Buxoro amirligida ijtimoiy-iqtisodiy ahvol. Qo'Qon xonligi va xiva xonligi o'rtasidagi munosabatlar reja


Ma’muriy–hududiy tuzilishi va aholisi



Download 1,21 Mb.
bet2/8
Sana21.04.2022
Hajmi1,21 Mb.
#569763
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
BUXORO AMIRLIGIDA IJTIMOIY-IQTISODIY AHVOL. QO\'QON XONLIGI VA XIVA XONLIGI O\'RTASIDAGI MUNOSABATLAR

Ma’muriy–hududiy tuzilishi va aholisi. XVIII asr oxirlarida xonlikning hududi faqat Farg‘ona vodiysidan iborat bо‘lib, bu davrda Norbо‘tabiy vodiydagi barcha beklik va viloyatlarni о‘z itoatiga kirgizib, ularni Qо‘qonga bо‘ysundirdi. Uning davrida Andijon va Marg‘ilon viloyatlari vodiydagi eng katta mulklar edi. Olimxon davrida xonlik hududlari Toshkent va uning atrofidagi yerlar hisobidan ancha kengaydi. Tarixiy manbalarda Toshkent mulki - viloyat, shahar, Toshkent va Dashti Qipchoq viloyati nomlari bilan tilga olinadi. Uning hududlariga Ohangaron, Chinoz, Toshkent atrofi, Sirdaryo bо‘ylaridagi Turkiston shahri va uning atroflari kirgan. Bu mulkning hokimlari manba va hujjatlarda hokim, hukmdor, voliy, noib atamalari bilan tilga olinadi. Umarxon davrida Xо‘jand, О‘ratepa va Jizzax atrofidagi yerlarga ham ketma-ket yurishlar qilinib, 1817 yilda О‘ratepa bosib olinadi.
Muhammadalixon davrida xonlikning hududlari yanada kengayadi. Bu davrda xonlik shimolda Rossiyaga qarashli Tashqi Sibir okrugi bilan, g‘arbda Xiva va Buxoro amirligi bilan, janubda Qorategin, Darvoz va undan uzoqroqdagi yerlar – Shug‘non, Rо‘shon va Vaxon (bu hudud Qо‘qonga nomigagiga qaram bо‘lgan) Kо‘lob bilan, sharqda Qashg‘ar bilan chegaralangan. Xonlik yerlariga Sirdaryo bilan Qorategin О‘rtasida joylashgan Farg‘ona hududlari, Sirdaryoning о‘ng qirg‘og‘ida joylashgan Namangan, Xо‘jand va boshqa shaharlar, Buxoro amirligi va Qо‘qon xonligi о‘rtasida joylashgan Qurama viloyati, Turkiston, Sirdaryoning quyi oqimidagi to Balxash kо‘ligacha bо‘lgan qirg‘izlar yashaydigan yerlar, kо‘chmanchi qirg‘izlar yashaydigan Billur tog‘ining sharqiy etaklari, 1830 yildan boshlab g‘arbiy etaklari ham kirgan.
XIX asr manbalarida Qо‘qon xonligi beklik, ba’zan viloyat va sarkorlik sifatida tilga olingan ma’muriy – hududiy qismlarga bо‘lingan hamda ularni xon tomonidan tayinlanadigan beklar, hokimlar va sarkorlar boshqargan. Ayrim manbalar (A. Kun) Qо‘qon xonligidagi 15 ta beklikning nomini keltiradi. Bular: Qо‘qon va uning atrofi, Marg‘ilon, Shahrixon, Andijon, Namangan, Sо‘x, Mahram, Buloqboshi, Aravon, Baliqchi, Chortoq, Navkat, Koson, Chust va Bobo darhon. “Turkestanskiye vedomosti” (1876, №13) tо‘plamida esa Asaka, Marg‘ilon, Baliqchi О‘sh, Sо‘x, Koson va О‘zgan sarkorlik sifatida ham tilga olinadi.
Hokimlar va hududiy bо‘linma boshliqlari xon oilasi a’zolari, unga yaqin guruhlar, yuqori tabaqa vakillari hamda yetakchi qabilalar sardorlari orasidan tayinlangan. Misol uchun, Xudoyorxon davrida yettita beklik xonning о‘g‘illari va yaqin qarishdoshlari tomonidan boshqarilgan. О‘z navbatida hokimlar viloyat hududlarini о‘zlarining farzandlari va qarindoshlariga bо‘lib berganlar. Qо‘qon xonligining ma’muriy-hududiy boshqaruv tizimida bek (hokim, voliy) va uning о‘rdasi alohida о‘rin egallagan. Xon tomonidan tayinlangan hokim va qozi kо‘plab vakolatlarga ega bо‘lgan.
Bek о‘rdasida ham xon saroyidagidek yuzlab amal va unvonlar joriy etilgan bо‘lib, ular mahalliy aholidan yig‘iladigan soliq hamda tо‘lovlar hisobidan kun kechirishgan. Beklar xonning itoatkor vassallari bо‘lib, mamlakatni idora etishida uni qо‘llab-quvvatlashlari, zarur bо‘lganda unga yordam berishlari, uning hurmat-izzatini joyiga qо‘yishlari, kerakli vaqtda о‘z qо‘shinlari bilan harbiy yurishlarda ishtiroq etishlari va sovg‘a-salomlar yuborib turishlari lozim bо‘lgan.
Qо‘qon honligida Qо‘qon, Toshkent, Andijon, Namangan, Marg‘ilon, Chimkent, Jizzax, О‘sh, Xо‘jand, О‘ratepa kabi aholisining soni jihatidan katta, hunarmandchilik va savdo rivojlangan, mamlakat ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy, madaniy hayotida muhim ahamiyatga ega bо‘lgan о‘nlab shaharlar mavjud bо‘lgan. Xonlikning poytaxti Qо‘qon shahri bо‘lib, u mamlakatning siyosiy, ijtimoiy-iqtisodiy va madaniy markazi edi.
XIX asrda xonlikning chegara hududlarini bir necha qal’a va istehkomlar muhofaza qilgan. Ular jumlasiga Oqmasjid, Avliyoota, Pishpak, Tо‘qmoq, Qurtka, Niyozbek, Mahram kabilarni kiritish mumkin. Chu vodiysi bо‘ylab bunyod etilgan istehkomlar esa nafaqat chegara muhofazasi uchun, balki ularning atrofidagi shahar va qishloqlarni itoatda ushlab turish uchun ham hizmat qilgan. Ushbu shahar va qal’alarda harbiy qism hamda ularga boshliq bо‘lgan botirboshilar bо‘lgan. Mudofaa maqsadlari uchun qurol va aslahalar saqlangan.
Xonlik tarkibiga kiruvchi hududlar aholisining joylashuvi va turmush tarzi bir – biridan farq qilgan. Toshkent vohasi va Farg‘ona vodiysining sug‘orilib dehqonchilik qilinadigan qismi aholi joylashuvi jihatidan zich bо‘lib, ular о‘troq hayot kechirganlar. Sahro, tog‘ va tog‘ oldi tekisliklaridan iborat hududlarda kо‘chmanchi va yarim kо‘chmanchi aholi yashagan.
Xonlikda dehqonchilik ekinlarining aksariyati О‘rta Osiyo xonliklariga xos bо‘lib, g‘allachilik, bog‘dorchilik, sabzavot va poliz mahsulotlari yetishtirish hamda ipakchilik yaxshi rivojlangan. Donli ekinlardan makkajо‘xori yetishtirish keng tarqalgan bо‘lib, u shahar va qishloqlarda kambag‘allarning asosiy iste’mol mahsuloti hisoblangan. Shuningdek, XIX asrga kelib xonlikda paxtachilik sohasiga katta e’tibor berila boshlangan.
Xonlik g‘arbiy qismining tabiiy sharoitida bog‘dorchilik va uzumchilikni rivojlantirish uchun juda qulay bо‘lgan. Janubi-g‘arbiy Xо‘jand, Konibodom, Isfara, Sо‘x, Chimyon, Rishton hududlari asosan о‘rik yetishtirishga tо‘la ixtisoslashgan. Bu davrda butun Farg‘ona vodiysida tut daraxti keng tarqalib, tog‘ oldi va qadimgi dehqonchilik vohalaridan hisoblangan Sо‘x, Isfara, Namangan, Ashtda ipakchilik uchun tut qadimdan о‘stirib kelingan.
Xonlikda yer va suv hukmron tabaqalarniki hisoblanib, yerga egalik qilishning tо‘rtta turi mavjud bо‘lib ular quyidagilar edi: 1. Xiroj yerlar – yer egalarining xususiy yerlari. 2. Davlat yoki amloq yerlari – xonga qarashli yerlar – о‘rmonlar, tо‘qaylar, yо‘lu-kо‘priklar. 3. Xususiy yerlar – xonning maxsus farmoyishi bilan yirik amaldorlarga berilgan yerlar (suyurg‘ol). 4. Vaqf yerlari – diniy muassalar, ya’ni, masjid, madrasa va mozorlarga qarashli yerlar.
Manbalarga kо‘ra, amloq xon ixtiyoridagi yer bо‘lib, u “zamini xos”, deb atalgan. Bunday yerlar xon tomonidan ayrim guruh va mansabdor shaxslarga berilgan. Yerni olgan kishi unga о‘z hisobidan ishlov berib, sug‘organ. Olgan hosilidan esa xonga soliq tо‘lagan va bu soliq miqdori xiroj1 dan kо‘proq bо‘lgan.
Yerga egalik qilishda mulk, ijara, urg‘u, tanho shakllaridan ham foydalanilgan. Mulk – boylarga qarashli xususiy yerlar bо‘lib, ular dehqonlarga ijaraga berilgan. Ma’lumotlarga kо‘ra, ijara – muayyan shartlar asosida beriladigan barcha kо‘chmas va kо‘chadigan mulk-yer, ariq, tegirmon, tim, rasta, ulov va boshqalarni о‘z ichiga olgan mulk shakli bо‘lsa, urg‘u – musodara qilish yо‘li bilan xon mulkiga aylantirilgan yoki gunohkorni qо‘lga olishda jonbozlik qilgan shaxslarga berilgan yer va mol-mulkdir.
Tanho – hukmdor tomonidan alohida xizmat kо‘rsatgan kishilarga amloq yerlardan ba’zilari in’om etilishi tufayli paydo bо‘lgan mulk shakli bо‘lib, bunday yerlarda soliq yig‘ish huquqi tanho egalari – tanhodorlarga berilgan. U о‘ziga berilgan yer, bir nechta qishloq, hatto, katta mulkning yillik yoki yarim yillik daromadini hadya sifatida olgan. Ba’zan, amaldorlar bir umr tanhodor bо‘lgan va о‘g‘li xon marhamatiga sazovor bо‘lsa, tanhodorlik meros sifatida davom etgan. Harbiylarga tanho yoki xiroj taqdim etilsa, u tarxon deb atalgan.
Bu davrda xonlikning daromadi mahsulot va puldan iborat bо‘lib, ular asosan soliqlar undirish yо‘li bilan hosil qilingan. Soliq va majburiyatlar xonlikning barcha shahar va qishloqlarida deyarli bir-biri bilan chambarchas bog‘liq bо‘lgan. Mamlakatda mavjud soliqlar joriy etilishiga kо‘ra, tо‘rt turga: shariat qonun-qoidalariga binoan belgilangan asosiy soliqlar; rasmiy soliqlar; an’anaviy soliqlar; favqulodda joriy etilgan soliqlar.
Manbalarga kо‘ra, shariat qonun-qoidalari asosida joriy etilgan asosiy soliqlar – xiroj, ushr va zakot hisoblangan. Dehqonchilikda donli ekinlar ekiladigan yerlardan olinadigan soliq – xiroj deb atalgan. Bu soliq hosilning beshdan bir qismini tashkil etib, 5 qop g‘allaning bir qop miqdorida undirilgan. Soliqning bir qismi mahsulot, bir qismi esa pul bilan tо‘langan.
Ushr yerlari – “zamini ushr” deb yuritilgan yerlardan hosilning о‘ndan bir qismi miqdorida ushr solig‘i ruhoniylar foydasiga undirilgan. Zakot – mahsulotdan olinadigan savdo solig‘i yoki chorva mollari hisobidan olinadigan soliq bо‘lib, daromadning qirqdan bir qismini tashkil etgan. Xonlikning savdogarlik sarmoyalari aniq bо‘lmaganligi sababli, sharoitga qarab daromaddan zakot olingan. Shuningdek, chorva mollaridan ham qirqdan bir ulush hisobida zakot olingan. Arxiv hujjatlarida an’anaviy zakotdan tashqari – bо‘roqi zakoti, elatiya zakoti, sarkarda zakoti kabilar haqida ma’lumotlar bor.
Xonlikda joriy etilgan tanobona, xonsoliq, karvonlardan chegara yoki maxsus belgilangan shaharlarda, Sirdaryo kechuvidan olinadigan boj tо‘lovlari, tuz boji, bozorlarda savdogarlardan, xon mablag‘iga qurilgan barcha inshootlardan olinadigan soliq kabilar rasmiy soliqlarga kirgan. Bog‘dorchilik, sabzavotchilik, polizchilikda ekin ekiladigan yer maydonining hajmiga qarab tanob solig‘i olingan. Soliq yig‘uvchi amaldor tanobchi (har bir tanob yerdan soliq oluvchi), zakot solig‘ini yig‘uvchi amaldorlar zakotchi deb atalgan.
An’anaviy soliqlarga tо‘y marosimlaridan, meros bо‘linishidan, tarozidan, daryodan о‘tish uchun sollardan, qirg‘iz va qozoqlarning chorvasidan olinadigan va shunga о‘xshash soliqlar kirgan. Xonlikda bulardan tashqari yana turli xil favqulodda soliqlar mavjud bо‘lib, u tilla puli va mis puli, ulov puli, alaf puli, nafsona, mushtak, kafsan, yaksara va boshqalardir.
Soliqlar qat’iy belgilangan miqdorda hamda о‘z vaqtida yig‘ilishi shart bо‘lsa-da, xon va amaldorlarning ihtiyori bilan bu holat о‘zgarib turgan. Harbiy harakatlar paytida, ayniqsa, soliqlarning turi va miqdori oshirilgan.
Xon xazinasiga kelib tushgan soliqlar – xossachi, bek xazinasiga tushgan soliqlar – beklik deb atalgan. Manbalarga kо‘ra, xon ihtiyoridagi yerlar “zamini xos”deb atalib, undan keladigan barcha daromad xonning ihtiyorida bо‘lgan. Xon xazinasiga tushadigan soliqlarning deyarli barchasi Qо‘qon shahri va uning atrofidagi qishloqlardan yig‘ilgan. Chetdan xon ihtiyoriga mahsulot va chorvadan yig‘iladigan zakot, Sirdaryo kechuvdan olinadigan boj , tuzdan, xossachi joylardan , xon mablag‘iga qurilgan barcha inshootlardan olinadigan soliq, tо‘y marosimlaridan va meros bо‘lishdan yig‘iladigan soliqlar tushgan.
Qо‘qon xoligida soliqlardan ozod qilingan, ya’ni, “mulki xur” yerlar ham mavjud bо‘lib, ularning egalari bо‘lgan sayyid, xо‘jalar, shayxlar va eshonlar xonning maxsus inoyatnomalari asosida barcha soliqlardan ozod qilinganlar. Shuningdek, xonzoda va tо‘ralar, ba’zi qozi, rais, amin, darvesh va sо‘filar ham tanob solig‘idan ozod qilingan.
Soliqlardan tashqari aholi majburiy ravishda turli ishlarga – kanallar qazish, ariqlarni tozalash, obodonchilik ishlari, turli qurilishlarga, ayniqsa, hukmron tabaqalarning xizmatlariga jalb etilgan. Soliq, tо‘lov va majburiyatlarning yildan yilga oshib borishi natijasida Qо‘qon xonligida xalqning noroziligi ortib borib, xonlikdagi ijtimoiy-siyosiy vaziyatning keskinlashuvi davlatning siyosiy inqirozini ta’minlab bergan edi.

Download 1,21 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish