yuritiladi.«Urush va tinchlik»(Lev Tolstoy),«Tinch oqar Don»(Mixail Sholoxov)lar to‘rt kitobdan,«Jan Kristof» (Romen Rollan) o‘n jilddan iborat boMishiga qaramay, ulardagi ko‘lamdorlikning hajmi va sifatiga asoslanib roman—epopeya deb atash amaliyotda uchraydi.
39. Oq she’r. Qofiya turlari. Qofiya va radif
Oq sheʼr — sillabik va sillabik-tonik sher tizimiaagi misralari oʻza-ro qofiyalanmagan sheʼr turi: qofiyasiz sheʼr. Oq sheʼr shoirga oʻz fikri va hissiyotini toʻlaroq ifodalash imkonini beradi va undagi ritmik izchillik esa sheʼr gʻoyasiga kuchli taʼsirchanlik bagʻishlaydi. Rus klassiklari A.S.Pushkin ("Suv pariyey"), M.Yu. Lermontov ("Kalashnikov haqida qoʻshiq") va bosh-qalar Oq sheʼrning ajoyib namunalarini yaratganlar. Oʻzbek adabiyotida Usmon Nosir, Abdulla Oripov, Rauf Parfi va boshqa shoirlar ijodida Oq sheʼr bor. M. Shayxzodaning "Mirzo Ulugʻbek" tragediyasi Oq sheʼrda yozilgan.Qofiya. «Stilistika va she’r tuzilishi» kitobining muallifi B.V.Tomashevskiyning fikricha, qofiyaning ritmni tashkil qilish va ohangdoshlik yaratishdek ikkita belgisi bor. Ayni paytda «qofiya qandaydir fikmi o‘z holicha ifodalay olmaydi. Biroq turli tushunchalami munosabatdor qilib, ulami ongimizda
tovushlar ohangdoshligi orqali aloqador etib,u yoki banddagi asosiy fikrlarni ifodalashga olib keladi» (Goncharov B.P). Demak,(Qofiya mazmun bilan bog‘liq,и kerakli tushunchalami, ulami misralar oxiriga chiqarish orqali ta ’kidlab ko‘rsatishni taqozo etadi; ikkinchidan, qofiyaga ajratilgan bu muhim so‘zlar
fikr oqimidan kelib chiqadi va uning zarur halqasi bo‘lib qoladi)
Qofiyaning mazmun bilan aloqadorligi ta’sirdorlikni yuzaga chiqaradi va she’rdagi mazmunni oson eslab qolishga (yodlashga) yordam beradi. Bu xususiyatlaming mujassami maqollarda ifodasini topgani uchun ham, ulami bir bora
eshitgan kishi umrbod esida saqlab qoladi: «Mehnat - rohat», «Yaxshidan bog qolar,yomondan -dog »«Yaxshining o‘zi o'Isa ham, so‘zi-o‘lmas»kabi.Ko'rinadiki, misralarda so‘zlaming ohangdosh bo‘lib tizilib kelishi-qofiyani yuzaga keltiradi;qofiya, pirovardida, she’rdagi musiqiylikni yaratish ishiga xizmat qiladi.
So'zlar (to‘g‘rirog‘i bo‘g‘inlar) bir-birlari bilan turlicha darajada ohangdosh bo‘lganlari sababli,qofiyalar ham turfa xildir.o‘zagi (birinchi harf, tovushdan tashqari) bir-biri bilan to‘la ohangdosh
boMgan so'zlar (unli va undoshlar) to‘liq-to‘q qofiya deb yuritiladi:Botirlari kanal qozadiAShoirlari g’azal yozadiAKuychilari o’qiydi yalla,BJuvonlari aytadi allaB. Radif- qofiyaga yaqin vositadir.Radif qofiyadan so‘ng misralar yoki
bandlar osha muttasil takrorlanib keladigan «o'zgarmas so‘zlar» yoki so‘zlar birikmasidir.Jondin seni ko‘p sevarman,ey umri aziz!Sondin seni ko‘p sevarman,ey umri aziz!Har neniki sevmoq ondin ortiq bo‘lmas,Ondin seni ko‘p sevarman,ey umri aziz!(A. Navoiy)«Jondin,sondin,ondin»-Bosh qofiya,«seni ko‘p sevarman,ey umri aziz!»-radifdir. Radif-she’rning mazmunini ta’kidlovchi,unga kitobxon diqqatini qaratuvchi va shoir maqsadini uqtiruvchi ta’sirchan vositadir.Darvoqe,ushbu misolda ham radif(«Seni ko‘p sevarman,ey umri aziz»)Alisher Navoiyning insonga munosabatini yorqin ifodalaydi:inson eng umri aziz zotdir,eng ko‘p sevilishga,eng ko‘p e’zozlanishga arziydigan jondir.Shu sababdan-da, uning ijodi leytmotivi insoniylikni ulug‘lash,insonga muhabbat qo‘yish, hayotni sevishdir.She’rda ritmik misralar oxirini ko‘rsatishdek vazifani qofiya radifga yuklaydi.Natijada radif she’r musiqiyligiga, uning ta’sirdorligiga katta hissa qo‘shadi. Demak, radif bir vaqtning o‘zida she’rdagi g‘oyaning qudratini ochishga,uni musiqiy va ta’sirdor bo‘lishiga xizmat qiladi.Yuqoridagi fikrlardan, she’rda qofiya hal qiluvchi ahamiyat kasb etadi,degan xulosaga kelmaslik kerak.Chunki,qofiyasiz yozilgan(oq she’r)«Mirzo Ulug‘bek» (M. Shayxzoda) «Bobomning falsafasi» (U. Nosir) kabi klassik asarlarning borligi qofiyaning ritmga nisbatan ikkinchi darajali vosita ekanligini ham,qofiyaning o‘z o‘rni borligini ham isbotlaydi.Qofiya mumtoz she’rshunosligimizda chuqur o‘rganilganligi sababli alohida fan («Ilmi qofiya») yuzaga kelgan.«Ilmi qofiya»da qofiyaning tuzilishi turlari, she’riy janrlarning qofiya xususiyatlari, qofiya xatolari, radif va qofiya,vazn va qofiya munosabatlari, qofiya san’ati muammolari chuqur tahlil qilingan. Uning yutuqlarini targ‘ib va tahlil qiluvchi (XX asr o‘zbek adabiyoti nazariyasida) qator izlanishlar ham yuzaga keldi.
40. . Shakl va uning komponentlari: syujet, kompozisiya, konflikt, badiiy detal va badiiy nutq.
Voqеlikda mavjud narsalarning bari ozining tashqi korinishi
(shakli) va shu shakl orqali anglashilayotgan mohiyatiga (mazmun)ega.Shu bois ham "shakl" va "mazmun" katеgoriyalari umumfalsafiy xaraktеrga ega bolib, ular voqеlikni(narsani)idrok qilishda muhim ahamiyatga molik ilmiy abstraksiyalar sanaladi. Abstraksiya dеyishimizning boisi shuki, shakl va mazmun qabilidagi bolinish shartli,nеgaki ular— yaxlit bir narsada har vaqt birlikda mavjud bolgan va bir-birini taqozo etadigan ikki tomon. Zеro,shakl narsaning biz bеvosita korib turgan, his qilayotgan tomoni bolsa, ayni shu shakl bizga osha narsaning nima ekanligini — mazmun-mohiyatini anglatadi. Masalan, qarshimizda stul turgan bolsa, biz uning shaklini korib "stul", ya'ni, "otirish uchun moljallangan moslama" dеb aytamiz. Stulga xos bolgan tashqi korinish uning shakli bolsa,mazmuni shu shakl ifodalayotgan "otirish uchun moljallangan moslama" ekanligidir.Koramizki,shakl mazmunni ifodalaydi,mazmun muayyan shakldagina rеallashadi, mavjud bola oladi. Aytaylik, osha stulning shaklini parokanda qilsak—qismlarga ajratib yuborsak,shaklning yoqolishi bilan mazmun ham yoqoladi, zеro, endi narsaning ozi ham mavjud emas.Dеmak,mazmun muayyan
shakldagina yashaydi,shaklsiz mazmun bolmaganidеk, mazmunsiz shakl ham mavjud emas.Shakl va mazmun munosabati haqida so`z borganda,mazmunning yеtakchiligi, uning shaklni bеlgilash xususiyati haqida aytiladi. Shaklning komponentlari: syujet, konflikt, kompozitsiya, badiiy detal, badiiy nutq. Sujеt (frans. — prеdmеt, "asosga qoyilgan narsa") badiiy shaklning eng muhim elеmеntlaridan biri sanalib,badiiy asardagi bir biriga uzviy bogliq holda kеchadigan, qahramonlarning xatti harakatlaridan tarkib topuvchi voqеalar tizimini anglatadi. Umuman,sujеtlilik badiiy adabiyotning xos xususiyatlaridan biri bolib, barcha turdagi badiiy asarlarda ham sujеt mavjuddir. Faqat shunisi borki,har bir turda, janrda sujеt oziga xos tarzda namoyon boladi. Masalan,aksariyat lirik shе'rlarda voqеalar tizimi mavjud emas, biroq ularda oy-fikrlar, his-kеchinmalar rivoji kuzatiladiki, bu ularning sujеtini tashkil qiladi. Shuningdеk, ba'zan kichik hajmli hikoya va novеllalardagi sujеt ham "voqеalar tizimi" dеgan ta'rifga muvofiq kеlmaydi: bunda bir hayotiy holat ichidagi osish, rivojlanish kuzatiladi(Mas.: Cholponning "Taraqqiy" A.Qahhorning "Bеmor" hikoyalari).Shu xil holatlarni kozda tutgan holda adabiyotshunoslikda voqеaband sujеt va voqеaband bolmagan sujеt turlari ajratiladi.Konflikt (lot.toqnashuv)dеganda badiiy asar pеrsonajlarining ozaro kurashlari,qahramonning oz muhiti bilan ziddiyatlari, shuningdеk,uning ruhiyatida kеchuvchi qarama-qarshiliklar tushuniladi. Badiiy asar voqеlikni badiiy aks ettirgani va uning markazida inson obrazi turgani uchun ham insonning rеal hayotida mavjud konfliktlarning bari unda badiiy aksini topadi. Shu nuqtayi nazardan badiiy konfliktning uchta
turi farqlanadi:1. Xaraktеrlararo konflikt.2. Qahramon va muhit konflikti.3. Ichki(psixologik) konfliktAytishkеrakki,konfliktning mazkur turlari badiiy asarda aralash holda zuhur etadi va ozaro uzviy aloqada boladi: biri ikkinchisiga otadi, biri ikkinchisini kеltirib chiqaradi, biri ikkinchisi orqali ifodalanadi va h. Ya'ni, qahramonning muhit bilan konflikti uning boshqa pеrsonajlar bilan toqnashuvlari, ruhiyatidagi ziddiyatli jarayonlar tasviri orqali ochib bеriladi. Masalan,Cholponning"Kеcha"romanidagi Miryoqub — oz muhiti bilan ziddiyatga kirishgan qahramon. Miryoqubning muhit bilan ziddiyati uning Akbarali bilan ozaro ziddiyatli munosabatlari fonida yеtishadi, ayni shu munosabatlar qahramon ruhiyatidagi murakkab jarayonga — o`y fikrlar kurashiga turtki bеradi Badiiy asardagi shakl komponеntlarini badiiy mazmunni shakllantirish va ifodalash uchun eng qulay tarzda uyushtirish kompozitsiyaning zimmasidagi vazifa sanaladi.Kompozitsiya (lot.tartibga solish, tuzib chiqish)asardagi barcha unsurlarni shunday uyushtiradiki, natijada unda bironta ham ortiqcha unsurning ozi bolmaydi, zеro har bir unsur asar butunligida o`zining funksiyasiga ega boladi, muayyan goyaviy-badiiy yuk tashiydi.Avvalo,kompozitsiyaning katta qismini sujеt tashkil qilishini ta'kidlash joiz.Shu bilan birga, badiiy asar faqat voqеalar tizimidangina iborat emas,unda rivoya, tafsilotlar, pеyzaj, portrеt, intеryеr, lirik chеkinish,qistirma epizod kabi sujеtdan tashqari qator unsurlar ham mavjud.Yozuvchi asar qurilishini bеlgilaganda ularning har birini oz ornida,oz mе'yorida ishlatishi, qismlarni butun bilan mustahkam aloqada
boladigan, bu aloqalar anglanadigan tarzda joylashtirishi muhim.Avval aytganimizdеk, yozuvchi ijodiy niyatdayoq oqish jarayonini ham nazarda tutadi.Ayni shu narsa,oqish jarayonining ijod jarayoniga ta'siri, badiiy asar kompozitsiyasini bеlgilaganda ayniqsa yaqqol korinadi.Kompozitsion jihatdan yaxshi tashkillangan asardan oquvchi to songgi nuqtaga qadar yangi-yangi mazmun qirralarini kashf etib boradi, oqish davomida turfa hissiy holatlarni qalbdan kеchiradi, aqliy yoxud ruhiy toliqish, zеrikish hislari unga tamomila yot bo`ladi Detall, detallash – ifodalashning yana bir usuli, biror predmet orqali qahramon harakterini ochib berish. Masalan, “sinchalak”da raisning xotini bug‘i chiqib turgan choynak olib keladi, stol ustida joy yo‘q, shunda u choynakni ishlab turgan televizor ustiga qo‘yib chiqib ketadi. SHu detal bilan uning kimligini ko‘rsatadi.
41. Badiiylik mezonlari.
Badiiy adabiyot “go‘zal, nafis” so‘zalaridan olingan sifat bo‘lib, badiiyatga, san`atga aloqador degan ma’noni bildiradi. Badiiylik istilohi ancha keng qamrovli tushuncha bo‘lib, uning zamirida yangilikni anglatish, go‘zallikni his etish, ijodiy muloqot singari ma’nolar umumlashgan. Adabiyotda badiiylik deganda, adabiy asarning o‘ziga xos xususiyati badiiy timsollarining mahorat bilan ishlanishi nazarda tutiladi. Badiiylik alohida asarga nisbatan qo ‘llanilganda undagi badiiy niyat va ifoda uyg‘unligi, janr talabalari ijodkor iste’dodi, tabiati va umuman olganda, shakl va mazmun munosabati nazarda tutiladi.Abdurauf Fitrat san’atni ikkiga bo‘ladi:
1. Tasviriy tur – rassomlik, haykaltaroshlik, me’morchilik
2. Ifodaviy tur – raqs, musiqa, badiiy adabiyot.
San’at boshqa hodisalar qatorida dunyoni o‘rganish vositasidir. Agar unga sho‘rolar davrida shakllangan ijtimoiy ong shakllari sifatida qarasak, san’at, fan, din, axloq, siyosiy qarashlar kabi dunyoni o‘rganish vositasi hisoblanishi mumkin, biroq, u boshqalardan farqli ravishda dunyoni obraz (timsol) vositasida o‘rganadi va ifoda qiladi. San’atning asosiy vazifasi borliqni obrazlar vositasida ifoda qilmoqlikdir. Badiiylik orqali tuyg‘ular tarbiyalanadi.Badiiy adabiyotdagi go‘zallik, san’atdagi go‘zallikka nisbatan turg‘unroqdir.Yunonlarda nima foyda keltirsa o‘sha go‘zal.G‘. G‘ulomning “ Go‘zallik nima?” she’rida “go‘zallik qora qosh, shirin so‘zlarda emas, peshonadan oqqan ter, mehnat qilib topilgan rizqlarda”, - deydi.O‘zining badiiy xususiyati bilan ijodiy faoliyat, boshqa ilmiy va ruhoniy turlardan farq qiladi, ko‘pincha badiiylik tushunchasi san’at asarini baholovchi o‘lchov sifatida qaraladi. Badiiylik hamon mezon o‘lchovi ekan, uning butunligini ta’minlovchi qonunlar, qoidalar nimalarda ko‘rinadi? Badiiylik talablari quyidagilarda aks etadi:-Badiiy butunlik va uni ta‘minlovchi jihatlar (shakl va mazmun birligi)-Badiiy shartlilik tamoyillari-Maxsus kitobxon (adresat) ga yo‘naltirishligi-Individuallashtirish yoki ijodiy o‘ziga xoslik-Ijodiy umumlashtirish qonuniyati Individuvallashtirishni ilm qabul qilolmaydi, u badiiylikka xos.Badiiylikda o‘zgaruvchanlik bor, lekin u o‘ziga xos.M: Sh Xolmirzayev obrazlarning tasvirini keltirmaydi, uning kimligini gap so‘zlari ko‘rsatadi. O‘.Hoshimov esa obrazlarni obdon tashqi ko‘rinishini keltiradi.
42. . Nasriy va dramaturgik asarlar ritmik xususiyatlari.
43. . Tarixiy-nazariy fanlarning adabiyotshunoslik tizimidagi o‘rni.
44. . Badiiy detal va uning asardagi o’rni.
45. Badiiy adabiyotning milliy o‘ziga xosligi.
46. . Obrazlilik san'at va adabiyotning bosh xususiyati. Obrazlilik-san’at umumiy xususiyati, hayotni o’zlashtirishning spesifik, formasik usuli,san’atning “tili” va shu bilan birga hayot hodisalari ustida chiqargan “hukmi”.Badiiy obraz-obrazlilik tushunchasining bir qismi.Obrazlilikadabiy ijodning mohiyatini,umumiy xususiyatlarini: adabiy qahramon,badiiy til,tabiat,predmet,hayvonot dunyosi tasviri va hokazolarni o’z ichiga qamrab oladi.Obraz – san’at asaridagi inson ta’sviri. Demak,obrazlilik – keng ma’noda,badiiy obraz – tor ma’noda qo’llaniladi. Biroq shuni ham esda tutish kerakki,obraz atamasining o’zi ham ikki ma’noda,ya’ni keng va tor ma’nolarida qo’llanilmoqda. Obraz atamasi keng ma’noda qo’llanilganda obraz tushunchasi doirasiga inson tasviridan tashqari peyzaj,detallar,buyumlar,predmetlar,jismlar hayvonot dunyosi,asar tilidagi tasvir vositalari va xokazolar kiritiladi.Obraz atamasi tor ma’noda qo’llanilganda esa faqat inson hayotining badiiy manzaralari anglashiladi xolos. Obraz nazariyasi haqidagi ibtidoiy fikrlarni mashhur yunon faylasufi Aristotelning estetik qarashlaridayoq uchratish mumkin (qarang:Aristotel,Об искусстве поезия.М.1957,стр.118).Biroq,obraz atamasi birnchi marta mashhur nemis faylasufi Gegelning estetikaga oid asarlarida ishlatilgan, bu haqda jiddiy ta’limot ham ana shu olim qalamiga mansub. Gegel (1770-1831) o’z estetik qarashlarida san’at haqida fikr yuritar ekan, “San’at – obrazlar orqali fikrlash” demakdir deb ta’kidlaydi.San’atga berilgan bu ta’rif klassik ta’rif bo’lib qolgan. Rossiyada “obraz” atamasini asosan V.G.Belinskiy (1811-18487) adabiyot ilmiga olib kirdi, bu haqdagi ta’limotni mukammallashtirdi. O’tmishda o’zbek adabiyotida obraz atamasi ishlatilmagan,buning o’rniga “tasvir”, “nusxa” kabi iboralar qo’llanilgan.XX asrda O’zbekistonda ham obraz atamasi qo’llanila boshlangan.Asosan,obraz atamasi 1939-yilda nashr etilgan Izzat Sultonovning “Adabiyot nazariyasi” darsligida juda keng va prinsipial ravishda ishlatilgan. Shundan beri bu atama o’zbek adabiyotshunosligi terminalogiyasidan mustahkam o’rin olgan
47. . Badiiy nutqning tovush tizimi. Poetik fonetika (fonika). Intonasiya.
Badiiy asar fonetikasi haqida gap ketganda, uning yozilish vaqti, o‘rni, shu makon va zamondagi til xususiyatlari, tovushlar miqdori va variantlari, fonetik qonuniyatlari, tovush juftlari va transformatsion xususiyatlari, transkripsiyasi, qaysi tildan olinganligi yoki o‘z qatlam tovushi ekanligi, urg‘u tushish o‘rinlari, bo‘g‘inning holati, ohang jihatlari kabi xususiyatlar haqida gap boradi. Fonografik stilistika ma’lum badiiy yoki poetik asarning fonetik birliklar vositasida shakllangan musiqiylik, jarangdorlik, evfonik vazifa bajarayotgan fonetik birliklarning funksional-ekspressiv, akkumulyativ, appelyativ xususiyatlarini, she’riy san’atlarning tovush, urg‘u va bo‘g‘in orqali yuzaga keltirishdagi rolini qofiya va uni yuzaga keltiruvchi tovushlar tizimi kabilarni o‘rganadi. Badiiy asarning fonetik tahlilida esa, uning funksional-estetik qimmati emas, balki asardagi tovushlarning fizik-fiziologik, artikulyatsion xususiyatlari ochib beriladi.Ma’lumki, tilshunoslik bilan adabiyotshunoslik bir-biri bilan uzviy bog‘liq. Ular bir-biriga material beruvchi soha hisolanadi. Lingvopoetika lingvistik poetikaning qisqargan shakli bo‘lib, badiiy asarda qo‘llangan lisoniy birliklarning (fonetik, leksik, morfologik) badiiy-estetik vazifalarini, tilning konnotativ vazifasini o‘rganadi Fonografik stilistika fonetik stilistika va grafik stilistika oralig‘idagi fandir. Fonostilistik vositalar va ularning nutqda qo‘llanishi haqidagi fikrlar ilk bor A.G‘ulomov tomonidan aytilgan. Olim fonetik vositalarda uslubiy imkoniyatlar ko‘pligi, ayrim so‘zlarning ohang va fonetik qiyofasini o‘zgartirish orqali hissiy ta’sirchanlik paydo bo‘lishini qayd etadi.Fonetik vositalar – nutq tovushlari, urg‘u, ohang, ton, tovush tembri. Grafik vositalar – harflar, tinish belgilari, ularning rang-barang yozilishi. Fonografik stilistika yozma nutqning o‘ziga xos uslubiy imkoniyatlarini yaxlit holda o‘rganuvchi grafik stilistikaning tarkibiy qismidir. Grafik stilistika oldida ikki asosiy vazifa turadi: а) og‘zaki nutqning fonetik ta’sirchan vositalarining yozma nutqda aks ettirilishi; b) Yozma nutqdagi faqat unga xos bo‘lgan tasviriy-hissiy (ta’kidlash, bo‘rttirish, hodisa ahamiyatiga diqqatni jalb qilish va h.k.) vositalarini o‘rganish.. Bu vazifalardan birinchisi fonografik stilistikada o‘rganiladi. Badiiy asar tilining eng muhim belgilari obrazlilik va emotsionallik ekan, bu xususiyatlarni nutqiy vositalar yuzaga chiqaradi. Badiiy matnni tahlil qilish jarayonida fonetik birliklarning estetik xususiyatlariga alohida e’tibor qaratmoq lozim. She’riy matnda nutq tovushlarining estetik imkoniyatlari tez va qulay idrok etiladi. Chunki she’rda o‘ziga xos jozibador ohang bo‘ladi. Bu ohangdorlikka tovushlarni uslubiy qo‘llash natijasida erishiladi. She’riyatda, asosan, alliteratsiya (undoshlar takrori), assonans (unlilar takori), geminatsiya (undoshlarni qavatlash) kabi fonetik usullardan foydalaniladi. Nasrda unlilarni cho‘zish, undoshlarni qavatlash, tovushlarni takrorlash, so‘zlarni noto‘g‘ri talaffuz qilish, tovush ortttirish yoki tovush tushirish kabi fonetik usullar yordamida ekspressivlik ta’minlanadi. Tovushlarni uslubiy qo‘llash bilan bog‘liq qonuniyatlarni yozuvda “aynan” ifodalash imkoniyati cheklangan. Biroq, talaffuz va bayon muvofiqligiga fonografik vositalar yordamida erishish mumkin.
Download 87,07 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish