Buxoro amirligida ijtimoiy-iqtisodiy ahvol. Qo'Qon xonligi va xiva xonligi o'rtasidagi munosabatlar reja


Xiva qо‘ng‘irotlari sulolasining siyosiy tarixi



Download 1,21 Mb.
bet7/8
Sana21.04.2022
Hajmi1,21 Mb.
#569763
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
BUXORO AMIRLIGIDA IJTIMOIY-IQTISODIY AHVOL. QO\'QON XONLIGI VA XIVA XONLIGI O\'RTASIDAGI MUNOSABATLAR

Xiva qо‘ng‘irotlari sulolasining siyosiy tarixi. 1763 yildan boshlab Xivada amalda qо‘ng‘irot urug‘i inoqlari hokimiyat tepasiga kelgan bо‘lsa-da, 1804 yilgacha Xiva xonlari hukmdor sifatida boshqa shahsni xon qilib e’lon qilganlar. Qо‘ng‘irotlar sulolasi hukmdorlaridan Muhammad Amin inoq (1763-1790yy.) Xivada hokimiyatni qо‘lga olgach saroydagi bir qancha lavozim va amallarga о‘ziga sodiq va ishonchli odamlarni tayinladi. Yangi xon shu yо‘l bilan xonlikdagi muhim siyosiy-ma’muriy, moliyaviy va harbiy hokimiyatni о‘z qо‘liga olib, ayrim mustaqil beklarni о‘ziga itoat ettirdi.
Manbalar ma’lumotlariga kо‘ra, shaharlik savdogarlar, hunarmandlar va din peshvolari yordamida о‘z hokimiyatini ancha mustahkamlagan Muhammad Amin inoq 1770 yilda turkmanlar hujumini, 1782 yilda Buxoroliklar tajovuzini muvaffaqiyatli qaytardi. Uning hukumronligi davrida Xiva xonligida dehqonchilik, savdo – sotiq va hunarmandchilikni rivojlantirish maqsadida ma’lum chora – tadbirlar amalga oshirildi. Mahalliy hukumdorlarning о‘zaro nizolari va kurashlariga chek qо‘yilishi natijasida xonlikdagi iqtisodiy hayot yaxshilanib bordi.
Muhammad Aminning о‘g‘li Avaz inoq (1790-1804 yy.) otasining ishlarini davom ettirgan bо‘lsa, Avazning о‘g‘li Eltо‘zar inoq 1804 yilda Xiva taxtiga о‘tirib, sohta xon Abdulg‘ozi V ni haydab yubordi va о‘zini rasmiy xon (1804-1806 yy.) deb e’lon qildi. Shu tariqa Xivada qо‘ng‘irotlar sulolasi hukumronligi rasmiy qaror topdi. Eltuzarxon xonlikdagi mustaqil hokimlarni birlashtirish siyosatini davom ettirdi. Ammo, uning hukmronligi uzoq davom etmadi. 1806 yilda Eltuzarxon buxoroliklar bilan bо‘lgan jangda halok bо‘ldi. Taxtga uning ukasi Muhammad Rahimxon I о‘tirdi.
3.BUXORO XONLIGI
Shayboniyxon davlatni iqtisodiy va siyosiy jihatdan mustahkamlash yo’lida qator islohotlar o’tkazdi. Birinchidan, u davlat boshqaruvida suyurg’ol tizimini joriy etdi.
Ya’ni zabt etilgan hududlarni boshqarish ishini o’z farzandlariga, qarindosh-urug’lariga, birodarlariga, qabila boshliqlari bo’lgan sultonlaiga topshirdi.
Samarqand poytaxt sifatida xon taxtiga o’tqaziladigan joy hisoblangan. U yerda xon sharafiga xutba o’qitilgan va pul zarb etilgan. Lekin suyurg’ol mulklar markaziy hokimiyatdan mustaqil bo’lishga intilar edilar.
Ikkinchidan, mamlakatda yer-suv qaytadan taqsim qilindi. Ko’chmanchi qabila zodagonlari yengilgan mahalliy mulkdorlar mol-mulkini musodara qilish, sotish, egasiz qolgan yerlarni o’zlariniki qilib olish yo’li bilan mulklarini ko’paytirib oldilar1.
Uchinchidan, mamlakat ichida ijtimoiy hayotni tartibga solishga imkon beruvchi islohot ham o’tkazildi. Keyingi 10 yil ichida soliqlar og’irligidan va mulkdorlar jabr-zulmidan yer-suvlarini tashlab ketgan xo’jaliklar yerlarini ishga tushirish masalasi ko’rib chiqildi.
To’rtinchidan, 1507- yilda pul islohoti o’tkazildi. Bunga ko’ra, mamlakatning hamma katta shaharlarida vazni bir xil - 5,2 gramm bo’lgan yangi kumush tangalar hamda mis chaqa pullar zarb qilinib, muomalaga chiqarildi. Bu islohot iqtisodiyotni tartibga solish va savdo-sotiqni jonlantirish maqsadida o’tkazilgan edi. Ayni paytda, bu islohot dehqonlarning soliq to’lash imkoniyatini oshirishga, davlat va xon mulkini ko’paytirishga imkon berdi.
Shayboniyxon tomonidan amalga oshirilgan bu va boshqa tadbirlar, o’z mohiyatiga ko’ra, markaziy hokimiyatni mustahkamlashga xizmat qilishi zarur edi.
Muhammad Shayboniyxon vafotidan so’ng boshlangan o’zaro toj-u taxt kurashlari hamda Eron bosqinchilariga qarshi kurash mamlakat iqtisodiy hayotiga salbiy ta’sir ko’rsatdi. Bu hol, o’z navbatida, pulning qadrsizlanishiga olib kelgan. Natijada, oliy hukmdor Ko’chkinchixon 1515- yilda navbatdagi pul islohotini o’tkazishga majbur bo’lgan. 1527- yilga kelgandagina ahvolning bir maromga tushishiga erishilgan. Shayboniy Abdullaxon II o’tkazgan pul islohoti Buxoro xonligi tarixida muhim ahamiyatga ega voqea bo’lgan. U oltin pul zarb etishni yo’lga qo’ygan va uning tarkibiga qiymati past bo’lgan boshqa ma’danlar aralashtirmasligini qattiq nazorat ostiga olgan. Bu pullar xonlikning butun hududida muomalaga kirdi. Bu hol, o’z navbatida, hokimiyatning yanada markazlashuviga, xazinaga katta daromad tushishiga olib keldi, savdo-sotiq yanada jonlandi.
Shayboniylar davrida ham iqtisodiy hayotda sun’iy sug’orish bilan bog’liq muammolarni hal etish ishiga jiddiy e’tibor bilan qaralgan.
Bu sulola vakillari Sangzor, Chirchiq, Sirdaryo, Amudaryo, Vaxsh va Murg’ob daryolari imkoniyatlaridan unumli foydalanish choralarini ko’iganlar.
Chunonchi, 1502- yilda Shayboniyxon Zarafshon daryosining Oqdaryo va Qoradaryoga ayriladigan joyida suv ayirg’ichi-ko’prik qurdiigan.
Shayboniyxon avlodlari keyinchalik Qashqadaryoning irmoqlaridan Kesh viloyati yerlarini sug’orish uchun 10 dan ortiq kanallar qazitganlar.
Sun’iy sug’orish ishlari, ayniqsa, Abdullaxon II davrida keng rivojlangan. Masalan, 1556-1585- yillar oralig’ida Zarafshon daryosida Karmana, Mehtar Qosim, Chahorminor, Jondor suv ayirg’ichlari; Murg’ob vohasida Sangzor, Hovuzixon suv omborlan qurilgan. Bundan tashqari, Sangzor daryosidan Jizzax vohasiga Tuyatortar kanali, Somonjuq dashtini obodonlashtirishga xizmat qilgan Xoja Ka’ab kanali, Afshona kanali, Amudaryodan Chorjo’yga, Murg’obdan Marvga, Vaxshdan uning atrof vohalariga suv chiqarishga imkon beruvchi kanallar qazilgan.
Bundan tashqari, Abdullaxon II karvon yo’llarini qayta jonlantirish, sardobalar, karvonsaroylar qurish va ta’mirlashga ahamiyat berdi. 1577- yilda Buxoroda yirik usti berk savdo rastasi - Abdullaxon timi qurildi. Nurota tumanidagi Oqchob yaqinida Beklarsoy darasida joylashgan qadimgi to’g’on qoldiqlari o’rnida ulkan band qurdirdi. Abdullaxon bandi uning ravoqlarini to’g’on tepasida turib ochishi yoki bekitishi mumkin edi. Maqsad esa o’sha atrofdagi bo’z yerlarni sug’orib dehqonchilikni rivojlantirish va yurtni obod qilish edi.
Ayni paytda ko’plab mahalliy ahamiyatga ega suv inshootlari ham qurilgan. Bu tadbirlar, o’z navbatida, qishloq xo’jaligi tarmoqlarining rivojlanishini ta’minlagan. Shayboniylar davrida ishlab chiqarish tarmoqlari bo’lgan tikuvchilik, kulolchilik, temirchilik, qurolsozlik, zargarlik, qog’oz va qurilish ashyolarini ishlab chiqarish rivojlangan.
Shayboniylar hukmronligi yillarida oliy davlat idorasi dargoh deb atalgan. Uning tepasida xon turgan.
Shayboniylar davlatida devonbegi (bosh vazir) lavozimi katta nuftizga ega bo’lgan. U davlatda moliya va xo’jalik ishlarini boshqargan.
Xonlikda muhim davlat mansabi naqib hisoblangan. U xonning eng yaqin va ishonchli kishisi bo’lgan. Xonning farmon va yorliqlarida naqibning nomi birinchi bo’lib yozilgan. Ayni paytda u davlat ichki va tashqi siyosati masalalarida xonning birinchi maslahatchisi hisoblangan. Bundan tashqari, naqib harbiy yurishlarni uyushtiigan. Zarur bo’lganda elchilik vazifasini ham bajargan1.
Yana bir katta davlat mansabi bu - otaliq edi. Xon siyosatining viloyatlar-dagi ta’siri otaliq mansabiga tayinlanganlarning nufuzi bilan belgilangan. Xon viloyatlarirni shahzodalarga taqsimlab berar ekan, ularga rahnamo etib o’z nazoratchisini, ishongan kishisini tayinlagan. Bunday nazoratchi, ishonchli shaxs otaliq deb atalgan. Balog’atga yetmagan shahzodalar ulg’ayib, mustaqil faoliyat yuritgunlariga qadar davlat ishlarini ularning nomidan otaliqlar boshqargan.
Yana bir davlat mansabi - parvonachi deb atalgan. Uning vazifasi xon farmonlarini, rasmiy hujjatlarni mas’ul shaxslarga, ijrochilarga yetkazishdan iborat bo’lgan.
Dodxoh mansabida ishlagan amaldor dargohga tushgan arizalarni qabul qilgan va ularga javob qaytargan. Shuningdek, mamlakatda adolat mezonlariga amal qilinishini nazorat qilgan.
Muhim davlat mansablaridan yana biri - ko’kaldosh mansal edi. Bu mansabga xon sulolasiga eng yaqin shaxslardangina tayinlangan Ko’kaldosh xon siyosatiga fuqarolarning munosabatini o’rgangan va bu siyosatning daxlsizligini ta’minlagan.
Xon va shahzodalar o’rtasidagi ichki munosabatlar masalaj bilan xon yasovuli mansabida ishlagan amaldor shug’ullangan.
Shayboniylar davlatida eshik og’aboshi lavozimi ham bo’lgan. Dargoh xavfsizligi, undagi tartib hamda kelgan-ketganlardan xabardor bo’lib turish masalalari bilan shug’ ullangan.
Yuqori davlat lavozimlari ichida katta mavqega ega bo’lgan lavozimlardan yana biri shayxulislom hisoblangan. Shayxulislom shariat qonunlari bajarilishi ustidan nazoratni amalga oshirgan.
Qozikalon lavozimida ishlagan amaldor sud ishlariga yetakchilik qilgan.
Yana bir muhim davlat lavozimi muhtasib (rais) deb atalgan. Bu lavozimni egallagan amaldor mamlakat fuqarolarining axloq qoidalariga rioya qilishlarini nazorat qilish bilan shug’ullangan.
Davlatda, shuningdek, miroxur (xonga tegishli yilqi, ot-ulov va ularning ta’minoti bilan shug’ullanuvchi), shig’ovul (chet davlatlar elchilarini qabul qilish xizmatining boshlig’i), qushchi (xonning ovini tashkil etuvchi), bakovulboshi, dasturxonchi, qo’rchiboshi (qurol-aslaha xizmati boshlig’i), jarchi, tavochi, tug’begi, kitobdor, mirzaboshi, munshiy, muhrdor, xazinachi, mehtar kabi mansablar ham mavjud bo’lgan.
Shayboniylar davlatidagi ichki ziddiyatlar markaziy hokimiyat bilan mahalliy hokimiyat o’rtasidagi ziddiyatlarda to’la namoyon bo’lgan. Shayboniylar davrida yer egaligining iqto, suyurg’ol, tanhq vajogir turlari bo’lgan. Sayboniyxon davrida davlatni kichik-kichik mulklaiga (suyurg’olga) bo’lib idora qilinardi. Bu hol hokimiyatdari ajralib chiqishga sharoit yaratar edi. Shayboniyxon bu xatoni tuzatishga urinib, bo’ysunishni istamagan mahalliy hukmdorlat mustaqilligini tugatishga, ayrim hukmdorlami almashtirishga harakat qildi. Bu esa mahalliy hukmdor va zamindorlarning keskin noroziliklariga sabab bo’ldi.
Shayboniylar davrida mehnatkashlarning iqtisodiy ahvoli nochor edi. Ko’pchilik omma yersiz bo’lib, ijaraga yer olib ishlashga majbur edi. Aholidan 20 turdan ortiq soliq va to’lovlar olinardi. Asosiy soliq sug’oriladigan yerdan olinadigan xiroj bo’lib, daromadning 30 - 40 foizini tashkil qilardi. Davlat muassasalari, qo’shin va xon xonadoni xarajatlarini qoplash uchun to’lanadigan soliq ixrojot deb atalardi. Davlat pulga muhtoj bo’lganida favqulodda soliqlar ham joriy etilgan.
Aholi soliq va jarimalar to’lashdan tashqari, mehnat majburiyatini ham o’tashi kerak edi. Bu majburiyat aholini kanallar, zovurlar qazishga, yo’1 va ko’priklar qurishga, yem-xashak yig’ishga jalb etishni nazarda tutardi.
Shayboniyxon davlat boshqaruvida suyurg’ol tizimini joriy etib, viloyatlarni o’z farzandlari, urug’doshlari va qabila boshliqlariga topshirdi.
Shayboniyxon vafotidan so’ng suyurg’ol mulk egalari markaziy hokimiyatdan mustaqil bo’lishga intildi, toj-taxt uchun kurash kuchaydi1.
Shayboniylar ta’lim sohasida ham islohot o’tkazdilar. Bu islohotning o’tkazilishiga amaldorlar guruhini vujudga keltirish va ularni jamiyatning asosiy tayanchiga aylantirish zarurati sabab bo’ldi. Xonlarga va sultonlaiga barcha sohalar bo’yicha ilmli, diplomatik qobiliyatga ega bo’lgan amaldorlar zarur edi. Islohotga ko’ra, ko’p bosqichli o’qitish tizimi joriy etildi. Har bir mahallada maktab ochildi, ba’zi xonadonlarda uy ta’limi joriy etildi. Bolaga 6 yoshdan ta’lim beriladigan bo’ldi. Maktabda ikki yil o’qigach, o’quvchilar madrasaga o’tkazilardi.
XVI asrda Samarqandda Shayboniyxon madrasasi, Buxoroda Abdullaxon, Toshkentda Baroqxon va Ko’kaldosh madrasalari va boshqa ta’lim muassasalari quriladi va faoliyat yuritadi. Madrasada uch bosqichli ta’lim joriy etilgan bo’lib, uning har bir bosqichida 7 yildan o’qilardi. Shunday qilib, o’qish 21 yil davom etardi. o’quvchilar ilohiyot ilmidan, hisob-kitobdan, handasa, fiqh, mantiq, musiqa, she’r san’atidan ilm olardilar. Albatta, ta’lim olishga hammaning ham imkoni bo’lmas edi.
Savodxonlikning Movarounnahrda XVI asrdagi ana shunday rivojlanishi o’zbek tili rivojlanib, keng tarqalishiga, adabiy aloqalar rivoj topishiga ancha ijobiy ta’sir ko’rsata oldi.
Shayboniylar davrida fan va madaniyat sezilarli darajada rivojlangan. Bunga ushbu sulola hukmdorlari orasidan o’z davrining yetuk ilm-fan arboblari yetishib chiqqanligi ham ta’sir ko’rsatgan. Chunonchi, Muhammad Shayboniyxon, Ko’chkunchixon va Ubaydullaxonlar o’z davrining nihoyatda o’qimishli kishilari bo’lganlar.
Shuningdek, Muhammad Shayboniyxon, Abdulazizxon va Abdullaxonlar kutubxonalarida o’z zamonasining ajoyib kitob xazinalari bo’lgan. Bundan tashqari, Movarounnahrda Mirzo Ulug’bek akademiyasi an’analarini davom ettiruvchi fidokor olimlar yetishib chiqdi. Masalan, Samarqand va Buxoro madrasalarida, mudarrislik qilgan mavlono Kamoliddin Ibrohim, Abdullaxohning muallimi Xoja Muhammad, yulduzshunos Qiyomiddin Shaydo, iftixor ul-atibbo (tabiblar iftixori) unvonini olishga sazovor bo’lgan Muhammad Mazid, Hakim Shahrisabziy, jarroh mavlono Baqo, mavlono Rafe, 1541- yilda ilmi tibb va dori-darmonlar haqida asar yozgan Muhammad Husayn ibn Shiroq Samarqandiy, ko’z kasalliklarini davolashda nom chiqargan Shohali ibn Sulaymon Xoja Hakim (vafoti 1585), natijat-ul-atibbo unvonini olgan Abdulhakim ibn Sulton Mahmud kabilar shular jumlasidandi Xoja Hasan Nisoriy „Muzakkiri ahbob” asarida matematika va astronomiya ilmida shuhrat topgan mavlono Kavkabiyni alohi qayd etadi.
Matematika va astronomiya sohasida yozilgan kitoblarda Muhanunad Amin ibn Ubaydulla Mo’minobodiyning „ Hisobi amaj shabalca», (Shabaka jadvali amali hisobi; 1550), Bobokalon mufti Samarqandiyning «Risola dar ilmi hisob», «Vaziyat bar sahor qism», Tursun Zominiyning «Tuxfayi amir», Muhammad Husayn munajjim Buxoriyning «Ma’rifat samti qibla» (Qibla tomonni topish ma’rifati), Mahmud ibn Ahmad Foriziyning «Risola dar muaddili qamar» (Oy fazolarining tengligi haqida risola; 1517), Tojissaidiyning «Hoshiy li shahri ashkoli ta’sis» (Asoslash shakllari sharhiga izohlar; 1568), Said Muhammad Tohir ibn Abulqosimning «Ajoyib ut-tabaqot» (1545-1550) asarlari va boshqalarni ko’rsatish mumkin.
Tibbiyot sohasida Sultonali Samarqandiy 1526- yili «Dastur al-iloj», «Muqaddimotidastural-iloj» (Davolash bo’yicha dastur) asarlarini yozgan.
Ubaydulloh Qahhol ibn Muhammad Yusuf ham o’z davrining yetuk tabibi, tib olimi, Baroqxonning o’rtancha o’g’li Toshkand hokimi Danishxonning buyrug’iga binoan 1598- yilda «Shifo ulilal» (Kasalliklar shifosi) asarini yozadi. Asar 500 varaqdan ko’p bo’lib, uzoq vaqtgacha tib ilmidan asosiy qo’llanma tarzida undan foydalanilgan. Bir necha bitik nusxasi bizgacha yetib kelgan. Uning yana «Umdat ul-kuhliya fil-amrodul-basariya» (Ko’z kasalligiga doir asosiy kitob) asari ham bo’lgan.
Shayboniylar davrida tarix fani ham rivojlandi, ko’plab tarixiy asarlar yozilgan. Kamoliddin Binoiy, Mulla Shodiy, Muhammad Solih, Fazlulloh ibn Ro’zbexon Isfaxoniylar Shayboniyxon topshirig’i bilan har qaysisi Shayboniyxonga atab alohida tarixiy asarlar yozganlar. Bundan tashqari, Abdulloh ibn Muhammad ibn Ali Nasrullohiyning «Zubdat ul-ozor», Hofiz Tanish Buxoriyning «Abdullanoma» («Sharafnomayi shoxiy»), noma’lum muallifning «Tavorixi guzidayi nusratnoma» asarlari shayboniylar davri ijtimoiy, siyosiy tarixiga doirdir. Zayniddin Vosifiyning «Badoye ul-vaqoye», Zahiriddin Muhammad Boburning «Boburnoma» asarlari ham shu davr ijtimoiy va madaniy hayotidan bahs yuritadi1.



Download 1,21 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish