Buxgalteriya va kasbiy faoliyat asoslari


 OBOROT QAYDNOMALARI VA ULARNI TAVSIFI



Download 5,99 Mb.
Pdf ko'rish
bet230/452
Sana18.01.2022
Hajmi5,99 Mb.
#385781
1   ...   226   227   228   229   230   231   232   233   ...   452
Bog'liq
fayl 1433 20210809

 

8. OBOROT QAYDNOMALARI VA ULARNI TAVSIFI.

 

Iqtisodiy  adabiyotlarda  buxgalteriya  hisobini  tashkil  qilishni  ikki  qismga 



bо‘lib kо‘rsatiladi: birinchi qism, joriy hisob, ikkinchi qism, moliyaviy hisobotlar 

tuzish. 


Joriy 

hisobga 


odatda, 

sodir 


bо‘lgan 

xо‘jalik 

operatsiyalarini 

hujjatlashtirishdan  toki  buxgalteriya  pravodkalarini  schyotlarga  yozib  chiqish 

oralig‘ida amalga oshiriladigan ishlar kiritiladi. Xususan, xо‘jalik operatsiyalarini 

hujjatlashtirishga,  buxgalteriya  hisobi  registrlariga  va  Bosh  kitobga  yozishga, 

sintetik  va  analitik  schyotlarning  hisobot  davri  oxiriga  qoldiqlarini  topishga  joriy 



299 

 

 



hisob, deb qaraladi. Shunga kо‘ra, korxonalar faoliyatida sodir bо‘ladigan xо‘jalik 

jarayonlarini  hujjatlashtirish  va  ularni  buxgalteriya  hisobi  schyotlarida  qayd  qilib 

borish joriy hisob, deb aytiladi. 

Hisobot  davri  tugagandan  keyin  (yoki  zaruriyat  tug‘ilganda)  korxonalar 

belgilangan  tartibda  moliyaviy  hisobotlar  tuzishadi.  Buning  uchun  hisobot 

davrining  oxirida  barcha  schyotlar  bо‘yicha  ma’lumotlar  jamlab  chiqiladi  va 

ularning  hisobot  davri  oxiriga  qoldiqlari  hisoblab  topiladi.  Bunday  umumlashgan 

ma’lumotlaridan  balans  va  moliyaviy  hisobotlarni  tuzishda,  shuningdek,  korxona 

faoliyati boshqaruviga taalluqli bо‘lgan qarorlar qabul qilishda foydalaniladi.  

Qarorlar  qabul  qilish  va  hisobotlar  tuzish  uchun  zarur  bо‘lgan  joriy  hisob 

ma’lumotlarini  tо‘g‘riligiga  ishonch  hosil  qilish  uchun  hisobot  davrida 

foydalanilgan  schyotlarning  ma’lumotlari  jamlab  chiqilib  qoldiqlari  topiladi  va 

schyotlarning  umumlashgan  ma’lumotlari  asosida  oborot  qaydnomasi  tuziladi. 

Shunga kо‘ra buxgalteriya  hisobini  tashkil  qilishni  uch  qismga  bо‘lish  maqsadga 

muvofiq:  joriy  hisob,  joriy  hisob  ma’lumotlarini  jamlash  (joriy  hisob  tо‘g‘ri 

yurgizilganligini tekshirib kо‘rish maqsadida sintetik va analitik schyotlar bо‘yicha 

oborot qaydnomalari tuzish) va moliyaviy hisobotlarni tayyorlash va taqdim etish. 

Sintetik  va  analitik  schyotlar  bо‘yicha  aylanma  qaydnomalar,joriy  hisobni 

tо‘g‘ri  olib  borilganligini  bilish  maqsadida,  hisobot  davri  tugagandan  keyin 

ma’lumotlari  jamlab  chiqilgan  va  qoldiqlari  topilgan  sintetik  va  analitik 

schyotlarning ma’lumotlari asosida tuziladi.  

Sintetik  schyotlar  oborot  qaydnomasi  о‘zida  quyidagi  ma’lumotlarni  aks 

ettiradi:  schyotlar  nomi  va  shifri;  hisobot  davrining  boshiga  qoldiq;  hisobot 

davrining  oboroti;  hisobot davrining  oxiriga  qoldiq. Hisobot davri  boshiga qoldiq 

summalar, о‘tgan davrdagi sintetik schyotlar bо‘yicha oborot qaydnomaning oxirgi 

qoldig‘idan, schyotlarning  hisobot davridagi  oboroti  va oxiriga  qoldiq summalari 

sintetik  schyotlardan  kо‘chirib  yoziladi.  Quyida  sintetik  schyotlar  oborot 

qaydnomasini  tuzilishi  keltirilgan.  Jadval  ma’lumotlaridan  kо‘rinib  turibdiki, 

sintetik  schyotlar  oborot  qaydnomasida  summalari  bir-biriga  teng  uch  juft  ustun 

mavjud. 



300 

 

 



Birinchi juft tenglik: oborot qaydnomasining tо‘rtinchi ustun summalarining 

jami,  beshinchi  ustun  summalarining  jamiga  tengligi.  Bu  tenglik  о‘tgan  hisobot 

davrining  balansidan  yoki  xо‘jalik  mablag‘lari  va  ularning  tashkil  topish 

manbaalarining  tengligidan  kelib  chiqadi.  Chunki,  schyotlarning  oy  boshiga 

qoldig‘i  о‘tgan  hisobot  davrining  balansidan  olib  yoziladi.  Agar  bu  ustunlar 

tengligi buzilsa, unda yо‘l qо‘yilgan xatolik quyidagicha topiladi: 

1.  Oborot  qaydnomasining  tо‘rtinchi,  beshinchi  ustun  jamlari  yana  bir  bor 

jamlab chiqiladi. Agar arifmetik qо‘shishda xatolikka yо‘l qо‘yilgan bо‘lsa, xatolik 

topiladi; 

2.  Schyotlarning  oy  boshiga  qoldig‘ini  oborot  qaydnomasiga  kо‘chirib 

yozish  tekshirib  kо‘riladi.  Agar  schyotlarning  oy  boshiga  qoldig‘ini  oborot 

qaydnomasiga kо‘chirib yozishda xatolikka yо‘l qо‘yilgan bо‘lsa, xatolik topiladi; 

3.  О‘tgan  hisobot  davri  balansidan  schyotlarning  oy  boshiga  qoldig‘ini 

kо‘chirib yozilganligi tekshirib kо‘riladi. Agar schyotlarning oy boshiga qoldig‘ini 

о‘tgan hisobot davr balansidan kо‘chirib yozishda xatolikka yо‘l qо‘yilgan bо‘lsa, 

xatolik topiladi. 

Ikkinchi  juft  tenglik:  oborot  qaydnomasining  oltinchi  ustun  summalarining 

jami,  yettinchi  ustun  summalarining  jamiga  tengligi.  Bu  tenglik  xо‘jalik 

operatsiyalarini  buxgalteriya  hisobi  schyotlarida  ikki  yoqlama  yozish  usulidan 

kelib chiqadi. Bunda har bir xо‘jalik operatsiyasi bir schyotning debetiga, ikkinchi 

bir  schyotning  kreditiga  teng  summalarda  yoziladi.  Shuning  uchun  barcha 

schyotlarning  debet  oborotlari  summasining  jami  ularning  kredit  oborotlari 

summasining  jamiga  teng  bо‘ladi.  Agar  oltinchi  va  yettinchi  ustun  tengliklari 

buzilsa, unda yо‘l qо‘yilgan xatolik quyidagicha topiladi: 

1.  Oborot  qaydnomasining  oltinchi  va  yettinchi  ustun  jamlari  yana  bir  bor 

jamlab chiqiladi. Agar arifmetik qо‘shishda xatolikka yо‘l qо‘yilgan bо‘lsa, xatolik 

topiladi; 

2.  Schyotlarning  oy  davomidagi  debet  va  kredit  oborotlarini  oborot 

qaydnomasiga  kо‘chirib  yozib  tekshirib  kо‘riladi.  Agar  schyotlarning  oy 



301 

 

 



davomidagi  debet  va  kredit  oborotlarini  oborot  qaydnomasiga  kо‘chirib  yozishda 

xatolikka yо‘l qо‘yilgan bо‘lsa, xatolik topiladi. 

3.  Buxgalteriya  hisobi  schyotlarining  debet  va  kredit  oborotlarining  jami 

qayta  hisoblab  kо‘riladi.  Agar  schyotlarning  oborotlarini  jamlashda  arifmetik 

xatolikka yо‘l qо‘yilgan bо‘lsa, xatolik topiladi. 

4.  Xо‘jalik  operatsiyalari  bо‘yicha  tuzilgan  provodkalarni  buxgalteriya 

hisobi  schyotlariga  teng  summalarda  yozib  chiqish  tekshirib  kо‘riladi.  Agar 

provodkalarni  buxgalteriya  hisobi  schyotlariga  yozib  chiqishda  xatolikka  yо‘l 

qо‘yilgan bо‘lsa, xatolik topiladi. 

Uchinchi  juft  tenglik:  oborot  qaydnomasining  sakkizinchi  ustun 

summalarining jami, tо‘qqizinchi ustun summalarining jamiga tengligi. Bu tenglik 

birinchi  va  ikkinchi  juft  tengliklaridan  kelib  chiqadi. Agar  oborot  qaydnomasida 

sakkizinchi  hamda  tо‘qqizinchi  ustun  tengliklari  buzilsa,  unda  yо‘l  qо‘yilgan 

xatolik quyidagicha topiladi: 

1.  Oborot  qaydnomasining  sakkizinchi  hamda  tо‘qqizinchi  ustun  jamlari 

yana  bir  bor  jamlab  chiqiladi. Agar  arifmetik  qо‘shishda  xatolikka  yо‘l  qо‘yilgan 

bо‘lsa, xatolik topiladi; 

2. Schyotlarning oy oxiriga qoldig‘ini oborot qaydnomasiga kо‘chirib yozish 

tekshirib kо‘riladi. Agar schyotlarning oy oxiriga qoldig‘ini oborot qaydnomasiga 

kо‘chirib yozishda xatolikka yо‘l qо‘yilgan bо‘lsa, xatolik topiladi. 

3.  Schyotlarning  oy  oxiriga  qoldig‘i  summalari  tо‘g‘ri  topilganligi  qayta 

tekshirib kо‘riladi. Agar schyotlarning  oy oxiriga qoldig‘ini hisoblashda xatolikka 

yо‘l qо‘yilgan bо‘lsa, xatolik topiladi. 

Sintetik  hisob  schyotlari  bо‘yicha  oborot  qaydnomalarini  tuzishdan  oldin, 

ayrim  sintetik  schyotlar  bо‘yicha  ochilgan  va  yuritilgan  analitik  schyotlar  bilan 

о‘sha  sintetik  schyot  ma’lumotlarining  mosligini  tekshirib  kо‘rish  maqsadida 

sintetik  schyotlarga  tegishli  bо‘lgan  analitik  schyotlar  bо‘yicha  oborot  qaydnoma 

tuzib  chiqiladi.  Analitik  schyotlarning  oborot  qaydnomasi  hisobot  davrining 

boshiga  qoldiq,  hisobot  davrida  kirim,  hisobot  davrida  chiqim,  hisobot  davrining 

oxiriga  qoldiq  kabi  ma’lumotlarni  natural  va  qiymat  о‘lchovlarda  aks  ettiradi. 




302 

 

 



Bunda  analitik  schyotlar  oborot  qaydnomasining  oy  boshiga  qoldiq  ustunining 

jami,  sintetik  schyotning  oy  boshiga  qoldig‘iga,  kirim  ustunining  jami,  sintetik 

schyotning  debet  oborotiga,  chiqim  ustunining  jami,  sintetik  schyotning  kredit 

oborotga,  oy  oxiriga  qoldiq  ustunining  jami,  sintetik  schyotning  oy  oxiridagi 

qoldig‘iga  teng  bо‘lishi  kerak.  Shuningdek,  korxonada  foydalanilayotgan 

hisobchilik shaklining xususiyatiga qarab, shaxmatsimon oborot qaydnomalaridan 

ham  foydalaniladi.  Shaxmatsimon  oborot  qaydnomalar  hisobot  davri  davomida 

sodir  bо‘lgan  xо‘jalik  muomalalarini  mazmunini,  schyotlarning  о‘zaro 

bog‘lanishini,  ularning  qoldiqlarini  va  oborotlar  yig‘indisini  aks  ettiradi. 

Shaxmatsimon  oborot  qaydnomalaridan  buxgalteriya  hisobini  tashkil  qilishda 

foydalanadigan  schyotlar  miqdori  cheklangan,  unchalik  katta  bо‘lmagan 

mikrofirmalarda va byudjet korxonalari faoliyalarida foydalaniladi. 

Xulosa  qilib  aytishimiz  mumkinki,  oborot  qaydnomalari  boshqaruv 

qarorlarini  qabul  qilish  hamda  moliyaviy  hisobotlarni  tuzishda  foydalaniladigan 

joriy hisob umumlashtirish va tekshirish vositasi bо‘lib xizmat qiladi. 


Download 5,99 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   226   227   228   229   230   231   232   233   ...   452




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish