Buxgalteriya va kasbiy faoliyat asoslari


 SOTISH JARAYONINING HISOBI



Download 5,99 Mb.
Pdf ko'rish
bet289/452
Sana18.01.2022
Hajmi5,99 Mb.
#385781
1   ...   285   286   287   288   289   290   291   292   ...   452
Bog'liq
fayl 1433 20210809

9. SOTISH JARAYONINING HISOBI. 

Mashulot  ishlab  chiqarish  texnollogiyasida  nazarda  tutilgan  barcha  ishlov 

operatsiyalaridan  о‘tgan,  tasdiqlangan  standart  va  texnikaviy  shartlarning 

talablariga  javob  beradigan  hamda  texnik  nazorat  bо‘limi  yoki  byurtmachilar 

tomonidan qabul qilingan mashulotlarga tayyor mashulotlar deb aytiladi. 



363 

 

 



Mashulot,  ishlar  va  xizmatlarni  sotish  korxonalarning  faoliyatiga  baho 

beruvchi eng muhim kо‘rsatkichlarning biri bо‘lib hisoblanadi. Mavjud qoidalarga 

binoan mashulotlarni sotish ularni yetkazib berish topshiriqlari va majburiyatlarini 

bajarish  bо‘yicha  asosiy  kо‘rsatkich  bо‘lib  hisoblanadi.  Shuning  uchun  ham 

mashulot sotish kо‘rsatkichi sotilgan mashulotning miqdorini, sifatini, shuningdek, 

haridorlar  bilan  tuzilgan  shartnomalarni  assortimenti  va  jо‘natish  muddatlari 

bо‘yicha  reja bajarilishini tavsiflashi  lozim.  Mashulotning sotilishi uning qiymati 

va  sifati  kabi  belgilariga  kо‘ra  iste’molchilarining  talablariga  javob  berganligidan 

dalolat  beradi.  Mashulotning  sifati  qanchalik  yaxshi  bо‘lsa,  u  bozorda  tez 

raqobatga  kiradi  va  sotiladi  hamda  pirovardida  xо‘jalik  subyektlari  kо‘zlangan 

maqsadga yeta oladi. 

Sotish  jarayonining  buxgalteriya  hisobining  asosiy  vazifalari  quyidagilar 

bо‘lib hisoblanadi: 

1.

 



Marketing  va  moliya-reja  bо‘limlari  bilan  hamkorlikda  hisobot  davri 

uchun korxonaning mashulot sotish rejasini tayyorlash. 

2.

 

Xaridorlar  bilan  tо‘g‘ridan-tо‘g‘ri  yoki  birjalar  orqali  mashulotlarni 



yetkazib  berish  bо‘yicha  tuzilgan  shartnomalarni  tо‘g‘riligini  va 

bajarilishini nazorat qilish. 

3.

 

Xaridorlarga yuklab jо‘natilgan mashulotlarni о‘z vaqtida hujjatlashtirish. 



4.

 

Mashulotlarni  sotish  bilan  bog‘liq  bо‘lgan  haqiqiy  xarajatlarni  о‘z 



vaqtida va aniq hujjatlashtirish. 

5.

 



Sotilayotgan mashulotlarni haqiqiy tannarxlarini aniq topish. 

6.

 



Mashulotlarni sotishdan kelib tushadigan pul mablag‘lari ustidan operativ 

nazorat о‘rnatish. 

7.

 

Sotishni hisobini tashkil qilish. 



8.

 

Sotilgan mashulotlar haqiqiy tannarxini topish. 



9.

 

Sotish natijalarini aniqlash. 



Mashulotning  sotilishi  xо‘jalik  subyekti  mablag‘larining  aylanishining 

yakunlovchi jarayondir. Bu jarayon xо‘jalik subyekti tomonidan ishlab chiqarilgan 

mashulotning halq xо‘jaligi iste’molida о‘z о‘rnini topganligini anglatadi. Hozirgi 



364 

 

 



paytda  xо‘jalik  subyekti  ishini  baholashda  mashulotning  sotilishi  asosiy 

kо‘rsatkichlardan biri hisoblanadi. 

Korxonada  tayyorlangan  mashulotlarning  sotilishiga  qarab  ularning 

rivojlanish  imkoniyatlariga  baho  berish  tamoyili  xо‘jalik  subyekti  rahbarlarini 

mashulot  sotish  va  moliyaviy  faoliyat  masalalariga  kо‘proq  e’tibor  berishga 

chaqiradi.  Shuningdek,  xо‘jalik  subyektning  bir  maromda  ishlashiga  va  yuqori 

sifatli mashulot ishlab chiqarishiga ijobiy ta’sir kо‘rsatadi. Bular esa о‘z navbatida 

korxonadagi  ishlab  chiqarishning  iqtisodiy  samaradorligini  oshirishga  imkon 

beradi. 

Tayyor mashulotlarni xaridorlarga yetkazib berish ya’ni sotish jarayonida bir 

qancha xarajatlar qilinadi. Bularga quyidagi xarajatlarni kiritish mumkin: 

1.

 



Tayyor mashulotlarni omborlarda saqlash xarajatlari, 

2.

 



Tayyor mashulotlarni idishlash xarajatlari, 

3.

 



Tayyor mashulotlarni jо‘natish xarajatlari, 

4.

 



Tayyor mashulotlarni omborlarda tabiiy kamayishi, 

5.

 



Tayyor mashulotlarni tashish xarajatlari. 

Tayyor  mashulotning  ishlab  chiqarish  tannarxiga  sotish  xarajatlarni  qо‘shib 

sotilgan mashulotlarning tо‘la tannarxi aniqlanadi. Tо‘la tannarx ishlab chiqarilgan 

mashulotlar mulk egasiga qanchaga tо‘g‘ri kelishini bilishi uchun xizmat qiladi. 

Sotish  hajmi  ko‘rsatkichi  xo‘jalik  subyektlarining  faoliyatini  tavsiflab 

beruvchi  “fokus”  bo‘lib  hisoblanadi.  SHuning  uchun  ham  tayyor  mashulotlar, 

bajarilgan  ishlar  va  ko‘rsatilgan  xizmatlarni  sotish  bilan  bog’liq  bo’lgan  xo’jalik 

momilalarini  buxgalteriya  hisobida  o’z  vaqtida,  to’g’ri  aks  ettirish  sotish 

natijalarini  to’g’ri  topishni  va  korxona  daromadlari  va  foydasini  to’g’ri 

shakillanishi ustidan nazoratni ta’minlaydi. 

  Tayyor mashulotlar, bajarilgan ishlar va ko‘rsatilgan xizmatlarni sotish bilan 

bog’liq bo’lgan xo’jalik  operatsiyalar qo’ydagi schyotlarda hisobga olinadi: 

1.

 

2800 – “Tayyor mashulotlarni hisobga oluvchi schyotlar”. 



2.

 

4000 – “Olinadigan schyotlar” 



3.

 

5000 –“Kassadagi pul mablag’larini hisobga oluvchi schyotlar”  




365 

 

 



4.

 

5100  –  “Hisob-kitob  schyotidagi  pul  mablag’larini  hisobga  oluvchi 



schyotlar” 

5.

 



6410 -  “Byudjetga to’lovlar bo’yicha qarzlar (turlari bo’yicha)” 

6.

 



9000  –  “Asosiy  (operatsion)  faoliyatning  daromadlarini  hisobga  oluvchi 

schyotlar” 

7.

 

9100 – “Sotilgan mashulot (tovar, ish, xizmat)larning tannarxini hisobga 



oluvchi schyotlar” 

8.

 



9900 – “Yakuniy moliyaviy natijani hisobga oluvchi schyotlar” 

9.

 



6400 - “Byudjet bilan hisob-kitoblar” 

Tayyor  mashulotlar,  bajarilgan  ishlar  va  ko‘rsatilgan  xizmatlar  bilan  bog’liq 

bo’lgan  xo’jalik  momilalari  buxgalteriya  hisobida  qo’ydagi  pravodkalar  bilan 

rasmiylashtiriladi: 

1.  Tayyor  mashulotlar,  bajarilgan  ishlar  va  ko‘rsatilgan  xizmatlar  uchun 

haridorlarga  hisob  -  kitob  hujjatlarini  taqdim  etganda,  tayyor 

mashulotlarning sotish bahosiga 

D-t - 4000 -“Olinadigan schyotlar” 

K-t – 9000 “Asosiy (operatsiyali) faoliyatdan olinadigan daromadlarni       

                     hisobga oluvchi schyotlar” 

2. Sotilgan mashulotlarning tannarxiga:  

D-t - 9100 – “Sotilgan mashulot (tovar, ish, xizmat)larning tannarxini 

hisobga oluvchi schyotlar” 

K-t – 2800 - “Tayyor mashulotlarni hisobga oluvchi schyotlar” 

3. Tayyor mashulotlarni, tovarlarni sotishda, ishlarni bajarish va xizmatlarni 

ko’rsatishda QQS va aktsiz summasi hisoblanganda 

       D-t – 4000 – “Olinadigan schyotlar” 

 

 K-t – 6400 - “Byudjet bilan hisob-kitoblar” 



4.  Tayyor  mashulotlar,  bajarilgan  ishlar  va  ko‘rsatilgan  xizmatlar  uchun 

haridorlargan hisob kitob schyotiga pul kelib tushganda: 

D-t - 5000 -“Kassadagi pul mablag’larini hisobga oluvchi schyotlar” 



366 

 

 



D-t  -  5100  -  “Hisob-kitob  schyotidagi  pul  mablag’larini  hisobga 

oluvchi schyotlar” 

 K-t - 4000 -“Olinadigan schyotlar 

5. Hisobot davrining oxirida sotilgan tayyor mashulotlar, bajarilgan ishlar va 

ko‘rsatilgan xizmatlar bo’yicha daromadni yakuniy moliyaviy natijaga olib 

borilganda: 

D-t - 9000 “Asosiy (operatsiyali) faoliyatdan olinadigan daromadlarni  

                     hisobga oluvchi schyotlar” 

    K-t – 9900 “Yakuniy moliyaviy natijani hisobga oluvchi schyotlar”  

6. Hisobot davrining oxirida sotilgan tayyor mashulotlar, bajarilgan ishlar va 

ko‘rsatilgan  xizmatlarning  tannarxini  yakuniy  moliyaviy  natijaga  olib 

borilganda 

D-t - 9900 – “Yakuniy moliyaviy natijani hisobga oluvchi schyotlar” 

              K-t - 9100 – “Sotilgan mashulot (tovar, ish, xizmat)larning     

                                    tannarxini hisobga oluvchi schyotlar” 

Mashulotlarni sotish bilan bog‘liq bo‘lgan xarajatlar Mashulot (ishlar, xizmatlar)ni 

ishlab  chiqarish  va  sotish  xarajatlarining  tarkibi  hamda  moliyaviy  natijalarni 

shakllantirish  tartibi  to‘g‘risida  Nizomga  muvofiq  “Davr  xarajatlari”  schyotida 

hisobga olinadi. 

Yuklab jо‘natilgan mashulotlar uchun shartnomada kо‘rsatilgan baholarda haq 

olinadi.  Haridorlar  tomonidan  tо‘langan  pul,  mol  yetkazib  beruvchi  korxonaning 

hisob-kitob  schyotiga  kelib  tushadi.  Pulning  hisob-kitob  schyotiga  kelib  tushishi 

mashulotning  sotilganidan  dalolat  beradi.  Agar  haridorlar  tomonidan  pul 

tо‘langanu,  ammo  tayyor  mashulot  ularga  jо‘natilmagan  bо‘lsa,  bunda  uning 

qiymati  sotilgan  mashulotlar  qiymati  miqdoriga  qо‘shilmaydi,  ya’ni  sotilgan  deb 

hisoblanmaydi. 

Sotish  jarayonining  analitik  hisobi  “Сотилган  маҳсeлот  (товар,  иsh, 

хизмат)ларнинг  таннархини  ҳисобга  олeвчи  счётлар”  schyotida  aks  ettirilgan 

va  sotilgan  mashulotlar,  tovarlar,  ish  va  xizmatlar  ichida  ularning  turi  bо‘yicha 

yuritiladi  va  sotilayotgan  mashulot,  bajarilgan  ish  va  xizmatlarning  tarkibiy 




367 

 

 



tuzilishi,  ya’ni  ularning  har  birining  umumiy  sotish  summasidagi  rentabellik 

darajasi va boshqa ma’lumotlarni olish uchun xizmat qiladi. 

Xо‘jalik  subyektlari  ba’zi  ishlarni  maxsus  buyurtmalar  asosida  bajarishlari 

mumkin.  Agar,  bunday  buyurtmalarga  davlat  tomonidan  ulgurji  narx 

belgilanmagan bо‘lsa, u holda ular shartnomada kelishilgan narxda sotilаdи.  

Bozor iqtisodiyotiga о‘tish bilan bevosita xо‘jalik aloqalari rivojlanib borgan 

sari shartnoma narxlaridan foydalanish tobora kengayib boraveradi. 


Download 5,99 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   285   286   287   288   289   290   291   292   ...   452




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish