Buxgalteriya va kasbiy faoliyat asoslari



Download 5,99 Mb.
Pdf ko'rish
bet287/452
Sana18.01.2022
Hajmi5,99 Mb.
#385781
1   ...   283   284   285   286   287   288   289   290   ...   452
Bog'liq
fayl 1433 20210809

 

 

7. ISHLAB CHIQARISH JARAYONIDA SINTETIK VA ANALITIK 

HISOBNI TASHKIL ETISH

 

Ishlab chiqarish xarajatlarini joriy hisobini olib borish uchun quyidagi sintetik 



schyotlardan  foydalaniladi:  “Asosiy  ishlab  chiqarish”,  “Yordamchi  ishlab 

chiqarish”, “Boshqa ishlab chiqarishlar”, “Umumishlab chiqarish sarflari”. 

“Asosiy  ishlab  chiqarish”  schyoti  kalkulyatsion  schyot  bо‘lib,  uning  debet 

tomonida  ishlab  chiqarish  maqsadlari  uchun  sarflangan  xarajatlar  haqiqiy 

baholarda,  kredit  tomonida  esa  ishlab  chiqarishdan  chiqarib  yuborilgan  tayyor 

mashulotlar  ishlab  chiqarish  haqiqiy  tannarxlari  aks  ettiriladi.  Hisobod  oy 

davomida  tо‘g‘ri  xarajatlar,  ularni  ishlab  chiqarishga  berish  haqidagi  dastlabki 

hujjatlarga  asosan  “Asosiy  ishlab  chiqarish”  schyotining  debetida  quyidagi 

buxgalteriya pravodkalari asosida yozib boriladi: 

Dt – “Asosiy ishlab chiqarish xarajatlarini hisobga olib schyotlar” 

Kt - “Materiallar hisobga olinadigan schyotlar”. 

Kt  –  “Xodimlar  bilan  mehnatga  haq  tо‘lash  bо‘yicha  hisoblashishlarni 

hisobga oluvchi schyotlar”. 

Kt – “Ijtimoiy sug‘urta bо‘yicha tо‘lovlar”. 




359 

 

 



Sanoat ishlab chiqarishi bilan shug‘ullanuvchi tarmoqlarda  elektr energiyasi, 

par,  issiq  va  sovuq  suv  yetkazib  beradigan  yordamchi  tsexlar  tashkil  qilinadi.  Bu 

tsexlar  yordamchi  ishlab  chiqarish  bо‘lib  korxonaning  asosiy  faoliyatini  elektr 

energiyasi,  issiq  va  sovuq  suv  bilan  ta’minlab  turadi. Yordamchi  ishlab  chiqarish 

asosiy ishlab chiqarishni bir me’yorlarda ishlashini ta’minlash uchun xizmat qiladi. 

Yordamchi ishlab chiqarish xarajatlari oy davomida “Yordamchi ishlab chiqarish” 

schyotida  hisobga  olinadi.  Uning  debet  tomonida  sarflangan  xarajatlar  haqiqiy 

baholarda quyidagi buxgalteriya pravodkalari bilan rasmiylashtiriladi: 

Dt – 2310 - “Yordamchi ishlab chiqarish” schyoti 

Kt – 1000 - “Materiallar hisobga olinadigan schyotlar”. 

Kt  –  6700  -  “Xodimlar  bilan  mehnatga  haq  tо‘lash  bо‘yicha 

hisoblashishlarni hisobga oluvchi schyotlar”. 

Kt – 6510 - “Sug‘urta bо‘yicha tо‘lovlar”. 

Kt – 2300 - “Yordamchi ishlab chiqarish”. 

Kt – 0200 - “Asosiy vositalarni eskirishi hisobga olinadigan schyotlar” 

Kt - “Umumishlab chiqarish xarajatlari”. 

Yordamchi  ishlab  chiqarish  schyotihing  kredit  tomonida  yordamchi  ishlab 

chiqarish  Tsexlarida  bajarilgan  ishlarning,  xizmatlarning  yoki  ishlab  chiqarilgan 

mashulotlarning haqiqiy tannarxlari aks ettiriladi. Oyning oxirida yordamchi ishlab 

chiqarish  xо‘jaligi  tomonidan  bajarilgan  ishlar,  xizmatlar  yoki  ishlab  chiqarilgan 

mashulotlar  tayyor  mashulotlar  tannarxiga  qо‘shib  yuboriladi.  Buning  uchun 

yordamchi  ishlab  chiqarish  xо‘jaligi  xizmatlarini  taqsimlash  hisobi  tuziladi.  Shu 

hisobga binoan: 

Dt  –  2000  -  “Asosiy  ishlab  chiqarish  xarajatlarini  hisobga  olib  boruvchi 

schyotlar” - alohida mashulot turlari bо‘yicha 

  Kt – 2300 - “Yordamchi ishlab chiqarish” schyoti pravodkasi tuziladi. 

Ishlab  chiqarishga  xizmat  qilish  va  boshqarish  xarajatlarini  hisobga  olish 

uchun  “Umumishlab  chiqarish  xarajatlari”  schyotidan  foydalaniladi.  Bu  schyot 

mazmun jihatidan tranzit schyot bо‘lib, hisobot davri davomida sarflarni vaqtincha 

hisobga olish uchun ishlatiladi va  hisobot  davrining oxiriga “Moliyaviy natijalar” 




360 

 

 



hisobotida  aks  ettiriladigan  qoldig‘i  bо‘lmaydi.  Umumishlab  chiqarish  sarflari 

quyidagi pravodkalar bilan rasmiylashtiriladi: 

Dt - 2500 -  “Umumishlab chiqarish xarajatlari” schyoti 

Kt - 1000 - “Materiallar hisobga olinadigan schyotlar”. 

Kt  -  6710  -  “Xodimlar  bilan  mehnatga  haq  tо‘lash  bо‘yicha 

hisoblashishlarni hisobga oluvchi schyotlar”. 

Kt - 6510 - “Sug‘urta bо‘yicha tо‘lovlar”. 

Kt - 3100 - “Kelgusi davr xarajatlarini hisobga oluvchi schyotlar” 

Kt - 0200 - “Asosiy vositalarni eskirishi hisobga olinadigan schyotlar” 

Hisobot  oyi  tugagandan  keyin  umumishlab  chiqarish  sarflari  tayyor 

mashulotlar  tannarxiga  qо‘shiladi.  Buning  uchun  umumishlab  chiqarish  sarflarini 

tayyor  mashulotlarning  alohida  turlari  orasida  taqsimlash  hisobi  tuziladi.  Shu 

hisobga binoan: 

Dt  -  2000  -    “Asosiy  ishlab  chiqarish  xarajatlarini  hisobga  olib  boruvchi 

schyotlar” 

Kt - 2510 - “Umum ishlab chiqarish xarajatlari” schyoti pravodkasi tuziladi. 

Mashulot  tannarxini  kalkulyatsiya  qilish  maqsadida  ishlab  chiqarish 

xarajatlari  mashulot  turlari,  buyurtmalar,  tsexlar  va  ishlab  chiqarish  bо‘linmalari 

hamda  kalkulyatsiya  moddalari  bо‘yicha  guruhlanadi.  Xarajatlarni  bunday 

umumlashtirish  ishlab  chiqarish  xarajatlarining  yig‘ma  hisobi  deb  ataladi. 

Mashulotning  haqiqiy  tannarxini  aniqlashda  yig‘ma  hisobni  korxonadagi  ishlab 

chiqarishning xususiyatlarini hisobga olgan holda tashkil qilish muhim ahamiyatga 

ega. 


Download 5,99 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   283   284   285   286   287   288   289   290   ...   452




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish