Buxoro amirligida ijtimoiy-iqtisodiy ahvol. Qo'Qon xonligi va xiva xonligi o'rtasidagi munosabatlar reja


XIVA XONLIGINING IJTIMOIY-IQTISODIY MADANIY HAYOTI



Download 1,21 Mb.
bet6/8
Sana21.04.2022
Hajmi1,21 Mb.
#569763
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
BUXORO AMIRLIGIDA IJTIMOIY-IQTISODIY AHVOL. QO\'QON XONLIGI VA XIVA XONLIGI O\'RTASIDAGI MUNOSABATLAR

2.XIVA XONLIGINING IJTIMOIY-IQTISODIY MADANIY HAYOTI
Xiva xonligining tashkil topishi va siyosiy tarixi. 1510 yilda Shayboniyxon vafotidan sо‘ng Xorazm hududi Eron shohi Ismoil tomonidan bо‘ysundirildi. 1510-1512 yillarda Xorazmni Eron shohining noiblari idora qildilar. Ammo, 1512 yilda Xorazm hududlarida eroniylarga qarshi halq xarakatlari boshlandi. Ushbu harakatga Vazir shahrining (Ustyurtda, Kо‘xna Urganchdan 60 km uzoqlikda joylashgan bu shaharni XVasrda о‘zbek xonlardan bо‘lgan Mustafoxon barpo etgan) qozisi Umar Shayx boshchilik qildi. Qо‘zg‘olonchilar Xorazmning Vazir, Urganch, Xiva, Xazorasp shaharlaridagi eroniy noiblar va ularning qо‘shinlarini qirib tashladilar.
1512 yilda Xorazmning obrо‘li shayxlaridan bо‘lgan Shayx Ota avlodlari kо‘chmanchi о‘zbeklarning Berka sulton avlodidan bо‘lgan Elbarsxonga maktub yо‘llab, uni Xorazm taxtiga taklif qildilar. Elbarsxon taxtga о‘tirgach, eroniylarni mamlakat hududlaridan butunlay haydab chiqarib, amalda mustaqil xonlikka asos soldi. U mamlakat hududlarini hozirgi Turkmanistonning janubiy qismi, Eronning shimolidagi Seraxs viloyati, Mang‘ishloq, Abulxon, Durun hisobiga ancha kengaytirdi. Ammo, о‘zbek sultonlari va shahzodalar о‘rtasida siyosiy birlik yо‘q edi. Tez orada ular о‘rtasida hokimiyat uchun о‘zaro kurashlar avj olib ketdi. Ushbu kurashlardan foydalangan Buxoro hukmdori shayboniy Ubaydullaxon 1537 – 1538 yillarda, qisqa muddat Xorazmni egallashga muvaffaq bо‘ldi.
Ubaydullaxonning hukumronligi uzoqqa chо‘zilmadi. Ubaydullaxon zulmiga chiday olmagan xorazmliklar Anushaxonning vorislari boshchiligida buxoroliklarga qarshi qо‘zg‘olon kо‘tardilar. Ubaydullaxon 1538 yilda yana Xorazmga qо‘shin tortdi. Xazorasp bilan Xiva shaharlari oralig‘idagi Kardaronxos degan joyda Buxoro qо‘shinlari mag‘lubiyatga uchradi. Shayboniylardan ozod bо‘lgan Xorazmda endi ichki kurashlar avj olib ketdi. Shuningdek, Urganch, Kat, Yangi shahar, Xiva, Xazorasp kabi shaharlar va viloyatlar hukmdorlarining markazdan qochuvchi harakatlari kuchayib, ular amalda о‘zlarini mustaqil hisoblar edilar. Ayrim shaharlar bir vaqtning о‘zida ikkta hukmdor tomonidan (mas., Xivada Pо‘lat Sulton va Temir Sulton) boshqarildi. О‘zaro kurashlar ayniqsa Elbarsxon va Anushaxon avlodlari о‘rtasida kuchayib ketdi. XVI asrda Abdulg‘oziy ma’lumotlariga kо‘ra, bunday kurashlar natijasida qisqa muddatga hokimiyatdan о‘nlab xonlar almashganlar. Natijada markaziy hokimiyat deyarli inqirozga uchragan edi. О‘zaro kurashlar va siyosiy tanglik, о‘z navbatida iqtisodiy hayotning ham izdan chiqishiga sabab bо‘lgan edi.
XVI asrning ikkinchi yarmida Xojimxon (Xoji Muhammadxon, 1558-1593, 1598-1602 yy.) hukmronligi davrida Xorazmdagi о‘zaro urushlarga biroz barham berilib tinchlik va osoyishtalik о‘rnatildi. Sug‘orish va dehqonchilik, hunarmandchilik va savdo sodiq ishlariga jiddiy e’tibor qaratilib, tashqi savdo hamda munosabatlar rivoj topdi. Xojimxon hukmronligi davrida poytaxt Urganchdan Xivaga2 kо‘chiriladi. Bunga asosiy sabab birinchidan, Amudaryo о‘zanining о‘zgarib Kaspiy dengizga oqmay qо‘yishi natijasida Urganch va uning atroflaridagi suv tanqisligi bо‘lsa, ikkinchidan, Xivaning bu davrda siyosiy va iqtisodiy mavqei ancha kuchayib, asosiy savdo markaziga aylanishi yana bir sabab edi. Poytaxt Xivaga kо‘chirilganidan sо‘ng davlat ham Xiva xonligi deb atala boshlandi.
Bu orada Buxoro hukmdori Abdullaxon II Shayboniylar davlatini qayta tiklashga muvaffaq bо‘lib Xorazm hududlarini yana Shayboniylar tasarrufiga olish uchun harakat boshladi. Chunonchi, bir necha yurishlardan sо‘ng 1593 yilda Xorazm yana Shayboniylar qо‘liga о‘tdi. Abdullaxondan mag‘lubiyatga uchragan Xojimxon Xivani tashlab bir guruh navkarlari bilan Eronga qochdi va shoh Abbos saroyidan panoh topdi. 1598 yilda Abdullaxon II vafot etganidan sо‘ng Hojimxon shoh Abbosdan ruhsat olib Xorazmga qaytdi. Yangi sharoitda u Urganch bilan Vazirni boshqarishni о‘ziga olib Xiva bilan Katni Arab Muhammadxonga, Hazoraspni Isfandiyor Sultonga berdi. 1600 yilda Hojimxon Urganch va Vazir qal’alari boshqarishini Turkiyadan kelgan о‘g‘illariga topshirib, о‘zi Xivada kichik о‘g‘li Arab Muhammadxon bilan qoladi. 1601 yilda Hojimxon 83 yoshida vafot etgach, taxtga uning о‘g‘li Arab Muhammadxon (1602-1623 yy.) о‘tirdi.
Arab Muhammadxonning dastlabki hukmronligi yillarida toju-taxt uchun kurashlar davom etdi. Xususan, 1605 yilda nayman urug‘i vakillari Elbarsxon avlodiga mansub Xusrav Sultonni taxtga о‘tkazishni rejalashtiradilar. Ammo, bu fitna oshkor bо‘lib, Xusrav Sulton qatl ettiriladi. Oradan ikki yil о‘tgach, uyg‘ur oqsoqollarining maslahati bilan Solih Sulton degan kimsa taxtga davogar bо‘ladi, bu isyon ham bostirilib, Solih Sulton о‘ldirildi.
1616 yilga kelib taxt va mansab talashish mojarolariga Arab Muhammadxonning о‘g‘illari ham qо‘shildilar. Uning Isfandiyorxon, Habash, Elbars, Abdulg‘ozi, Sharif Muxammad, Xorazmshoh va Afg‘on Sulton ismli 7 nafar о‘g‘li bor edi. Isfandiyor Hazoraspda, Abdulg‘oziy Sulton Katda, Habash bilan Elbasr sultonlar Vazir va Urganch hokimlari etib tayinlangan edilar. Xon farzandlarining har biri taxtga davogar edi. Ayniqsa Habash sulton bilan Elbars sultonlarning harakatlari keskin edi. Ota – bolalar о‘rtasidagi ziddiyatlar kuchayib ohir - oqibatda qonli urushga aylandi. 1621 yilda Toshli Yorilish arig‘i (Xiva yaqinida) yonida Arab Muhammadxon va uning о‘g‘illari Habash hamda Elbars sulton qо‘shinlari о‘rtasida jang bо‘ldi. Isfandiyor va Abdulg‘oziy sultonlar otasi tomondan turib kurashgan bо‘lsalarda, bu jangda Arab Muhammadxon yengildi. Arab Muhammadxon avval kо‘zlari kо‘r qilinib Xivaga jо‘natildi. 1623 yilda esa Qum qa’lasi yaqinida Arab Muxammadxon xotinlari, yosh о‘g‘illari va ikkita nabirasi bilan о‘g‘illari Xabash va Elbars sulton tomonidan о‘ldirildi. Isfandiyor Eronga (garchi unga Makkaga borishga ruhsat bergan bо‘lsada), Abdulg‘oziy esa Buxoroga qochib, jon saqladilar.
623 yilda otasining qatl etirilganligini eshitgan Isfandiyorxon Durun shahri, Abdulxon tog‘laridan, turkmanlarning taka, yovmut, sariq urug‘laridan qо‘shin tо‘plab Urganchga yurish boshladi. Urganch yaqinida Isfandiyorxon va Habash – Elbars qо‘shinlari о‘rtasida 23 kun davom etgan jangda birlashgan aka – ukalar qо‘shinlari Isfandiyor qо‘shini tomonidan tor – mor etildi. Elbars qо‘lga olinib qatl etildi. Habash Sirdaryo bо‘ylaridagi qoraqalpoqlardan najot sо‘radi. Ammo, u bu yerdan boshpana topolmadi va navkarlari bilan qо‘lga olinib, Isfandiyorxonga topshirildi hamda ularning barchasi qatl etildi.
1623-1643 yillar davomida Xiva xonligi taxtini Isfandiyorxon boshqardi. О‘zining yigirma yillik davlat boshqaruvini Isfandiyorxon turkman qabila boshliqlariga tayanib olib bordi. Xonlikning yuqori lavozimlariga turkmanlar tayinlanib, ularga katta imtiyozlar berildi. Natijada о‘zbek urug‘larning Isfandiyorxon siyosatiga qarshi noroziligi kuchayib bordi. Isfandiyorxon taxtga о‘tirgan yiliyoq nayman urug‘larini qirg‘in-barot qildi. Xonlikdagi о‘zbek urug‘lari uch bо‘lakka bо‘linib, biri – Mang‘it, biri – Qozoqlar yurti va yana biri Movarunnahrga kо‘chib ketdi. Oradan kо‘p о‘tmasdan о‘z yurtiga qaytib kelgan о‘zbeklar Isfandiyorxon tomonidan qilichdan о‘tkazildi.
Isfandiyorxon xonligi davrida ham Xorazmda tinchlik va osoyishtalik о‘rnatilmadi. Toju-taxt uchun kurashlar ilgarigi davrlardagidek davom etdi. Xonlikdagi siyosiy hokimiyatni turkmanlar qо‘liga berib qо‘ygan Isfandiyorxondan norozi bо‘lgan kuchlar uni taxtdan chetlatish rejalarini tuzdilar. Bu kuchlarga xoning ukasi Abulg‘ozi boshchilik qildi. Shuningdek, Amudaryoning Orolga qо‘yilish joyida (Orol bо‘yi)da istiqomat qilgan о‘zbeklar (bu yerda о‘zbek qо‘ng‘irotlari katta siyosiy mavqega ega edilar) ning xonlikning siyosiy hayotiga ta’siri kuchayib bordi.
Manbalar ma’lumotlariga kо‘ra, 1643 yilda Orol bо‘yi о‘zbeklari Abulg‘ozi sultonni (1643-1663yy.) xon qilib kо‘tardilar. Xorazm davlatchiligi tarixida yirik davlat arbobi va tarixnavis ijodkor sifatida mashhur bо‘lgan Abulg‘ozixonning hayot yо‘li og‘ir kechgan. Abdulg‘ozixon otasi Arab Muhammad taxtdan ketgach о‘zi taxtga о‘tirgunga qadar uzoq yillar (yigirma yildan kо‘proq) muhojirlikda yashashga majbur bо‘lgan edi. U dastlab Buxoro xukmdori Imomqulixon himoyasida, keyinroq esa, ikki yilga yaqin qozoq sultoni Eshimxon saroyida yashagan. Shundan sо‘ng Toshkentga kelib bu yerda ikki yil yashadi. Toshkentdan Buxoro orqali Xivaga qaytgan Abulg‘oziyni Isfandiyorxon bosqinchilikda ayblab hibsga oladi va Isfaxon shahriga Eron shohi huzuriga badarg‘a qiladi. Isfaxon yaqinidagi Taborak qal’asida о‘n yil asirlikda yashagan Abulg‘ozi 1639 yilda о‘z nazoratchilari yordamida bandilikdan qochishga muvaffaq bо‘ldi. Shundan sо‘ng u bir yilga yaqin Xurosonning Mohin qishlog‘ida, ikki yilga yaqin Mang‘ishloq turkmanlari orasida yashaydi. Keyin uni qalmiq xoni о‘z о‘rdasiga taklif etadi. Bu yerda Abulg‘ozi bir yilga yaqin yashagach qalmiq xoni tо‘plab bergan katta kuch bilan 1643 yilda Urganchga qaytib, Orol bо‘yi о‘zbeklari yordamida Xiva taxtiga о‘tiradi.
Akademik B.Ahmedovning yozishicha, “Abulg‘ozi hammasi bо‘lib yigirma yil atrofida xonlik masnadida о‘tirdi. Lekin boshqa hukmdorlarga о‘xshab huzur-halovat kо‘rmadi. Umri kо‘proq urush – talashlarda о‘tdi.” Manbalarga kо‘ra, Abulg‘ozixon haqiqatan ham butun umrini taxt uchun kurash va jangu – jadallarga bag‘ishlagan hukmdor bо‘lgan. Ammo, u davlat arbobi sifatida ham qobiliyatli shahs bо‘lgan. Abulg‘ozixon dastavval xonlikda markazlashgan boshqaruv tizimini mustahkamlashga e’tibor qaratdi. Bu jarayonda u avvalo, turkman yо‘lboshchilarini boshqaruv ishlaridan chetlashtirdi. Ularning yer – suvlari, mol - mulklari musodara qiinib, о‘zlari mamlakat ichkarisiga surgun qilindi.
Xonlikdagi barcha lavozimlarga о‘zbek urg‘ularining boshliqlari qо‘yildi. Xiva tarixchisi Munisning ma’lumot berishicha, Abulg‘ozixon ma’muriy islohot о‘tkazib, xonlikning boshqaruv tizimini batamom yangitdan tashkil etdi. Xonlikning boshqaruv tizimida о‘zbek urug‘larining mavqei ortib bordi hamda ularning 360 nafar vakili xon saroyida turli lavozimlarga kо‘tarildi. Xon yangi amaldorlar orasidan eng obrо‘li 32 nafarini о‘z yoniga oldi. Munis ta’biri bilan aytganda, “andoqkim ikki shayx ul-islom, ikki qozi, bir rais Said ota avlodidan, bir mutavalli, bir naqib, tо‘rt otaliq, tо‘rt inoq, tо‘rt mirob, tо‘rt parvonachi, ikki oqo, ikki arbob, tо‘rt chig‘atoyi inoqi va bir vazirkim, holo mehtar derlar va bir qushbegi, bu ikkovi о‘rinsiz xon huzurida oyoq ustida turadilar”.
Abulg‘ozixon о‘zbek qabilalarini о‘troqlashtirish siyosatini olib borish bilan birga, ularni tо‘rtta guruhga bо‘lib, Buxoro bilan chegaradosh bо‘lgan Doyaxotun (Darg‘onota yaqinida) dan tortib, to Orolgacha bо‘lgan hududlarga joylashtirdi. Shuningdek, Abulg‘ozixon 1645-1650 yillarda Xuroson, Janubiy Turkmaniston, Tajan, Murg‘ob, Artek, Gurlan, Abulxon va Mang‘ishloq atrofidagi turkmanlar ustiga yurishlar uyushtirdi. Xonlik sarhadlarini kengaytirishga harakat qildi. Xonning topshirig‘i bilan Vazir qal’asi aholisi Gurlan qal’asi yaqinida tiklangan Kichik Vazir qishlog‘iga kо‘chirildi. 1646 yilda Abulg‘ozixonning buyrug‘iga binoan Urgancharna arig‘i qaziladi va uning yaqinida yangi qal’a bunyod etilib, bu qal’aga Yangi Urganch deb nom beriladi. Bu yerga Kо‘hna Urganch aholisining bir qismi kо‘chirib keltiriladi. 1648 yilda G‘oziobod kanali qazilib, uning yaqinda chegara istehkomi quriladi.
Davlat boshqaruvi va bunyodkorlik ishlari bilan shug‘ullangan Abulg‘ozixon tarixchi, tabib sifatida ham bebaho meros qoldirgan. Taxminan 1657 yilda Abdulg‘ozi tabobatga oid “Manafi’ ul-inson” (“Insonga foydali narsalar”) nomli asarini yozgan bо‘lsa, 1658-1664 yillarda “Shajarai turk” nomli tarixiy asarlarini yaratdi.
Abulg‘ozixon hali о‘zi hayotlik davrida Xiva xonligi taxtini о‘g‘li Anushaxon (1663-1687yy)ga topshirdi va oradan olti oy о‘tib vafot etdi. Anushaxon Xiva xonligi mavqei va qudratini oshirish maqsadida otasining ishlarini davom ettirdi. U Buxoro, Samarqand va Xurosonga bir necha marta harbiy yurishlar uyushtirib xonlik chegaralarini mustahkamlash hamda kengaytirish harakatida bо‘ldi. Anushaxonning harbiy yurishlarida jasorat kо‘rsatgan turkmanlarga bо‘lgan munosabat о‘zgardi. Xon turkmanlarga Xorazm vohasi hamda uning atroflariga kо‘chib kelishiga ruhsat berdi.
1687 yilda saroy ayonlari tomonidan fitna uyushtirilib, Anushaxon о‘ldiriladi. Taxtga esa uning о‘g‘li Xudoydod (1687-1688yy) о‘tkaziladi. Afsuski yangi hukumdorning xonlik faoliyati uzoq davom etmadi. Ogahiy habarlariga kо‘ra, siyosatda bilimdon va xalqqa adolatli xon sifatida obrо‘ orttira boshlagan Xudoydodni inisi Arangxon3 shahid edi. Ammo, Arangxonning (1689-1690yy.) hukmronligi ham uzoq davom etmadi. 1690 yilda u Orol о‘zbeklari bilan bо‘lgan janga halok bо‘ldi.
Arangxon vafotidan sо‘ng Buxoro xoni Subhonqulixon Xiva taxtiga о‘z odami Shohniyozni (1690-1707yy.) о‘tkazib, amalda Xiva xonligini Buxoroga vassal davlatga aylantirdi. Shuning uchun ham Shohniyoz garchi о‘zini xon deb e’lon qilgan bо‘lsada, о‘z faoliyati davomida Buxoro ta’siridan qutula olmadi. XVII asrning oxiri - XVIII asrning boshlariga kelib, Xiva xonligida siyosiy tarqoqlik, taxt uchun kurashlar va mahalliy hukmdorlarning mustaqillikka intilish harakatlari avj olib ketadi. Viloyatlar hokimlari xonga itoat etmay qо‘yganliklari bois Xiva xoni saroy amaldorlari va mahalliy hukmdorlar qо‘lidagi qо‘g‘irchoqqa aylanib qolgan edi. Shuning uchun ham XVIII asrga oid ayrim yozma manbalarda Xiva xonligi “Besh qal’a” deb atalgan bо‘lsa kerak. Uning tarkibidagi Xazorasp, Xonqa, Urganch, Kat va Shovot qal’alarining markaziy hokimiyatga tobeligi yuzaki xususiyatga ega edi.
Shohniyoz Buxoro ta’siridan qutulish hamda markaziy hokimiyatni mustahkamlash maqsadida 1703 yilda Rossiya hukumdori Pyotr I ga maktub yо‘llaydi. Bu maktubda Xiva xonligini Rossiyaga qо‘shib olish sо‘ralgan edi. Pyotr I ning Xivani Rossiya tarkibiga qо‘shilganligi haqidagi yorlig‘i 1707 yilda Xivaning yangi hukmdori Arab Muhammadga (1707-1715yy.) topshiriladi. Ammo, Xivada siyosiy kurashlar avj olib turgan sharoitda ushbu yorliq hech kimning e’tiborini tortmadi. Umuman, Ogahiy ma’lumotlariga kо‘ra, Arangxon davridan to Sherg‘ozixon davriga qadar Xivada о‘nlab hukmdorlar almashganlar.
Sherg‘ozixon (1715-1728yy)ning hukumronligi davri siyosiy voqealarga boy bо‘ldi. Uning hukmronligi davri о‘zbek, turkman, qoraqalpoq zodagonlarining о‘zboshimchalik harakatlariga qarshi kurash bilan о‘tdi. Bu paytga kelib, Orol bо‘yi о‘zbeklari orasida ham siyosiy vaziyat keskinlashib ketgan edi. Buning asosiy sababi – Orol bо‘yida yashayotgan о‘zbeklarning Qо‘ng‘irot, Mang‘it, Xо‘jayli va Qipchoq urug‘iga mansub aholisining mustaqillik uchun kurashlari edi. Bu kurashlarga boshchilik qilgan, Mang‘it biylaridan bо‘lgan Sheralibiy Xiva xonligiga itoat etishdan bosh tortib, Orol bо‘yini mustaqil hokimlik deb e’lon qildi. Sherg‘ozixon bu yerdagi harakatlarni bostirishga harakat qilgan bо‘lsa-da, bu ishning butunlay uddasidan chiqa olmadi.
XVIII asrning boshlariga kelib Rossiya hukumatining Xiva xonligining ichki ishlariga aralashuvi kuchaydi. Rossiya hukumron doiralari О‘rta Osiyo, jumladan Xiva xonligini ham bosib olishni rejalashtira boshlagan edilar. Rossiya hukumdori Pyotr I ning 1717 yilda Xivaga uyushtirgan Bekovich-Cherkasskiy boshchiligidagi ekspeditsiyasi ham aynan shu maqsadda tashkil etilgan edi. Ammo, Sherg‘ozixonning hiyla ishlatishi natijasida 6 ming kishidan iborat bu ekspeditsiya bir kechada qirib tashlandi. Shunga qaramasdan to О‘rta Osiyo bosib olinmagunicha Chor Rossiyasi hukumatining bunday harakatlari davom etdi.
О‘zaro ichki kurashlar, shahzodalarning о‘zaro mojoralari, kо‘plab yig‘iladigan soliqlar xonlikdagi iqtisodiy ahvolni og‘irlashtirib yubordi. Natijada 1728 yil Xivada hokimiyatga qarshi qо‘zg‘olon kо‘tarildi. Bu yerda xonning zulmiga qarshi qullar bosh kо‘targan edilar. Oqibatda Sherg‘ozixon va uning yaqin mulozimlari о‘ldirildi.
Sherg‘ozixon о‘limidan keyin taxtga о‘tirgan qozoq sultoni Elbarsxon (1728-1740yy.) davrida ichki kurashlar davom etib, qо‘shni hududlarga kо‘plab talonchilik yurishlari uyushtirilib turishi natijasida Xiva xonligining harbiy qudrati zaiflashib bordi. Bu vaziyatdan unumli foydalangan. Eron shohi Nodirshoh 1740 yilda Xiva xonligiga hujum boshladi. Dastavval Xazorasp yonida Xiva qо‘shinlari bilan eroniylar о‘rtasida qattiq jang bо‘ldi. Bu jangda Xiva qо‘shinlari yengilib, Xazorasp qal’asiga chekindi. Eroniylar Xazorasp qal’asini uzoq muddat qamal qilib uni egallay olmagach, Xonqa qal’asiga hujum qildilar. Bu paytda vaziyat о‘zgarib, Elbarsxonga madad berib turgan mang‘it beklari Nodirshoh tomonga о‘tib ketdilar. Oqibatda Elbarsxon yengildi va qо‘lga olinib, Nodirshoh tomonidan qatl etildi.
Elbarsxonning mag‘lubiyatidan sо‘ng qozoqlarning kichik juz qabilasi boshlig‘i, rus fuqaroligini qabul qilgan Abulxayrxonni Xiva taxtiga о‘tqazdilar. Abulxayrxon sulh tuzish uchun Nodirshohga noma yuborib rad javobini oldi. Oradan qisqa vaqt о‘tib, Nodirshoh Xivaga ikkinchi marta yurish qildi va uni egalladi. Abulxayrxon esa qozoq dashtlarga qochib ketdi. Bu yerga Nodirshoh Mang‘it beklaridan bо‘lgan Ortiqbek va Xо‘rzodbeklarni noib etib tayinladi. Ammo, Orol bо‘yi о‘zbeklari Nodirshohga itoat etishdan bosh tortib, Abulxayrxonning о‘g‘li Nuralini о‘zlariga xon qilib kо‘tardilar. 1741 yilda Xivada eroniylarga qarshi qо‘zg‘olon kо‘tarilib, Nodirshohning noiblari о‘ldirildi, askarlari ham qirib tashlandi. Xivaga Nuralixon xon qilib о‘tqazdirildi. Ammo, Nurallixonning xon sifatida siyosiy ta’siri deyarli yо‘q edi.
1741 yilda Nodirshoh о‘g‘li Nasrullo boshchiligida yana Xivaga yurish qilib Nuralixon va uning tarafdorlarini Xivadan haydab yubordi.Taxtga esa Elbarsxonning о‘g‘li Abdulg‘ozi II xon qilib о‘tqazildi. Ammo, uning hukmronligi ham uzoq chо‘zilmadi. 1746 yida Xivada Mang‘it inoqlari tomonidan uyutirilgan fitnada Abdulg‘ozi II о‘ldirildi. Shundan sо‘ng Nodirshohning roziligi bilan 1747 yilda qozoq sultoni Abdulxayrning ukasi Taibxon (Kaipxon, 1747-1757yy.) taxtga о‘tqazildi. Manbalarda Taibxonning nihoyatda zolim hukmdor bо‘lganligi eslatiladi. U Xiva taxtiga о‘tirgach avvalo, hokimiyatini inoqlar ta’siridan xalos qilish maqsadida Mang‘it inoqlaridan bо‘lgan Huzurbekni tarafdorlari bilan qatl ettirdi. Davlatdagi yirik mansablar esa qozoq beklariga bо‘lib berildi. Taibxon aholiga nisbatan jabr-zulmini kuchaytirib, 1756 yilda Xiva aholisidan 40 ming tanga qо‘shimcha soliq yig‘ib oldi. Bu esa Xivada xalq qо‘zg‘oloniga sabab bо‘ldi. Taibxon taxtni tashlab qozoq dashtlarga qochib ketdi. Hokimiyatni esa qisqa muddat uning ukasi Abdullaxon egalladi.
Xivadagi ichki nizolardan foydalangan Buxoro hukumdori Muhammad Rahimbiy Xivani о‘z ta’siriga о‘tkazish harakatini boshladi. Shu maqsadda о‘z odami Temur G‘ozixon (1757-1763yy)ni Xiva taxtiga о‘tqazdi.Temur G‘ozixon ham Xivada yetarli darajada siyosiy barqarorlik о‘rnata olmagan bо‘lsada, uning hukmronligi davridan boshlab xonlikda о‘zbeklarning qо‘ng‘irot urug‘idan bо‘lgan inoqlarning mavqei ortib bordi. Temur G‘ozixon bir necha yil hukmronlik qilib, saroy fitnasi natijasida о‘ldirildi. Uning о‘limidan sо‘ng Xiva hokimiyati qozoq sultoni Tavkaxon (1463y.) qо‘liga о‘tdi. Biroq, oradan kо‘p о‘tmasdan u ham taxtdan mahrum bо‘ldi. 1763 yilda inoq Muhammad Amin amalda Xivadagi oliy darajadagi hukmdorga aylandi.

Download 1,21 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish