Buxgalteriya va kasbiy faoliyat asoslari


 ISHLAB CHIQARILGAN MASHULOT (BAJARILGANISH



Download 5,99 Mb.
Pdf ko'rish
bet288/452
Sana18.01.2022
Hajmi5,99 Mb.
#385781
1   ...   284   285   286   287   288   289   290   291   ...   452
Bog'liq
fayl 1433 20210809

8. ISHLAB CHIQARILGAN MASHULOT (BAJARILGANISH, 

KO’RSATILGAN XIZMATI) LARNING HAQIQIY TANNARXINI 

ANIQLASH. 

Buxgalteriya hisobining jurnal-order shaklida ishlab chiqarish xarajatlarining 

sintetik  hisobi  10,  10-1  jurnal  orderlarida  hamda  10,  12,  15  qaydnomalarda 

yuritiladi. 




361 

 

 



10  jurnal  orderning  eni  bо‘yicha  kreditlanuvchi  schyotlar,  “Materiallar 

hisobga  olinadigan  schyotlar”,  “Xizmat  qiluvchi  xo‘jaliklar”,  “Xodimlar  bilan 

mehnatga  haq  to‘lash  bo‘yicha  hisoblashishlarni  hisobga  oluvchi  schyotlar”.    va 

boshqa schyotlar, bo‘yida  esa, debetlanuvchi schyotlar “Asosiy ishlab chiqarish”, 

“O‘zida  ishlab  chiqarilgan  yarim  tayyor  mashulotlarr”,  “Yordamchi  ishlab 

chiqarish”,  “Umumishlab  chiqarish  xarajatlari”,  “Ishlab  chiqarishda  yaroqsizlik”, 

“Kelgusi  davr  xarajatlarini  hisobga  oluvchi  schyotlar”  schyotlari  yoziladi.  Ishlab 

chiqarish xarajatlari bilan aloqador bо‘lmagan operatsiyalar 10/1 - jurnal orderida 

yozib  boriladi.  Hisobot  oyi  tamom  bо‘lgandan  sо‘ng  10/1-jurnal  orderining 

yakuniy  summalari  va  tsex  xarajatlarining  analitik  hisobi  yurtiladigan  12 

vedomostdan,  kelgusi  davr  xarajatlari  hamda  kelajakdagi  xarajatlar  va  tо‘lovlar 

rezervi  hisobidan  qilinadigan  xarajatlarning  hisobini  yuritish  uchun  xizmat 

qiladigan 15-yordamchi vedomostdan foydalaniladi10-jurnal orderiga kо‘chiriladi. 

10  jurnal  orderning  jami  summalari  esa  bosh  kitobga  о‘tkaziladi.  10-jurnal  order 

ishlab  chiqarish  xarajatlarining  elementlari  va  kalkulyatsiya  moddalari  bо‘yicha 

tegishli ma’lumotlarni olish imkonini beradi. 

Ishlab  chiqarish  xarajatlarining  analitik  hisobi  ishlab  chiqarishdagi  xarajatlar 

schyotlari  о‘rtasida  sodir  bо‘lgan  о‘zaro  sarflarni  umumiy  chiqarish  xususiyatiga 

va  kalkulyatsiya  qilish  usuliga  bog‘liq  bо‘lib,  ishlab  chiqarish  xarajatlari  ishlab 

chiqarilayotgan  buyumlarning  bir  turdagi  guruhlari,  mashulotning  ayrim  turlari, 

ayrim  buyurtmalar  va  ishlab  chiqarishning  ayrim  bо‘linmalari  bо‘yicha  hisob 

qilinishi  mumkin.  Mashulot  ayrim  turlarining  ishlab  chiqarishga  ketadigan 

xarajatlari ba’zi korxonalarda alohida kartochkalarda yuritiladi. Ayrim korxonalar 

va  Tsexlar  bunday  xarajatlarni  maxsus  daftarlarda  yuritishlari  mumkin.  Bu 

registrlarning  asosiy  kо‘rsatkichlari  xо‘jalik  operatsiyasining  qisqacha  mazmuni, 

sanasi,  xarajatlarning  kalkulyatsiya  moddalari  bо‘yicha  summalari  va  ishlab 

chiqargan mashulot miqdorida iborat. 

Ishlab  chiqarilgan  mashulot  tannarxini  aniqlash  xо‘jalik  subyektlaridagi 

buxgalteriya  hisobining  eng  asosiy  qismlaridan  biridir.  Subyektlarda  mashulot 



362 

 

 



tannarxi korxona ishini belgilab beruvchi muhim sifat kо‘rsatkichlaridan biri bо‘lib 

hisoblanadi. 

Tannarx  deb  mashulotni  tayyorlash  uchun  sarflangan  ishlab  chiqarish 

vositalari sarflarini, ishchilarning mehnat haqi yoki boshqa tashkilotlar tomonidan 

bajarilgan  xizmat  haqini  tо‘lash  hamda  mashulotni  sotish  xarajatlari  yig‘indisiga 

aytiladi. 

Mashulot  tannarxida  ishlab  chiqarish  maqsadlari  uchun  sarflagan  moddiy 

xarajatlar,  asosiy  vositalarning  amartizatsiya  ajratmalari,  ish  haqi  hamda  ijtimoiy 

sug’urta  ajratmalar  о‘z  ifodasini  topadi.  Shuning  uchun  tannarx  mashulot  ishlab 

chiqarish uchun sarflangan barcha xarajatlar qiymatining pul shaklidagi kо‘rinishi 

bо‘lib, xо‘jalik subyektlariga mashulot ishlab chiqarish necha pulga tushganligini 

kо‘rsatadi. 

Ishlab  chiqarish  jarayoni  buxgalteriya  hisobining  asosiy  vazifalaridan  biri 

ishlab  chiqarishga  sarflanayotgan  xarajatlarni  sodir  bо‘lishini  nazorat  qilib  turish 

va  ularni  hisobda  tо‘liq  aks  ettirish  bо‘lib  hisoblanadi.  Buning  uchun  ishlab 

chiqarish  sarflarini  hisobga  olish  va  mashulot  tannarxini  kalkulyatsiya  qilishni 

yaxshi yo’lga qо‘yish lozim. Chunki, ishlab chiqarish maqsadlari uchun sarflangan 

xarajatlarni turlari bо‘yicha aniq bilmasdan turib, korxonaning faoliyatiga samarali 

rahbarlik  qilish,  uning  iqtisodiy  faoliyatini  yo’lga  qо‘yish,  mashulot  tannarxini 

pasaytirish  va  foyda  miqdorini  oshirish  mumkin  emas.  Ishlab  chiqarish 

xarajatlarini  hisobga  olish  va  ishlab  chiqarilgan  mashulotlarning  tannarxini 

aniqlash uchun buxgalteriya hisobida tegishli schyotlar ajratilgan. Bu schyotlardan 

foydalanish  ishlab  chiqarilayotgan  mashulotlarning  turlariga,  ishlab  chiqarishning 

texnollogiyasiga hamda uning tashkiliy va boshqa shu kabi xususiyatlariga bog‘liq 

bо‘ladi. 


Download 5,99 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   284   285   286   287   288   289   290   291   ...   452




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish